Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Mukofot oshkora va’da qilinganda vaziyat jiddiy o’zgarishi munosabati 
munosabatga qanday ta’sir ko’rsatadi? 
2. Mukofotni oshkora va’da qilindan so’ng va’da bekor qilinishi holatlarini 
izohlang. 
3. “Tandem” kompaniyasi “Yilning eng yaxshi qorbobosi” tanlovi 
o’tkazilishi va tanlov g’olibiga mukofot berilishini ommaviy axborot vositalari 
orqali e’lon qildi. Ushbu ishda tajribaga ega bo’lgan boshqa tadbirkorlar bilan bir 
qator “Botir” MChJ ishtirok etdi. Biroq, tanlov e’lon qilingandan so’ng, “Tandem” 
kompaniyasi yangi yilga juda oz muddat qolganligi sababli, mukofot haqidagi 
oshkora va’dani bekor qilganligi e’lon qildi. Shundan so’ng, “Botir” MChJ ushbu 
mukofotni olish uchun bir qancha harajatlar qilgani xususan, “Qorbobolar” klubida 
tahsil olgani, tanlov yuzasidan yangi kiyimlar, so’zlar, viktorinalar tashkil 
qilganligi munosabati bilan o’ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qildi.
Nizo qanday hal qilinadi. Vaziyatga har ikki taraf nuqtai nazaridan huquqiy 
baho bering. 


413 
56-BOBQIMOR VA GAROV O’YINLARI O’TKAZISH 
FKning 56-bobida qimor va garov o’yinlar o’tkazishning xuquqiy oqibatlari 
belgilab qo’yilgan. FKning 983-moddasida ko’rsatilishicha, fuqarolar va yuridik 
shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan qimor va garov o’yinlar (qimor va bas 
boylash) uyushtirish va ularda ishtirok etish bilan bog’lik talablari sudda ximoya 
qilinmaydi deb ko’rsatiladi. Ma’lumki, qimor o’yinlari ikki va undan ortiq 
shaxsning mulkiy manfaat ko’rish maqsadida tavakkal qilgan holda ma’lum 
turdagi o’yin shartlari asosida hatti-harakatlarini amalga oshirish tushuniladi. 
Bunda o’yinda ishtirok etuvchi bir yoki bir nechta taraf hisobiga boshqa taraf, 
ya’ni yutgan tomon – mulkiy tomon mulkiy manfaat ko’radi (masalan, karta, oshiq 
va hokazo o’yinlar). 
Bas boylashish deganda ikki yoki bir necha shaxs o’rtasida ma’lum bir 
xodisaning ro’y berishi yoki ro’y bermasligi, ma’lum bir subyekt tomonidan biron 
narsaga erishish yoki erishmasligi bas boylanadi. Bunda taraflarning qarama-qarshi 
fikrlari farq qiladigan, bas bog’lashishda kimning fikri to’g’ri bo’lsa, o’sha g’olib 
chiqadi va mulkka erishadi. Ba’zi xususiyati bilan u sharti kechiktirilgan bitimlarga 
o’xshab ketadi. Bas predmeti bo’yicha taxmin qilinayotgan narsaga erishish 
taraflarning erki-irodasiga bog’liq bo’lishi mumkin yoki bo’lmasligi mumkin. 
Masalan: ikki futbol ishqibozi tomoni bas boylashishida ro’y beradigan xodisa 
tomonlarning erk-irodasiga bog’liq bo’lmaydi. 
Agarda futbol ishqibozlari o’rtasida o’yinchining ma’lum o’yinda gol urishi 
yoki gol urolmasligi to’g’risida bas boylash qimor va bas bog’lash to’g’risidagi 
o’yinlardan farq qilib, ko’ngilochar o’yinlar hisoblanadi. Ko’ngilochar o’yinlarda 
yutish va yutqazish mavjud bo’lsa ham mulkiy manfaat mavjud bo’lmaydi.
Qimor o’yinlariga ruju qo’yish, uni doimiy kasb qilish axloq nuqtai 
nazaridan salbiy baholanadi. Qimor o’yinlari ayrim hollarda qonunlar bilan 
taqiqlanadi. Qimor o’yinlari bilan bog’liq bo’lgan talablar, ya’ni yutuqni bermaslik 
yutkazilganlikni tan olmaslik sud orqali himoya qilinmaydi.
Agarda qimor va garov o’yinlari aldov, zo’ravonlik, tahdid qilish ta’sirida 
yoxud o’z vakilining qimor yoki garov o’yinlari tashkilotchisi bilan g’arazli 
kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari (aldash orqali yutish, qimor 
o’ynashga majbur etish va shu kabi holatlarda), agar talab qiluvchi shaxsning 
huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan bo’lsa, sudda himoya qilinishi 
mumkin. Bunda Fuqarolik Kodeksining 122, 123-moddalarida ko’rsatilgan 
oqibatlar vujudga keladi. 
Fuqarolik kodeksi 984-moddasida lotereyalar, totalizatorlar va boshqa 
o’yinlarning davlat tomonidan o’tkazilishi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar 
belgilab qo’yilgan. Lotereyalar, totalizatorlar, o’zaro bas boylashishlar va boshqa 
tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar tashkilotchisi – davlat, vakolatli davlat 
organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va o’yinlarning ishtirokchilari 
o’rtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya 
bileti, patta yoki boshqa hujjat berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi 
lotereya bileti qiymatini to’lagan yoki o’yinda ishtirok etishga boshqa tarzda haq 
to’lagan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. 
Bunday shartnomalar real shartnomalar hisoblanadi. O’yin tashkilotchisi 


414 
bilan o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif 
o’yinlarni o’tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori 
haqidagi shartlarni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Taklifda bunday shartlar 
tashkilotchisi shartnoma bo’yicha ularni belgilangan muddatda o’tkazishdan bosh 
tortgan taqdirda, o’yinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan o’yinlarni 
qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko’chirish tufayli yetkazilgan 
zararni qoplashni talab qilishga haqli. 
Lotereya, totalizator yoki boshqa o’yinlarni o’tkazish shartlariga muvofiq 
yutgan deb e’tirof etiladigan shaxslarga (masalan: sport-loto bo’yicha 6 yoki 5 
raqamni oldindan topgan shaxslar) o’yinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq 
o’yinlari o’tkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda pul-buyum yoki 
turistik yo’llanma holida va muddatlarda, agar bu shartlarda muddat 
ko’rsatilmagan bo’lsa, uyinlarning natijalari chiqarilgan paytdan boshlab o’n 
kundan kechiktirmasdan to’lashi lozim. Uyin natijalari, g’oliblarini aniqlash 
o’yinlar tashkilotchisi tomonidan yoxud xolis, uchinchi shaxslar tomonidan 
(masala: hakamlar hay’ati tomonidan) ochiq, oshkoralik asosida belgilanadi. 
O’yinlar tashkilotchisi o’yinlar natijalarini matbuot va ommaviy axborot 
vositalari orqali yoki boshqacha tarzda e’lon qilishi shart. O’yinlar tashkilotchisi 
g’oliblarga yutuqni to’lash haqidagi majburiyatni bajarmagan taqdirda yutgan 
ishtirokchilarning talablari sud orqali qanoatlantiriladi. O’yinlar tashkilotchisi 
ishtirokchilarga yutuqlarni to’lash bilan birga, shartnoma shartlarini buzish 
oqibatida yetkazilgan boshqa zararlarni ham qoplashi lozim. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling