Toshkent davlat yuridik universiteti
Zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan
zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish. Sababiy bog’lanishining mavjudiligi delikt javobgarligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Agar shaxs muayyan zarar yetkazmagan bo’lsa, u aybdor hisoblanmaydi. Zero, qonun zarar uni yetkazgan shaxs tomonidan qoplanishini nazarda tutadi (FKning 985-moddasi). Ta’kidlash lozimki, sababiy bog’lanish falsafiy unsur hisoblanadi. Sababiy bog’lanish tabiat va jamiyatdagi obyektiv mavjud aloqadorliklarni ifodalaydi. Bunda bir voqelik sabab sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchisi bu sabablar oqibati sifatida ifodalanadi 87 . Sabab bilan oqibat o’rtasida uzviy aloqa mavjud. Sabab doimo oqibatdan oldin paydo bo’ladi, negaki, oqibat sabab ta’sirining natijasidir. Bundan kelib chiqadiki, basharti, sabab u yoki bu natija (ziyon etkazish) yuzaga kelishidan oldin paydo bo’lgan bo’lsagina, shaxsning qonunga xilof harakatini keltirib chiqarishi mumkin. Oqibat esa doimo sabab ta’sirining natijasidir. Buning ma’nosi shundaki, huquqbuzarlik doimo aynan shu huquqbuzarlikka (sababga) xos muayyan huquqiy oqibatlar (oqibat) keltirib chiqariladi 88 . Yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi muayyan ishni ko’rib chiqishda yuridik ahamiyatga ega bo’lgan sababiy bog’lanish masalasini hal qilishda qiyinchilik tug’ilganda, bu natija (mol-mulkning shikaslanishi yoki nobud bo’lishi, insonning hayotiga tajovuz qilinishi shu kabilar) deyarli har doim bir xil bo’lmagan qator holatlar – sabablar natijasi ekanligidan kelib chiqish lozim. Bunda asosiy vazifa ularning orasidan asosiy, hal qiluvchi va bosh holatni ajratib olish hisoblanadi. Oqibatni vujudga keltiruvchi ikkilamchi, tasodifiy, juz’iy shartlar hisobga olinmasligi lozim. Mazkur vazifani hal etishda sudyalar nafaqat o’z bilim va tajribalariga tayanadilar, balki fan, texnika, ishlab chiqarish va shu kabi tegishli sohanining mutaxassislari bo’lgan ekspertlarni ham jalb etadilar. Turli voqeliklardagi sababiy bog’lanish o’ziga xosdir. Zero, bunda har bir natija o’zining sababiga ega. Sababiy bog’lanishni aniqlashda taxminlar farazlar, tayyor gepotizalar bo’lishi mumkin emas. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling