Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

7 §. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
to’g’risidagi shartnomalar 
Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
to’g’risidagi shartnoma bo’yicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual 
faoliyat natijasini yaratishga va o’zining ish beruvchisi bo’lmagan buyurtmachiga 
bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini o’z 
zimmasiga olish mumkin. 
Har bir ijodkor shaxs o’z intellektual faoliyatini o’z xohishiga ko’ra, o’z 
tashabbusi, o’z mablag’lari asosida, ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat bitimi 
(kontrakt) asosida yoki ish beruvchisi bo’lmagan boshqa shaxs buyurtmasi 
bo’yicha shartnoma asosida tashkil etishi mumkin. 
Muallif – ijodkorning o’z tashabbusi va o’z mablag’lari asosida yaratilgan 
ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mutlaq huquqlar faqat 
uning o’zigagina tegishli bo’ladi. U ijodiy faoliyat mahsuli bo’lgan obyektga 
nisbatan mutlaq huquqlarni o’z xohishiga ko’ra erkin ravishda tasarruf etadi. 
Muallif – ijodkor boshqa bir shaxs (ish beruvchi) bilan mehnat munosabatida 
bo’lgan holda, mehnat bitimida shart qilib qo’yilgan ijodiy faoliyatni amalga 
oshirish, ish (topshiriq) bajarish asosida vujudga kelgan ijodiy faoliyat mahsuliga 
nisbatan mutlaq huquqlarga ushbu FKning 1062, 1087-moddalari va boshqa qonun 


499 
hujjatlarida (masalan, «Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi Qonunning 7-moddasi, 
«EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risida»gi qonunning 8-
moddasi va shu kabilar) belgilab qo’yilgan qoidalar va O’zbekiston Respublikasi 
Mehnat kodeksi normalari qo’llaniladi. 
Muallifning ijodiy faoliyat mahsulini yaratish va ulardan foydalanish 
to’g’risida boshqa har qanday uchinchi shaxs bilan tuzadigan shartnomasi o’z 
mazmuniga ko’ra fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanadi va ushbu 
shartnomaga nisbatan FKning tegishli me’yorlari qo’llaniladi. Shartnoma predmeti 
bo’lib muallifning kelgusida ijodiy faoliyatni amalga oshirish va uning natijasida 
yaratiladigan ijodiy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Binobarin, taraflar shartnoma 
tuzgan vaqtda hali intellektual faoliyat mahsuli vujudga kelmagan bo’ladi. 
Shartnoma tuzish vaqtida amalda yaratilgan, mavjud bo’lgan ijodiy faoliyat 
mahsuliga nisbatan mutlaq huquqlar uchinchi shaxslarga FKning 1035-moddasida 
belgilangan tartibda o’tkazilishi mumkin. 
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi 
shartnoma ijodkor shaxs bilan buyurtmachi o’rtasida tuziladi. Unga asosan ijodkor 
shaxs (ijrochi, bajaruvchi) ijodiy faoliyatni amalga oshirish asosida intellektual 
mulk huquqi obyektini yaratish va undan foydalanish bo’yicha mutlaq huquqni 
buyurtmachiga topshirish, buyurtmachi esa bajaruvchini tegishli mablag’ bilan 
ta’minlash va haq to’lash majburiyatlarini o’z zimmmasiga oladi. 
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish shartnomalar 
predmeti qanday obyekt bo’lishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: 
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat 
shartnomasi (FKning 693-702-moddalari); 
mualliflik shartnomasi (FKning 1067-moddasi). 
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to’g’risidagi 
shartnoma yaratilishi lozim bo’lgan intellektual faoliyat natijasi xususiyatini, 
shuningdek, undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim. 
Intellektual faoliyat natijasi xususiyati, tusi, eng avvalo, uning ma’lum sifat 
ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi. Bunday sifat ko’rsatkichlari obyektning texnik-
iqtisodiy xarakteristikasida, huquqiy mezonlarga mosligiga (masalan, huquqiy 
muhofaza yorlig’i olish – patentga layoqatlilik darajasida ekanligi) va shu 
kabilarga ko’ra ifodalanadi. 
Shartnomada o’z aksini topishi lozim bo’lgan holatlardan yana biri – 
intellektual faoliyat natijasidan foydalanish maqsadlari (masalan, ixtirodan qaysi 
tarmoqda, qanday mahsulotdan yoki ilmiy asardan tijorat maqsadida yoki o’quv-
ta’lim maqsadlarida va hokazo) yoki foydalanish usullari (masalan, adabiy asarni 
nashr etish yoki sahnalashtirish yoki kinofilm qilish) hisoblanadi. 
Yuqoridagi holatlar intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan 
foydalanish haqidagi shartnomaning zarur shartlari hisoblanadi va ko’p hollarda bu 
shartlar taraflar zimmasiga yuklangan majburiyat tariqasida namoyon bo’ladi. 
Masalan, obyektning ma’lum sifat xususiyatlarida bo’lishi uchun ijodkor-muallif 
mas’ul bo’lsa, obyektdan foydalanish maqsadi va usullariga rioya qilish 
buyurtmachi zimmasiga yuklanadi. 
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi 


500 
shartnoma predmeti bo’lib, har doim kelgusida yaratiladigan, muayyan 
xususiyatlarga ega bo’lgan, aniq va konkret belgilab qo’yilgan asar, ixtiro, 
seleksiya yutug’i va shu kabilar hisoblanadi. Agar ijodkor-muallif zimmasiga u 
kelgusida yaratadigan har qanday intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish 
uchun mulkiy huquqlarini bironta shaxsga (buyurtmachiga yoki boshqa uchinchi 
shaxsga) berish majburiyati yuklangan bo’lsa, bunday shartnoma o’z-o’zidan 
haqiqiy hisoblanmaydi va u hech qanday huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. 
Binobarin, buyurtmachi uning ijrosini talab qila olmaydi. Ushbu qoida FKning 23-
moddasida mustahkamlab qo’yilgan fuqarolik huquqi layoqati va muomala 
layoqatini cheklashga yo’l qo’ymasligi haqidagi umumiy tamoyil bilan 
chambarchas bog’liq. Ijodkor – muallifning kelgusida yaratadigan har qanday 
asariga nisbatan mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga berish majburiyati shu sababli 
ham uning huquq layoqatini g’ayriqonuniy cheklash hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida fuqarolarning 
ijod erkinligi mustahkamlanib qo’yilgan. Unda ko’rsatilishicha, har qanday 
shaxsga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanadi. Binobarin, intellektual 
faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnomada agarda 
muallif – ijodkorning kelgusida muayyan turdagi yoki muayyan sohadagi 
intellektual faoliyat bilan shug’ullanmaslik yoki bu faoliyat natijasini yaratmaslik 
majburiyatlari belgilab qo’yilgan bo’lsa, u o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi. 
FKning 23-moddasida fuqaroning huquq layoqatidan to’la yoki qisman voz 
kechish va huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa 
bitimlar o’z-o’zidan haqiqiy emas deb ko’rsatiladi. Demak, ijodkor-muallifning o’z 
ixtiyori, erki, irodasi bilan bunday shartni shartnoma majburiyati sifatida o’z 
zimmasiga olganligi ahamiyatga ega emas. Albatta, ijodkor-muallif o’z erki, 
ixtiyori bilan amalda ma’lum turdagi intellektual faoliyat bilan shug’ullanmaslikka 
haqli, biroq bu holat shartnoma predmeti yoki shartnoma sharti sifatida namoyon 
bo’lganda, har doim o’z-o’zicha haqiqiy hisoblanmaydi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling