Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk obyekti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
6 §. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk obyekti sifatida bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari Fan-texnika taraqqiyoti shiddatli rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari vujudga kelmoqda. Ulardan biri integral mikrosxemalar topologiyasi hisoblanadi. Integral mikrosxemalar bu elektron 524 vazifalarni bajarishga mo’ljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron ashyo bo’lib, undagi elementlarning hech bo’lmaganda biri faol hisoblanadi, ashyodagi bog’lanishlarning ayrim yoki barcha bu ashyo tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtidan uzviy shakl topgan bo’ladi. Integral miksxema topologyasi deganda esa integral mikrosxema elementlarining va ular o’rtasidagi bog’lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi tushuniladi. Boshqacha aytganda har bir muayyan geometrik fazoviy joylashuv o’ziga xos yangi obyekt bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxema topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuniga 122 (2001 yil 12 may) asosan bunday turdagi obyektlarni huquqiy muhofaza qilish shartlari bo’lib: 1. topologiyaning o’ziga xosligi (originalligi); 2. Intellektual mulk agentligidan ro’yxatdan o’tkazilganligi hisoblanadi. 1989 yilda ishlab chiqilgan integral mikrosxemalarga nisbatan intellektual mulkchilik to’g’risidagi Vashington shartnomasida, ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Rossiya Federastiyasi qonunchiligida bunday obyektlarni huquqiy muhofaza ostiga olishning zarur sharti bo’lib ularning originalligi ko’rsatladi, davlat ro’yhatidan o’tkazish kompyuterlar kabi bo’lib, majburiy shart emas 123 . Huddi shu sababli ham ushbu mamlakatlarda integral mikrosxemalar topologiyasi mualliflik huquqi obyektlari kabi yaratilish fakti asosida huquqiy muxofaza ostiga olinadi. Garchi O’zbekistonda ushbu obyektlar patent asosida emas, tegishli guvohnoma asosida huquqiy himoyalansa ham, guvohnoma berish tartibi, mutlaq huquq mazmuni mualliflik huquqi obyektlaridan ko’ra, zoxiran patent obyektlarinikiga o’xshab ketishini qayd etish lozim. Biroq, bundan muallif topologiyalar patent huquqi obyekti degan fikrda deb xulosa chiqarmaslik lozim. Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo’lmagan topologiya boshqacha hol isbotlangunga qadar o’ziga xos (original) deb e’tirof etiladi. Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilargm ma’lum bo’lgan elementlardan tarkib topgan topologiyalarga, agar bunday elementlaryig’indisi original bo’lsa, ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan bo’lsa huquqiy muhofaza ostiga olinadi. G’oyalar, usullar, tizimlar texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotlar garchi topologiyaga singdirilgan, mujassamlangan bo’lsa ham huquqiy muhofaza qilinmaydi. Topologiyani ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma muallif (ish beruvchi, ularning huquqiy vorisi) tomonidan bevosita yoxud ishonchli vakil orqali O’zbekiston Respublikasi patent ijorasiga beriladi. Topologiyani ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma berish agar topologiyadan foydalanilgan bo’lsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda 122 «Xalq so'zi». 2001 yil 18 may. 123 А.П.Сергеев. Право интелектуальный собственности в Российской Федерации. М., Проспект. 2002 г. 692- 693-бетлар. 525 amalga oshirilishi mumkin. Talabnoma berilgan sanadan boshlab ikki oylik muddat ichida Intellektual mulk agentligi huquqiy muhofaza so’ralgan topologiya bo’yicha davlt ekspertizasi o’tkazadi. Ekspertiza natijalariga ko’ra, topologiyani ro’yxatdan olish yoxud uni rad etish haqidagi qaror chiqariladi. Topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq o’n yil davomida amal qiladi. Topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo’yicha aniqlanadi: -topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo’yicha, bunda topologiya jahonning biror bir joyida fuqaralik muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi; -topologiya ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilingan sana bo’yicha. Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo bo’lgan hollarda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqning amal qilish umumiy muddati o’n yildan oshib ketishi mumkin emas. Huquq evaziga topologiyadan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qo’llash va tarqatish mutlaq huquqi egasiga tegishlidir. Topologiyaning huquqiy muhofaza belgisi «T» hisoblanadi. Muhofaza qilinadigan topologiyaning, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday ingerral mikrosxemalani o’z ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatimiz qo’llash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, sotuvga qo’yish, sotish, takrorlash (o’ziga xos, original bo’lmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi. Biroq aynan bir xildagi toplogiyani mustaqil yaratgan shaxs undan mustaqil foydalanishga haqli. Mutlaq huquq egasi topologiyaga bo’lgan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish to’g’risidagi shartnomalar Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Topologiya ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma mutlaq huquqni amal qilish muddat tugaganda, sud qarori asosida yoxud qonunda belgilangan boshqa asoslar bo’yicha (Qonunning 16-moddasi) bekor bo’ladi. Qonunning 18-moddasida O’zbekiston Respublikasiga mansub subyektlar tomonidan topologiyani boshqa davlatlarda ro’yhatdan o’tkazish tartibi belgilangan. Bunga ko’ra ular davlatlarda topologiyani belgilangan tartibda ro’yhatdan o’tkazishga haqlidirlar. Sanoat mulki obyektlariga nisbatan belgilanganidek, oldindan qo’yilgan shartlar bu o’rinda mavjud emas. Chet el yuridik shaxslari,jismoniy shaxslari, topologiyaga nisbatan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o’zaroviylik asosida huquqlarga ega bo’ladilar. Topologiyalarga nisbatan muallifning shaxsiy huquqlari, huquq egasining mutlaq huquqlari FKda belgilangan tartibda va asoslarda huquqiy himoya qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling