Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3 §. Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
asoslari Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy jihatdan qo’riqlashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk obyekti o’z-o’zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmaydi, balki bu obyektga nisbatan subyektiv huquqlarga ega bo’lgan shaxslar (muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari, litsenziya asosida foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanuvchining huquqlari va shu kabilar) huquqlari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish: - ularning yaratilganlilik fakti asosida; 110 Каудиров Т.Е. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной собственности в Республике Казахстан. Докторлик диссертацияси автореферати. -Алматы. 2002. 18-19-б. 481 - FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi asosida vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi. Intellektual obyektlarning quyidagi turlari bo’yicha ularni huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo’ladi: - fan, adabiyot, san’at asarlari; - EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; - ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko’rsatuvlar; - topologik va integral sxemalar. Bunda obyekt ijodkor tomonidan og’zaki, yozma, tasvir shaklida yoki boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan boshqa obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblanadi. Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv huquqlar vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda obyektdan uchinchi shaxslarning foydalangan bo’lishi, obyekt ro’yxatdan o’tkazilishi yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi. Hatto obyekt keyinchalik ro’yxatdan o’tkazilishi lozimligi haqidagi qoida mavjud bo’lsa ham (masalan, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari uchun davlat ro’yxati mavjud) bu holat ularning huquqiy muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intellektual mulk obyektlari O’zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas. Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish FKda yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari to’g’risida»gi Qonun, Seleksiya yutuqlari haqidagi qonun va shu kabilar) belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi orqali vujudga keladi. Buning uchun intellektual mulk obyekgiga nisbatan o’z subyektiv huquqlarining e’tirof etilishiga haqli bo’lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o’z talabini asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olinganligini bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi shahodatnoma), huquqiy muhofaza yorlig’i beradi. Vakolatli davlat organi bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Qaror ustidan Apellatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. Vakolatli davlat organi (ko’p obyektlar bo’yicha bunday organ bo’lib O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hisoblanadi) huquqiy muhofaza yorlig’i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o’rganib chiqadi: a) huquqiy muhofaza berilishi so’ralayotgan obyekt intellektual mulk obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo’qmi; b) o’z nomiga huquqiy muhofaza yorlig’i berilishini so’rab murojaat qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, yo’qmi; v) huquqiy muhofaza yorlig’i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy huquq 482 va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo. Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i asosida huquqiy qo’riqlanishi bo’yicha tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, huquqiy muhofaza yorlig’i intellektual mulk obyektlarining sifat-jihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchidan, nomiga huquqiy muhofaza yorlig’i olgan shaxsning subyektiv huquqlarini tasdiqlovchi va bu huquqlarning boshqalar tomonidan rioya etilishini ta’minlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. Ayni vaqtda bunday tartib huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal muddatlarini belgilashda bahs-nizolarga o’rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa mamlakatlar hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza yorlig’ini olishni osonlashtiradi. Ba’zi obyektlar bo’yicha esa bunday obyekt yaratuvchisi bo’lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o’ziga xos tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqiy yorliq mavjudligi nomiga yorliq berilgan shaxsning subyektiv huquqlari buzilgan taqdirda sud yo’li bilan himoya qilish uchun asos bo’ladi. Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i berilishi asosida vujudga keladi: - ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi; - foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasi); - seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi; - tovar (xizmat ko’rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro’yxatidan o’tkazilib, guvohnoma beriladi; - firma nomi davlat ro’yxatidan o’tkazilib (reestrga kiritilib) bu haqda dalolatnoma beriladi; - tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilib, undan foydalanish huquqi to’g’risida guvohnoma beriladi. Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’ida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi (ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga nisbatan huquqlar sohibining nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish va bekor bo’lish vaqti, ushbu yorliqni bergan vakolatli davlat organi nomi ko’rsatiladi, uning rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan huquqiy muhofaza yorlig’ining amal qilishi muddat bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat ko’rsatish) belgisi, tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq bo’yicha berilgan huquqiy muhofaza yorlig’i amal qilish muddati vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Sanoat namunasi va foydali modelga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’i cheklangan muddatga uzaytirilishi mumkin. Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i olinishi shart bo’lgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar bunday yorliq olinmagan hollarda sud yoki boshqa davlat organlari tomonidan huquqiy muhofaza qilinmaydi. Huquqiy muhofaza yorlig’i har qanday davlat organi yoki jamoa tashkiloti 483 tomonidan emas, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli davlat idorasi tomonidan berilishi lozim. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’i O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi O’zbekiston Respublikasi ishtirokida xalqaro Konvensiyalar, shartnomalar, ikki yoki ko’p tomonlama bitimlar yoxud O’zbekiston Respublikasi vakolatli davlat idoralari tomonidan ro’yxatdan o’tkazdirilishi yoki tegishli huquqiy yorliq berilishi asosida vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish qonunlarda belgilangan qator shartlar asosida (FKning 98-moddasi, «Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi Qonunning 1-5-moddalari, «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonunning 2-3-moddalari) belgilanadi. Ko’p hollarda bunday shartlar asosida oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan faktik monopol holati yotadi. Faktik monopol holat quyidagi shartlar bir vaqgning o’zida mavjudligini bildiradi: a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga noma’lum bo’lishi; b) xuddi shu noma’lumligi sababli u haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo’lishi; v) uchinchi shaxslarga bunday axborotdan qonuniy asoslarda erkin bahramand bo’lishi (tanishuvi, xabardor bo’lishi, foydalanishi) imkoniyatlari bo’lmasligi; g) axborot sohibi uning maxfiyligi (sirligini)ni saqlash bo’yicha barcha choralarni ko’rgan bo’lishi shart. Faktik monopol holatini huquqiy muhofaza yorlig’i berish, ro’yxatdan o’tkazish (bunday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida berilishi hollaridan tashqari) yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish tartibida rasmiylashtirilishi lozim emas. Oshkor etilmagan axborot sohibining huquqlariga uchinchi shaxslarning insofsiz harakatlari, g’irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni sotib olish) orqali putur yetkazilganda sud yo’li bilan huquqiy muhofaza ostiga olinadi. Oshkor etilmagan axborotlar uchinchi shaxslar tomonidan insofli asoslarda olinganda yoki u tomonidan mustaqil ravishda izlanish asosida topilganda oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquq sohibining subyektiv huquqpari huquqiy muhofaza qilinmaydi (chunki bunda u faktik monopol egalik mavqeidan amalda mahrum bo’ladi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling