Toshkent davlat yuridik universiteti
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
taraflar, ularning huquq va majburiyatlari FKning 1023-moddasida asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar taraflari sifatida “mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo’lga kirituvchi)” hamda “belgilangan asoslarsiz ixtiyoridan mol mulk chiqib ketayotgan boshqa shaxs (jabrlanuvchi)” ko’rsatilgan. Boshqacha qilib aytganda, ushbu majburiyatda qarzdor sifatida huquqiy asoslarsiz mulkiy foyda (daromad) kelgan shaxs qatnashsa, kreditor sifatida esa ushbu holat uning hisobidan vujudga kelgan va natijada zarar ko’rgan shaxs ishtirok etadi. Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik bo’yicha majburiyatlarning subyekti bo’lib, asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan mol-mulkni yoki mulkiy (talab qilish) huquqini qo’lga kiritgan qarzdor va bu mulkni yoki mulkiy huquqni talab kilish huquqi ega bo’lgan haqiqiy mulkdor (kreditor) bo’lishi mumkin. Bunda qarzdor va kreditor bo’lib fuqarolar, jumladan, muomalaga layoqatsiz shaxslar ham, huquq subyektliligi xarakteridan kati nazar, yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin. Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar asosan pul majburiyatlariga nisbatan qo’llaniladi. Bunda asossiz ravishda olingan yoki tejab qolingan pul mablag’lari boshqa shaxsning mulki bilan qo’shilishi natijasida egasiz mulkka (mulkiy huquqqa) aylanadi. Bir qarashda ushbu holatga nisbatan e’tiroz bo’lishi mumkin emasdek bo’lib tuyuladi va bunda pul mablag’lari tasarrufiga o’tgan shaxsda huquq paydo bo’ladi, biroq, unda buning uchun huquqiy asos mavjud bo’lmaydi. Shu boisdan ham pul mablag’lari unga nisbatan huquqqa ega bo’lmagan shaxsdan olinib, unga nisbatan huquqi bo’lgan shaxsga qaytarilishi shart. Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik majburiyatlarning obyekti bo’lib, asossiz boylik orttirgan shaxsning asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylikni kreditorga qaytarishi bo’yicha qiladigan harakatlari hisoblanadi. Asossiz orttirilgan boylikni talab qiluvchi kreditor mavjud bo’lmagan hollarda mulk davlat byudjetiga yoki qonunga muvofiq tegishli muassasaga o’tkaziladi. Bunday majburiyatlarning mazmuni jabrlanuvchining asossiz orttirilgan boylikni asl holida yoki pul summasida asossiz boylik orttirgan shaxsdan talab qilish huquqi va bu qarzdorning asossiz orttirilgan boylikni jabrlanuvchiga qaytarish majburiyatidan iboratdir. Majburiyatda kreditorning subyektiv huquqi asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylikni unga tegishli bo’lgan barcha daromadlari bilan birgalikda hamda harajatlarni chegirib qolgan holda talab qilishning huquqiy ta’minlangan imkoniyati hisoblanadi. O’z navbatida subyektiv majburiyat qarzdorning majburiyat yuzasidan muayyan harakatlarni amalga oshirish ya’ni, kreditorga tegishli bo’lgan boylikni unga tegishli bo’lgan barcha daromadlari bilan birgalikda hamda harajatlarni chegirib qolgan holda qaytarishni nazarda tutadi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati to’langanida qo’lga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart bo’lgan vaqtdan 471 boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni o’zi olgan nafni e’tiborga olgan holda to’lashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Biroq, qo’lga kirituvchi qaytarilishi lozim bo’lgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo’qoladi. Demak, bu o’rinda birinchi o’ringa jabrlanuvchiga tegishli mol mulkni (boylikni) asl holida qaytarish majburiyati qo’yiladi. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati uni assossiz ekanligini qarzdor bilgan yoki bilishi lozim bo’lganiga bog’liq emas. Shu boisdan, asossiz ekanligini qarzdor bilgan yoki bilishi lozim bo’lganidan qat’iy nazar talab qanoatlantirilishi lozim. Qo’lga kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan paytdan keyin asossiz qo’lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy etishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar bo’ladi. Bu paytgacha u qasd va qo’pol ehtiyotsizlik uchungina javobgar bo’ladi. Bunday holatda mol mulkni yomonlashtirganlik yoki kamchilikni vujudga kelishida qaysi tarafning mas’ul ekanligi aniqlanishi talab qilinadi. Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan boshlab ana shu mol- mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim bo’lgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki to’lashi shart. Asossiz orttirilgan pul summasiga, qo’lga kirituvchi pul mablag’larini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan boshlab, o’zganing mablag’laridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim (FK 1028-modda). FKning 327-moddasida boshqa shaxslarning pul mablag’larini g’ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to’lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg’arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag’lar summasiga foiz to’lanishi kerakligi belgilangan. Bunda foizlar g’ayriqonuniy ushlab turilgan, foydalanilgan pul mablag’lari miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Demak, FKning 327-moddasida belgilangan foizlar to’lash haqidagi talabni asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyat sifatida ko’rish mumkin. Garchi foizlarni to’lash haqidagi talab shartnomaviy majburiyatni bajarmaganlik natijasida kelib chiqsada, asosiy qarzni qaytarish haqidagi talab shartnomaviy da’vo, foizlarni to’lash haqidagi talab esa, shartnomadan tashqari asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyat hisoblanadi va shartnomaviy da’voga yo’ldosh bo’ladi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda, qo’lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qo’lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to’lashi, shuningdek agar qo’lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini to’lamagan bo’lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o’zgarishi tufayli ko’rilgan zararni to’lashi lozim. Egallab olish niyatisiz o’zganing mol-mulkidan yoki o’zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o’sha joyda mavjud narx bo’yicha to’lashi lozim bo’ladi. Ya’ni, narx navoning u 472 yoki bu tarafga o’zgarishi ahamiyatga ega bo’lmaydi va foydalanish narxi foydalanishning tugashi vaqti bilan aniqlanadi. Shu bilan birgalikda foydalanish narxi qaysi joyda foydalanilgani, agar turli joyda foydalanilgan bo’lsa, u holda foydalanish tugallangan joy hisobga olinadi. FKning 1027-moddasida huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari nazarda tutilgan. Bunda birmuncha murakkab vaziyat vujudga keladi. Shaxsga biron bir huquq (masalan, mulk huquqi yoki majburiyat yuzasidan kreditor huquqi) tegishli bo’ladi. Ushbu shaxs o’zini boshqa bir shaxs bilan majburiyat orqali bog’langan deb hisoblaydi, biroq aslida bunday majburiyat umuman yo’q yoki haqiqiy majburiyat emas. Ushbu (mavjud bo’lmagan yoki haqiqiy bo’lmagan) majburiyatni bajarish maqsadida huquq egasi garchi bunga asos bo’lmasa ham ko’rsatilgan shaxsga o’z huquqlarini o’tkazadi. Ushbu holatda huquqini o’tkazgan shaxs ilgarigi holatini tiklanishini shu jumladan huquqni o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qaytarilishini talab qilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling