Toshkent davlat yuridik universiteti


 Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarni


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarni 
vujudga kelish asoslari 
Ushbu majburiyatning nomlanishi go’yoki, majburiyat hech qanday huquqiy 
asosga ega bo’lmasdan vujudga keladigandek bo’lib ko’rinadi. Aslida esa, bu 
o’rinda boylik orttirish, tejash natijasida boshqa shaxsga tegishli bo’lgan (mulkiy) 
huquqlar, pul mablag’lari boshqa shaxsning tasarrufiga asosga ega bo’lmagan 
holda o’tib qoladi. 
Yuqorida asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar 
yuridik faktlar asosida vujudga kelishi ta’kidlangan edi. Bu o’rinda yuridik faktlar 
turli ko’rinishda: hodisalar va harakatlar; huquqiy harakat va huquqbuzarliklar va 
h.k. Istisno holat sifatida faqat shartnoma singari yuridik fakt ko’rilishi mumkin. 
Zero, asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar 
shartnomadan tashqari majburiyat sanaladi.
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar yengib 
bo’lmas kuch, shu jumladan inson nazorat qila olmaydigan tabiiy ofatlar, 
vaziyatning tasodifiy kechishi, asossiz boylik orttirgan shaxsning yoki boshqa 
shaxslarning huquqqa xilof harakatlari natijasida vujudga kelishi mumkin. 
Amaliyotda shunday holatlar ham bo’lishi mumkinki, asossiz orttirilgan yoki 
tejalgan boylik dastlab huquqiy asoslangan bo’ladi va keyinchalik ushbu asos 
barham topadi. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar 
umumiy qoida bo’yicha ushbu asos bekor bo’lganda vujudga keladi. Buning aksi 
ham kuzatilishi mumkin: olingan yoki tejalgan boylik dastlab huquqiy asosga ega 
bo’lmaydi, biroq keyinchalik bunday asos vujudga keladi. Bunday holatda esa, 
ushbu vaqtdan boshlab olingan yoki tejalgan boylik asosli bo’lib qoladi. 
Asossiz orttirilgan boylikdan kelib chiquvchi majburiyatlarning tarkibi 
quyidagi elementlardan tashkil topadi:
a) bir shaxs boshqa shaxsning hisobidan mol-mulkka ega bo’ladi; 
b) mol-mulk asossiz ravishda qonunda, boshqa huquqiy hujjatlarda, 
shartnomada ko’zda tutilmagan yo’llar bilan qo’lga kiritiladi yoki tejab qolinadi; 
v) odatda, asossiz ravishda boylik orttirish xatoliklar, yanglishishlar 
natijasida ro’y beradi. 
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarga misollar 
keltirib o’tamiz. 
Masalan, to’lov kontrakt asosida ta’lim oluvchi universitet talabasi 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi g’aznachiligi (g’aznachilik 
boshqarmasi) hisobvarag’iga universitetning shaxsiy hisobvarag’ini ko’rsatmagan 
holda pul mablag’larini o’tkazadi. Natijada o’tkazilgan pul mablag’i moliya 
vazirligi g’aznachiligida (g’aznachilik boshqarmasida) qolib ketadi. Buning 
oqibatida talaba kreditor sifatida, g’aznachilik esa qarzdor sifatida ko’riladi. Yana 


469 
boshqa bir vaziyatda talabaning otasi o’g’li Babadjanov Islom uchun pul 
mablag’larini o’tkazish uchun bankka topshiriq beradi. Bank ushbu topshiriqni 
bajarayotganda to’lov maqsadini ko’rsatganda boshqa kursda o’quvchi Bobojonov 
Islomning nomini ko’rsatadi. Natijada Bobojonov Islomning asossiz boylik 
orttirishi ro’y beradi. 
Xalqaro telefon tarmog’idan foydalanganlik uchun abonentning manzili va 
raqami ko’rsatgan holda to’lovni amalga oshirish haqida xabarnoma xatolik 
natijasida boshqa xonadonga taqdim qilinadi. Xabarnoma kimga berilganiga 
e’tibor qaratmagan holda fuqaro telefon o’chirib qo’yilmasligi uchun darhol 
to’lovni amalga oshirib yuboradi. Natijada telefon xizmati haqini to’lagan fuqaro 
va aslida to’lashi lozim bo’lgan fuqaro o’rtasida asossiz boylik orttirish oqibatida 
majburiyat vujudga keladi. 
Fuqaro A.fuqaro B.ga bir yil muddatga qarzga pul beradi. Qarzdor o’z 
vaqtida pulni qaytarmaydi. Ushbu mablag’larni qaytarish haqidagi da’voni 
shartnomaviy da’vo sifatida ko’rsatish mumkin. Biroq, muddati o’tib ketganidan 
so’ng ushbu da’voni shartnomadan tashqari majburiyat ya’ni, asossiz boylik 
orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyat sifatida baholash mumkin. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan misollar asossiz boylik orttirish oqibatida kelib 
chiqadigan majburiyatlar turli xil asoslar ya’ni, hodisalar, qonuniy va noqonuniy 
harakatlar va h.k. natijasida vujudga kelishi mumkinligi ko’rsatadi
Ta’kidlash lozimki, bir shaxsning boshqa shaxs hisobidan mol-mulkka egalik 
qilish natijasida mulk hajmining oshishiga va ikkinchi tarafning mulkini 
kamayishiga olib keladi. 
Qo’lga kiritilgan mulk, uning miqdorining ko’payishi, qo’lga kirituvchining 
qo’shimcha xarajatlarisiz uning qiymatini oshishiga, masalan, bir shaxs boshqa 
shaxsning iltimosiga ko’ra, ishonib topshirgan qarzini boshqa shaxsga topshirsa
tashkilot uning nomiga olingan tovarlarga qaytadan pul to’lasa va hokazo. 
Mulkni tejash deganda, shaxs o’z mablag’larini sarf qilishi lozimligi, lekin 
sarf qilmaganligi yoki boshqa shaxsning xarajatlari qoplanmaganligi, yoki boshqa 
shaxsga mukofot to’lanmasligi tushuniladi. Masalan, shirkatning to’lov 
shartnomasiga ko’ra, bank adashib boshqa shirkat hisobidan mablag’ni chiqarib 
tashlasa, bitta shirkatning mablag’i oshishi, boshqasinikining kamayishiga olib 
keladi. Agar shaxs, mulkdorning roziligisiz unga mukofot to’lamasdan mulkdan 
foydalansa, mukofot to’lanmasligi evaziga tejash kelib chiqadi.
Asossiz boyishning eng ko’p tarqalgan turi qo’lga kirituvchining o’ziga 
tegishli bo’lmagan mulkka ega bo’lishi tushuniladi. Bu shaklning asosiy turi – 
jabrlanuvchining qo’lga kirituvchiga mulkiy foydaning berilishidir. Chunki taqdim 
etish asosida yotuvchi bitim yoki boshqa huquqiy asos bo’lmagan, yoki e’tirof 
etilmagan.
Rivojlangan tovar muomalasi sharoitida mualliflik, patent va boshqa 
huquqlarga daxl qilishlar kuzatilmoqda. Bunday xatoliklarga yo’l qo’yilganda 
noqonuniy foydalanuvchida ixtirolardan foydalanish, foydali modellar, sanoat 
namunalari, tovar belgilari, o’zganing xizmat va tijorat siri, mualliflik va mutloq 
huquqlarga mukofot to’lamaslik uchun litsenziya to’lovlarni amalga 
oshirmaganligi natijasida asossiz tejash paydo bo’lish holatlari ham uchraydi.


470 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling