Toshkent davlat yuridik universiteti


Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning 
qonunga hilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. Davlat 
hokimiyati organlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning o’ziga 
xos holatlari sifatida fuqaroga quyidagi holatlarda zarar yetkazish ko’rsatib 
o’tiladi: 
- qonunga xilof tarzda hukm etish; 
- qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish; 
- ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo’lish 
haqida tilxat olishni qonunga xilof qo’llanishi; 
- qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda tayinlash. 
Sanab o’tilgan holatlar har bir fuqaroning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka 
nisbatan Konstitutsiyaviy huquqlarini buzish hisoblanadi va fuqaroninig ruhiy 
iztiroblari bilan birga ular uchun noxush mulkiy oqibatlarni ham vujudga keltiradi. 
Shuning uchun ham qonun ular uchun alohida huquqiy, shu jumladan fuqarolik-
huquqiy oqibatni belgilaydi.
Birinchi navbatda mazkur holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar - 
surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor 
shaxslarining fuqarolar (jismoniy shaxslar)ga nisbatan yuqoridagi oqibatlarni 
vujudga keltiradigan noqonuniy harakati natijasi hisoblanadi. Agar zarar fuqaroga 
sanab o’tilgan organlarning boshqa tarzdagi qonunga xilof faoliyati 
(gumonlanuvchi sifatida noqonuniy asosda ushlab turish, unga nisbatan majburiy 
tibbiy choralarni ko’rish) natijasida yetkazilgan bo’lsa, fuqarolarga davlat organlari 
va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlikning umumiy asoslaridan kelib chiqib qoplanadi (FKning 991-
moddasi). Bu holat huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining yuridik 
shaxslarga yetkazilgan zararlariga nisbatan ham qo’llaniladi.
Yuqoridagi davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari sanab 
o’tilgan holatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladilar. Shu 
munosabat bilan ularning noqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zararni 
qoplashni ham O’zbekiston Respublikasi o’z zimmasiga oladi va bu zararlar davlat 
budjeti hisobidan to’la hajmda qoplanadi. Bunda zararni qoplash bevosita davlat 
moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sudning qarori bilan zararni 
qoplash zarar yetkazilishida aybdor bo’lgan mansabdor shaxslar zimmasiga 
yuklanishi mumkin.
Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari harakatining noqonuniyligi 
sudning asosli hukmi yoki jinoyat ishining reabilitatsiya qilish asoslari bo’yicha 


429 
tugatilishi (jinoyatning sodir etilmaganligi, qilmishda jinoyat tarkibining yo’qligi, 
fuqaroning qilmishni sodir etishda ishtirok etganligi isbotlanmaganligi) bilan, 
shuningdek ishning ma’muriy huquqbuzarlik bo’yicha tugatilganligi bilan 
asoslanishi lozim. Ishning boshqa asoslarda (amnistiya, vaziyatning o’zgarishi va 
shu kabilar) tugatilishi yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini istisno 
qiladi.
Yuqorida ko’zda tutilgan harakatlar natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar 
surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari 
aybidan qat’i nazar to’lanishi lozim. Zero, bunda huquqni muhofaza qiluvchi va 
sud organining mansabdor shaxslari insofli harakat qila turib ham adashishlari 
mumkin. Masalan, sud aybdor bo’lmagan fuqaroni dastlabki tergovda vujudga 
kelgan jinoyatni sodir etish taxmini bo’yicha javobgarlikka tortishi mumkin. 
Bunday holatlarda zarar yetkazuvchi aybi prezumpsiyasi mavjud bo’lib, zarar 
qoplanmasdan qolib ketar edi.
FK bunday zararlar to’liq hajmda qoplanishini alohida ta’kidlaydi (FKning 
991-modasi) va bu vaziyatda ma’naviy zarar to’lanishini ham belgilaydi (FKning 
1021-moddasi). Delikt majburiyatlarining mazkur turida yetkazilgan zararlarni 
qoplashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
- jabrlanuvchiga yo’qotilgan ish haqi va boshqa daromadlar, pensiya va 
nafaqalar uchun tovon to’lanishini; 
- musodara qilingan, olib qo’yilgan va xatlangan mol-mulkni qaytarishni; 
- jabrlanuvchi tomonidan to’langan jarimalar va sud to’lovlari, shuningdek 
huquqiy xizmat uchun to’langan summalar qaytarilishini; 
- jabrlanuvchining boshqa ziyonlari (yo’qotilgan uy-joy yoki boshqa mol-
mulk olinmagan foyda)ni qoplash. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling