Toshkent davlat yuridik universiteti
Sheriklarning umumiy ishlarini yuritish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy shirkatning foydasi, harajatlari va zararlarini taqsimlash.
- Oddiy shirkat shartnomasini o’zgartirish yoki bekor qilish.
Sheriklarning umumiy ishlarini yuritish. Oddiy shirkat shartnomasi
ishtirokchilarining umumiy ishlarini yuritish shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bundagi umumiy qoida har bir sherik barcha sheriklar nomidan ish ko’rishidan iborat. Bunda shartnomada quyidagilar ko’zda tutilishi mumkin: - ishlar yuritish huquqini boshqa sheriklarga topshirish (boshqa sheriklarning huquqlarini cheklash). Mazkur holatda agar huquqlari cheklangan sherik uchinchi shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishsa, boshqa sheriklar bunday bitimni tan olishlari lozim, uchinchi shaxslar bunday cheklovlar borligini bilgan yoki oldindan bilgan bilishlari lozim bo’lgan holatlar bundan mustasno; - ishlar yuritishni bir vaqtda barcha sheriklarga topshirish. Ushbu holatda bunday sheriklar alohida haq olish huquqiga egadirlar. Umumiy ishlarni yuritishda sheriklar ishonchnoma yoki shartnoma asosida harakat qiladi. Oddiy shirkatning foydasi, harajatlari va zararlarini taqsimlash. Foyda, harajat va zararlarni taqsimlash tartibi sheriklarning bitimlari bilan tartibga solinadi, aks holda sheriklar o’zining umumiy ishga qo’shgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda xarajatlar va zararlarni zimmasiga oladi. Bunda sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda ishtirok etishdan to’liq ozod etadigan kelishuv o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmaydi. Oddiy shirkat shartnomasini o’zgartirish yoki bekor qilish. Oddiy shirkat shartnomasini o’zgartirish O’zR FK 28-bobi tartibida amalga oshiriladi. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo’lishning asoslari: a. sheriklardan birortasi muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb e’lon qilinganda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o’rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi nazarda tutilmagan bo’lsa; b. sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb e’lon qilinganda; c. sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o’rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi yoxud vafot etgan sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning merosxo’rlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan bo’lsa; d. sheriklardan birortasi oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechganda, ushbu moddaningikkinchi xatboshisida ko’rsatilgani bundan mustasno; e. muddat ko’rsatilgan holda tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklardan birining talabi bilan o’zi va qolgan sheriklar o’rtasidagi munosabatlarda bekor qilinganda; f. oddiy shirkat shartnomasining muddati o’tganda; g. sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda, ushbu 402 moddaning ikkinchi xatboshisida ko’rsatilgani bundan mustasno; h. FKda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarda. Oddiy shirkat shartnomasini bekor qilish holatida: - sheriklarning umumiy egaligiga berib qo’yilgan ashyolar tegishli sheriklarga qaytariladi (xususan, ushbu qoida yakka tartibda belgilanadigan ashyoga nisbatan qo’llaniladi). - sheriklar bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo’yicha solidar javobgar bo’ladilar. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling