Toshkent davlat yuridik universiteti
Delikt javobgarligining shartlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarar yetkazuvchi xatti-harakatining huquqqa xilofligi.
Delikt javobgarligining shartlari. Zarar yetkazilganda fuqarolik-huquqiy
javobgarlik belgilanishi uchun zararning mavjud bo’lishi bilan birga, qonun hujjatlarida belgilangan shartlar ham mavjud bo’lishi talab etiladi. Bunday shartlar bosh delikt tamoyilidan kelib chiqadi va qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, zarar yetkazishning barcha holatlari uchun tatbiq etiladi. Delikt javobgarligi (zarar yetkazganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik)ning shartlari – bu huquqbuzarga tegishli javobgarlik chorasi – sanksiyani belgilashda, ya’ni, uni zararni qoplash majburiyatini bajarishga majbur qilishda amal qilinishi lozim bo’lgan umummajburiy talablardir. Delikt majburiyatlar va ulardan kelib chiqadigan delikt javobgarlik quyidagi shartlar asosida vujudga keladi: - zarar yetkazgan shaxs xatti-harakati huquqqa xilofligi; - zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish; - zarar yetkazgan shaxsning aybi. Zarar yetkazuvchi xatti-harakatining huquqqa xilofligi. Delikt javobgarligining sharti sifatida zarar yetkazuvchi shaxs harakatining huquqqa xilofligi FKda qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to’lanishi lozimligi qoidasidan kelib chiqadi (FK 985- moddasining 55-qismi). Bunga muvofiq, g’ayriqonuniy harakat tufayli yetkazilgan zarar to’liq qoplanishi lozim. Umumiy qoidaga ko’ra shaxsning harakatlari huquq normalarida belgilangan qiodalarni hamda bir vaqtning o’zida muayyan shaxsning subyektiv huquqlarini buzsa, huquqqa xilof hisoblanadi. Masalan, fuqaro katta tezlikda yugurib keta turib, qarshisidan kelayotgan kishini turtib ketdi, - deylik natijada ikkinchi 82 Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi. I-qism.-T.:TDYI.2006.-10 b. 83 Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.-М.:БЕК.2002.-371 с 420 fuqaroning yiqilib tushishi natijasida uning qo’li sindi, ya’ni sog’lig’iga jiddiy zarar yetkazildi. Bunda inson hayoti va sog’lig’ini himoya qilish to’g’risidagi obyektiv huquq normasi, hamda u bilan bir vaqtda jabrlanuvchining sog’liqqa nisbatan subyektiv huquqi buzildi. Delikt majburiyatlarida zarar yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligi prezumpsiyasi amal qiladi. Bu qoida bosh delikt tamoyiliga tayanadi. Mazkur tamoyilga muvofiq, shaxslarning mol-mulkiga yoki fuqaroning sog’lig’iga yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa, huquqqa xilof deb baholanishi lozim. Shu bilan birga jabrlanuvchiga zarar yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligini isbotlash majburiyat yuklatilmaydi, aksincha zarar yetkazuvchining harakati huquqqa xilof taxmin qilinadi. Ya’ni, zarar yetkazuvchi o’z harakatlarini huquq xilof emasligini isbotlamagunicha, uning harakati huquqqa xilof – deb hisoblanadi. Ma’lumki, huquqqa xilof xulq atvor odatda shaxslarning mulkiy manfaatlari doirasidagi yuqotishlarga sabab bo’ladigan faol harakatlar orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga shaxsiy nomulkiy manfaatlar sohasida ham faol harakatlar orqali huquqqa xilof xulq-atvor namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, fuqaroning nomga bo’lgan huquqidan g’ayriqonuniy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi lozim (FKning 20-moddasi). Zarar yetkazuvchi xulq-atvorining huquqqa xilofligi nafaqat faol harakat orqali, balki harakatsizlik natijasida ham namoyon bo’lishi mumkin. Bunda harakatsizlik deganda, shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi kerak bo’lganda, uning shu harakatni bajarmaganligi tushuniladi. Masalan, korxonada mehnat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlanmasligi natijasida ba’zi xodimlarning zaharli gazdan zaharlanishi, korxona ma’muriyatini huquqqa xilof harakatsizligi sifatida baholanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash» Qoidalarning 3-bandiga muvofiq, ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika choralari hamda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik) tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi 84 . Hayotda zarar yetkazilgan bo’lsada, zarar yetkazuvchining harakatlari huquqqa xilof bo’lmagan vaziyatlar ham ko’plab uchraydi. Umumiy qoidaga ko’ra, qonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Biroq mazkur qoidaga istosno sifatida FKning 985-moddasi 5-qismida qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to’lanishi lozimligi belgilangan. Zarar yetkazuvchi harakati shaxsning xizmat vazifasini bajarishi yoki qonun 84 " O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2005 yil, 5-6-son, 35-modda. 421 hujjatlarida yoxud boshqa kasbiy yo’riqnomada belgilangan doirada amalga oshirilgan bo’lsa qonuniy hisoblanadi. Masalan, o’t o’chiruvchilar yong’inni o’chirish vaqtida yong’in atrofidagi mol-mulkka ham zarar yetkazishlari mumkin. Bunda, agar o’t o’chiruvchi belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakat qilgan bo’lsalar, yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Shu bilan birga muayyan hududda epidemiya, epizootiya tarqalganda sanepidstanstiya xodimlari tomonidan uy hayvonlarining yo’q qilib tashlanishi, agar bu kasalliklarning oldini olishga xizmat qilsa, qonuniy harakat sifatida e’tirof etiladi va yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshirilgan harakat natijasida zarar yetkazilsa, bunday harakat ham huquqqa xilof hisoblanmaydi. Bunda jabrlanuvchining muomalaga layoqatli bo’lishi va o’z xohish-erkni ifodalangan bo’lishi talab etiladi (masalan ichki a’zolarni trasplantatsiya qilish, qon topshirishi va shu kabilar). Shu bilan birga jabrlanuvchining xohishi ham qonuniy bo’lishi shart. Agar fuqaro ixtiyoriy ravishda muayyan dori vositasida o’zini o’ldirishni tibbiyot xodimlaridan so’rasa, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, bunday talabni amalga oshirish g’ayriqonuniy hisoblanadi. Eftanaziya (o’z xohishiga ko’ra o’limni tanlash) huquqi Niderlandiyada shaxsiy huquq sifatida mustahkamlab qo’yilgan, ammo bunday huquqni O’zbekistonda e’tirof etish maqsadga muvofiq emas. Chunki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, diniy qadriyatlarga, axloqiy negizlarga mutlaqo ziddir 85 . Zararning qonuniy asoslarda yetkazilishi mumkinligining keng tarqalgan holati bu zaruriy mudofa holatida yetkazilgan zarar hisoblanadi 86 . FKning 987- moddasiga muvofiq, zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo’lsa, to’lanmaydi. Agar g’ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo’lsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to’lanishi lozim. Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar to’lanmaydi. Zaruriy mudofa chegarasidan chetga chiqib yetkazilgan zararlar esa umumiy asoslarda qoplanadi. Biroq, bunda zarar yetkazilishiga sabab bo’lgan jabrlanuvchi aybining darajasi va zarar yetkazuvchining aybi darajasi hisobga olinishi lozim. Bu holatda huquqqa xiloflikning mavjud emasligi delikt majburiyatlari vujudga kelishini va unga mos ravishda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik vujudga kelishini istisno etadi. Biroq, FKda qonuniy harakat natijasida zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi holat ham belgilangan. FKning 988-moddasida belgilangan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq, oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning o’ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo’lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan to’lanishi lozim. Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to’lash 85 Nasriev I. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muhofaza qilishning fuqarolik-huquqiy muammolari.- T.: G'.G'ulom nashriyoti.2006.-37 b. 86 Zaruriy mudofa tushunchasi, uning chegarasi Jinoyat kodeksida belgilangan. 422 majburiyatini zarar yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini ko’zlab harakat qilgan bo’lsa, o’sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilishi mumkin. Biroq shu o’rinda ta’kidlash lozimki, oxirgi zarurat va zaruriy mudofa holatida yetkazilgan zarar delikt javobgarligi hisoblanmaydi. Chunki, bunda zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi mavjud emas va uning xulq-atvori salbiy baholanmasligi lozim. Shuning uchun ham FKning 987 va 988 moddalarida «javobgarlik» atamalari qo’llanilmaydi va bu o’rinda FK o’ziga xos «neytral» holatni ifodalaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling