Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Intellektual mulk huquqi to’g’risida ilmiy nazariyalar tavsifi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §. Intellektual mulk huquqi to’g’risida ilmiy nazariyalar tavsifi
Mulk huquqi har doim nafaqat fuqarolik huquqining balki har qanday huquq 
tizimining eng asosiy, markaziy institutlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli 
Qadimgi Rim huquqida, undan keyinroq vujudga kelgan musulmon huquqida ham 
unga alohida o’rin ajratilgan. Biroq XVII asrlarga kelib mulk huquqi barcha mol-
mulklar va mulkiy huquqlarni fuqarolik muomalasida bo’lishini tegishli va zarur 
darajada tartibga sola olmasligi ma’lum bo’ldi. Gap kitob bosishni ixtiro qilish va 
ixtirolarni sanoatda keng qo’llashni boshlash bilan vujudga kelgan inson ijodiy 
faoliyati natijalariga nisbatan mulkiy huquqlar ustida bormoqda. Ularga nisbatan 
odatdagi, an’anaviy mulk huquqi normalarini qo’llash, mulkdor huquqlarini 
samarali himoya qilish mumkin emas edi. Xuddi shu sababli ham mulk huquqi 
bag’ridan intellektual mulk huquqini ajralib chiqishi uchun obyektiv zarurat 
vujudga keldi. Biroq intellektual mulk huquqi birdaniga osongina shakllanmadi. U 
to hozirgi ko’rinishdagi doktrinalar holiga yetguncha murakkab va ziddiyatli 
jarayonlarni boshdan kechirdi va turli tuman ilmiy nazariyalar shaklida rivojlanib 
bordi. 
A.P.Sergeevning ko’rsatishicha o’rta asrlarda hukmdorlar ayrim noshirlar va 
texnik yangiliklar ixtiro qilgan manufaktura egalariga alohida imtiyozlar berishgan. 
Keyinchalik esa qonunlarda asarlar va texnik yangiliklardan foydalanishda 
ularning egalariga muayyan cheklangan muddatga mutlaq huquqlar berish rasm 
bo’lgan
97
. Xuddi shu sababli ham intellektual mulk huquqining dastlabki kurtaklari 
huquq normalarida o’z mujassamini topishi garchi qandaydir nazariyada o’z 
ifodasini topmagan bo’lsa ham, uni o’ziga xos nazariy asoslari mavjud deb 
hisoblash mumkin. Uni shartli ravishda "imtiyozli mulkdorlar nazariyasi" deb 
atash o’rinli bo’lur edi. Ushbu nazariya amal qilgan davrlarda 1623 yilda 
Angliyada qirol Yakov Styuart tomonidan "Monopoliyalar haqida Statut" qabul 
qilindi. Bunda texnik yangilikni ishlab chiqqan va qo’llagan shaxsga 14 yillik 
muddatga ushbu yangilikka nisbatan mutlaq huquq belgilandi. 1710 yilda 
"qirolicha Anna Statutlari" chiqarildi va adabiy asarlarga nisbatan ular yaratilgan 
vaqtdan boshlab 14 yil o’z asarini e’lon qilishga nisbatan mutlaq huquq belgilandi 
(ushbu muddat muallif hayotlik davrida yana 14 yilga uzaytirilishi mumkin edi). 
Ushbu qonunlarda imtiyozlar o’ziga xos ko’rinishga, yuqoriroq bosqichga 
ko’tarildi, ya’ni monopoliya (yakka hokimlik) shakliga o’tdi, hozirgi mutlaq 
huquqlarning ilk kurtaklari unda o’z ifodasini topdi.
XVIII asr oxirlarida intellektual mulk huquqini izohlovchi ilk ilmiy nazariya 
– tabiiy huquqlar nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariya asosida ijodkor 
shaxsning huquqlari inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini ajralmas qismidir, 
uning ma’naviy ijodining natijasidir degan asosli xulosa yotadi. Ushbu huquq 
tabiiy huquq bo’lib, u davlat uni tan olishi, e’tirof etishidan qat’i nazar mavjud 
bo’ladi. Davlat uni faqat himoya qilishga ko’maklashishi mumkin, uchinchi 
97
Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. –М.: Проспект, 2000. 11-б. 


476 
shaxslar tajovuzidan ushbu huquqlarni muhofaza qilish mumkin xolos. Ushbu 
nazariya ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishga, ularni 
bozorda xaridor topilsa, sotishga imkon beruvchi huquqiy asoslarni vujudga 
keltirdi. 
Keyinchalik proprietor (mulk ma’nosini anglatadi) nazariyasi vujudga keldi 
va XIX asrda keng tarqaldi. Uning asosida insonning har qanday mehnati mulk 
yaratadi, demak, ijodkor inson aqliy mehnati ixtirolar, asarlar va boshqa nomoddiy 
(vujudsiz, jismsiz) obyektlarni yaratadi degan g’oya yotadi. Ushbu nazariya 
YYevropa ning roman huquq tizimi amal qilgan davlatlarida keng tarqaldi. Ushbu 
mamlakatlarda ijodiy yutuqlar yaratuvchilarining huquqlari mulk huquqiga 
tenglashtirildi, ba’zan esa ijodiy faoliyat mahsullari bevosita ko’char mol-
mulklarga mansub deb belgilab qo’yildi. Mulk nazariyasi bilan bog’liq ravishda 
sanoat mulki, adabiy-badiiy mulk, intellektual mulk iboralari muomalaga kiritildi 
va ular xalqaro hujjatlarda o’zining legal ifodasini topdi (1883 yilda amalga 
kiritilgan sanoat mulkini muhofaza qilish bo’yich Parij Konvensiyasi, 1886 yilda 
adabiy – badiiy asarlarni muhofaza qilish bo’yicha Bern Konvensiyasi ishlab 
chiqildi, 1967 yilda Stokgolmda Butunjahon intellektual mulk Tashkiloti (BIMT) 
ni ta’sis etish to’g’risida Konvensiya tuzildi va h.k.). 
Garchi intellektual mulk nazariyasi ijodkor insonlar huquqlarini e’tirof etish, 
amalga oshirish va himoya qilishda ijobiy natijalar berganiga qaramasdan uning 
zaif nuqtalari ham mavjud edi. Bu mulk huquqi to’g’risidagi barcha normalarni 
intellektual mulk obyektlariga nisbatan bevosita qo’llab bo’lmaslikda o’z ifodasini 
topadi. Paullet, P.Rozenberg kabi olimlar intellektual mulk uning nomoddiy 
ekanligi sababli maxsus tartibga solishni talab etuvchi alohida turdagi mulk, 
patentlar egalari, mualliflik huquqi va tovar belgilari subyektlari mulk huquqining 
obyektlari bo’lib ko’rinmas va vujudsiz ashyolar hisoblanadi deb ushbu zaif 
nuqtalarni bartaraf etishga urindilar. 
Intellektual mulk huquqini tabiatini izohlashda intellektual huquqlar 
nazariyasi ham o’ziga xos o’rin egallaydi. 1879 yilda belgiyalik yurist E.Pikar 
"intellektual huquqlar" iborasini muomalaga kiritdi. Ushbu nazariyaga mualliflar, 
patent egalari huquqlari sui generis ya’ni fuqarolik huquqlarini an’anaviy ravishda 
ashayoviy, majburiyat, shaxsiy huquqlarga bo’lish doirasiga kirmaydigan alohida 
turdagi huquqlar sifatida qarash lozim degan g’oya asos bo’ldi. Bunday huquqlar 
ashyoga nisbatan mulk huquqidan amal qilish vaqti va hududi (makon va zamon), 
muhofaza hajmi, foydalanish xususiyatlari bilan farq qiladi. Maxsus intellektual 
huquqlar nazariyasi tarafdorlarining ko’pchiligi "intellektual mulk" iborasini 
qo’llashga qarshidirlar. 
Keyinchalik Y.Koller tomonidan nomoddiylik haqidagi nazariya (immaterial 
nazariya) ishlab chiqildi va V.Eremenkoning fikricha u mualliflik va patent 
huquqini rivojida muhim va jiddiy ta’sir qiladi
98
. Ushbu nazariya mazmunida mulk 
huquqidan farqli ravishda mualliflik va ixtirochilik huquqlari shaxsiy (nomoddiy) 
huquqlar va mulkiy huquqlarni birikmasidan (kombinatsiyasidan) iborat degan 
g’oya yotadi. 
98
Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 2003. №1, 4-бет. 


477 
Rossiyalik taniqli svilist olim A.P.Sergeev ham ushbu nazariyaga o’xshash 
mulohazalarni bayon etadi: "Hozirgi vaqtda mualliflik va ixtirochilik huquqlarini 
ikki yoqlama tabiatini amalda hech kim shubha ostiga olmaydi. Bir tomonda ijodiy 
natija yaratuvchisiga undan foydalanish huquqi tegishlidir. Ushbu huquq mutlaq 
xarakterga ega va erkin ravishda boshqa shaxsga o’tkazilishi mumkin. Ushbu 
huquq mulkiy huquqqa mansub va o’zining qator belgilariga ko’ra haqiqatan ham 
mulk huquqi bilan o’xshashdir. Boshqa tomondan, muallif mualliflik huquqi, 
mualliflik nomiga bo’lgan huquq va shu kabi shaxsiy nomulkiy huquqlar 
majmuining sohibidir. Ushbu huquqlar o’z tabiatiga ko’ra uning sohibidan 
begonalashtirilishi mumkin emas. Ayni vaqtda mulkiy va shaxsiy huquqlar 
o’rtasida o’tib bo’lmas chegara yo’q, ular mustahkam tarzda o’zaro bog’liq, o’zaro 
chatishib ketgan va shunday holatda uzviy birlikni tashkil etadi"
99

Shaxs nazariyasi O.Girke asarlarida o’zining ifodasini topgan. Ushbu 
nazariyaga ko’ra ijodkorning huquqi uning shaxsining tarkibiy qismi, uning ijodiy 
faoliyatining natijasidir. Ushbu huquq nomga bo’lgan huquq, yashashga bo’lgan 
huquqqa o’xshashdir. Hatto muallif o’z asarini chop ettirganda, ixtirochi patent 
olgan taqdirda ham u o’zining ichki mohiyatiga ko’ra shaxsning yagona huquqi 
bo’lib qoladi deb ko’rsatadilar – ushbu nazariya tarafdorlari. Ushbu nazariya 
intellektual mulkning faqat bir jihatinigina qamrab oladi, biroq intellektual mulk 
obyektlarini fuqarolik muomalasida harakatda bo’lishini ta’minlay olmaydi. 
Tabiiy huquqlar, sanoat mulki, intellektual huquqlar, nomoddiylik, shaxs 
nazariyalari M.Kuznetsovning ko’rsatishicha xususiy-huquqiy nazariyalar 
turkumiga kiradi
100

Intellektual mulk mohiyatini tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning 
ikkinchi turkumi ommaviy – huquqiy nazariyalardir. Ular ichida eng mashhurlari – 
shartnomaviy nazariya va mutlaq (mustasno) huquqlar nazariyalaridir. 
Shartnomaviy nazariyaga ko’ra ijodkor siyosiy hokimiyat bilan, davlat bilan 
o’ziga xos shartnomaviy munosabatda bo’ladi. Masalan, E.Bogatix, 
V.Levchenkoning fikricha, patentni shartnoma sifatida tushunish patent-huquqiy 
institutlar mazmuniga jiddiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Ixtirochi omma uchun o’z 
ixtirosining mazmunini ochib beradi, buning evaziga davlat ixtirochining muayyan 
huquqlar bilan ta’minlaydi va ularni muayyan muddat muhofaza qiladi. Ushbu 
muddat tugagach ixtiro umuminsoniy boylikka aylanadi. Ushbu shartnoma har 
ikkala taraf uchun ham foydali, o’zaro manfaatga asoslanadi
101
.
Biroq V.Eremenko ushbu nazariyaning bir zaif nuqtasiga ahamiyat beradi: 
agar patent shartnoma bo’lsa, u holda davlat shartnomalar erkinligi tamoyiliga 
asosan bunday shartnomani tuzmasligi ham mumkin, biroq amalda bunday emas. 
Umumiy qoidaga ko’ra davlat qonunda belgilangan talablarga javob beradigan 
barcha ixtirolarga patent berishi shart
102
. Shunday qilib ushbu nazariya ham 
intellektual mulk mohiyatini to’la ochib bera olmaydi, individuallashtirish 
99
Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. –М., Проспект, 2000. 13-14-б. 
100
Кузнецов М.К. Охрана результатов творческой деятельности в международном частном праве. –М., 1988. 
59-б. 
101
Богатих Е.А., Левченко В.И. Патентное право капиталистических и развивающихся государств. –М., 
1978. 16-18-б. 
102
Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 2003. №1, 36-бет. 


478 
vositalari va oshkor etilmagan axborotlarga nisbatan esa ularni aslo qo’llab 
bo’lmaydi. 
Keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu mutlaq (mustasno) huquqlar 
nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariya XIX asr oxirlarida vujudga keldi. Uning 
tarafdorlaridan biri A.Pilenko quyidagicha yozadi: "Patent huquqining mohiyati 
shundaki uning sohibi barcha uchinchi shaxslarga quyidagilarni taqiqlab qo’yishi 
mumkin: 
1) patentlangan ixtironi o’zlashtirib olishni; 
2) aynan o’shanday ixtironi qaytadan ixtiro qilishni; 
3) huddi shunday ixtironi patentlashni so’rab murojaat qilishni. Ushbu 
vakolatlar patent berilgandan keyingina vujudga keladi
103
. E.P.Gavrilov ham 
mutlaq huquq mazmunini shunday sharxlaydi: "mutlaq huquq shundan iboratki, 
uning sohibi ushbu huquqdan foydalanishni har qanday uchinchi shaxslarga 
taqiqlab qo’yishga haqlidir. 
Ayni vaqtda mutlaq huquqlar sohibi ko’p hollarda o’ziga tegishli bo’lgan 
mutlaq huquqlardan foydalanishni qisman yoki to’liq uchinchi shaxslarga ham 
topshirishga haqli"
104

Ushbu nazariyaning afzalligi shundaki, u mutlaq huquqlarni obyektdan 
muayyan doiradagi shaxslar foydalanishi uchun real imkoniyat bo’lgan holda 
amalga oshirilishini ta’minlaydi. Garchi V.Eremenko uning zaifligi mutlaq 
huquqni tasarruf qilish imkoniyatini chegaralanganida
105
deb hisoblasa ham aslo 
unday emas. Uning zaifligi asosiy e’tiborni mutlaq huquqlarga qaratib shaxsiy 
huquqlarni nazardan qochirganida namoyon bo’ladi. 
XX asr o’rtalarida klientela nazariyasi ilgari surildi (muallifi – fransuz olimi 
P.Rube). Unga ko’ra patent huquqi tarkibi doimiy ravishda o’zgarib turadigan va 
mutlaqo boshqacha qonunlar ta’sirida bo’lgan muayyan doiradagi iste’molchilar 
huquqidir
106

Intellektual mulk huquqi bo’yicha hozirda keng amal qilayotgan doktrina 
uning qo’shaloq negizga ega ekanligiga asoslanadi. Ushbu qo’shaloq negiz mulkiy 
va shaxsiy huquqlardan iborat. Ushbu doktrinani asoslab berishda fransuz olimi 
R.Dyumaning xizmati katta. Ushbu nazariya mazmuni dunyoning ko’pgina 
mamlakatlarining intellektual mulkka bag’ishlangan normalarida o’z ifodasini 
topgan. O’zbekiston Respublikasi FKning IV bo’limi ham shular jumlasiga kiradi. 
Biroq hech qaysi nazariya intellektual mulk mohiyatini to’la ochib bera 
olmaydi. Shu sababli ba’zi adabiyotlarda intellektual mulkka nisbatan o’ziga xos 
ilmiy nazariy asos qidirish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda Rossiyalik svilist 
olim V.Eremenko ham bunga urinib ko’rdi. Uning fikricha nomoddiy ne’matlarga 
nisbatan huquqlar mohiyatiga nisbatan har tomonlama, kompleks yondashuv 
bo’lmagani sababli hozirga qadar bunga muvaffaq bo’linmagan. Shu sababli ham 
olim o’zining asosiy e’tiborini mutlaq huquqlarga qaratadi. Intellektual mulk 
103
Пиленко А. Право изобретателя. Т.1. С-Пб. 1902. 288-б. 
104
Гаврилов Э. Право на интеллектуальную собственность в новом ГК РФ. // Государство и право. 1995. 
№11. 63-64-бетлар.
105
Еременко В.И. Ўша асар. 37-б. 
106
Еременко В.И. Ўша асар. 37-б. 


479 
obyektlariga nisbatan davlat tomonidan berilgan maxsus muhofaza mutlaq 
huquqlar shaklini oladi. Odatda tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlari 
anchayin nozik hisoblanadi: keng ommaga uning mohiyati ma’lum bo’lishi bilan 
intellektual mulkdor maxsus himoyaga muhtoj bo’lib qoladi. Agar davlat himoya 
qilmasa, ushbu obyekt undan daromad olish maqsadida foydalanish uchun zarur 
vositalarga ega bo’lgan har kimsa tomonidan o’zlashtirilishi mumkin. 
Kafolatlangan huquqiy muhofaza mavjud bo’lmasa, intellektual mulk obyektlarini 
ishlab chiqishga muayyan mablag’lar sarflagan shaxs o’z xarajatlarini ham 
chiqarib ola olmaydi va oqibatda bunday turdagi faoliyatdan manfaatdor 
bo’lmagani tufayli unga qiziqishi yo’qoladi. Demak, deb xulosa chiqaradi 
V.Eremenko, mutlaq huquq jamiyatda badiiy ijodiyotni va ilmiy-texnika 
taraqqiyotini rivojlantirishni rag’batlantiradi
107

V.Eremenko mutlaq huquq mazmunini tahlil qilar ekan, patent egasining 
mutlaq huquqi davlatning ommaviy-huquqiy hujjati asosida beriladigan legal 
monopoliya (qonuniy yakka hokimlik) shaklida namoyon bo’ladi – deb 
ko’rsatadi
108
. Shuni e’tirof etish lozimki, muallif muayyan ma’noda haq. Agar 
modomiki, intellektual mulkning aksariyat ko’pchilik obyektlari mohiyati mutlaq 
huquq bilan bog’liq ekan, u holda mutlaq huquqni asosiy tushuncha sifatida 
bo’rttirib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’lar. Biroq mutlaq huquqlar iborasini 
"intellektual mulk" o’rniga qo’llash o’rinli bo’larmikan? V.Eremenko asos sifatida 
ko’rsatadiki, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlari 
va shu kabi davlatlarda "sanoat mulki", "intellektual mulk" iboralari faqat xalqaro 
shartnomalarda, Konvensiyalarda, xalqaro tashkilotlar nomlarida, patent idoralari 
nomlarida qo’llaniladi. Ixtirolarga nisbatan esa "mutlaq huquqlar" iborasi 
qo’llanadi. Shu sababli ham, uning fikricha MDH davlatlari ham "intellektual 
mulk" iborasidan voz kechib "mutlaq (mustasno) huquq" yoxud "mutlaq 
(nomoddiy) huquq" iborasini qo’llashlari lozim. Muallifning (ixtirochining) mutlaq 
(nomoddiy) huquqi – bu absolyut xarakterga va ikki yoqlama tabiatga ega (shaxsiy 
axloqiy) va mulkiy huquqlarni uzviy bog’lovchi subyektiv fuqarolik huquqidir. 
Ushbu huquqning mutlaqligi (mustasnoligi) uning egasining shaxsi bilan 
bog’liqligida ham, huquq egasiga har qanday shaxs qarshi turishi mumkinligida 
ham namoyon bo’ladi. Mutlaq huquqning mulkiy qismi tarkibida antimonopol 
qonunchilikka aslo zid kelmaydigan, davlat tomonidan tegishli muhofaza hujjati 
berish asosida tasdiqlanadigan legal monopoliya yotadi. Legal monopoliyani 
pozitiv funksiyasini amalga oshirishda mulk huquqi yuridik konstruksiyasi ba’zi 
elementlari, xususan, muhofaza qilinayotgan obyektlarni tasarruf qilish 
vakolatlaridan foydalanish mumkin. Mutlaq (nomoddiy) huquqning absolut 
xarakteri uning negativ funksiyasini, ya’ni uchinchi shaxslarga muhofaza 
qilinayotgan obyektlardan foydalanishni taqiqlash bo’yicha vakolatlarni belgilab 
beradi
109

Qozog’istonlik olim T.Kaudirov intellektual mulkning holatini normativ 
tushunish bo’yicha to’rt xil konstruksiya mavjud deb hisoblaydi: 
107
Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 2003. №1, 38-бет. 
108
Ўша асар. 39-б. 
109
Еременко В. Ўша асар 41-б. 


480 
A) mol-mulkning o’ziga xos turi, mulk huquqi obyekti; 
B) ijod mahsuli va individuallashtirish vositasi; 
V) fuqarolik huquq layoqati elementi; 
G) muayyan subyektga tegishli bo’lgan mutlaq huquq. 
U intellektual mulkni mutlaq huquq bilan ayniylashtirishga qarshi, chunki 
obyektni ifodalanish xususiyatlari kuchiga ko’ra "intellektual mulk huquqi" 
huquqqa bo’lgan huquqdan boshqa narsa emas. Eng asosiysi, u intellektual mulk 
huquqiga shunday ta’rif berishni taklif etadi: "intellektual mulk huquqi ijodiy 
intellektual faoliyatning obyektivlashtirilgan natijalariga va ularga tenglashtirilgan 
yuridik shaxslarning individullashtirish vositalari, jismoniy yoxud yuridik shaxs 
mahsulotlari, 
ular 
ko’rsatadigan 
xizmatlar, 
bajaradigan 
ishlarning 
individuallashtirish vositalariga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar 
majmui ko’rinishidagi muhofazalanadigan axborotlarga bo’lgan huquqning bir 
turidir"
110

Yuqorida intellektual mulk bo’yicha ilmiy nazariyalar umumiy tarzda ko’rib 
chiqildi. Ushbu nazariyalarning har biri stivilistika fani rivojida muayyan 
ahamiyatga ega va o’z davrida intellektual mulk mohiyati, o’ziga xos 
xususiyatlarining ayrim qirralarini ochib berdi va huquqiy tartibga solishda 
muayyan normalarni vujudga keltirdi. Ushbu nazariyalarning qay biri to’g’riroq 
degan savol qo’yish va bunga hakamlik qilish noo’rin bo’lur edi. Ilmiy texnika 
taraqqiyoti olg’a qarab borgan sari, ijtimoiy hayot rivojlanib borgan sari yangidan 
yangi obyektlar vujudga keladi va hatto aytish mumkin, ularning ba’zilari mavjud 
ilmiy nazariyalar doirasiga sig’masligi mumkin. U holda ularni izohlash uchun 
yangi ilmiy nazariyalar ishlab chiqishga zarurat tug’iladi. Bu jarayon tabiiy va shu 
sababli har qanday davrga, har qanday obyektga hozirjavob ilmiy nazariya 
yaratishga urinish istiqbolga ega emas. Biroq hozircha FKda o’z mujassamini 
topgan intellektual mulk konstruksiyasi mavjud reallik ehtiyojlariga qoniqarli 
javob beradi va shu sababli undan voz kechib, uni qandaydir "huquqlar majmui" 
bilan almashtirish oqilona bo’lmagan bo’lur edi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling