Toshkent davlat yuridik universiteti
Zarar yetkazuvchi aybi delikt javobgarligining sharti sifatida
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Zarar yetkazuvchi aybi delikt javobgarligining sharti sifatida. Ayb
uchun javobgarlik tamoyili umumiy ahamiyatga ega bo’lib, u «bosh delikt» tushunchasining majburiy unsuri hisoblanadi. Ba’zan qonun mazkur tamoyildan istisno holatlarni ham belgilaydi, biroq bu mazkur tamoyilni rad etish uchun asos bo’la olmaydi. Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida uzoq muddat mobaynida 87 Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов. -М.: БЕК. 2002. -371 с 88 Rahmonqulov H. Majburiyat huquqi.-T.:TDYI.2005.-176 b. 423 aybni shaxsning o’z hatti-harakatlariga nisbatan ruhiy munosabati sifatida talqin etish konsepsiyasi amal qilib kelgan. Aybni bunday tushunish delikt javobgarligi uchun ham xos bo’lgan 89 . Ayb tushunchasining zamonaviy talqiniga ko’ra, aybni huquqbuzarning o’z hatti-harakati va uning natijasiga nisbatan «ruhiy munosabati» sifatida talqin etish amaliy jihatdan foydasizdir 90 . Aybdorlik yoki aybsizlik masalasini shaxsning o’z ishlari va majburiyatlariga nisbatan munosabatini tahlil qilish orqali hal qilishi mumkin. I.Zokirovning fikricha, ayb deganda shaxsning majburiyatini bajarishga talab qilingan tarzda munosabatda bo’lmaganligi, qonun va axloq talablariga muvofiq rioya qilmaganligi tushuniladi 91 . Agar shaxs muayyan vaziyatda zarur bo’lgan mas’uliyat va kuzatuvchanlikni namoyon eta olgan bo’lsa, unda bu shaxsni aybsiz deb topish mumkin. Mazkur holatlar odatda aybning ehtiyotsizlik shakli uchun xosdir. Qasd shaklidagi aybda esa bir shaxsning boshqa shaxsga mulkiy zarar yetkazishga qaratilgan harakat yoki harakatsizligi ahamiyatga ega bo’ladi. Delikt javobgarligining asosi hisoblangan ayb to’g’risidagi umumiy qoida qonunchilikda shunday ifodalanadi: zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o’z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to’lashdan ozod qilinadi (FKning 985- moddasi 4-qismi). Mazkur normada delikt javobgarligining sharti hisoblangan ayb bilan bog’liq quyidagi ikki masala o’z yechimini topgan: - delikt javobgarligining shartlaridan biri sifatida zarar yetkazuvchining aybi hisoblanadi; - zarar yetkazuvchining aybi taxmin qilinadi, ya’ni qonun uning aybdorligi prezumpsiyasini belgilaydi va jabrlanuvchini zarar yetkazuvchi aybini isbotlashdan ozod qiladi. Delikt javobgarligining sharti hisoblangan aybning umumiy asoslari bilan birga FKning 985-moddasi 4-qismi uni istisno etuvchi holatni ham belgilaydi: qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo’lmagan taqdirda ham zararni to’lash nazarda tutilishi mumkin. Bunday istisno maxsus deliktlar haqidagi qoidalarda belgilangan. Masalan, oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (FKning 999-moddasi), surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga hilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (FKning 991-moddasi) da aybsiz javobgarlik holatlari belgilangan. Delikt huquqida aybning turli shakllari mavjud: qasd, ehtiyotsizlik, qo’pol ehtiyotsizlik va boshqalar. Biroq jinoyat huquqidan farq qilib fuqarolik-huquqida aybning darajalari javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilmaydi va aybning darajasi zararni qoplash miqdorini aniqlashda ahamiyatga ega bo’lmaydi. Delikt munosabatlari ishtirokchilarining aybi darajasi yetkazilgan zararni qoplashga ta’sir etishi mumkin bo’lgan o’ziga xos istisno holat fuqarolik qonunchiligida o’z ifodasini topgan. Masalan, jabrlanuvchi o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko’maklashgan bo’lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab 89 Иоффе О.С. Обязательственное право.-М.:юрид.лит.1975.-128 с; Rahmonqulov H. Majburiyat huquqi.- T.:TDYI.2005.-190-191 b. 90 Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право.-М.:1998.-568 с. 91 Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi. I-qism. -T.: TDYI. 2006. – 334 b. 424 tovon miqdori kamaytirilishi lozim (FKning 1004-moddasi). Agar mazkur vaziyatda jabrlanuvchining harakatlari yengil (odatdagi) ehtiyotsizlik bo’lganida, yetkazilgan zarar uchun to’lanadigan tovon miqdori kamaytirilmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling