Toshkent davlat yuridik universiteti
BOB. ASOSSIZ BOYLIK ORTTIRISh OQIBATIDA KELIB
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
58 BOB. ASOSSIZ BOYLIK ORTTIRISh OQIBATIDA KELIB
ChIQADIGAN MAJBURIYATLAR 1. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi va ahamiyati Fuqarolik huquqi o’z mohiyatiga ko’ra tovarlar, ishlar, moliyaviy mablag’larni erkin fuqarolik muomalasida bo’lishini, moddiy boyliklar va mulkiy huquqlar egalarida saqlanishini ta’minlashga qaratilgan. U yoki bu sabablarga ko’ra, ushbu normal holatga putur yetsa, u holda himoya mexanizmlariga ehtiyoj seziladi hamda bunda asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar (kondiksion majburiyatlar) institutiga alohida o’rin beriladi. Ushbu majburiyatlar moddiy ne’matlar, mulkiy huquqlar tegishli bo’lmagan shaxsdan haqdor shaxsga o’tkazilishiga xizmat qiladi. Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik huquq va manfaatlarini himoya qilishga, mulk huquqi, mulkiy huquqlarni tiklanishiga qaratilgan. Ushbu majburiyatlar buzilgan huquqlar tiklanishiga xizmat qiladi. Ushbu holat ikkita omil bilan belgilanadi. Birinchidan, ushbu majburiyat fuqarolik huquqiy oqibat keltirib chiqaradigan turli yuridik faktlar natijasida vujudga keladi. Ikkinchidan, majburiyatlar tizimida mustaqil o’ringa ega bo’lgan holda aksessor majburiyat bo’lib hisoblanmaydi hamda ashyoviy huquqiy, majburiyat huquqiy talablar vositasida himoya qilinadigan subyektiv fuqarolik huquqlarini himoya qilishdagi bo’shliqlarni to’ldirishga xizmat qiladi. FKning 1023-moddasi asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyatini nazarda tutadi va unga ko’ra qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo’lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol- mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart. Qonun talabidan ko’rinib turibdiki, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati vujudga kelishi uchun, birinchidan, bir shaxs ikkinchi shaxs hisobiga asossiz boylik orttirishi, ikkinchidan, bunday boylik orttirishga hech qanday qonuniy asos bo’lmasligi shart, uchinchidan, mulk, asosan, yanglishish, xatolik bilan olinadi yoki tejaladi. Ammo ba’zi hollarda mulkning yanglishmasdan, atayin qasddan asossiz olinish hollari ro’y berishi mumkin. G’ayriqonuniy yoki davlat manfaatlariga zid qilingan xatti - harakatlar tufayli o’zgalar hisobiga asossiz boylik orttirgan shaxs asossiz olingan mulkni qonunda nazarda tutilgan hollardan boshqa holatlarda davlat daromadiga o’tkazishi lozim, yani haqiqiy bo’lmagan bitimlar tuzish yo’li bilan olingan asossiz boyliklar to’g’ridan-to’g’ri davlat daromadiga o’tkaziladi. Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boshqa fuqarolik huquqiy majburiyatlar singari mulkiy xususiyatga ega. Uning asosida moddiy ne’matlarni harakatlanishiga doir mulkiy munosabatlar yotadi. Asossiz boylik orttirish natijasida qarzdor va kreditor o’rtasida moddiy ne’matlarni bir shaxsning vakolatlari doirasidan boshqa shaxsning vakolati doirasiga o’tishiga doir nisbiy huquqiy munosabat vujudga keladi. Ushbu majburiyat shartnomadan tashqari vujudga keladi. 468 Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar turli yuridik faktlar asosida vujudga kelishiga qaramay, ushbu majburiyatlar shartnomadan tashqari tuzilgan bitimlar doirasiga kirib, subyektlarning mulk huquqi va boshqa huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustaqil institut ko’rinishida bo’ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling