Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) va ma’lumotlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) va ma’lumotlar
bazalarini huquqiy muhofaza qilish Bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulk obyektlarini yaratish, ularni fuqarolik muomalasiga kiritish va huquqiy himoya qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Intellektual mulk obyektlari orasida elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar (kompyuter dasturlari) va ma’lumotlar bazalari o’zining nisbatan yangi obyektligi, ijtimoiy hayotning keng jabhalarida qo’llanilishi va o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilishga doir milliy qonunchiligimiz mavjud bo’lsada, bu borada muayyan tajribaga ega bo’lgan xorijiy mamlakatlar qonunchiligini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, kompyuterlarni ishlab chiqarish dastlab AQShda o’tgan asrning 40-yillarida boshlangan edi. O’tgan vaqt oraligida kompyuterlarni tijorat muomalasiga kiritish bilan bogliq qonunchilik va tajriba muayyan darajada shakllantirildi va takomillashtirib borildi. Ko’plab xorijiy mamlakatlar qonunchiligi kompyuter dasturlarini huquqiy ximoya qilishga nisbatan O’zbekiston Respublikasida bo’lgani kabi mualliflik- huquqiy ximoya shaklini tanlashgan. Biroq, xamma mamlakatlarda xam bu boradagi qonunchilik bir xilda shakllanmadi. Kompyuter dasturlarini huquqiy ximoya qilish birinchidan ushbu maqsad uchun mualliflik huquqini xam, patent huquqini xam qo’llash mumkin, ikkinchidan esa ushbu obyektga nisbatan qo’llashning xususiyati bilan belgilanadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mualliflik eki patent huquqini qo’llash turli maqsadlarni ko’zlaydi. Patent egasiga taqdim qilinadigan mutloq huquqlar ixtiro moxiyatiga nisbatan tatbiq qilinadi, undan tijorat maqsadida 522 foydalanishga imkon beradi, biroq jamoatchlikka u xaqda e’lon qilingan axborotdan erkin baxramand bo’lish imkoniyatini cheklamaydi. Mualliflik huquqi qo’llanilgan xollarda esa undagi goya eki u xaqdagi axborotga nisbatan huquqlar vujudga kelmasdan balki, ushbu obyektni yaratgan ijodkor shaxsiy nomulkiy va mutloq huquqlar egasiga aylanadi. AQShda mualliflik huquqi yordamida dastur tuzilishi, ketma ketligi va tashkil qilinishi himoya qilinadi. Ushbu holat ba’zida ifodalash usulini emas, balki g’oyalarni himoya qilish sifatida talqin qilinishiga olib keladi. Qonunning 5 moddasiga ko’ra, tanlanishi yoki mazmunini tashkil qilish bo’yicha intellektual asar hisoblanadigan ma’lumotlar bazasini muhofaza qilishni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Masalan, sud tomonidan aniqlanadigan qoplanishi lozim bo’lgan zarar qiymati bir muncha yuqori bo’lishi mumkin. Masalan, “Microsoft” kompaniyasi tomonidan 1992 yili qo’zg’atilgan da’voga muvofiq, da’vogarga tegishli bo’lgan huquqlarni buzilayotganligi, kompyuter dasturlarining litsenziyalanmagan nusxalarini keng doirada sotilayotganligi isbotlangan hamda noqonuniy operatsiyalar natijasida 8 mln.dollar foyda ko’rilganligi aniqlangan. San Franstisko sudi yetkazilgan zararni uch marotaba ko’paytirgan, chunki javobgarning harakatlari qasddan bo’lganligi bois javobgar zimmasiga 24,8 mln. dollar zararni va advokatlar uchun qilingan boshqa harajatlarni qoplash majburiyati yuklatilgan 119 . Germaniya Patent qonunida patentlanmaydigan obyektlarning “qat’iy ro’yxati” belgilangan bo’lib, ular qatoriga ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari uchun dasturlar agar “shunday dastur sifatida”, ya’ni biron bir texnologiyalar yoki qurilmalar bilan bog’liq bo’lmagan holda muhofaza so’raladigan bo’lsa kiritilishini nazarda tutadi. Germaniya federal sudi tomonidan kompyuter dasturlari borasida qabul qilingan qarorlarda patent formulasining asosiy bandlarida ko’rsatiladigan u yoki bu muammoni echishda texnik vositalarni qo’llash tarkibiy qism bo’lishi tan olingan 120 . Hozirgi kunda AQShda intellektual mulk obyektlarini yaratuvchi yirik kompaniyalardan (400.000 xodim faoliyat ko’rsatadi) biri sifatida IBM korporastiyasi faoliyat yuritadi. Uning har yillik patenti 6000 tani tashkil qiladi. Albatta ushbu kompaniyada intellektual mulkni himoya qilish mexanizmi ilgari mavjud bo’lgan qoidalarga nisbatan takomillashganligini kuzatish mumkin. Unda qo’llaniladigan muhim qoida bu – intellektual mulk yangi intellektual mulkni vujudga keltiradi 121 . Intellektual mulkning nisbatan yangi obyekti sifatida kompyuter dasturlarining muomalada bo’lishi ayniqsa, yangi intellektual mulk natijalarini yaratilishiga, inson manfaatlariga xizmat qilishga olib keladi. Hozirda kompyuter dasturlaridan erkin (free) ravishda tekin foydalanish uchun Internet 119 U-Top piracy defendants ordered to pay damages of $24.8 million//Software law Bulletin. -1996. –V.9. №9. – Р.161-162. 120 Tauchert W. Examination of software-related applications at the German patent office //PW. -1998. №103. – Р.33-37. 121 IBM korporatsiyasi 86 mlrd. dollarlik kapitalga ega bo'lib, har yili 1 mlrd.dollar intellektual mulkdan foyda oladi. AQShda 50 mingta amal qilayotgan patent bo'lib, ularning 45 mingtasi AQShda ro'yxatga olingan. //Майкл Виртр. Подход к управлению интеллектуальной собственностью в IBM. –М.: Юрист, 2011. №2. 29-31 б. 523 tarmog’iga joylashtirish hollari ham mavjud. Kompyuter dasturi inson intellektual salohiyati natijasida yaratilib, doimo intellektual faoliyat natijasi hisoblanadi. Bunday natijaga o’ylash, fikrlash va oqilona idrok qobiliyatlarini ishlatmasdan turib erishib bo’lmaydi. Mazkur xususiyatlar barcha intellektual mulk obyektlari uchun xos va ayrim qo’shimchalar bilan uni kompyuter dasturlari uchun ham tadbiq etish mumkin. Obyektiv shaklda ifodalangan kompyuter dasturlariga nisbatan huquqiy normalar tatbiq etiladi. Obyektiv ifodalanishi kompyuter dasturining ichki, asosiy ajralmas belgisi hisoblanib, obyektiv shaklsiz mohiyatsizdir, chunki dastur “tushunarli” shaklga ega bo’lmas ekan kompyuter tomonidan qabul qilinmaydi. Obyektiv shaklda ifodalangan dastur ijtimoiy qiymatga ega – agar dastur texnik vosita yordamida qabul qilinsa, demak uning umumiy shakli inson tomonidan ham qabul qilinishi mumkin. Obyektiv ifodalanish xususiyati dasturni himoya qilish mezonidan biri hisoblanadi. Mualliflik huquqining boshqa obyektlaridan farqli ravishda kompyuter dasturi o’zining obyektiv ifodalanish shakliga ko’ra o’ziga xos xususiyatga ega. Masalan, asar inson tomonidan idrok etiladigan istalgan shaklda (og’zaki, yozma, tasviriy va h.k.) ifodalanadi. Kompyuter dasturi esa, muayyan dasturlash tilida (masalan, Java, C++, Visual Basic va h.k.) yozilgan, kompyuter tomonidan qabul qilinadigan axborotda ifodalanadi. Huquqiy himoya dastur asosida yotuvchi g’oyalarga, tamoyillarga (algoritmlarga), obyektning mazmuniga emas, balki, dasturning obyektiv shakliga tatbiq etiladi. Kompyuter dasturlarining o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin: -kompyuter dasturlari mualliflik huquqi obyekti sifatida huquqiy himoya qilanadi; -obyektiv shaklda ifodalangan bo’ladi; -kompyuter dasturlariga nisbatan huquqlar qonunga muvofiq tarzda vujudga keladi va bekor bo’ladi; -kompyuter dasturlarining fuqarolik muomalasiga kiritilishida odatdagi yozma shartnomaga nisbatan ko’proq, elektron shakldagi ofertani tasdiqlash yo’li bilan foydalanish huquqi vujudga keladi. Bunda kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasini tarqatishga bo’lgan huquq o’z ichiga modiy eltuvchi bilan topshirishni shuningdek, kompyuter tarmog’i orqali muomalaga kiritishni anglatadi; -kompyuter dasturlari boshlang’ich matn ya’ni, birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matnga ega bo’ladi; -boshlang’ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur obyekt kodi sifatida namoyon bo’ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling