Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik muammolari haqida fikr bildiring. 2. Ma’naviy zarar miqdorini aniqlash tartibini tushuntiring. 3. “Tez yordam” va qurilish trestiga qarashli avtomashinalarning to’qnashuvi natijasida piyoda Ergashev jarohat oldi. “Tez yordam” mashinasi va qurilish tresti mashinasi shikastlandi. YHHB xulosasiga ko’ra, har ikkala mashina haydovchisi tomonidan ham yo’l harakati qoidasi buzilmagan. To’qnashuv tasodifan yo’llarning muzlashi natijasida sodir bo’ldi. Ergashev mashina egalari ustidan unga yetkazilgan zararni to’lash bo’yicha shikoyat qildi. Qurilish trestiga nisbatan tuman sog’liqni saqlash bo’limi ham shikoyat qildi. Bahsni qanday echish kerak? Qurilish tresti mashinasining haydovchisi to’qnashuvda aybdor bo’lsa, sud qarori o’zgaradimi? 4. Shaxsiy mashinada ketayotgan Baratov tezlikni oshirishi natijasida mashinani boshqara olmay yo’l chetida turgan Ochilovning mashinasiga urilib, uni harakatga keltirdi, Ochilovning mashinasi esa oldida turgan avtoparkga tegishli mashinasini tiklash - 300.000 so’mni tashkil qildi. Baratovning mashinasi ham shikastlanib, uni ta’mirlashga 500.000 so’m ketardi. Avtopark Ochilov va Baratov ustidan sudga shikoyat qilib, birgalikda keltirilgan zararni to’lashni talab qildi. Ochilov Baratov ustidan sudga shikoyat qilib, ta’mirlashga ketadigan mablag’ni 462 to’lashni talab qildi va avtopark mashinasiga keltirgan zararni to’lashdan o’zini ozod qilishni so’radi. Chunki, uning mashinasi Baratovning aybi bilan shikastlanganligini aytadi. Baratov o’ziga qo’yilgan talablarni rad etib, birinchidan, avtopark mashinasiga uning mashinasi tomonidan emas, balki Ochilovning mashinasi tomonidan shikast yetkazilganligini va ikkinchidan, Ochilovning o’zi aybdor ekanligini aytadi. Sababi Ochilov mashinasini mashina qo’yish mumkin bo’lmagan joyga qo’yganligini ta’kidladi. Ochilov, esa Baratovning shikoyatlarini noo’rin ekanligini aytadi. Ishni hal qiling. 5. Avtomashinalarni ta’mirlash zavodining slesar shogirdi 17 yoshli Yormatov Komil va yo’l texnikumi talabasi 16 yoshli Soliev Vali eshik qulfini buzib Bozorovga tegishli “Jiguli” avtomashinasini olib qochdilar. Rulga Komil o’tirdi. Ta’qibdan qo’rqib u tezlikni oshirdi, burilishda mashinani boshqara olmaydi va mashina ag’darilib yo’l chetidagi simyog’ochga urildi. Yormatov va Solievlar shu erning o’zida qo’lga olindi. Mashina shikastlandi. Solievning o’ng kuragi va ikkita qovurg’asi sindi. Natijada u bir yil 50%ga umumiy mehnat qobiliyatini yo’qotdi. O’qishdan orqada qolib ketmasligi uchun uning ota-onasi repetitor yolladilar. Bozorov, Yormatov va Solievlarni hali balog’atga etmagan hisoblanib, ularning keltirgan zararni qoplashiga ko’zi etmay ularning ota-onasidan keltirgan zararni undirish maqsadida sudga shikoyat arizasi berdi. Solievning otasi bu shikoyatni rad etdi. Chunki, uning o’g’li Vali faqatgina avtomashina qulfini ochishda Yormatov Komilga yordam bergan xolos. Mashinani Yormatov Komil boshqargan. Shuning uchun ham zarar uchun Komil javob berishi kerak. Shu bilan birgalikda Solievning otasi o’g’li nomidan halokat tufayli keltirilgan zararni to’latish maqsadida Bozorov ustidan shikoyat qiladi. Sababi Valiga zarar yuqori xavf manbai natijasida keltirilgan. Bu ish qanday hal qilinmog’i kerak? 6. 12 yoshli Vohid Qodirov qishloqda buvisi Fozilovnikida yashardi. U erda Vohid 13 yoshli qo’shni bola Komil Salimov bilan tanishdi. Bir kuni buvisining uyida yo’qligidan foydalanib, ular buvisining uyida ijarada yashovchi Norboevning xonasiga kirib magnitofon tasmalarni (umumiy qiymati 100.000 so’m) o’g’irlab, noma’lum shaxsga 50.000 so’mga sotdilar. Bu pul Vohidda saqlanardi. Shu orada Norboevning narsalari yo’qolgani aniqlandi va bu pullar Vohiddan olib qo’yildi. Norboev Vohid va Komil tomonidan keltirilgan zararni undirish maqsadida (50.000 so’m) Fozilova, Vohidning onasi - Muslimova N.I. (Vohidning otasi yo’q) va Komilning ota-onasi - Salimov V.I. va Solieva I.I.lar ustidan shikoyat qilib sudga ariza beradi. Fuqarolik sudi Fozilovadan - Vohid tarbiyasiga e’tiborsiz qaraganligi hamda Komilning onasi - Solieva I.I.dan Komilning tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullanmaganligi uchun 50.000 so’mni birgalikda to’lashlari lozim deb ajrim chiqardi. Sud Salimov V.I.ni (Komilning otasi) va Muslimova N.I.ni (Vohidning 463 onasi) javobgarlikdan ozod qildi, chunki Salimov V.I. 5 yildan buyon oilasi bilan yashamaydi (Salimova I.I. bilan ajrashganligi sababli), Muslimova N.I. esa uzoq muddatli 4 yillik chet el safarida bo’lganligi uchun o’g’li ustidan nazorat qilmagan, natijada uni buvisinikiga yuborgan. Shuning uchun ular o’g’illarining Norboevga keltirgan zararida aybsiz. Sudning bu qarori prokuror tomonidan inkor etildi. Prokuror nimaga asoslanib, sud qaroriga e’tiroz bildirdi? Fozilova o’zini javobgarlikdan ozod qilishni so’raydi. Chunki Norboevga keltirgan zarar 100.000 so’m edi. Agar bu summani ikkiga bo’lsak, uning yarmisi ya’ni 50.000 so’mi Vohidning zimmasiga tushadi. Vohiddan 50.000 so’m tortib olinib, Norboevga qaytarilganligi sababli Fozilova o’z hissasidan qutuldim deb o’ylaydi. Bu ish qanday hal qilinadi? 7. Sud qarori bilan Zaravshon qishlog’i fuqarosi I.N.Po’latov o’zganing yosh o’g’li Ikromga aliment to’lar edi. Keyinchalik (I.N.Po’latovning ko’p marotaba qilgan shikoyatidan so’ng) ma’lum bo’ldiki, bolaning haqiqiy otasi va ish bo’yicha javobgar uning familiyadoshi, qo’shni Zarafshon qishlog’ida yashovchi boshqa I.N.Po’latov ekan. Qaror chiqarish va ijro qog’ozini yozayotganda qishloq nomi noto’g’ri yozilib qolgan ekan (Zaravshon qishlog’i o’rniga Zarafshon qishlog’i). I.N.Po’latov aliment uchun to’langan, sudga bir necha bor qatnashi natijasida ketgan summani, shuning natijasida qanday ish haqi yo’qotganligini hamda unga ma’naviy zarar keltirganligini aytib, ana shu zararlarni to’lashni talab qilib sudga ariza bilan murojaat qildi. Po’latovning talablari qondirilishi kerakmi? Bu ish qanday hal qilinishi kerak? 8. Davlat avtomobil bo’limi inspektori Dadaev ko’p marta hech qanday asossiz fuqaro Eshmatovni to’xtatib, undan hujjatlarni ko’rsatishni talab qilardi. Bundan jahli chiqqan Eshmatov bir gal Dadaevning talabini bajarishdan bosh tortganligi sababli Dadaev unga jismoniy kuch ishlatdi va qo’liga shikast yetkazdi. Natijada Eshmatov ikki oy davolandi. Noqonuniy harakatlari uchun Dadaev intizomiy javobgarlikka tortildi. Eshmatov yuridik fakultetda o’qiydigan yaqin tanishi bo’lgan bir talabaga murojaat qilib, undan o’ziga keltirilgan zararni kimdan undirishni bilib berishni iltimos qildi. Talaba noqonuniy yo’l bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, rahbar xodimlar, mansabdor shaxslar tomonidan keltirilgan zarar davlat tomonidan to’lanishini tushuntirdi va Eshmatov unga keltirilgan zararni to’latish uchun mahalliy ma’muriyatning moliya organini sudga berishi lozimligini ta’kidladi. Talabaning aytganini qilib, Eshmatov moliya bo’limi ustidan sudga ariza berdi. Ishni ko’rish jarayonida sud javobgar qilib DAN inspektori Dadaevni hisoblaydi va undan arizada ko’rsatilgan summani to’latadi. Dadaev sudning bu qaroriga norozilik bildirib shikoyat qiladi. Sud ishni ko’rish jarayonida DAN inspektori Dadaevni javobgar sifatida e’tirof etib, arizada ko’rsatilgan summani undan undirish to’g’risida qonuniy to’xtamga keladi. Yuqori sud organi qanday aniqlik kiritishi va bu ish qanday hal qilinishi 464 kerak? 9. Avtokorxona haydovchisi Boliev O’zbekiston shossesi bo’ylab ketayotib yo’l harakati qoidasini buzadi va natijada fuqaro Zoirovga tegishli avtomashina bilan to’qnashadi. Halokat Bolievning aybi bilan bo’lganligi sababli, u Zoirovning mashinasini avtokorxona garajida ta’mirlab berishga o’z hohishi bilan rozi bo’ladi. Shu maqsadda Boliev avtokorxona ishchilari Parpiev hamda Vohidov bilan Zoirovning mashinasini ishdan tashqari paytda ta’mirlab berishga kelishib oladi. Lekin avtomashina ta’mirdan chiqqach, Boliev kelishilgan narxni to’lashdan bosh tortadi. Uningcha mashina to’qnashuvidagi keltirilgan zararni avtokorxona to’lashi kerak. Chunki, u xizmat vazifasini bajarayotib Zoirovning mashinasi bilan to’qnashib ketgan. Parpiev va Vohidov kelishilgan narxni undirib berishlarini so’rab sudga ariza berdilar. Sud avtokorxonani javobgar qilib yuqoridagi Parpiev va Vohidovga tegishli narxni avtokorxonadan undirib berdi. Sud bu holda to’g’ri qaror qabul qilganmi? 10. Avtobaza ishchisi Sulaymonova xizmat yuzasidan avtokorxonaga qarashli yuk mashinasida kelayotgan edi. Shu mashinada Sulaymonovaning tanishi Komilova ham ketmoqda edi. Yo’lda ketayotib haydovchi To’xtaev mashinadagi texnik nosozlik tufayli uni boshqara olmay qoldi. Natijada mashinaning o’ng g’ildiragi chuqurga tushib mashina ag’darilib ketdi. To’xtaev bu chuqurni ko’rmagan edi. Avariyadan Sulaymonova va Komilova jarohat olishi natijasida Sulaymonova 60% Komilova 40% mehnat qobiliyatini yo’qotdi. Avtoinspeksiya xulosasiga ko’ra, shofyor To’xtaev tomonidan yo’l harakati qoidasi buzilmagan va mashinani ishga chiqargan avtobazaning ham aybi yo’q. Sulaymonova va Komilovalar o’zlariga keltirilgan zararni undirish uchun avtokorxona ustidan shikoyat qilishdi. Sulaymonovaning o’rtaga oylik maoshi 20.000 so’mni, Komilovniki esa, 18.000 so’mni tashkil qilardi. Lekin, Sulaymonovaga 8.000 so’m nafaqa, Komilovaga umuman nafaqa tayinlanmaydi. Shikoyatga qarshi avtokorxona javobgarlikdan ozod qilishini so’raydi. Baxtsiz hodisada Komilovaning o’zi aybdor, chunki u yo’lovchilar uchun moslashmagan yuk mashinasiga o’tirgan. Sulaymonovaga kelsak, uning sog’lig’iga yetkazilgan zarar ish jarayonida sodir bo’lgan. Bu baxtsiz hodisada avtokorxonaning aybi yo’qligi uchun avtokorxona bu keltirilgan zararga javobgar emas. Bu bahsda kim haq? 11. Avtokorxona shofyori G’oziev dam olish kuni garaj hududiga kelib, qorovulning yo’qligidan foydalanib o’zboshimchalik bilan garajdan mashinani olib chiqib ketdi (garaj boshlig’i bilan kelishib kalitni o’zida saqlar edi). Tumanli yo’lda keta turib, G’oziev oldidagi mashinani quvib o’tayotganida mashinani boshqara olmay, qarshi chiziqqa chiqib ketib, qarshisida kelayotgan Vohidovning mashinasi bilan to’qnashadi. Vohidovning mashinasida yo’lovchi Zaripov bor edi. To’qnashish natijasida ikkala mashina ham shikastlandi. Vohidovning mashinasini tiklash uchun 800.000 so’m, avtobaza mashinasini tiklash uchun 500.000 so’m sarf qilindi. Yo’lovchi Zaripov jarohat olishi natijasida 60% mehnat qobiliyatini yo’qotdi va Vohidovga hamda avtokorxonaga nisbatan shikoyat qildi. Vohidov 465 Zaripovning talablariga qarshi chiqib, uning jarohat olishiga G’oziev aybdor va bu ish bo’yicha javobgar bo’lishi kerak dedi va o’z navbatida avtokorxona ustidan shikoyat qilib, uning mashinasiga keltirilgan zararni to’lashni talab qildi. Avtokorxona Vohidov va Zaripovlarning shikoyatlariga qarshi chiqib shunday dedi: birinchidan, G’oziev tomonidan o’zboshimchalik bilan olib ketilgan mashina avtokorxona qaramog’idan chiqdi, shuning uchun Vohidov va Zaripovga keltirilgan zarar uchun u javobgar emas, ikkinchidan, avtomashinalar to’qnashuvi tuman natijasida sodir bo’ldi, shuning uchun nafaqat avtokorxona, balki Vohidov ham javobgarlikdan ozod bo’lishi kerak. Ishni hal qiling. 12. 1995 yil 5 iyulda Gulovga tegishli ishonch qog’ozi bilan uning 17 yoshli balog’atga etmagan o’g’li boshqarib borayotgan “Dnepr” rusumli motostikl Nurovga tegishli “Jiguli” mashinasi bilan to’qnashib, mashinaga shikast yetkazildi. Tergov organlarining fikriga binoan, yo’l transport hodisasi motostikl haydovchisining aybi bilan sodir bo’lgan. Nurov Gulov ustidan sudga shikoyat qilib, avtomashinaning ta’mirlashga ketadigan mablag’ni undirishni talab qildi. Ishni ko’rib chiqish jarayonida sud javobgar shaxs sifatida Gulov va uning o’g’lini birgalikda mashinaga yetkazilgan zararni to’lash to’g’risida qaror chiqardi. Prokuror sudning bu qaroriga qarshi e’tiroz bildirdi. Prokurorning sud qaroriga e’tiroz bildirishiga nimalar asos bo’la oladi? 13. Maishiy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha yangi korxona qurish va undan birgalikda foydalanish maqsadida “Ximik” AJ bilan “Quruvchi” AJ o’rtasida shartnoma tuzildi. Qurilish 3 yil davomida bajarilish loz im edi. Qurilish davlat byudjeti mablag’lari va buyurtmachining maishiy zahiralari hisobiga “Quruvchi” AJ tomonidan amalga oshirilishi kelishilgan edi. Qurilish 2 yil davom etdi va byudjet ajratmalari yo’qligi hamda obyektning ekologik talablarga javob bermasligi sababli to’xtatildi. “Ximik” AJ “Quruvchi” AJning har ajatlarini qoplashni, ishlarni bajarishning oxirgi bosqichini moliyalashtirishni rad qildi va shartnomada bunday holatda har ajatlarni qoplashni, ishlarni moliyalashtirishning alohida tartibi belgilanganini ko’rsatdi. “Quruvchi” AJ bu shartlarga rozi bo’lmadi va O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga asoslanish kerakligini ko’rsatdi. Taraflar o’zaro kelishuvga erisha olmagani sababli buyurtmachi ustidan da’vo arizasi bilan pudratchi xo’jalik sudiga murojaat qildi, Nizoda kim haq? Xo’jalik sudining hal qiluv qarori qanday bo’lishi kerak? 14. O’rmonximiya kombinati ishchisi Mirzaev stisternadan o’rmonximiya kombinatiga tegishli etil spirtini o’g’irlab tanishi Qodirovni mehmon qiladi. Natijada u zaharlanib, ikkala ko’zi ham ko’rmay qoladi, Mirzaevning o’zi esa 50% ko’rish qobiliyatini yo’qotadi. Qodirov o’rmonximiya kombinatini etil spirt egasi hisoblab va bu spirt yuqori xavf manbai ekanligini aytib, kombinat ustidan o’zi ko’rgan moddiy va ma’naviy zararni undirish maqsadida shikoyat qilib, sudga ariza berdi. Xuddi shunday aybnomani Mirzaev ham aytadi. Qodirov va Mirzaevlarning shikoyati to’g’rimi? 466 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling