Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan
zararning o’rnini qoplash Fuqaroning hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol- mulkiga tovarning (ishning, xizmatning): - konstruktiv nuqsonlari; - retsepturaviy nuqsonlari; - boshqa nuqsonlari; - shuningdek tovar, ish, xizmat haqidagi ma’lumot noto’g’ri ekanligi; - tovar, ish, xizmat to’g’risida ma’lumot yetarli emasligi oqibatida 453 yetkazilgan zarar tovarni tayyorlovchi yoki sotuvchi, ishning yoki xizmatning ijrochisi tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnomaviy munosabatlarida bo’lgani yoki bo’lmaganidan qat’iy nazar qoplanishi lozim. Tovar konstruksiyasi eng avvalo uning shaklida, ko’rinishida ifodalanadi. Tovarning konstruktiv elementlari standartlarga va texnik shartlarga muvofiq bo’lishi lozim. Ko’pchilik tovarlar konstruksiyasi uning sifati va tayinlanishi maqsadiga yaroqliligini belgilab beradi. Agar tovar maxsus idishda yoki o’rovda sotilsa, ko’zdan kechirish orqali uning konstruktiv nuqsonlarini aniqlab bo’lmaydi. Ushbu nuqsonlar bo’yicha tovarni tayyorlovchi yoki sotuvchi ular to’g’risida xabardor ekanligidan qat’iy nazar, solidar javobgar bo’ladilar. Agarda tovarning konstruktiv nuqsonlari uning tashqi shakli bilan bog’liq bo’lsa, tovarning retsepturaviy nuqsonlari uning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari (eng avvalo kimyoviy, fizik tarkibi va sh.k.) shuningdek tovar (ish, xizmat)dan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bilan bog’liq. Ushbu nuqsonlar iste’molchining e’tirozi asosida mutaxassislar tomonidan aniqlanadi. Qonunda tayyorlovchi (sotuvchi, ijrochi)ning huquqqa xilof qilmishi sifatida tovar (ish, xizmat)ning boshqa nuqsonlari ham ko’rsatib o’tiladi. Bunday nuqsonlarni tugal ro’yxatini oldindan belgilash qiyin – bunda nuqsonlarning harakteri emas, balki mol-mulkka (kishilar hayotiga, sog’lig’iga) yetkazilgan zarar sifatida ularning oqibatlari muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq tayyorlovchi, ijrochi sotuvchi iste’molchiga o’zi haqida va o’z faoliyatining qoidalari to’g’risida ma’lumot yetkazishi shart (5-m.). Tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi o’zi realizatsiya qilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida zaruriy, ishonchli va tushunarli ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etishi shart. Odatda tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida noto’g’ri ma’lumot berilganda iste’molchiga sifat ko’rsatkichlari mubolag’a bilan, oshirib, bo’rttirib yuborilgan ma’lumotlar taqdim etiladi (masalan, “Suv uchun filtr suvdagi yot aralashmalarni mutlaqo o’tkazmaydi” qabilida) va salbiy xususiyatlar to’g’risida lom-mim deyilmaydi (aytaylik o’sha filtrda sog’liq uchun zararli bo’lgan radioaktiv nur chiqaruvchi qurilma mavjud). Har ikkala holatda ham axborot to’g’ri va real voqelikka to’g’ri kelmaydi. Iste’molchiga noto’g’ri ma’lumot berish oqibatlari “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida ko’rsatilgan. Bunda shuni unutmaslik lozimki, iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto’g’ri va yetarli darajada to’liq bo’lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi maxsus bilimga ega emas, iste’molchi mutaxassis emas tamoyili amal qiladi. Iste’molchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 5-6-moddalarida ko’rsatilgan. Jumladan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o’zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida, zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumotlar berishi va ularda albatta quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim: 454 - tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo’lgan normativ hujjatning nomi; - bahosi va sotib olish shartlari; - tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari: shu jumladan o’ziga xos xususiyatlari ro’yxati; - ayrim turdagi tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi; - ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari; - tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari ham da shartlari; - tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilish zarurligi, shuningdek, bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risidagi ma’lumotlar; - ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo, e’tirozlar qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko’rsatadigan korxonalarning manzillari; - ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, ro’yxatga olish va litsenziya guvohnomasi qayd raqami; - tovarlarni xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari; - sertifikatlashtirish haqidagi ma’lumotlar. Qonun hujjatlarida alohida turdagi boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida iste’molchilarga taqdim etilishi shart bo’lgan boshqa zarur ma’lumotlar ro’yxati ham belgilab qo’yilishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiya qilinganda iste’molchiga taqdim etilishi majburiy bo’lgan axborotlar hajmi belgilab qo’yilgan. Agarda iste’molchiga taqdim etilgan ma’lumotlar ichida ushbu qonunda sanab o’tilgan ma’lumotlarning birontasi bo’lmasa, bu iste’molchiga zarur ma’lumotlarni bermaslik sifatida baholanadi. Ushbu hollarda javobgarlik asosi sifatida zarar mol-mulkka yetkazilgan ziyon (shikastlanishi, nobud bo’lishi, yo’qotilishi) yoki shaxsga yetkazilgan ziyon (boquvchining o’limi yoki jaroxatlanishi yoxud sog’liqqa boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida ish haqini (daromadni) yo’qotilishi yoki ta’minotdan mahrum bo’lish) tariqasida namoyon bo’ladi. Tovar, ish, xizmatlardagi nuqsonlar (moddiy va axborot harakteridagi kamchiliklar) bilan zarar o’rtasida sababli bog’lanish bo’lishi shart. Javobgarlik ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning aybidan qat’iy nazar (aybli bo’lganda ham, aybsiz bo’lganda ham) vujudga keladi. Zararni qoplanishini talab qilish huquqiga nafaqat tovar, ish, xizmatni sotib olgan, buyurtma bergan shaxslar, balki undan foydalanish jarayonida yoki boshqacha holatda zarar ko’rgan har qanday shaxs (iste’molchi) hisoblanadi. Agarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida zarar yetsa, zarar yetkazganlik uchun javobgarlik umumiy asoslarda FKning 985-moddasiga asosan vujudga keladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)dagi nuqsonlar sababli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik subyekti bo’lib tovarlarni ishlab chiqaruvchisi, tovarlarni sotuvchisi, ishlar (xizmat)ni ijrochisi hisoblanadi. 455 Ishlab chiqaruvchi bo’lib realizatsiya qilingan tovarlarni tayyorlagan korxona, muassasa, tashkilot yoxud yakka tadbirkor hisoblanadi. Iste’molchiga maishiy, turar-joy va kommunal, qurilish-ta’mirlash, transport va boshqa soxalarda shartnoma asosida ish bajargan yoxud xizmat ko’rsatgan korxona, muassasa, tashkilot yoki yakka tadbirkor ijrochi deb tan olinadi. Tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi asosida realizatsiya qiluvchi korxona, muassasa, tashkilot yoki yakka tadbirkor sotuvchi bo’lib hisoblanadi. Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko’ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishlab chiqaruvchisi tomonidan qoplanishi lozim. Bunda tanlash huquqi mutlaqo iste’molchiga tegishli. Ishlar (xizmatlarning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko’rsatgan shaxs, ya’ni ijrochi tomonidan qoplanishi lozim. Agarda ish bir necha subyektlar tomonidan bajarilgan bo’lsa (bosh pudratchi va yordamchi pudratchilar bo’lsa), javobgarlik subyekti FKning 634-moddasida belgilangan qoidalar asosida belgilanadi. Tovar (ish, xizmat) to’g’risida to’liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar iste’molchining tanloviga ko’ra tovarni tayyorlovchi yoki tovarni sotuvchi, ish (xizmat) ijrochisi tomonidan qoplanadi. Agarda tovardagi nuqsonlar tovar ishlab chiqaruvchining aybi bilan sodir bo’lgan, tovarlarni sotuvchi jabrlanuvchi (iste’molchi) oldida zararlarni qoplagan bo’lsa, umumiy asoslarda regress huquqiga ega. Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan bo’lsa, qoplanadi. Qonun hujjatlarida, shu jumladan, davlat standartlarida tovar o’z vazifasi bo’yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin (FKning 405-moddasi 1-qismi). Yaroqlilik (saqlash) muddati-muayyan davr bo’lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo’ladi va u tamom bo’lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi mumkin. Xizmat muddati – tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo’lib, u tamom bo’lgach, tovarning texnik holatidan qat’iy nazar, undan foydalanish to’xtaladi. (“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasi). Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yaroqlilik muddati tovarlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy yuridik vositasi hisoblanadi. Odatda yaroqlilik muddati foydalanish jarayonida to’liq iste’mol qilinadigan tovarlarga (ish natijalariga), ya’ni oziq-ovqatlar, dori-darmon vositalari, pardoz va parfyumeri mahsulotlari, maishiy kimyo buyumlari va shu kabilarga belgilanadi. Ular iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi. Xizmat muddati esa uzoq muddat foydalaniladigan, foydalanish jarayonida garchi o’zgarishlarga duchor bo’lsa ham , to’liq iste’mol qilinmaydigan tovarlar (ishlarning natijalari)ga belgilanadi. Ular jumlasiga texnik murakkab qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar, agregatlar, samolyotlar, ularning dvigatellari, shuningdek, boshqa ashyolar (kiyim-bosh, poyafzallar, bino va sh.k.) kiradi. Ular iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi. Sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday 456 mo’ljal bilan topshirish kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o’z vazifasi bo’yicha foydalanish mumkin bo’lsin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo’lib turadigan sana bilan belgilanadi. Tovarning yaroqlilik muddatini o’tishi kishilar hayoti va sog’lig’iga xavf tug’diradigan barcha xollarda ishlab chiqaruvchi tovarning yaroqlilik muddatini (xizmat muddatini) belgilashi shart. Davolash vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy kimyo buyumlarida tovarni chiqarilish sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari ko’rsatilish lozim. Sotuvchilarni yaroqlilik muddati o’tgan yoki ushbu muddat ko’rsatilmagan tovarlarni qabul qilish va realizatsiya qilishi ta’qiqlanadi. Agarda tovarni yaroqlilik muddati o’tganidan keyin ham foydalanish va iste’mol qilish kishilar hayoti va sog’lig’i uchun xavfsiz bo’lsa, yaroqlilik muddatini belgilash ishlab chiqaruvchining majburiyati emas, balki huquqidir. Tovarni yaroqlilik yoki xizmat muddatini ko’rsatish ishlab chiqaruvchi (ijrochi) uchun majbur bo’lmagan xollarda FKning 1019-moddasini qo’llashda ikki xil vaziyat vujudga kelishi mumkin: agarda ishlab chiqaruvchi bunday muddatni belgilab qo’ygan bo’lsa, zarar shu muddat davomida yetkazilgan taqdirda qoplanadi, agarda yaroqlilik muddati belgilanmagan bo’lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o’n yil mobaynida qoplanishi lozim. FKning 1019-moddasi 1-qismida belgilangan o’n yillik muddat tovarlar, ishlar, xizmatlardan tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda foydalanayotgan iste’molchilar va boshqa subyektlarni huquqlarini ishonchli va oqilona himoya qilishni ta’minlaydi. Boshqa jihatdan olganda ushbu muddat qonunlarda tegishli o’xshash vaziyatlarda qo’llaniladigan muddatlar bilan aynan bir xil (masalan, FKning 682-moddasi 1-qismiga muvofiq qurilish pudrati bo’yicha kafolat muddati agar qonunda yoki shartnomada boshqacha belgilangan bo’lmasa, obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilingandan boshlab o’n yil qilib belgilangan). “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning12-moddasi 3-qismiga ko’ra ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilangan bo’lmasa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan e’tiboran o’n yil mobaynida uning xavfsiz bo’lishini ta’minlashi shart. Muayyan turdagi tovarlar bo’yicha normativlarda (standartlarda) tovarni yaroqlilik muddati belgilangan bo’lsa, biroq bunday ma’lumot tovarda bo’lmasa, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasi 2-qismida tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplashda da’vo muddatlarini qo’llamaslik shartlari belgilab qo’yilgan. Boshqacha aytganda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nuqsonlari natijasida yetkazilgan hech qanday muddatlar bilan chegaralanmagan xolda qoplanadi, agarda: - qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan bo’lsa (masalan, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasi 6- qismida xuddi shunday talablar mustaxkamlab qo’yilgan); - tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur bo’lgan harakatlarni qilishi to’g’risida 457 va ko’rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risida ogoxlantirilmagan bo’lsa. Qonun ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi zimmasiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida to’liq, zarur, ishonchli va tushunarli ma’lumot berish majburiyatini yuklaydi. Ma’lumotni tushunarli bo’lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan, muayyan tovardan foydalanish qoidalarida uni utilizatsiya qilish shartlari ingliz tilida yozilgan. Agar tovar O’zbekistonda realizatsiya qilinsa, qonun talablari buziladi. Agarda ushbu tovardan foydalanib bo’lingandan keyin tashlab yuborilgach, undagi simob yoki kislota boshqa shaxslarga sog’lig’iga zarar yetkazsa, ushbu sharxlanayotgan moddaning 2- qismi 2-b. qo’llashga asos bo’ladi. Iste’molchini ogoxlantirish (tovar, ish, xizmat xossalari va xususiyatlari to’g’risida) har doim yozma shaklda rasmiylashtirilmog’i lozim. Amalda ba’zi xollarda iste’molchi qo’llanmalar, foydalanish qoidalarining eslatma yoki qaydlar uchun deb nomlangan qismlariga tovardan foydalanish qoidalari tanishganligi to’g’risida imzo chekadi. Iste’molchini qonun talab qilgan ma’lumotlar bilan tanishtirish, taqdim etish jarayoniga bunday formal, yuzaki, xo’jako’rsinga va e’tiborsizlik bilan yondoshmaslik lozim. Tovardagi ogoxlantirish yozuvlari yaqqol ko’zga tashlanadigan, e’tiborni jalb qiladigan shaklda berilishi maqsadga muvofiq. Masalan, ko’p xollarda maxsus avtomobillarga katta-katta har flar bilan “Yong’indan xavfli” , “Tayanch qo’yilmasdan ishlanmasin”, “Odam tashish mumkin emas” kabi yozuvlar qonun talablarini amaldagi ijrosi hisoblanadi. Shuni unutmaslik kerakki, ba’zi tovarlar foydalanish jarayonida zarar keltirmaydi, biroq xizmat muddati tugugandan keyin ularni shunchaki tashlab yuborish, yo’q qilib tashlash, buzib tashlash yoki o’zbilarmonlik bilan utillashtirish mumkin emas (uning tarkibiy qismlar germetikligi buzilganda zahar li gazlar, moddalar chiqishi, kishilar sog’lig’i yoki hayotiga xavf tug’dirishi mumkin). Xuddi shu sababli ham qonunda ishlab chiqaruvchi zimmasiga tovarni yaroqlilik muddati tugagandan keyin zarur bo’lgan harakatlarni qilish to’g’risida (utillashtirishni maxsus usullari, zararsizlantirish yo’llari, maxsus saqlash shartlari va x.k.) va ko’rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar (portlash, zahar lanish va shu kabilari natijasida kishilar hayoti va sog’lig’iga xavf tug’dirishi) to’g’risida ogoxlantirish majburiyatini yuklaydi. Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi zarar yyengib bo’lmas kuch ta’sirida yetkazilganligi isbotlangan xolda javobgarlikdan ozod qilinadi. Yengib bo’lmaydigan kuch va favqulotda vaziyatlar (fors-major holatlari) mohiyati, harakteri va ular sodir bo’lishini yuridik oqibatlari to’g’risida FKning 333-moddasida belgilab qo’yilgan. Yyengib bo’lmas kuch tovarga ta’sir ko’rsatishi natijasida (masalan, zilzila natijasida zaharli moddalar ombori buzilib, kishilar sog’lig’iga shikast yetkazishi) zarar yetkazishda tovar ishlab chiqaruvchining aybi mavjud emas, binobarin uning javobgarligi istisno etiladi. Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi zarar iste’molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalarni buzish oqibatida yetkazilganligini isbotlagan xollarda ham javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda iste’molchi tomonidan tovardan (ishdan, 458 xizmatdan) foydalanish, saqlash, tovarlarni tashish, utillashtirish bo’yicha belgilangan qoidalar buzilishi oqibatida zarar vujudga keladi. Foydalanish (saqlash, transportirovka qilish, utilizatsiyalashtirish) qoidalarida rioya qilmaslik yoxud lozim darajada rioya qilmaslik deyilganda tovarlar, ishlar, xizmatlar to’g’risidagi axborotlar orqali yetkazilgan odatdagi yoki maxsus qoidalarni buzilishi tushuniladi. Ushbu qoidaga iste’molchining rioya qilmasligi yoki lozim darajada rioya qilmasligi uning aybi mavjudligini anglatadi. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar sababli iste’molchiga zarar yyetkazilganda ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi javobgarligini istisno etuvchi holatlar mavjudligini isbotlash burchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi zimmasiga yuklanadi. Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xavfli xossalarga ega bo’lgan tovarni qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni ko’rgan bo’lsa, u iste’molchi mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi (“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 12-moddasi 11-q.). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling