Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57-BOB. ZARAR YETKAZIShDAN KELIB ChIQADIGAN MAJBURIYaTLAR 1 §. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar to’g’risida
Nazorat uchun savollar:
1. Qimor va garov o’yinlarini tushunchasi va oqibatlarini izohlang. 2. Qimor va garov o’yinlarini o’tkazish tartibi va o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. 3. Bayram kuni yig’ilgan sinfdoshlar kunni birgalikda o’tkazish maqsadida choyxonada osh qilishmoqchi bo’lishadi. Lekin ularning ayrimlarida yetarli mablag’ bo’lmaganligi sababli garov o’ynab unda yutkazgan bolaning zimmasiga choyxonadagi oshni yuklashni maqsad qilib oladilar. Ular asosiy e’tiborni sinfdoshlar ichida moliyaviy baquvvat bo’lgan Choriga qaratishadi va ular amalga oshirayotgan xarakat nima qilib bo’lmasin Chorini oshga tushurish bilan bog’liq bo’lishadi. Kelishib olgan bolalar Chorini uydan chaqirib kelib o’z fikrlarini unga etkazadilar. Sinfdoshlar o’rtasidagi o’zaro kelishuvdan xabari bo’lmagan Chori tabiiyki Garovda yutkazib qo’yadi Masala qanday xal qilinadi. Garov o’yinlar xaqiqiy hisoblanadimi? Chori sinfdoshlar o’rtasidagi kelishuvni xaqiqiy emas deb topish to’g’risida sudga murojaat eta oladimi? 415 57-BOB. ZARAR YETKAZIShDAN KELIB ChIQADIGAN MAJBURIYaTLAR 1 §. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar to’g’risida umumiy tushuncha Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida ta’rif berilmagan. Biroq, mazkur tushuncha bevosita, g’ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozimligi tarzda FKning 985-moddasida o’z ifodasini topgan. Mazkur normadan zarar yetkazgan shaxsning yetkazilgan zararni to’liq qoplash majburiyati hamda jabrlanuvchining yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi mavjudligini anglash mumkin. Bu esa o’z navbatida majburiyatning an’anaviy tuzilishi (konstruksiyasi) – kreditor va qarzdor munosabatlari mavjudligini bildiradi. Mazkur holatda zarar yetkazuvchi – qarzdor hisoblansa, jabrlanuvchi (mulkiga, hayoti yoki sog’lig’iga zarar etgan shaxs) – kreditor hisoblanadi. Shu bilan birga zarar yetkazilganda jabrlanuvchining talab qilishi huquqi zarar yetkazuvchi uchun majburiyat sifatida namoyon bo’ladi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq shaxs (jismoniy yoki yuridik shaxs)ning hayoti va sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zarar to’liq qoplash majburiyatini oladi, jabrlanuvchi esa o’ziga yetkazilgan zarar qoplashni talab qilishi huquqiga ega bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, kishilarning bir-biri bilan doimiy ravishda o’zaro munosabatlarida ba’zan ularning moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetish oqibatlari kelib chiqadi. Bu zararlar turli tasodiflar, ehtiyotsizlik, qasd orqali, tabiy ofatlar natijasida yuzaga keladi 76 . Shunday holatda yetkazilgan zarar kim tomonidan to’lanishi (zarar yetkazilgan shaxs yoki jabrlangan shaxs yoxud uchinchi shaxslar tomonidan) masalasi yuzaga keladi. Mazkur munosabatlarni tartibga solishda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat instituti asosiy o’ringa ega bo’ladi. Fuqarolik huquqida majburiyatlarning bu turi delikt majburiyatlar – deb ham ataladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling