Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Mualliflik huquqi obyektlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2 §. Mualliflik huquqi obyektlari
FKning 1041-moddasiga asosan, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot, san’at asarlariga ularning maqsadi va qadr-qiymati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, joriy etiladi. Har qanday asar mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza etilishi uchun u ijodiy faoliyat mahsuli bo’lishi shart. Shu sababli ham oddiy, kundalik hayotdagi so’zlashuvlar, muloqotlar mualliflik huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. Ijodiy jarayon bu, eng avvalo, inson tafakkuri, aqliy faoliyat mahsuli; u o’ziga xos original tusga ega. Huquqiy adabiyotlarda ijodiy jarayonning ikki holati ta’kidlab ko’rsatiladi: a) asar yaratish jarayonining ongli, intellektual xarakteri; b) yaratilgan asarning yangiligi, originalligi 114 . Ijodkor ijodiy jarayonining ongli, intellektual tusi shundan iboratki, asar yaratilishidan oldin u ijodkorning ongida, xayolida shakllanadi, vujudga keladi. Asar ma’lum bir o’y-fikr asosida paydo bo’lib, u fikr-g’oya, fikr-reja, fikr- qoralama tarzida bosqichlardan o’tadi, shu tarzda asar yaratilib, shakllanib boradi 115 . Asarning yangilanishi ijodiy faoliyatning zarur unsuri sifatida asarning yangi mazmunida, yangi shaklida, yangi g’oyalarida, yangi milliy konsepsiyada ifodalanadi 3 . 114 Гражданское право. М., 1994 й. Том I. Изд. Бек. 321-б. 115 Серебровский В. Й. Вопросы авторского права. М., 1956 й. 35-6. 507 Asarning yangiligi haqidagi mezon mutlaq tusga ega bo’lmay, nisbiy tusga ega. Ilm-fan sohalaridagi asarlarda yangi g’oyalar, yechimlar muhim ahamiyatga ega bo’lsa, adabiy asarlarda va san’at asarlarida shaklan yangilik muhim o’rinni egallaydi. Masalan, o’tmishda «Hamsa» – 5 doston syujeti bo’yicha Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dexdaviy, Alisher Navoiy asarlari bunga yaqqol dalildir. Oybekning «Qutlug’ qon» va Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asarlarida syujet bo’yicha o’xshashlik mavjud, biroq asar shaklan bir-biriga o’xshamaydi. Shu sababli ham mualliflik huquqida shakl bo’yicha yangilik o’ziga xos tarzda birinchi rejaga chiqadi, deyish mumkin. Asarning mualliflik huquqi obyekti- sifatida muhofaza qilish uchun yana bir belgisi — bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi g’oya, mazmun, o’y-fikr, obraz uchinchi shaxslar idrok etishi, tanishuvi, qabul qilishi uchun imkon beruvchi ma’lum bir obyektiv shaklda ifodalangan bo’lishi shart. Shu ma’noda olganda hali muallifning o’y-fikrida bo’lgan, biroq boshqalar qabul qilish uchun obyektiv shaklga kiritilmagan asar mualliflik huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. FKning 1041-moddasiga asosan, asar og’zaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan bo’lishi lozim. Yozma shaklda yoki moddiy jismda o’zgacha usulda ifodalangan asar (qo’lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan, audio va video yozuvi, ikki o’lchamli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvirda va h.k.) uning uchinchi shaxslar uchun foydalanish imkoniyati bor-yo’qligidan qati nazar, obyektiv shaklga ega hisoblanadi. Moddiy jismda ifodalanmagan og’zaki yoki boshqa xil asar, basharti u uchinchi shaxslarning idrok etishi uchun maqbul kelgan, kifoya qilgan bo’lsa (omma oldida so’zlash, ommaviy ijrochilik va h.k.) obyektiv shaklga ega hisoblanadi. Ijodkor asarining uchinchi shaxslar tomonidan idrok etilishi, qabul qilinishi, hozircha insonning ko’rish va eshitish xususiyatlari, qobiliyati asosida ro’y beradi. Yozma asarlar, videotasvirlar, ikki o’lchovli asarlar (rasmlar) hajmiy-fazoviy shakldagi tasvir (masalan, haykal, me’moriy binolar) ko’rish tuyg’usi orqali qabul qilinsa, musiqa, nutqlar, badiiy o’qishlar eshitish tuyg’usi orqali qabul qilinadi. Mualliflik huquqi obyektlari quyidagi turlardan iborat: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publististik va boshqa asarlar); drama va ssenariy asarlari; matnli yoki matnsiz musiqa asarlari; musiqali drama asarlari; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo etish san’ati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan asarlar; jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash 508 tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang’ich matn hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin bo’lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari; Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar (Qonunning 6-moddasi). Mualliflik huquqi obyekti bo’lishi uchun asar tugallangan bo’lishi shart emas. Shu sababli asar tugallanmagan bo’lsa ham, agarda ularda ijodiylik unsurlari mavjud bo’lsa, mualliflik huquqining mustaqil obyekti bo’lib hisoblanadi. Mualliflik huquqi e’lon etilgan (nashr etilgan) va shuningdek, nashr etilmagan, hali qo’lyozma holatida bo’lgan asarlarga birday joriy etiladi. Mualliflik huquqining vujudga kelishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki biror rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi. Holbuki, intellektual faoliyatning boshqa obyektlari bo’yicha huquqiy muhofaza bu obyekt vakolatli davlat idorasi tomonidan maxsus muhofaza yorlig’i (patent, guvohnoma) olgandan keyin vujudga keladi. Mualliflik huquqi g’oyalar, konstepstiyalar, prinstiplar, tizimlar, taklif etilayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan (agarda ular ilmiy asar sifatida obyektiv shaklga solinmagan bo’lsa) joriy etilmaydi. Rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, ajrimlar va shu kabilar), shuningdek, ularning rasmiy tarjimalari, rasmiy ramzlar, xalq ijodiyoti asarlari, oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar, insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtarokisiz muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar (masalan, robot tomonidan bastalangan musiqa, yozilgan she’r) ham mualliflik huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling