Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Zararni qoplash usullari. Delikt majburiyatlari uchun umuman fuqarolik-
huquqiy javobgarlik uchun yetkazilgan zararni qoplash usullari muhim ahamiyat 
kasb etadi. Birinchi navbatda yetkazilgan zararni qoplash usullarining xilma xilligi 
jabrlanuvchi uchun qaysidir ma’noda «yupanch» vazifasini bajaradi. Chunki, 
aynan zararni qoplash usullarini tanlash orqali jabrlanuvchi o’zi uchun adolat qaror 
topishiga, o’zi tanlagan asoslarda zarar qoplanishiga umid uyg’otadi. 
Ta’kidlash lozimki, zararni qoplash usullarini belgilash fuqarolik-huquiy 
javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zero, yuridik 
javobgarlikning 
boshqa 
turlarida 
jabrlanuvchi 
huquqbuzarga 
nisbatan 
javobgarlikning u yoki bu chorasini belgilash huquqiga ega bo’lmaydi. Fuqarolik-
huquqiy javobgarlikda jabrlanuvchiga nisbatan bunday imkoniyatning berilishi 
fuqarolik-huquqiy javobgarlikning mulkiy ko’rinishda bo’lishi va yetkazilgan 
zararni qoplashni talab qilish ham subyektiv fuqarolik huquqi ekanligi bilan 
belgilanadi. 
FKning 1003-moddasiga muvofiq, sud zararni qoplash to’g’risidagi talabni 
qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun 
javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (o’shanday turdagi va sifatdagi ashyoni 
taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni 
to’lash majburiyatini yuklaydi.
Yetkazilgan zararni qoplash usullari FKning 1003 moddasida ikkiga 
bo’linadi: 
- zararni aslicha qoplash; 
- yetkazilgan zararni to’lash. 
Umumiy ma’noda sud zararni qoplash to’g’risidagi talabni qondirishda zarar 
miqdorini pul summasi ko’rinishida belgilashi ham mumkin. Biroq ish holatlariga 
ko’ra huquqbuzarning huquqqa xilof harakati natijasida jabrlanuvchiga tegishli 
mol-mulk shikastlangan bo’lsa yoki uning mol-mulki nobud bo’lgan bo’lsa, 


435 
jabrlanuvchi shikastlangan mol-mulk huquqbuzar hisobidan tuzatilishini yoki 
nobud bo’lgan mol-mulk o’rniga aynan shunday ashyoni taqdim etishni talab 
etishga haqli bo’ladi. Bunday vaziyatda huquqbuzar ashyoni natura holida taqdim 
etishni rad etishga haqli bo’lmaydi.
Yetkazilgan zararni to’lashda esa, huquqbuzar FKning 14-moddasiga 
muvofiq, haqiqiy zarar, boy berilgan foyda va ma’naviy zararni to’lashi lozim 
bo’ladi. Bunday zararlar jumlasiga mol-mulkning shikastlanishi yoki fuqaroning 
sog’lig’i va hayotiga yetkazilgan zarar, fuqaroning ish haqi, fuqarolik-huquqiy 
shartnomalardan oladigan daromadlari, mualliflik haqi va boshqa daromadlari ham 
kiradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling