Toshkent davlat yuridik universiteti


Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. 
Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar o’zining xususiyati, zarar 
yetish usuli va qoplanishi, javobgarlikning belgilariga ko’ra maxsus delikt 
hisoblanadi. FKning 999-moddasiga muvofiq, faoliyati tevarak-atrofdagilarga 
ortiqcha xavf tug’diradigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilotlari, 
sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalarining egalari va boshqalar) 
oshiqcha xavf manbai yetkazgan zararni, agar zarar bartaraf qilib bo’lmaydigan 
kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini 
isbotlay olmasalar, to’lashlari shart. 
Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik zarar 
uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning boshqa turlariga qaraganda qat’iyroq 
hisoblanadi. Zero, mazkur deliktda javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi bor 
yo’qligidan qat’i nazar vujudga keladi. Shu sababli ham ba’zi hollarda FKning 
999-moddasi bo’yicha javobgarlikni «oshiqcha (kuchaytirilgan)» javobgarlik deb 
atashada. Biroq, bunda Qonuni javobgarlikning darajasi haqida emas, zarar 
yetkazish xavfining yuqoriligidan kelib chiqqanligini unutmaslik lozim. Oshiqcha 
xavf manbai tomonidan yetkazilgan zararlar uchun javobgarni belgilashda ham 
FKning 985-moddasida nazarda tutilgan bosh delikt uchun javobgarlik qoidalari 
qo’llaniladi.
Ta’kidlash lozimki, delikt javobgarligining mazkur turi huquqiy 
adabiyotlarda keng va atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga oshiqcha xavf manbai 
tushunchasi bo’yicha adabiyotlarda bir nechta qarashlar mavjud. Birinchi qarash 
vakillari oshiqcha xavf manbaini tevarak-atrofga zarar yetkazish mumkin bo’lgan 
xavfli faoliyat turi deb hisoblashadi. Ikkinchi qarash vakillari esa oshiqcha xavf 
manbaini tevarak atrofga xavf soluvchi har doim ham insoning to’liq nazorati 
ostida bo’lmaydigan moddiy dunyo obyektlari, narsalar sifatida talqin etishadi. 
Biroq ikkila qarash vakillari ham bir-birlarini inkor etmagan holda, oshiqcha xavf 
manbai tushunchasi bo’yicha umumiy xulosaga kelishga harakat qilishadi. 
Umuman olganda oshiqcha xavf manbai yuzasidan yuqoridagi har ikkala qarashlar 


433 
ham o’ziga xos mantiqiy va huquqiy asoslarga ega. Zero, oshiqcha xavf manbai 
muayyan narsalarga, obyektlarga asoslanadigan faoliyat turi sifatida ahamiyatlidir. 
Chunki, har qanday faoliyatning muayyan obyektga asoslanib amalga oshirilishini 
hisobga olsak, oshiqcha xavf manbai deganda, doimiy ravishda insonning to’liq 
nazorati ostida bo’lmaydigan muayyan texnikaviy, fizikaviy, kimyoviy, biologik 
va boshqa xususiyatlariga ko’ra tevarak-atrofga zarar yetkazish xavfi yuqori 
bo’lgan predmetlar va ular orqali amalga oshiriladigan faoliyat tushuniladi. 
Ta’kidlash lozimki, oshiqcha xavf manbai hisoblangan narsalardan foydalanish 
jarayonida yoki uni ekspluatatsiya qilinmagan holatida ham zarar yetkazilishi 
mumkin. Masalan, avtomobildan foydalanilmaganda, u garaj yoki to’xtash joyida 
turganida ham muayyan detalning nosoz holati yoki ob-havo ta’sirida yonib ketishi 
yoki portlab ketishi mumkin, yoki turli xildagi xavfli xossalarga ega ashyolar 
saqlanadigan idishdan chiqayotgan gazning zarar yetkazishi mumkinligi. 
Oshiqcha xavf manbaini kengroq tushunish uchun ularning tasnifidan 
foydalanish o’rinli. FKning 999-moddasida ko’rsatilgan oshiqcha xavf 
manbailarining turlari mukammal bo’lmasdan, taxminiy hisoblanadi, chunki fan va 
texnikaning doimiy rivojlananishi natijasida ularni to’la va aniq sanab o’tishining 
imkoniyati yo’q. Shu tufayli, ularni ma’lum bir guruhlarga bo’lib o’rganish muhim 
rol o’ynaydi. O. A. Krasavchikov ularni guruhlarga bo’lishda moddiy obyektdagi 
energiyaning shakliga qarab bo’lishni mezon qilib olishni taklif qiladi va shu 
mezon asosida oshiqcha xavf manbaini 4 guruhga ajratadi: 
1. Fizikaviy. Ular o’z navbatida mexanik (masalan: transport), elektrik (katta 
quvvatdagi) va issiqlik (bug’ qurilmalari) xavf manbalariga bo’linadi.
2. Fizikaviy-kimyoviy. Ularga radioaktiv materiallar kiradi. 
3. Kimyoviy xavf manbalari. Ularga zaharlovchi (zahar), portlovchi ( turli 
gazlar) va xavfli yonuvchi ( yonilg’ining bir necha turlari) obyektlar kiradi. 
4. Biologik. Ular zoologik (yovvoyi hayvonlar) va mikrobiologik xavflar (bir 
qancha mikroorganizmlarning shtammlari)
94
dan iborat. 
Albatta mazkur ro’yxat oshiqcha xavf manbai turlarnining to’liq ro’yxati 
hisoblanamaydi. Chunki, fan va texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi turli 
xildagi texnik vositalarning takomillashgan ko’rinishi bilan birga bir qator yangi 
obyektlarning vujudga keltirmoqda. Hozirgi kunda kompyuterlar, qo’l telefonlarini 
ham ma’lum ma’noda oshiqcha xavf manbai obyektlari jumlasiga kiritish mumkin. 
FKning 999-moddasi 2-qismiga muvofiq, zararni to’lash majburiyati 
oshiqcha xavf manbaiga mulk huquqi, xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ 
boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda (mulkiy ijara 
shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan ishonchnoma, 
tegishli organning unga ortiqcha xavf manbaini topshirish to’g’risidagi 
farmoyishiga ko’ra va hokazo) egalik qiluvchi yuridik shaxs yoki fuqaroga 
yuklanadi. 
Oshiqcha xavf manbalarining egalari bu manbalarning bir biriga ta’siri 
(transport vositalarining to’qnashuvi va hokazo) natijasida uchinchi shaxslarga 
yetkazilgan zarar uchun FKning 999 moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida 
94
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-347 b. 


434 
nazarda tutilgan asoslar bo’yicha solidar javobgar bo’ladilar. 
Oshiqcha xavf manbalarining o’zaro ta’siri natijasida ularning egalariga 
yetkazilgan zarar umumiy asoslarda qoplanadi. Bunda bir tarafning aybi bilan 
yetkazilgan zarar shu taraf tomonidan to’liq hajmda qoplanadi, ikkala yoki bir 
nechta taraflarning aybi bilan yetkazilgan zarar esa ulardan har birining aybi 
darajasiga mutanosib ravishda qoplanadi. Taraflardan har birining aybi darajasini 
aniqlash imkoniyati bo’lmaganda javobgarlik ular o’rtasida teng baravar 
taqsimlanadi. Zararning yetkazilishida taraflarning aybi bo’lmaganda ulardan hech 
biri zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega emas. Bunday holda taraflarning 
har biri o’zi ko’rgan zarar hajmini zimmasiga oladi. 
Oshiqcha xavf manbaining egasi shu manba yetkazgan zarar uchun, agar 
manba egasining tasarrufidan boshqa shaxslarning g’ayrihuquqiy harakatlari 
(harakatsizligi) natijasida chiqib ketganligini isbotlasa, javobgar bo’lmaydi. 
Bunday hollarda oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik manbani g’ayrihuquqiy egallab olgan shaxsning zimmasida bo’ladi. Bu 
manbani egasining tasarrufidan g’ayrihuquqiy tortib olishda egasining aybi bo’lgan 
taqdirda, javobgarlik uning egasiga ham, oshiqcha xavf manbaini egallab olgan 
shaxslarga ham yuklanishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling