Toshkent davlat yuridik universiteti
Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini
hisobga olish. Hayotda shunday holatlar ham yuz beradiki, shaxsga yetkazilgan zarar nafaqat boshqa kishining balki, jabrlanuvchining aybi natijasi yuz beradi. Masalan, yo’lovchining yo’l harakati Qoidalarini buzib o’tish taqiqlangan joydan o’tishi, ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi va shu kabilar natijasida yetkazilgan zararlarda jabrlanuvchi ham aybdor hisoblanadi. Odatda jabrlanuvchining aybi qo’pol ehtiyotsizlik yoki turmush qoidalarini buzishda namoyon bo’ladi. Shu bilan birga jabrlanuvchining aybi huquqqa xilof xatti-harakat natijasida vujudga kelishi mumkin. Masalan, Masalan, “Ximiya” kombinati qorovuli S. kombinat hovlisidagi etil spirti deb yozilgan sisternadan spirt o’g’irlab unga suv aralashtirib ichdi va natijada S.ning ikkala ko’zi ham ko’rmay qoldi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, “etil spirti” deb yozilgan sisternada spirt emas, boshqa zaharli suyuqlik bor ekan. Bu yerda jabrlanuvchining aybi tufayli zarar vujudga keldi, bunda “Ximiya” kombinati javobgarlikdan ozod etiladi. Chunki, qorovulga kombinatdagi xom ashyoni o’g’irlash huquqi berilmagan aksincha, uning majburiyati ana shu xom ashyoni qo’riqlash edi 95 . Jabrlanuvchining aybi quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: birinchidan, zarar yetkazuvchining aybidan farqli o’laroq jabrlanuvchining aybi boshqa shaxsning subyektiv huquqini buzish bilan bog’liq bo’lmaydi; ikkinchidan, agar zarar yetkazuvchining aybli bo’lishligi faraz qilinsa, jabrlangan shaxsning aybi zarar yetkazgan shaxs tomonidan isbotlangan bo’lishi kerak; uchinchidan, zarar yetkazgan shaxs aybining qaysi shaklda bo’lishligidan qat’i nazar, javobgarlikka tortilsa (FKning 1004-moddasida ko’rsatilgan hollar mustasno), jabrlanuvchining aybi qasd yoki qo’pol ehtiyotsizlik shaklida ifodalangan bo’lsagina, yuridik ahamiyatga ega bo’ladi. Shu bilan birga, qonun zarar yetkazgan shaxs va jabrlanuvchining bir xildagi sharoitlarda bo’lmaganliklarini e’tiborga oladi, chunki zarar yetkazuvchiga qaraganda jabrlanuvchida lozim darajada ehtiyotkorlik choralarini ko’rishi bir qadar qiyinroq hisoblanadi 96 . Qonun jabrlanuvchi aybining shakllariga qarab delikt majburiyatlari uchun fuqarolik-huqquiy javobgarlikni tatbiq etish, zararni qoplash hajmi yoki to’lanadigan tovon miqdorini belgilaydi: 95 Egamberdieva N.H. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari va shakllari. yurid.fan.nomz. diss.-T.:2006. 96 O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-347 b. 436 - agar zarar jabrlanuvchining qasddan ish ko’rishi natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, u to’lanmaydi; - agar jabrlanuvchi o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko’maklashgan bo’lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim; - jabrlanuvchi qo’pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo’lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’i nazar yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, zararni to’lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilganda tovon to’lashni rad etishga yo’l qo’yilmaydi. Qo’shimcha har ajatlarni to’lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan ko’rilgan zararni to’lashda, shuningdek dafn etish har ajatlarini to’lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi. Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno (FKning 1004-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling