Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2-§. Fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini 
qoplash 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutiyasida (24, 25, 27-moddalari) huquqiy 
muhofazaning alohida obyekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’lig’i, sha’ni va 
qadr qiymati belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini himoya 
qilishning huquqiy usullaridan biri bo’lib fuqaroni hayoti va sog’lig’iga 
yetkazilgan zararni to’lash hisoblanadi. 
Agar qonun yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda 
tutilmagan bo’lsa: 
- shartnoma majburiyatlarini bajarishda fuqaroning hayoti va sog’lig’iga 
yetkazilgan zarar; 
- harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va 
boshqa shunga o’xshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti va 
sog’lig’iga yetkazilgan zarar FKning 57-bobi (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlar) qoidalari bo’yicha qoplanadi. 
Ushbu norma dispozitiv harakterdagi umumiy norma hisoblanadi. Maxsus 
qonunda yoki shartnomada zarar yetkazganlik uchun oshirilgan javobgarlik 
nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu umumiy norma qoidalari qo’llaniladi. 
Agarda maxsus norma yoki shartnoma qoidalari FKning 57-bobi qoidalariga 
nisbatan jabrlanuvchining holatini yomonlashtirsa, bu xolda FKning normalari 
qo’llaniladi. 
Shartnoma majburiyatlari fuqarolik-huquqiy shartnomalar bilan chegaralanib 
qolmaydi. Pudrat, xizmat ko’rsatish, topshiriq va sh.k. shartnomalar bilan bir 
qatorda, mehnat shartnomasi bo’yicha mehnat majburiyatlarini bajarishda 
fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni undirish masalalarini ham
qamrab oladi. 
Agarda mudofaa to’g’risida, prokuratura to’g’risida, favqulodda vaziyatlar 
to’g’risida, sudlar to’g’risida va boshqa shu kabi qonunlarda javobgarlikni 
oshirilgan miqdori nazarda tutilmagan bo’lsa, fuqaroning 


437 
- harbiy xizmat majburiyatlarini (muddatli yoki kontrakt bo’yicha harbiy
xizmat ekanligidan qat’iy nazar) bajarishda; 
- ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik organlarida majburiyatlarni 
bajarishda; 
- prokuratura, bojxona, favqulotda vaziyatlarga qarshi kurash organlarida 
xizmat majburiyatlarini bajarishda; 
- boshqa tegishli xizmat majburiyatlarini bajarishda hayoti va sog’lig’iga 
yetkazilgan zararni undirishda FKning 57-bobi qoidalari qo’llaniladi. 
Inson sog’lig’i – bu kishi uchun eng zaruriy ne’matdir. Inson sog’lig’iga 
shikast yetkazilganda jabrlanuvchi nafaqat jismoniy og’riq, turmushda noqulaylik 
va cheklanishlarni his etadi, balki moddiy zarar va qo’shimcha sarf-har ajatlar ham
yuzaga keladi, agarda sog’liqqa shikast yetkazishda boshqa shaxs aybdor bo’lsa u 
ushbu zarar va shikastlanishlarni ham qonun bo’yicha qoplashi shart. 
Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog’lig’iga boshqacha shikast 
yetkazilganda quyidagilar qoplanishi shart: 
a) jabrlanuvchi kelgusida oladigan yoki olishi mumkin bo’lgan, lekin 
shikastlanishi sababli ololmay qolgan, ya’ni yo’qotilgan ish haqi (daromadlari). 
Odatda ish haqi mehnat shartnomasi bo’yicha, daromadlar esa tadbirkorlik yoki 
boshqa faoliyatdan (shu jumladan, fuqarolik shartnomalarini bajarishdan) olinadi; 
b) salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo’shimcha har ajatlari, 
shu jumladan davolanish, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish
protez qo’ydirish, birovning parvarishida bo’lish, sanatoriy-kurortda davolanish, 
maxsus transport vositalarini (avtomoto va velokolyaskalar) sotib olish bo’yicha 
sarf-har ajatlar, agarda jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga 
muhtojligi hamda ularni tegishli tartibda bepul olish huquqiga ega emasligi 
aniqlansa; 
v) jabrlanuvchining boshqa kasbga tayyorgarlikdan o’tish har ajatlari, agarda 
u kelgusida umuman yoki muayyan uzoq muddat o’tgunicha ilgargi kasbi bo’yicha 
ishlay olmasligi va kasbiy qayta tayyorlashni tekin tizimidan foydalanish 
imkoniyatiga ega emasligi aniqlansa. 
Jabrlanuvchi olishi mumkin bo’lgan (yo’qotilgan) daromadlar hajmini 
hisoblab chiqarishga alohida ahamiyat berish lozim. Bu o’rinda jabrlanuvchi 
amalda olgan daromadlariga nisbatan zarar yetkazilgan vaqtda real olish 
imkoniyatiga ega bo’lgan yanada yuqoriroq hajmdagi ish haqi to’g’risida gap 
ketmoqda. Ushbu imkoniyat qay darajada real ekanligini aniqlashda sog’lig’iga 
shikast yetkazilishidan oldin jabrlanuvchi o’rgangan kasb-kor, mutaxassislik 
yanada ko’proq hajmda ish haqi olishga imkon berishidan guvohlik beruvchi 
holatlar hisobga olinishi lozim. Masalan, sog’liqqa shikast yetishi ishlab chiqarish 
ta’limi yoxud jabrlanuvchi oliy o’quv yurtida o’qiyotgan vaqtda sodir bo’ladi. Bu 
holda FKning 985-moddasi 1-qismi qo’llaniladi (boy berilgan foydani undirish 
huquqi). Ushbu norma talabidan kelib chiqib, fuqaro yangi kasb-kor, 
mutaxassislikka ega bo’lganidan keyin olinishi mumkin bo’lgan ish haqi 
miqdorida zararni undirish huquqiga ega bo’ladi. Shunday bo’lishi ham mumkinki, 
fuqaro sog’lig’iga shikast yetkazilgan davrda hech qaerda ishlamagan, ish haqi 
olmagan. Biroq, har bir mehnatga layoqatli fuqaro kabi mehnat qilish, tadbirkorlik 


438 
bilan shug’ullanish huquqlarini ro’yobga chiqarishi mumkin. Agarda fuqaro ushbu 
huquqlarini amalga oshirishga real harakatlar qilgan bo’lsa, sud bunga baho berib, 
boy berilgan daromadlarni undirish to’g’risida masalani o’rganishi mumkin. 
Ikkinchi guruh har ajatlari jabrlanuvchini o’z sog’lig’ini tiklash bilan 
bog’liq. Bu sarf-har ajatlar hajmi va miqdorini shakllanishiga jabrlanuvchini 
yashash jayidagi narx-navo, bozor konyunkturasi va qator subyektiv faktorlar (urf-
odatlar, an’analar, hayot tarzi va sh.k.) ta’sir qiladi. Agarda ularni miqdori va hajmi 
to’g’risida nizo kelib chiqsa, ularni jabrlanuvchi sog’lig’ini tiklashga zarurlik 
darajasi, shuningdek, oqilonalik, insoflilik tamoyillaridan kelib chiqib sud 
tomonidan belgilanadi. 
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat davlat siyosati darjasiga ko’tarilgan. 
Kasallik, nogironlik, boquvchini yo’qotganlik hollarida har xil ijtimoiy 
jamg’armalar hisobidan turli pensiyalar, nafaqalar va sh.k. to’lanadi. Biroq bu 
sog’liqqa shikast yetkazilgani sababli yetkazilgan zararni undirilishini rad etish 
yoki miqdorini kamaytirish uchun asos bo’la olmaydi. Qonunda aniq ravshan 
belgilab qo’yilishicha, yo’qotilgan ish haqi (daromadlarni) aniqlashda 
jabrlanuvchiga mayib bo’lishi yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetishi sababli 
nogironlik pensiyasi, shuningdek sog’lig’iga zarar yetkazilmasidan oldingi va 
undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o’xshash 
to’lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab 
bo’lmaydi (zararni qoplash hisobga kiritilmaydi). 
Zararni qoplash hisobiga shuningdek jabrlanuvchi sog’lig’iga shikast 
yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi. Masalan, 
sog’lig’iga shikast yetkazilganidan keyin jabrlanuvchi avtomobil xaydovchisi 
kasb-kori bilan shug’ullanish layoqatini yo’qotadi, biroq adabiy faoliyat bilan 
shug’ullanib katta daromad ola boshlaydi. Bunda ushbu daromadlar zararni 
hajmini kamaytirishga asos bo’la olmaydi. 
Jabrlanuvchi ijtimoiy jamg’armalar hisobidan olayotgan to’lovlar ijtimoiy 
himoya shakli bo’lib hisoblanadi, bu uning sa’y-harakatlari, yangi shart-
sharoitlarda o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, moslashishi natijasidir va shu 
sababli zarar yetkazuvchini zararni qoplash ma’suliyatidan ozod qilmaydi va uni 
hajmini kamaytirishga asos bo’lmaydi. 
FKda sog’liqqa shikast yetkazilganligi sababli yetkazilgan zararni undirishni 
eng minimal hajmlari belgilangan. Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan ushbu 
moddaga muvofiq jabrlanuvchiga undiriladigan to’lov hajmi va miqdori 
ko’paytirilishi mumkin. Masalan, sportchilarni sport klublari bilan individual 
kontraktlarida shunday shartlar nazarda tutiladi. 
Ushbu norma orqaga qaytish kuchiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining “O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini amalga kiritish tartibi 
to’g’risidagi” 1996 yil 29 avgustdagi 257-1-sonli Qarori 11-bandi 2-qismida 
ko’rsatilishicha FK 1005-1016-moddalarining qoidalari fuqarolarning hayoti va 
sog’lig’iga ziyon yetkazish 1997 yil 1 martiga qadar, ammo uzog’i bilan 1994 yil 1 
martigacha yuz berib, yetkazilgan ziyon o’rni qoplanishi qolgan xollarga ham 
tadbiq etiladi. 
O’rni qoplanishi lozim bo’lgan yo’qotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori 


439 
mayiblanishgacha yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoki mehnat 
qobiliyati yo’qotilgungacha bo’lgan o’rtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan 
jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yo’qotishi darajasiga (qisman yoki 
umuman yo’qotish), kasbi yo’q bo’lganda esa – umumiy mehnat qobiliyatini 
yo’qotish darajasiga muvofiq foizlarda (25 foiz yoki 40 foiz va x.k.) aniqlanadi. 
Zararni o’rnini qoplash hajmini aniqlashda sog’liqqa yetkazilgan 
shikastalanish harakteri: 
- mayib bo’lganlik, ya’ni jarohat olganlik; 
- sog’liqqa boshqacha shikast yetkazilganlik (ya’ni holsizlanish, isitmalash, 
bosh aylanishi va x.k.) va buning natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasi 
mezon bo’lib hisoblanadi. 
Mehnat qobiliyati ham maxsus va umumiy mehnat qobiliyatiga farqlanadi. 
Jabrlanuvchining maxsus mehnat layoqati – bu uning muayyan kasb-korga bo’lgan 
professional qobiliyati, malakasi, mahorati va ko’nikmasi hisoblanadi (masalan, 
xaydovchilik, elektromontyorlik kasbiy layoqati). Agar jabrlanuvchini muayyan 
kasb-kori bo’lmasa, umumiy mehnat qobiliyati mezon bo’lib hisoblanadi. 
Qonundagi ushbu mezon jabrlanuvchi kasbiy layoqatini 100 foiz yo’qotganda zarar 
hajmini hisoblash aynan ushbu kabiy layoqatidan, uning yo’qotilishi darajasidan 
hisoblanadi. Mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo’qotilishiga ham
alohida e’tibor qaratiladi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muayyan 
cheklangan vaqt (davr) mobaynida to’liq mehnatga layoqatsizlikni va ish haqi 
(daromad)ni yo’qotilishini anglatadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 
davolash muassasasi tomonidan belgilanadi va maxsus belgilangan shakldagi 
hujjat bilan guvohlantiriladi. Umuman olganda, qisman yoki to’liq mehnatga 
layoqatsizlik sud-tibbiyot ekspertizasi o’tkazish orqali ixtisoslashgan davlat tibbiy 
muasasasi (vrachlik nazorat komissiyasi) tomonidan aniqlanadi. 
Jabrlanuvchini yo’qotilgan ish haqi (daromadlari) tarkibiga quyidagilar 
kiradi: 
a) uning mehnat shartnomasi bo’yicha asosiy joyidan ham shuningdek, 
o’rindoshlik bo’yicha ham ish joylaridan oladigan, soliqqa tortiladigan barcha 
maoshlari; 
b) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosidagi faoliyati bo’yicha oladigan, 
soliqqa tortiladigan barcha to’lovlar; 
v) tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlari (soliq inspeksiyasi 
ma’lumotlari asosida), shuningdek, mualliflik gonorarlari (qalam haqlari); 
g) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ruq davri ta’tillari 
bo’yicha to’langan nafaqalar. 
Barcha turdagi ish haqlari (daromadlar) soliq ushlab qolishdan oldingi 
summalar miqdori bo’yicha hisobga olinadi. 
Bir martalik harakterdagi to’lovlar (foydalanilmagan ta’tillar uchun pul 
shaklidagi tovonlar, mehnat shartnomasi bekor bo’lgandagi nafaqalar, shartnoma 
majburiyatlari buzilganligi uchun to’langan jarimalar va sh.k.) hisobga 
olinmasligini qayd etish lozim. 
O’rtacha oylik ish haqi (daromad) sog’liqqa shikast yetkazilishdan oldingi 
ishlangan o’n ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)larning umumiy summasini o’n 


440 
ikki oyga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha 
jabrlanuvchi o’n ikki oydan kam ishlagan hollarda o’rtacha ish haqi (daromad) 
sog’liqqa shikast yetkazishdan oldingi amalda ishlagan oylardagi ish haqi 
(daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga bo’lish yo’li bilan 
hisoblab chiqariladi. 
Ko’rinib turibdiki o’rtacha ish haqini (daromadlarni) hisoblab chiqarishni 
arifmetik usuli jabrlanuvchini manfaatlarini ko’zlab shakllantirilgan. 
Jabrlanuvchi to’liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko’ra bundan oldingi 
to’liq ishlagan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati 
bo’lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi, aks holda bu qoplash hajmini 
kamaytirishi mumkin. 
Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda ishlamayotgan bo’lsa, uning xohishiga 
ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo’lgan ish haqi (daromadi) yoki 
mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan, ammo qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqining besh karrasidan kam bo’lmagan odatdagi haq 
to’lash miqdori hisobga olinadi. 
FKning 1007-moddasi 6-qismi odatda qarilik pensiyasi oluvchi shaxslarga 
yetkazilgan zarar hajmini aniqlashda qo’llaniladi. Ushbu norma pensionerga 
pensiyaga chiqishidan oldin 12 kalendar oy uchun olgan ish haqi hisobidan yoxud 
mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan haq miqdori (masalan, 
jabrlanuvchi dotsent ilmiy unvoniga ega, demak, ushbu malaka bo’yicha 
to’lanadigan haq miqdori) asosida hisoblashga imkon beradi. Jabrlanuvchi bilan bir 
xil malakada bo’lgan xodimning odatdagi ish haqi bir xil turdagi (bir xil nomdagi) 
kasblar, malakalarning ish haqlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi. 
Hisobga olinadigan ish haqi tarkibiga tarif stavkasi (okladi)dan tashqari amalda 
qilingan faktik to’lovlar ham kiritiladi, ya’ni xodimning to’liq hajmdagi ish haqi 
hajmi hisobga olinadi. 
Agarda ushbu mahalliy xududda hech kim shug’ullanmaydigan noyob, 
o’ziga xos kasb egasi bo’lsa, ish haqi qo’shni chegaradosh xududlardagi 
ma’lumotlar asosida hisoblab chiqarish lozim. 
Shuni unutmaslik kerakki muayyan kasblar, malakalarga hufyona iqtisodiyot 
sohasida beriladigan to’lovlar (konvertdagi ish haqi, nolegal daromad) ya’ni soliq 
to’lanmagan daromadlar hisobga olinmaydi. 
Agar jabrlanuvchining ish haqida (daromadlarida) uning mayib qilinish yoki 
sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilishiga qadar uning mulkiy ahvolini 
yaxshilovchi barqaror o’zgarishlar sodir bo’lgan (egallab turgan lavozimi bo’yicha 
ish haqi oshirilgan, yuqoriroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilgan, kunduzgi o’quv 
yurtini bitirganidan keyin ishga kirgan, ya’ni talabalikdan ishlovchi xodimga 
aylangan) bo’lsa va o’zgarishning ehtimoli isbotlangan boshqa hollarda, uning 
o’rtacha oylik haqini aniqlashda u tegishli o’zgarishdan keyin olgan yoki olishi 
lozim ish haqi (daromad)gina hisobga olinadi. 
Yuqoriroq razryad bo’yicha doimiy (tarifli) haq to’lanadigan ish taqdim 
etilishi ish haqini barqaror o’sishdan dalolat beradi. Agarda xodim yuqoriroq haq 
to’lanadigan ishga o’tkazilganidan keyin kasallik sababli amalda ishga kirishmasa, 
zararni o’rnini qoplash hajmi u olishi lozim bo’lgan ish haqi bo’yicha hisoblanadi. 


441 
Agarda real ish haqi miqdorlari to’g’risida hujjatni taqdim etishning iloji 
bo’lmasa (arxiv yo’qligi yoki yong’in tufayli hujjatlar yonib ketganligi va x.k.), 
bunda minimal ish haqi hisobga olinadi va shu asosda zararni qoplash hajmi 
aniqlanadi. 
Agarda o’rtacha ish haqi davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqidan 
kam bo’lsa, o’rtacha ish haqi ushbu negiz bo’yicha hisoblanadi. 
“Xodimlarning ularni mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda 
jaroxatlanish, kasb kasalliklariga chalinish yoki salomatlikning boshqa xil 
shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash Qoida”lariga ko’ra fuqaroning 
to’liq mehnatga layoqatsizligi uni 1 va 2 guruh nogironi deb tan olinishi bilan 
belgilanadi. To’liq mehnatga layoqatsizlik uchun xodimning (tadbirkorning) 
o’rtacha ish haqi (daromadi) miqdorida tovon haqi belgilanadi. 
Kasbiy mehnat layoqatini qisman yo’qotilishi holatida zararni o’rnini 
qoplash hajmi fuqaroning saqlanib qolgan mehnat layoqatini foizlarda hisoblash 
orqali hisoblanadi. Masalan, ekspertlar fuqaroni mehnat layoqati 60 foiz saqlangan 
degan xulosaga kelsalar, zararni o’rnini qoplash o’rtacha ish haqining 40 foizini 
tashkil etadi. Zarar yuqorida ko’rsatilgan Qoidalar bo’yicha qoplanadi. Agarda 
jabrlanuvchining qo’pol extiyotsizligi zararni vujudga kelishiga sabab bo’lgan 
bo’lsa zarar to’liq qoplanmaydi. Zararni o’rnini qoplash miqdorini kamaytirilishi 
yoxud ko’paytirilishi jabrlanuvchini aybi darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq shuni 
unutmaslik lozimki, jabrlanuvchini qo’pol ehtiyotsizlik darajasi zarar 
yetkazuvchini javobgarlikdan to’liq ozod qilishga asos bo’la olmaydi. 
Voyaga yetmagan shaxslar alohida fuqarolik-huquqiy maqomga ega bo’lib, 
bu ularning jismoniy va ruhiy jihatdan yetarli darajada etuk emasligi, mustaqil ish 
haqining mavjud emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, fuqarolik huquqiy 
munosabatlarda zaif ishtirokchi ekanligi bilan bog’liq. 
O’n to’rt yoshga to’lmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga 
yetmagan shaxs mayib bo’lib qolgan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast 
yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sog’liqqa shikast yetkazilganligi tufayli 
qilingan har ajatlarning o’rnini qoplashi shart. Bunga davolanish har ajatlari, 
qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmon sotib olish, protez qo’ydirish, birovning 
parvarishida bo’lish, sanatoriya-kurortda davolanish va sog’liqni tiklash uchun 
boshqa sarf-har ajatlar kiradi (agarda voyaga yetmagan jabrlanuvchi bunga muhtoj 
bo’lsa). 
Jabrlanuvchi 14 yoshga to’lganda, shuningdek, 14 yoshdan 18 yoshgacha 
bo’lgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar 
yyetkazilgan taqdirda, javobgar shaxs jabrlanuvchiga: 
a) sog’liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan har ajatlarni; 
b) mehnat qobiliyati yo’qotilganligi yoki kamaytirilganligi bilan bog’liq 
zararni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh karrasidan kam 
bo’lmagan miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Mehnat Kodeksining 77-moddasiga ko’ra 16 
yoshdan ishga qabul qilinishi mumkin, 15 yoshga to’lganlar esa ota-onasi 
(xomiysi) roziligi bilan mehnat shartnomasida taraf bo’la oladi. Voyaga 
yetmaganlar uchun asosiy mashg’ulot odatda ta’lim olish hisoblanadi. Shunga 


442 
qaramasdan formal jihatdan olganda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga 
etmaganlar mehnat huquqini amalga oshirishga va o’z ish haqisiga ega bo’lishi 
mumkin. 16 yoshdan boshlab voyaga yetmagan emansipatsiya tartibida to’liq 
muomila layoqatiga ega bo’lishi va demak tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib 
daromad olishga haqli. Xuddi shu sababli ham ushbu sharhlanayotgan moddaning 
2-qismida garchi voyaga yetmagan amalda ishlamagan bo’lsa, bundan qat’iy nazar, 
ish haqi (daromad)ni undirish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu esa FKning 1006-
moddasi 1-qismida belgilab qo’yilgan umumiy tamoyilga, ya’ni, jabrlanuvchi 
olishi mumkin bo’lgan ish haqini o’rnini qoplash imkoniyati mavjudligiga 
asoslanadi. 
Bunda 
jabrlanuvchiga 
zarar 
yetkazilish 
kunida 
kasbi-kor, 
mutaxassislik, malaka yo’qligi ehtimol tutilib umumiy mehnat layoqati yo’qotilishi 
hisobga olinib tovon miqdori besh minimal ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi. 
Agarda voyaga yetmagan shaxs sog’lig’iga shikast yetkazilguniga qadar ish 
haqi (daromad)ga ega bo’lsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan 
kelib chiqib belgilanadi. Biroq shuni qayd etish o’rinliki voyaga yetmaganlar 
mehnat shartnomasi orqali ishlaganlarida ham tajriba ma’lumot, malaka 
yetishmasligi sababli kam ish haqi to’lanadigan ishlarda ishlaydilar. Odatdagi 
normal sharoitda bu muammo vujudga kelmaydi. Biroq sog’liqqa shikast 
yetkazilganda, agarda amaldagi ish haqidan tovon hajmi belgilangan, bu holda 
jabrlanuvchi manfaatlariga putur yetishi mumkin. Shu sababli qonunda o’rni 
qoplanadigan ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan ish haqining besh karrasidan 
kam bo’lmasligi shart qilib qo’yiladi. Bu esa voyaga yetmagan jabrlanuvchi uchun 
o’ziga xos ijtimoiy kafolat hisoblanadi. 
O’z-o’zidan ravshanki yuqoridagi norma nafaqat mehnat shartnomasi, balki 
fuqarolik shartnomasi va tadbirkorlik faoliyati asosida olingan daromadlarga 
(bunday daromadlar soliqqa tortilgan bo’lishi shart) ham taalluqlidir. 
Sog’lig’iga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat 
faoliyati boshlanganidan so’ng zarar uchun to’layotgan haqni u oladigan ish haqi 
(daromadi) miqdoridan kelib chiqib, ko’paytirishni talab qilishga haqli. 
Jabrlanuvchining xohishiga ko’ra ilgari tayinlangan tovon miqdori uning 12 
oy davomida egallagan lavozimi bo’yicha olgan ish haqi hajmidan kelib chiqib 
qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Egallagan lavozimi bo’yicha ish haqi hajmini 
belgilashda nafaqat mehnatga haq to’lash stavkalari, balki tegishli lavozimda 
ishlaganda olgan doimiy ustamalar va mukofot to’lovlari ham hisobga olinadi. 
Agarda jabrlanuvchi mehnat faoliyatini boshlagandan keyin muayyan kasb 
bo’yicha mutaxassislikni egallasa yoki yakka tadbirkor bo’lsa, zararni o’rnini 
bosish hajmi jabrlanuvchining iltimosiga ko’ra quyidagilardan biri asosida qayta 
hisoblab chiqiladi: 
- mutaxassislik bo’yicha olgan ish haqi (yakka tadbirkor sifatida olgan 
daromadi) miqdoridan kelib chiqib, yoki: 
- u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (o’sha 
joyda o’sha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlar daromadi) 
miqdoridan kelib chiqqan holda. 
Bunda jabrlanuvchi bilan bir xil malakada bo’lgan xodimlarning ham , yakka 
tadbirkorning ham o’rtacha ish haqi (daromadi)dan emas, balki maksimal ish haqi 


443 
(daromad) miqdori asos qilib olinadi. Qonunni mana shunday qo’llagandagina o’zi 
olgan yoki egallagan malakasi, kasbi, mutaxassisligi bo’yicha eng ko’p ish haqi 
olish imkoniyatidan mahrum bo’lgan voyaga yetmagan jabrlanuvchi manfaatlarini 
eng to’liq ravishda hisobga olish mumkin bo’ladi. 
Marhumning qaramog’ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan 
ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar boquvchisi vafot 
etgan taqdirda unda aybdor javobgarlik subyektidan ziyonni undirishga haqli. 
Quyidagilar mehnatga layoqatsiz hisoblanadilar: 
- 15 yoshgacha bo’lgan bolalar; 
- qonunda belgilangan tartibda nogironligi belgilangan shaxslar; 
- 55 yoshdan oshgan ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar. 
Ushbu shaxslar marhum bilan qarindoshlik munosabatlaridan qat’iy nazar, 
agarda uning qaramog’ida bo’lgan bo’lsalar (agarda marhum tomonidan berilgan 
ta’minot ular tirikchiligining yagona yoki asosiy manbasi bo’lgan bo’lsa), 
boquvchini yo’qotganlik bo’yicha ziyonni qoplashni talab qilish huquqiga ega. 
Amalda marhumning qaramog’ida bo’lmagan bo’lsa ham, biroq uning vafot 
etish kunida undan ta’minot (masalan, alimentlar) olish huquqiga ega bo’lgan 
shaxslar ham xuddi shunday huquqqa ega. 
Marhumning vafotidan keyin tug’ilgan farzandi ham boquvchisi vafot 
etganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplanishiga bo’lgan huquqqa ega. Agarda 
farzand ota va ona nikohida tug’ilgan bo’lsa otasi vafot etganidan keyin uch yuz 
kundan oshmagan muddatda tug’ilsa yuqorida ko’rsatilgan huquqqa ega bo’ladi. 
Agarda tug’ilgan bolaning otasi-onasi bilan nikohda bo’lmasa, marhumning otaligi 
Oila Kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi shart. 
Bolalarni marhumning qaramog’ida ekanligi nazarda tutiladi va buni isbot talab 
etilmaydi. 
Mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar marhumning qaramog’ida bo’lgan uning 
o’n to’rt yoshga to’lmagan yoxud ko’rsatilgan yoshga to’lgan bo’lsa ham tibbiyot 
muassasining xulosasiga ko’ra salomatligi bo’yicha boshqalarning parvarishiga 
muhtoj bo’lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda 
band bo’lgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa 
a’zosi ham boquvchisi vafot etganligi sababli yetkazilgan zararni undirish 
huquqiga ega. Nizo chiqqan taqdirda ziyonni undirishni talab qilgan shaxs 
nevaralar, aka-ukalar, opa-singillar va boshqa shaxslarni marhumning qaramog’ida 
bo’lganlik faktini tasdiqlovchi dalillar taqdim etishi lozim. Shuni ham unutmaslik 
kerakki, ota-onadan biri, eri yoki xotini yoki oilaning boshqa a’zosi tegishli 
shaxslarning boshqalarni parvarishiga muhtoj bo’lgan butun davri mobaynida va 
bunday parvarish real, haqiqatda amalga oshirilishi sharti bilan boquvchini vafot 
etganligi sababli zararni undirish huquqiga ega bo’ladi. 
Marhumning qaramog’ida bo’lgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida 
mehnatga layoqatsiz bo’lib qolgan shaxslar boquvchisi vafot etganligi natijasida 
zararni undirish huquqiga ega shaxslar darajasiga kiradi. 
Ushbu shaxslar boquvchi hayot bo’lganda, garchi uning qaramog’ida bo’lgan 
bo’lsalar ham, biroq mehnatga qobiliyatli hisoblanganlar. Xuddi shu sababli FK 
1009-moddaning 1-qismida belgilangan shaxslar doirasiga kiritilmagan. Boquvchi 


444 
vafot etganidan keyin besh yil ichida ushbu shaxslar mehnatga qobiliyatsiz bo’lib 
qolsalar (nogironlik yoki muayyan yoshga etganlik sababli), yuqorida ko’rsatilgan 
huquqqa ega bo’ladilar. 
Ishlamaydigan va marhumning FK 1009 moddasining 1-qismida ko’rsatilgan 
bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band 
bo’lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosi parvarishlashni 
amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo’lib qolgan taqdirda, ana shu 
shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi 
(butun mehnatga qobiliyatsizlik davri mobaynida). Parvarishlovchi shaxs kichik 
yoshdagi bolalarni 14 yoshga to’lgunicha parvarish qilishni to’xtatgan hollarda 
(salomatligi yomonlashib, mehnatga qobiliyatsiz bo’lib qolgani sababli), ushbu 
qoidaning ta’sir kuchi saqlanib qoladi. 
Boquvchisi vafot etgani natijasida zararni qoplashni talab qilish huquqiga 
ega bo’lgan shaxslar o’z talablarini isbotlab berishlari shart. Qon-qarindoshlik 
munosabatlari tegishli hujjatlar bilan guvohlantiriladi, agar ular bo’lmasa sud 
orqali belgilanadi. Farzandlar tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma taqdim etadilar, 
oila tarkibi marhum oilasi yashagan joydagi o’zini o’zi boshqarish organlari 
tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi. 18 yoshdan 23 yoshgacha 
bo’lgan ta’lim muassasasida o’qiyotgan shaxslar bu to’g’risida tegishli o’quv 
yurtining ma’lumotnomasini taqdim etadilar. 
Qonunda zararni to’lash muddatlari qator shartlar asosida belgilanadi. 
Ularning asosiysi bo’lib tegishli shaxslarni ta’minot olish huquqini vujudga 
keltirish yoki uni bekor bo’lishiga asos bo’luvchi shartlar hisoblanadi. 
Zarar quyidagilarga to’lanadi: 
- voyaga etmaganlarga – o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar; 
- 18 yoshdan oshgan talabalar, o’quvchilar – o’quvning kunduzgi shaklida 
o’qishni tugatgunga qadar, biroq 23 yoshdan oshmaguncha (bunda ta’lim 
muassasasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qonunda belgilangan tartibda faoliyat 
yuritayotgan bo’lishi lozim); 
- 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklarga (ishlayotgani 
yoki qarilik pensiyasi olayotganligidan qat’iy nazar) – umrbod; 
- nogironlarga – nogironlik muddati tugagunga qadar; 
- marhumning qaramog’ida bo’lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-
singillarini parvarishlashda band bo’lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud 
oilaning boshqa a’zosiga – parvarish qilinayotgan shaxs 14 yoshga to’lgunga 
qadar. 
Agarda parvarishga muhtoj shaxsga qarayotgan oila a’zosi mehnatga 
layoqatsiz bo’lib qolganida mehnat qobiliyati va salomatligi tiklanguniga qadar 
ta’minot olish huquqini saqlab qoladi. 
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega 
bo’lgan shaxslarga zarar marhumning FKning 1007-moddasi qoidalari bo’yicha 
aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtidagi ular o’z ta’minoti 
uchun olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan ulush miqdorida qoplanadi. Bu 
shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish 
haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod ta’minot 


445 
va boshqa shunga o’xshash to’lovlar (mualliflik gonorarlari, renta to’lovlari, 
patentlar uchun berilgan litsenziya uchun to’lovlar va sh.k.) kiritiladi. 
Marhumning qaramog’ida bo’lgan va zararni o’rnini qoplanishini talab qilish 
huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga to’lov miqdori marhumni yo’qotilgan ish haqi 
(daromadi) hajmida uning o’ziga va uning qaramog’ida bo’lgan mehnatga 
layoqatli, biroq zararni qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo’lmagan fuqarolar 
ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi. 
Agarda zararni qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar bir 
necha bo’lsa, marhum boquvchi daromadlari (ish haqi) ularning soniga bo’linadi. 
Marhumning qaramog’ida bo’lmagan, biroq undan ta’minot olish huquqiga 
ega bo’lgan fuqarolar to’lov miqdori sud tomonidan belgilanadi. 
Agarda zararni qoplanishi bo’yicha huquqqa bir vaqtning o’zida 
marhumning qaramog’ida bo’lgan va qaramog’ida bo’lmagan fuqarolarga ega 
bo’lsa, oldin marhumni qaramog’ida bo’lmagan fuqarolarga zararni qoplash 
bo’yicha to’lovlar hajmi belgilanadi. Ularga belgilangan summa marhum boquvchi 
ish haqi (daromadlari) miqdoridan chiqariladi. Shundan keyin qolgan summadan 
marhumni qaramog’ida bo’lgan fuqarolarga zararni qoplash miqdori ularni 
o’zlarini va marhumni qaramog’ida bo’lgan, biroq zararni qoplanishiga bo’lgan 
huquqqa ega bo’lmagan boshqa mehnatga layoqatli fuqarolarni hisobga olgan 
holda belgilanadi. 
Agarda marhum qaramog’ida bo’lganlar bir nechta bo’lsa, uning ish haqi 
(daromadlari) tegishli kishilar bo’yicha teng taqsim qilinadi. 
Marhumning qaramog’ida bo’lmagan, biroq ta’minot olishga bo’lgan 
huquqqa ega bo’lganlar zararni qoplash miqdorlari quyidagi tarzda belgilanadi: 
- sud tomonidan tayinlangan summada; 
- agarda u sud tartibida undirilgan bo’lsa fuqarolarning mulkiy ahvoli va 
marhumni hayotligida ularga yordam berish imkoniyatlarini hisobga olgan holda. 
Zararning o’rnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi 
munosabati bilan FKning 1009-moddasida ko’rsatilgan shaxslarga tayinlangan 
pensiya, shuningdek, boquvchisining vafotidan oldin ham , vafotidan keyin ham
tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya va 
boshqa shu kabi to’lovlar qoplash hisobiga kamaytiriladi. Chunki ushbu to’lovlar 
ularni oluvchi shaxslarning sa’i harakatlar natijasi yoki ijtimoiy jamg’armalarning 
maqsadli ajratmalari hisoblanadi. 
Marhum boquvchini o’limi kelib chiqishidagi aybi (qasddan qilingandan 
tashqari) hisobga olinmaydi. 
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega 
bo’lganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan 
hisoblab chiqilmaydi. Ushbu qoida mavjud delikt munosabatlarida barqarorlikni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Ayni vaqtda qonunda bundan mustasno quyidagi hollar 
belgilab qo’yilgan: 
- boquvchining vafotidan keyin farzand tug’ilishi (bunda tug’ilgan farzand 
marhumga kim bo’lishi – o’z bolasi, nevarasi, ukasi, singlisi ekanligi ahamiyatga 
ega emas, asosiysi, zararni undirish huquqiga ega ekanligi hisoblanadi); 
- vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-


446 
singillarini parvarishlashda band bo’lgan shaxslarga haq to’lashni tayinlash yoki 
to’xtatish (ushbu yuridik fakt zararni undirish huquqiga ega bo’lgan boshqa 
shaxslarga to’lovlar miqdorini oshirish yoki kamaytirish yoxud qayta hisoblashga 
asos bo’lib xizmat qiladi). 
Tayinlangan qoplash summalari marhumni ish haqi (daromadlari)dan har bir 
ulushlarni hisoblashda marhumdan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan (masalan, 
marhumni vafot etganligidan bexabar bo’lgan) shaxslar hisobga olinmay qolgan 
hollarda qayta hisoblash amalga oshiriladi. 
Qonun hujjatlarida yoki shartnomada qoplash miqdorini ko’paytirish nazarda 
tutilishi mumkin. Bunday hollarda marhumning ish haqi (daromadi)ning qismi 
zararni qoplanishiga bo’lgan huquqqa ega har bir shaxs hisobiga qayta hisoblab 
chiqiladi. 
Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan 
keyin qonunlarda belgilangan tarbida, asoslarda va hajmlarda merosni qabul qilgan 
merosxo’rlariga o’tadi. Merosxo’rlar doirasi FKning 118, 1120, 1134-moddalarida 
belgilab qo’yilgan. 
Merosxo’rlar jabrlanuvchining oldida o’zlariga meros bo’lib o’tgan mol-
mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Nizo kelib chiqqan 
taqdirda mol-mulkning haqiqiy qiymati”Baholash faoliyati to’g’risida” Qonunga 
asosan belgilanadi. 
Meros qoldiruvchining kreditori sifatida jabrlanuvchilar va shartnomani ijro 
etuvchiga (merosni boshqaruvchilarga) yoki merosxo’rlarga meros qoldiruvchining 
majburiyatlaridan kelib chiqadigan o’z talablarini qo’yishga haqlidirlar. Bu holda 
merosxo’rlarning har biri o’ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida solidar 
qarzdorlar sifatida jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) oldida javobgar bo’ladilar 
(FKning 1156-moddasi). 
Agarda zarar yetkazgan fuqaro vafot etganidan keyin uning mol-mulk yoki 
egasiz mol-mulk sifatida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga yoxud 
davlatga o’tsa (FKning 1157-modddasi.), ular ham yuqoridagi asoslar bo’yicha 
javobgar bo’ladilar. 
Zararni qoplash miqdorlari jabrlanuvchini mehnat qobiliyatini yo’qotish 
darajasini tegishli ravishda o’zgarishi bilan bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin. 
To’lovlar miqdorini ko’paytirilishi yoxud kamaytirilishi manfaatdor shaxslarning 
talabiga ko’ra ixtiyoriy tartibda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan 
belgilanadi. 
Mehnat qobiliyatini qisman yo’qotgan jabrlanuvchi zararni to’lash 
majburiyati yuklangan shaxsdan istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati 
sog’lig’iga yetkazilgan shikast tufayli o’ziga zararni undirish belgilangan paytda 
(masalan, zararni qoplashning dastlabki miqdori jabrlanuvchining umumiy mehnat 
qobiliyati 60 foiz ekanligini hisobga olib belgilangan) bo’lganidagiga nisbatan 
yomonlashsa (masalan, vakolatli organ jabrlanuvchining umumiy mehnat 
qobiliyati 40 foizga tushgan deb xulosa beradi), qoplash miqdorini tegishlicha 
ko’paytirishni talab qilishga haqli. Biroq bunda jabrlanuvchining mehnat 
qobiliyatini keyingi yomonlashuvi bilan sog’liqqa shikast yetkazilishi o’rtasida 
sababiy bog’lanish bo’lishi shart. Agarda mehnat qobiliyatini keyingi pasayishi 


447 
boshqa kasallikning oqibati bo’lsa, jabrlanuvchi ushbu normada belgilangan 
huquqqa ega bo’lmaydi. Demak, ushbu holatda zararni qoplash miqdorini qayta 
ko’rib chiqish uchun asos bo’lib: 
- jabrlanuvchi mehnat qobiliyatini yanada pasayganligi to’g’risida vakolatli 
organ xulosasining mavjudligi; 
- mehnat qobiliyatini yanada pasayishi sog’liqqa yetkazilgan shikastlanish 
bilan uzviy bog’liq va uning oqibat ekanligi hisoblanadi. 
Jarlanuvchining sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash 
majburiyati yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zararni 
undirish belgilangan paytda bo’lgandagiga nisbatan oshgan bo’lsa, (masalan, 
zararni qoplashning dastlabki miqdorini belgilashda umumiy mehnat qobiliyati 60 
foiz deb belgilangan bo’lsa, keyingi ekspert guvohlantirilishida umumiy mehnat 
qobiliyati 80 foizga ko’tarilgan), qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab 
qilishga haqli. 
Jabrlanuvchi agar zarar o’rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan 
fuqaroning mulkiy ahvoli yaxshi bo’lsa, qoplash miqdori esa FKning 1004-
moddasi 5-qismiga muvofiq (fuqaro tomonidan zarar yyetkazilganda uning mulkiy 
holatini hisobga olib qoplash miqdorini kamaytirish) kamaytirilgan bo’lsa, zararni 
to’lash miqdorini ko’paytirishni talab qilishga haqli.
Javobgarlik subyektini mulkiy holatini yaxshilanish holatlari bo’lib 
hisoblanadi: 
- qoplash miqdori belgilangan kundagiga nisbatan qarzdorni ko’proq 
miqdorda maosh olayotganligi; 
- agarda qarzdor nogiron bo’lsa mehnat qobiliyatini to’liq tiklanib, 
nogironlik bekor qilinganligi; 
- salmoqli qiymatda mol-mulk, pul mablag’larini meros bo’lib o’tishi 
yoxud xadya qilinishi; 
- qarzdorning mulkiy holatini barqaror (doimiy) yaxshilanishidan dalolat 
beruvchi boshqa holatlarni ro’y berishi (buning natijasida qarzdorga mulk huquqi 
asosida tegishli mol-mulk hajmini va qiymati ko’payishi, mulkiy va mutloq 
huquqlar hajmini ko’payishi va sh.k.). 
Qarzdorning turmush darajasini yaxshilanishi (masalan, turar-joyni 
ta’mirlash, gazlashtirish, kanalizatsiya o’tkazish va sh.k.), yaqin qarindoshlarni va 
boshqa shaxslarni g’amxo’rligi oqibatida hayot sharoitlarini yaxshilanishi (oziq-
ovqatlar, kiyim-boshlar olib berilishi va x.k.) uning mulkiy ahvolini yaxshilanishi 
bo’lib hisoblanmaydi. 
Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan agar uning mulkiy ahvoli 
zararni qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan bo’lsa, zararni 
o’rnini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin. 
Bunda bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar mavjud bo’lishi talab etiladi: 
a) qarzdor belgilangan tartibda nogiron topilganligi yoxud pensiya yoshiga 
etganligi; 
b) ushbu yuqoridagi holat qarzdor mulkiy ahvolini yomonlashtirganligi 
(daromadlarni kamayganligi, har ajatlarni oshganligi va x.k.); 
v) zarar yetkazish qasddan sodir etilmaganligi. 


448 
Zarar qasddan yetkazilgan bo’lsa, FKning 1012-moddasi, 4-qismi 
qo’llanmaydi. 
Nogironlikni belgilanishi yoki qarilik pensiyasi yoshiga etganligi qarzdor 
mulkiy ahvolini yomonlashtirmasa (uning ish haqi yoki daromadlari hajmi 
kamaygan va avvalgi miqdorda zararni qoplash uchun yetarli bo’lsa) qoplash 
miqdorini kamaytirish uchun asos bo’la olmaydi. 
FKning 1012-moddasi 4-qismi kengaytirilgan holda talqin etilishi mumkin 
emas. Demak, unda belgilangan asoslardan boshqa holatlar, garchi qarzdor mulkiy 
holatini yomonlashganidan dalolat bersa ham, biroq zararni qoplash miqdorini 
kamaytirishga asos bo’la olmaydi. 
Bozor munosabatlari tizimida tovarlar, ishlar va xizmatlar bahosi bozor 
konyunkturasi, ya’ni talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi. Kishilarni 
ehtiyojlari darajasi ham doimo kengayib bormoqda. Dunyoning barcha 
mamlakatlarida narx-navolarni asta-sekin oshib borishi kuzatilmoqda, ayrim 
mamlakatlarda esa bu holat keskinroq tarzda namoyon bo’lmoqda. Bozor 
munosabatlarini rivojlantirish dinamikasi iqtisodiy va ijtimoiy institutlar va 
mexanizmlarni o’zaro muvofiqlashtirish va uyg’unlashtirishni taqozo etadi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqining eng kam miqdori 
oshirilganda yo’qotilgan ish haqi (daromad)ni jabrlanuvchining sog’lig’iga shikast 
yetkazilishi va uning vafoti munosabati bilan belgilangan boshqa to’lovlarni 
qoplash summalari qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 
oshirilishiga mutanosib ravishda ko’paytiriladi. 
Odatda eng kam ish haqi miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Farmoni asosida belgilanadi. Ushbu qonun osti hujjatining ijrosi mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar, korxonalar, 
muasasalar va tashkilotlar va ish beruvchi fuqarolar uchun majburiydir. 
Qonun hujjatiga asosan eng kam ish haqi miqdorini oshirish haqidagi norma 
amalga kiritilishidan oldin barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar, sud ijrochilari 
(jabrlanuvchilar ularga murojaat qilishlari yoki eslatishlaridan qat’iy nazar) 
yetkazilgan zararni qoplash miqdorlarini qayta hisoblab chiqarashlari shart. 
Javobgarlik subyektida tegishli mablag’larni yo’qligi yetkazilgan zararni qoplash 
miqdorini qayta hisoblashni amalga oshirishga to’sqinlik qilmaydi. 
Odatda jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot 
etganiligi bilan bog’liq zararni qoplash har oylik to’lovlar bilan amalga oshiriladi. 
Demak, may oyi uchun mo’ljallangan to’lovlar iyun oyida emas, balki aynan may 
oyida berilish shart. May oyining to’lovi iyun oyida amalga oshirilsa, to’lov 
majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaganidan dalolat beradi. 
Uzrli sabablar mavjud bo’lganda sud zarar yetkazuvchining (javobgarlik 
subyektining) imkoniyatlarini hisobga olib, jabrlanuvchining (undirish huquqiga 
ega bo’lgan fuqaroning) talabi bilan unga tegishli to’lovlarni bir yo’la, lekin uch 
yildan oshmagan davr uchun to’lashni belgilashi mumkin.
Uzrli sabablar mavjudligidan dalolat beruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
- jabrlanuvchining og’ir mulkiy holati; 
- hayotdagi, turmushdagi qiyinchilik holatlarini bartaraf etish uchun yirik 


449 
sarf-har ajatlar qilish bo’yicha keskin zaruratni mavjudligi; 
- qarzdorni O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy 
istiqomad uchun chiqib ketish extimolining mavjudligi (agarda qarzdor chiqib 
ketishni mo’ljallagan davlat bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida huquqiy 
yordam to’g’risida shartnoma tuzilmaganligi sababli zararni undirish to’g’risidagi 
sud qarorini ijro etilmasiligiga yoxud ijroni qiyinlashtirishga olib kelishi mumkin 
bo’lsa). 
Qonun hujjatlarida uzrli sabablarni tugal ro’yxati berilmagan. Sud har bir 
holatda, muayyan va aniq sharoitlardan kelib chiqib jabrlanuvchini vajlarini uzrli 
yoki uzrsiz sabab sifatida baholash to’g’risida qaror qabul qiladi. 
Tegishli to’lovlarni bir yo’la undirishni qo’llashning asosiy shartlaridan biri 
javobgarlik subyektini (qarzdorni) ushbu to’lovlar summasini birdaniga to’lash 
imkoniyatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bunda javobgarlik subyekti bo’lgan 
shaxslarning (jismoniy shaxsning ham , yuridik shaxsning ham ) mulkiy holati har
taraflama o’rganiladi. Ushbu masalani xal etishda sud tegishli to’lovlar summasini 
bir yo’la to’lanishidan javobgarning manfaatdorligini e’tiborga oladi va javobgarni 
kelgusida to’lovlarni bir yo’la olishga nisbatan niyatini aniqlaydi. 
Uzrli sabablar mavjudligini isbotlash burchini sud da’vogar zimmasiga 
yuklaydi. O’z navbatida javobgar o’zining mulkiy holatini tasdiqlovchi dalillar 
taqdim etishi lozim. 
Sud kelgusida undirishni har oylik to’lovlar bo’yicha belgilash to’g’risida xal 
qiluv qarori chiqargandan keyin bir yo’la to’lov summasini undirish asoslari 
vujudga kelishi mumkin. Bu holda jabrlanuvchining yangi ochilgan holatlar 
bo’yicha talabi sifatida bir yo’la to’lovlar undirishni belgilash to’g’risidagi asoslar 
umumiy tartibda da’vo ish yuritilishi bo’yicha ko’rib chiqiladi. 
Shuni ham unutmaslik kerakki, agarda vakolatli ekspert muasasasi 
tomonidan mehnat layoqatini yo’qotganlik muddati bir yil belgilangan bo’lsa, bir 
yo’la to’lovlarni undirish ham faqat shu muddat doirasida amalga oshirilishi 
mumkin. 
Zararni o’rnini qoplash to’lovlari undirilish jarayonida jabrlanuvchi 
tomonidan qilingan qo’shimcha sarf-har ajatlar uchun asoslar vujudga kelishi 
mumkin. Ushbu asoslar FKning 1014 moddasining 3-qismida belgilab qo’yilgan. 
Bunga ko’ra kelgusi vaqt uchun qo’shimcha har ajatlarni undirish tibbiy ekspertiza 
xulosasi asosida aniqlangan muddatlar doirasida amalga oshirilishi lozim. Tibbiy 
ekspertiza jabrlanuvchi uchun qilinishi lozim bo’lgan qo’shimcha sarf-har ajatlar 
turlari (davolanish, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez 
qo’ydirish va x.k.) va ularni qo’llash muddatlari to’g’risida (masalan, bir yil parxez 
taom berish va x.k.) xulosasi bunday qo’shimcha sarf har ajatlarni oldindan 
javobgarlik subyektidan undirish uchun asos bo’ladi. 
Bunday asoslardan yana biri tegishli xizmatlar va mol-mulk (sanatoriyga 
yo’llanma sotib olish, davolanish uchun boshqa xududga borilganda yo’l kira 
haqini oldindan to’lash, maxsus transport vositalari – velokolyaska, avtokolyaska 
va h.k.) qiymatini oldindan to’lash zarurati tug’ilganda amalga oshirilishi mumkin. 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to’lashga jabrlanuvchining 
muhtojligi nazarda tutiladi va ushbu holatlarni tasdiqlash uchun dalil-isbotlar 


450 
taqdim etish talab etilmaydi, chunki jabrlanuvchi zarar yyetkazilganligi sababli 
ushbu oldindan rejalashtirilmagan har ajatlar muammasiga duch kelmoqda. 
Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishi yoki 
muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli bo’lgan hollarda bunday talab 
vaqti-vaqti bilan to’lab turiladigan tegishli to’lovlarni kapitallashtirish yo’li bilan 
qanoatlantiriladi. To’lovni amalga oshiradigan qarzdor korxona sotilganda 
jabrlanuvchi majburiyatini muddatidan oldin ijrosini talab qilishga haqli (FKning 
492-moddasi 2-qismi). Muddatidan oldin ijro, agarda har oylik to’lovlarga 
nisbatan qo’llanilsa tegishli to’lovlarni kapitallashtirishni bir yo’la to’lov orqali 
amalga oshiriladi. Ushbu norma jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni real va to’liq 
qoplanishini o’ziga xos kafolati hisoblanadi (bu haqda batafsil qarang: FKning 
1015-moddasi 2-qismiga sharxlar.
Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar belgilangan tartibda javobgar deb 
topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan, qayta tashkil etilgan taqdirda (FKning 49-
moddasi.) tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida 
bo’ladi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda vorislik masalalari FKning 50-
moddasida belgilab qo’yilgan. Jabrlanuvchi zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi 
talabnomani yuridik shaxs huquqiy vorisiga taqdim etadi. 
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish, bo’linish, qo’shib olish, ajratib chiqarish, 
o’zgartirish shaklida amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslar qo’shib yuborilganida ulardan har birining huquq va 
burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga 
o’tadi. 
Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo’shilganida, bu yuridik shaxsga 
qo’shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq 
o’tadi. 
Yuridik shaxs bo’lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash 
balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o’tadi. 
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida 
qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga 
muvofiq ularning har biriga o’tadi. 
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida 
(tashkiliy-huquqiy shakli o’zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning 
huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik 
shaxsga o’tadi. 
Ko’rinib turibdiki, bo’linish, ajratib chiqarishda bir yuridik shaxsdan bir 
necha yuridik shaxs vujudga keladi. Zararlarni undirish bo’yicha to’lovlarni 
amalga oshirish subyekti taqsimlash balansida ko’rsatiladi. 
Qo’shib yuborishi, qo’shib olishda bir necha yuridik shaxs o’rniga bir 
yuridik shaxs vujudga keladi. Bunda topshirish balansi tuziladi.
Topshirish hujjati va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik 
shaxsning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlar 
bo’yicha, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar bo’yicha ham, 
huquqiy vorislik to’g’risidagi qoidalarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak (FKning 
51-moddasi 1-qismi). Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik 


451 
shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan 
yuridik shaxslar o’z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo’yicha solidar javobgar 
bo’ladilar. 
Yuridik shaxs qayta tuzilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o’zgartirilganida) 
jabrlanuvchiga zararni qoplash bo’yicha to’lovlar to’lash majburiyati mulkchilik 
shakli, muasislar tarkibi o’zgarganidan qat’iy nazar, yangi tuzilgan yuridik shaxs 
zimmasiga yuklatiladi. 
Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar 
deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to’lovlar ularni qonun 
hujjatlarida belgilangan qoidalariga ko’ra jabrlanuvchiga to’lash uchun 
kapitallashtirish lozim. 
Yuridik shaxs tugatilganda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik 
tartibida boshqa shaxslarga o’tmasdan bekor bo’ladi. Yuridik shaxsni tugatish 
asoslari FKninn 53- moddasida nazarda tutilgan. Yuridik shaxs tugatilayotganda 
birinchi navbatda fuqarolarning hayotiga yoki sog’lig’iga zarar yyetkazilganligi 
uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo’lgan fuqarolarning talablari ham 
tegishli vaqtbay to’lovlarni kapitallashtirish yo’li bilan qanoatlantiriladi (FKning 
56-moddasi 1-qismi). 
Tom ma’noda kapitallashtirish – bu aksiyadorlik jamiyati tomonidan 
chiqarilgan barcha qimmatbaho qog’ozlarni kapitalga aylantirilgan umumiy 
summasidir. Kapitallashtirish obligatsiyalar, boshqa qarz majburiyatlari, imtiyozli 
va oddiy aksiyalarni va rezerv kapitalini qamrab oladi. 
Jabrlanuvchilarga to’lovlarni ta’minlash uchun kapitallashtirish turli 
shakllarda amalga oshiriladi. Masalan, tijorat bankida muayyan summaga maqsadli 
hisob raqami ochish yo’li bilan. Uning hajmi va foizlari jabrlanuvchilarga davriy 
to’lovlarni amalga oshirish uchun sarflanadi, demak, ushbu vazifani muayyan 
muddatga yoki doimiy bajarish uchun yetarli bo’lishi shart. Boshqa bir shaklda esa 
qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligastiyalar, depozit sertifikatlari va sh.k.) 
paketi sotib olinadi, undan olinadigan dividentlar va foizlar yetkazilgan zararni 
qoplash bo’yicha majburiyatlarga xizmat qiladi (bunda ham asosiy shart – ularni 
yetarli bo’lishi hisoblanadi). 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2005 yil 11 fevraldagi 
“Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda 
jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil 
shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash Qoidalari” to’g’risidagi 60-sonli 
Qarorining VI-bo’limida (42-49-bandlar) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish 
yoki tugatishda zararni qoplash summalarini kapitallashtirish va to’lash tartibi 
belgilangan. 
Belgilangan tartibda xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar 
uchun javobgar deb e’tirof etilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo’shib 
yuborish, qo’shib olish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) 
taqdirda zararni to’lash bo’yicha tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uchun 
uning huquqiy vorisi javob beradi. Zararni to’lash to’g’risidagi talab ham unga 
beriladi. 
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limlari zarar to’lanishi huquqiga 


452 
ega bo’lgan shaxslarning yashash joylari bo’yicha zarar summasi to’lovini mazkur 
Qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan miqdorda amalga oshiradilar. 
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo’qligi yoki yetarli emasligi 
sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda belgilangan 
summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda to’lanadi. 
Jabrlanuvchi vafot etganligi sababli ko’rilgan zarar uchun javobgar shaxslar 
dafn etish uchun zarur bo’lgan har ajatlar o’rnini bu har ajatlarni qilgan shaxsga 
(mayyit egasiga) to’lashlari shart. 
Dafn etish uchun zarur bo’lgan har ajatlar hajmi va turlari normativ-huquqiy 
jihatdan belgilab qo’yilmagan. Biroq amalda ushbu sarf-har ajatlar quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi: 

marhum uchun qabr qazish bilan bog’liq har ajatlar; 

marhumni dafn etishga tayyorlash bilan bog’liq har ajatlar (musulmonlar 
odatlari bo’yicha – murdani yuvish, kafanlik, janozani tashkil etish; xristian 
odatlari bo’yicha – tobut tayyorlash, kiyim-boshlar, gulchambarlar); 

dafn etishni amalga oshirish, shu jumladan, transport har ajatlari. 
Urf-odat va marosimlar har ajatlari, ya’ni xudoyi, yigirma, qirq, yil oshi va 
sh.k. dafn har ajatlari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq bu javobgarlik subyektlari 
tomonidan bunday marosimlarni o’tkazish har ajatlarini ixtiyoriy ravishda to’liq 
yoki qisman o’z zimmalariga olishlariga to’sqinlik qilmaydi. 
Muayyan holatlardan kelib chiqib, murdani kremastiya qilish har ajatlarini 
ham javobgarlik subyektlari qoplash shart bo’lgan har ajatlar turkumiga kiritish 
mumkin. 
Taraflarni roziligi va talabi bilan dafn etish uchun zarur har ajatlar hajmi va 
xatto marosimlar sarf-har ajatlari miqdori oqilonalik tamoyillari asosida 
fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari yoki sud tomonidan belgilanadi. 
Odatda marhumni oilasiga (eri yoki xotiniga, farzanlariga yoxud dafn etish 
tashkil etish har ajatlarini amalda o’z zimmasiga olgan boshqa yaqin 
qarindoshlarga) belgilangan tartibda dafn etish nafaqasi to’lanadi, marhumni, oila 
a’zolarini ish joylaridan, mahalladan moddiy yordam ko’rsatiladi. Biroq ushbu 
mablag’lar dafn etish har ajatlarini o’rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. 
Dafn etish har ajatlarini to’lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi 
(FKning 1004-moddasi 4-qismi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling