Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Ma’naviy zararni qoplash


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

4-§. Ma’naviy zararni qoplash 
Ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik 
harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o’tkazgan) ma’naviy va 
jismoniy (kamsitilishi, jismoniy og’riq, xo’rlanish, noqulaylik va sh.k.) azoblar 
tushuniladi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2000 yil 28 
apreldagi “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo’llashning ayrim 
masalalari to’g’risidagi” 7-sonli Qarori).
Jismoniy og’riq – bu tibbiy yuridik kategoriya hisoblanadi. Jismoniy 
uqubatlar, jismoniy og’riq, azoblanish, qiynalish ko’rinishlarida namoyon bo’lib, 
jabrlanuvchiga qilingan zarar yetkazish oqibatlarini natijasi hisoblanadi. 
Ma’naviy azoblar esa kishini ichki ruhiy-psixik dunyosiga ta’luqli qiynoqlar 
bo’lib hisoblanadi. Yuqorida jismoniy og’riqlar tibbiy-yuridik kategoriya ekanligi 
ta’kidlangan edi, xozirgi zamon fani uning harakter va darajasini aniqlashni 
obyektiv vositalariga ega. Ma’naviy azoblar esa ruhiy-yuridik kategoriya bo’lib, 
insonni faqat mutaxassis baholay oladigan “hayajon”, “alam”, “xo’rlik”, “uyat” 
kabi subyektiv xissiy holati tarkibiy qismlariga asoslanadi. 
Ma’naviy zarar mavjud deb hisoblash uchun uning tarkibiy qismlaridan biri 
– yo jismoniy og’riq yoki ruhiy iztiroblar bo’lishi kifoya. Agar ularning har 
ikkalasi bir vaqtda mavjud bo’lsa, ma’naviy zarar darajasini yuqori ekanligidan 
dalolat va javobgarlik darajasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Biroq ularning faqat 
birining mavjudligi javobgarlikni qo’llamaslikka asos bo’lmaydi.
Umumiy qoidaga ko’ra ma’naviy zarar, zarar yetkazuvchining aybi mavjud 
bo’lsagina u tomonidan qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash keng spektrdagi 
huquqbuzarliklarda qo’llaniladi. Shu sababli ham ma’naviy zararni qo’llashda ayb 
umumhuquqiy mezon vazifasini o’tadi, biroq huquqbuzarlik harakteriga qarab 
boshqa huquq tarmoqlari, ya’ni jinoyat-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, mehnat 
huquqiy, fuqarolik huquqiy uslubiy me’zonlaridan ham foydalanish mumkin. 


459 
Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar qoplanadi, agar 
zarar fuqaroning hayoti va sog’lig’iga oshiqcha xavf manbaidan yetkazilgan bo’lsa 
(oshiqcha xavf manbai tushunchasi va turlari to’g’risida batafsil qarang: FKning 
999-moddasiga sharx). Fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga oshiqcha xavf 
manbalarining o’zaro ta’siri natijasida zarar yetkazilgan bo’lsa, zarar ularning har
birining ayb darajasini hisobga olgan xolda FKning 985-moddasi qoidalari 
bo’yicha qoplanadi. Oshiqcha xavf manbayi egalarining har birining aybi mavjud 
bo’lgan taqdirda ularning har biri ayb darajasiga mutanosib ravishda jabrlanuvchi 
(jabrlanuvchilar) chekkan jismoniy va ruhiy azob-uqubatlar darajasiga qarab 
qoplanadi. Agar sog’lig’i shikastlangan oshiqcha xavf manbayi egasi ushbu 
avtohalokatda aybdor bo’lsa, unga ma’naviy zarar qoplanmaydi. Avtotransport 
vositalari o’zaro to’qnashganda, uchinchi shaxslar emas, faqat manba egalari 
sog’lig’iga shikast yetsa, biroq bunda har ikkalasining aybi bo’lmasa, ularning 
hech biri ma’naviy zarar qoplanishini talab qilishga haqli emas. 
Odatda zarar oshiqcha xavf manbalari tomonidan uchinchi shaxslarga 
yetkaziladi (masalan, avtomobil bilan piyoda yo’lovchini urib ketish). Bunda 
sog’liqqa shikast yetkazish oqibatida jismoniy azoblarni jabrlanuvchi boshidan 
kechirishi tabiiy. Ma’naviy zarar oshirilgan xavf manba egasi (avtomobil mulkdori 
yoki ijarachisi) tomonidan aybidan qat’iy nazar qoplanadi. 
Zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda 
jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinishi yoki munosib 
xulq atvorda bo’lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo’llanish, qonunga 
xilof tarzda ma’muriy qamoq jazosini qo’llash va qonunga xilof tarzda ushlab 
turish natijasida yetkazilgan bo’lsa, ularni qo’llagan organlar va mansabdor 
shaxslar aybidan qat’iy nazar, ma’naviy zarar undirilishi lozim (bu haqda batafsil 
FKning 991-moddasiga qarang). Yuqorida ko’rsatilgan zarar yetkazish harakatlari 
qat’iy belgilab qo’yilgan va u kengaytirilgan xolda talqin etilishi mumkin emas. 
Yuqoridagi harakatlar g’ayri qonuniy tarzda sodir etilganda jabrlanuvchining ruhiy 
azoblari chuqur va og’ir harakter kasb etishi tabiiy. Bunda nafaqat uning huquqlari 
cheklanadi va boshqalar, jamoatchilik ko’zi o’ngida u muayyan muddat, ya’ni haq 
joyiga qaror topguncha huquqbuzar va xatto jinoyatchi qiyofasida gavdalanadi. 
Jabrlanuvchi boshdan kechirgan og’ir ichki kechinmalar yumshatilishi, ruhan 
sog’lomlashishi amalga oshirilishi lozim. Ma’naviy zararni qoplash shunga 
qaratiladi.
Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va fuqaroga yoki yuridik 
shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar, zarar yetkazuvchining aybi mavjud bo’lgan 
taqdirda FKning 985-moddasiga asosan qoplanadi. 
Ma’naviy zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro’-e’tiborini 
haqorotlovchi, badnom qiluvchi ma’lumotlarni tarqatish sababli yetkazilgan bo’lsa, 
ushbu ma’naviy zarar zarar yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar undiriladi 
(Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro’si tushunchasi va huquqiy ximoya qilish 
xususiyatlari FKning 100-moddasida belgilangan). Bunda badnom qiluvchi 
ma’lumotlarni harakteri, tarqatish usuli va doirasi jabrlanuvchi og’ir ruhiy 
iztiroblariga sabab bo’ladi va jismoniy yoki ruhiy kasallikni keltirib chiqarishi 
mumkin. Ushbu normani qo’lashda “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi 


460 
Qonun, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun, “Axborot 
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi Qonun”, shuningdek O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1992 yil 19 iyunda qabul qilingan 92-sonli 
Qarori va unga 1998 yil 11 sentyabrda 24-sonli qaror bilan o’zgartirishlar kiritilgan 
“Sudlar tomonidan fuqarolarning va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obro’sini ximoya qilish to’g’risidagi Qonun hujjatlarini qo’llash 
amaliyoti to’g’risidagi Qarori” normalarini e’tiborga olish lozim. 
Qonunlarda (qonun hujjatlarida emas) nazarda tutilgan boshqa xollarda ham
ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar qoplanadi. 
Odatda ma’naviy zarar pul shaklida va ko’pincha so’mda qoplanadi. Ayni 
paytda qonun qoplashni boshqa muqobil shakllariga ham yo’l qo’yadi. Masalan, 
Mehnat Kodeksining 187-moddasi 2-qismida belgilanishicha ma’naviy zarar, zarar 
ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvda, xodim vafot etgan xollarda esa ish 
beruvchi bilan xodim oila a’zolari o’rtasidagi kelishuvga ko’ra pul yoki boshqa 
moddiy shaklda va miqdorlarda qoplanadi. Boshqa moddiy shakl tovarlar berish, 
xizmat ko’rsatish va shu kabilar orqali natura tarzida amalga oshiriladi.
Qonun ma’naviy zararni qoplanishini na minimal, na maksimal miqdorlarini 
belgilamaydi. Ma’naviy zararni qoplash miqdori faqat sud tomonidan belgilanadi. 
Ma’naviy zarar miqdori quyidagi mezonlar asosida belgilanadi: 
a) jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblarning xususiyati 
va harakteriga qarab (jismoniy og’riqlarni qancha davom etgani, ularning darajasi, 
qisqa muddatli stress yoki doimiy depressiya holati, xo’rlanish, barqaror 
noqulaylik, surunkali ruhiy majruhlik va shu kabilar.); 
b) ayb tovon to’lashga asos bo’lgan xollarda zarar yetkazuvchining aybi 
(surbetlik bilan, bexayolik bilan, puxta o’ylab huquqbuzarlik sodir etgani yoki 
yengiltaklik bilan o’ylamasdan sodir etgani va sh.k.). 
Zarar qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari 
e’tiborga olinishi lozim. Adolatlilik qoplash miqdori bilan huquqbuzarlik harakteri 
o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo etadi (masalan, surbetlik va bexayolik 
bilan zarar yetkazilganda o’ta katta miqdor, oddiy holatda zarar yetkazganda 
kamroq miqdor va x.k.). oqilonalik esa jabrlanuvchining ham , huquqbuzarning 
ham mulkiy holatini hisobga olishni talab etadi. Tovon to’lash insonga yetkazilgan 
ma’naviy jarohatlarni yumshatish maqsadini ko’zlaydi va u bir kishini boyishi 
hisobiga boshqa shaxsni qashshoqlanishiga olib kelmasligi shart. Ba’zi xorijiy 
davlatlar sud amaliyotida uchrayotgan holatlarni, ya’ni da’vogar o’zining moddiy 
ta’minlanganligini ta’kidlash ma’nosida sof ramziy to’lov (masalan, 1 rubl)ni talab 
qilishni ham o’rinli deb hisoblab bo’lmaydi. Bu o’rinda keng yoqlama yondashuv 
lozim. Qoplash miqdori har doim ish bo’yicha barcha holatlar majmuini hisobga 
olishi shart. Ushbu toifadagi ishlar bo’yicha sudlar qabul qilgan xal qiluv 
qarorlarini mo’ljalga va hisobga olish ham foydadan xoli bo’lmaydi. Albatta, 
huquqbuzarlik jiddiy va zarar yetkazuvchining ayb darajasi yuqori bo’lgan hollarda 
qoplash miqdori u uchun moddiy jihatdan salmoqli ta’sir yukiga ega bo’lishi 
maqsadga muvofiq. 
Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatlari ma’naviy zarar yetkazilgan 
haqiqat, real holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan 


461 
xolda sud tomonidan baholanadi. 
Jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatlari 
ko’p jihatdan tajovuzning og’irligiga (ham jismoniy kaltaklash, ham haqorat yoki 
faqat haqorat), huquqbuzarlik turiga (bezorilik yoki maishiy janjal), subyektiv 
huquqlarini buzilish darajasiga, shuningdek, oqibatlarni bartaraf etish mumkinligi 
yoki subyektiv huquqlarni qulay sharoitlarda amalga oshirishni o’nglab bo’lmasligi 
(ayniqsa bo’lajak kelin-kuyovlar uchun fotihani buzilishi, to’yni umuman bekor 
qilinishi va x.k.) va shu kabi omillarga bog’liq. Ma’naviy azoblarni baholashga 
ta’sir qiladigan jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlar uning kasalvandligida, yoshi 
ulug’ligida, erli ayol yoki yolg’iz ayolligida, fotiha qilingan qiz ekanligi, kasbiy 
yoki jamoatchilik faoliyatining o’ziga xosliklari, shaxsiy tarjimai xoli va shu 
kabilarda namoyon bo’ladi. Har bir inson o’ziga xos. Shundan kelib chiqan xolda 
har bir jabrlanuvchi o’ziga nisbatan huquqqa xilof qilmishni, tajovvuzni o’ziga 
xos qabul qiladi. Shu sababli ham inson harakterining og’ir-bosiqlik, ko’ngli 
bo’shlik, yig’loqilik, shallaqilik, “terisi yupqalik” (o’ziga og’ir qabul qilish), 
xovliqmalik, shaddodlik, yuvvoshlik va sh.k. kabi belgilari sud tomonidan qaror 
qabul qilishda hisobga olinishi lozim. 
Ma’naviy zarar to’lanishi lozim bo’lgan mulkiy zarardan qat’iy nazar 
qoplanadi. Mulkiy zararni undirilishi yoki undirilmasligi yoki uning miqdorlariga 
qarab ma’naviy zararni qoplash miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirishga yo’l 
qo’yib bo’lmaydi. Ma’naviy zararni qoplash maqsadi va mulkiy zararni qoplash 
maqsadi boshqa boshqa ekanligini yodda tutish lozim. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling