Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4 §. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar 
Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan 
shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo’ladi. 
Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan uning muallifining shaxsiy 
huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo’lmagan, ushbu natijaga nisbatan 
ijodkor-yaratuvchi sifatidagi mavqeini e’tirof etish, mustahkamlash va himoya 
qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari tushuniladi va huquqlar muallifning faqat 
o’zigagina tegishli bo’lib, boshqa birovga yetkazilishi, ya’ni muallifdan begona-


484 
lashtirilishi mumkin emas. Shaxsiy huquqlar mazmuni, doirasi har bir intellektual 
faoliyat natijasi uchun alohida o’ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik 
huquqi obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng (mualliflik 
huquqi, mualliflik ismi-sharifiga bo’lgan huquq, muallif obro’sini himoya qilish 
huquqi, asarni chaqirib olish huquqi va hokazo). Ba’zi obyektlar bo’yicha esa 
(masalan, seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt muallifi sifatida tan 
olinishi huquqi bilan kifoyalanadi. 
Intellektual faoliyat natijalari muallifi shaxsiy huquqlari bilan bir qatorda, 
ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq mazmuni 
muallifning ushbu o’zi yaratgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanishi, 
boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga foydalanish uchun 
ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan huquqlarni boshqalarga etka-
zish imkoniyatlari bilan belgilanadi. 
Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to’liq yoki cheklangan bo’lishi mumkin. 
Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning 1034-moddasi) 
muallifning o’ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo’lsa, muallifning intellektual 
faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan tusga ega bo’ladi (masalan, mual-
liflik huquqida ergashma huquq yoki ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo’yicha 
selekstionerlarning patent egasidan mukofot olish huquqi, ixtirochining ixtirodan 
ilmiy-tadqiqot va shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i 
nazar, tegishli bo’ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan mulkiy 
huquqlar boshqa shaxslarga o’tgan taqdirda ham uning o’zida saqlanib qoladi. 
Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy huquqlar faqat ijodkor-yaratuvchi 
(muallif)ning o’ziga tegishli bo’ladi, mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham 
tegishli bo’lishi mumkin (masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda). Mulkiy 
huquqlar fuqarolik muomalasida faol harakatda bo’lishi; u boshqalarga haq evaziga 
yoki tekin o’tkazilishi, garov predmeti bo’lishi, meros tartibida o’tishi mumkin. 
Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog’liq, undan 
begonalashtirilishi, birovga o’tkazilishi mumkin emas. Binobarin, intellektual 
faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida qanday 
harakatda bo’lishidan qati nazar, shaxsiy huquqlar faqat ijodkor-muallifning o’zida 
saqlanib qoladi va mulkiy huquqlardan foydalanuvchilar ijodkor-yaratuvchi 
(muallif)ning shaxsiy huquqlariga rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan 
mutlaq huquqni sotib olgan nashriyot asarni nashr etishda muallif nomini 
ko’rsatishi, asar daxlsizligiga rioya qilishi lozim. 
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning 
xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan huquq egalariga bu 
vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo’ladi. 
Alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga 
nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan bo’lgan huquqlar kabi 
ikki turga, ya’ni shaxsiy va mulkiy tusdagi huquqlarga bo’linadi va demak, unga 
ikki xil tusdagi huquq sifatida qaraladi. Binobarin, alohida farqlash belgilari 
(xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq sohibining huquqi 
nafaqat mulkiy, ayni vaqtda shaxsiy tusda ham bo’ladi. Biroq bu huquq ma’lum 


485 
tartibda va shartlarga rioya qilingan holda haq evaziga yoki tekin, vaqtincha 
boshqalarga o’tkazilishi, foydalanish uchun berilishi mumkin bo’ladi (firma 
nomiga bo’lgan huquqdan tashqari). 
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof 
etilishi huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan 
intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo’ladi. 
Intellektual faoliyat natijasida ixtiro yoki asarni o’z aqliy, ijodiy faoliyati - 
mehnati bilan yaratgan shaxs ushbu natijaning muallifi deb tan olinadi, e’tirof 
etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mualliflik huquqi deb atalib, 
barcha qolgan shaxsiy huquqlarning o’zagini tashkil etadi, boshqa shaxsiy hu-
quqlar ushbu huquq mavjud bo’lgan taqdirdagina, undan kelib chiquvchi o’ziga 
xos hosila ikkilamchi huquq hisoblanadi. Muallif sifatida tan olishga bo’lgan 
huquq o’z mohiyatiga ko’ra, shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi, ya’ni u, 
birinchidan, ijodkor-yaratuvchi shaxsi bilan bog’liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisodiy 
mazmunga ega emas, uchinchidan, huquq sohibining o’zidan begonalashtirilishi 
mumkin emas. Bunday huquq ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini 
yaratgan shaxsgagina tegishli bo’ladi. Ijodiy xususiyatlarga ega bo’lmagan, 
odatdagi, mexanik tusdagi mehnati bilan ijodiy faoliyat natijasini yaratishda 
qatnashgan shaxslar muallif huquqiga ega bo’lmaydi (masalan, ixtirochi chizmasi 
asosida ixtiro qurilmasini yasagan chilangar va hokazo). 
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o’tkazilmaydi, berilmaydi. Ijodiy faoliyat 
natijasiga nisbatan muallif huquqi ijodkor yaratuvchisining o’zigagina tegishli, 
uning o’zidan har qanday tarzda, har qanday asosda begonalashtirilishi, boshqa 
birovga o’tkazilishi mumkin emas. Shu sababdan mualliflik huquqini bitim yoki 
shartnoma asosida boshqa birovga o’tkazish (sotish, hadya qilish) yoki undan 
boshqa shaxslar foydasiga voz kechish muallifning o’z erki, ixtiyori va xohishi 
bilan sodir bo’lsa ham haqiqiy hisoblanmaydi. Binobarin, bir shaxs ikkinchi shaxs 
uchun uning nomidan dissertatsiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi 
kelishuvlari haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. 
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida intellektual mulk 
obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o’zlashtirib olish, hammualliflikka 
majburlash harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Agar ijodiy faoliyat 
natijasi (ixtiro, asar) ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati 
bilan yaratilgan bo’lsa, ular hammualliflar hisoblanadi. Hammualliflar shaxsiy 
huquqlari umumiy qoidalar bo’yicha teng hajmda bo’lishi e’tirof etiladi. Mulkiy-
huquqlar hajmi esa hammualliflar o’rtasida o’zaro kelishuv asosida belgilanadi va 
noteng hajmda bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga 
nisbatan qonunda asarning to’laligicha hammualliflari bo’lib hisoblanadigan 
shaxslar doirasi cheklab qo’yilishi mumkin. Ushbu qoida intellektual mulk 
obyektini yaratishda g’oyat ko’pchilik qatnashadigan turlarga nisbatan amal qiladi. 
Masalan, kinofilm xuddi shunday obyekt hisoblanadi. Bu jarayonda ko’pchilik o’z 
ijodiy mehnati bilan qatnashsada, kinofilm muallifi bo’lib ssenariy muallifi, 
sahnalashtiruvchi rejissyor, bosh operator, bosh rassom va shu kabi cheklangan 
doiradagi shaxslar hisoblanadi. 
Yaratilish fakti sababli huquqiy muhofaza qilinadigan obyektlarga nisbatan 


486 
muallif huquqlari ushbu yaratilish fakti asosida vujudga keladi va 
rasmiyatchiliklarga rioya etilish talab qilinmaydi. Vakolatli davlat organi 
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i asosida huquqiy muhofaza ostiga olinadigan 
intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqi huquqiy muhofaza yorlig’i 
hujjati yoki boshqa hujjat asosida guvohlantiriladi. Barcha shaxsiy huquqlar kabi 
muallif-yaratuvchi huquqlari muddasiz himoya qilinadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling