Toshkent davlat yuridik universiteti


Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari. 
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik asosi sifatida 
jabrlanuvchining subyektiv fuqarolik huquqlarini buzilishi bilan bog’liq bo’lgan 
yuridik fakt – zararning mavjudligi hisoblanadi. Javobgarlik shartlari esa
javobgarlik asoslarini tavsiflovchi va tegishli sanksiyalar qo’llanilishi uchun zarur 
bo’lgan qonunda belgilangan talablardir. Shunday qilib, fuqarolik huquqiy 
javobgarlik asoslari va shartlari bir-biri bilan uzviy bog’liq unsurlar hisoblanadi. 
Garchi fuqarolik huquqbuzarlik tarkibini bahsli ekanligi aytib o’tilsada, 
hozirgi kunda bu «tarkib» ilmiy jihatdan rad etilgan emas. Zero, delikt 
majburiyatlarida 
zararning 
mavjudligi 
bilan 
birga, 
fuqarolik 
huquqiy 
javobgarlikning shartlari hisoblangan: g’ayriqonuniy xatti-harakat, zarar 
yetkazuvchi harakati (harakatsizligi) va zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish va 
aybning mavjud bo’lishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo’llash imkonini beradi. 
Delikt majburiyatlari bo’yicha subyektiv fuqarolik huquqining buzilishi zarar 
yyetkazilishi fakti sifatida baholanadi. Delikt javobgarligining asosi deganda, 
fuqaro yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yoxud nomoddiy ne’matlar – 
fuqaroning hayoti, sog’lig’iga zarar yetkazilish fakti tushuniladi. 
Zarar delikt javobgarligining asosi sifatida. Zarar (zararning mavjudligi) 
delikt javobgarlikning bevosita zaruriy asosi hisoblanadi. Zarar mavjud 
bo’lmaganda delikt javobgarlik haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas. 
Agar, bazi hollarda shartnoma bilan belgilanadigan javobgarlik majburiyatni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun kreditorga zarar 
yetkazilish yoki yetkazilmasligidan qat’i nazar, begilansa, shartnomadan tashqari 
belgilanadigan javobgarlik zarar bo’lmagan taqdirga vujudga kelishi mumkin 
emas
81
 
Delikt javobgarligining asosi sifatida zarar deganda fuqarolik huquqi 
subyektiga tegishli mol-mulk shikastlanishi yoki nobud bo’lishi natijasida, 
shuningdek fuqaroning sog’lig’iga shikast yetishi va vafoti natijasida vujudga 
keladigan salbiy mulkiy va nomulkiy oqibatlar tushuniladi.
FKning 14-moddasida esa, zarar tushunchasi buzilgan huquqni tiklash 
vositasi sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida 
zararning ikki ko’rinishi mavjud bo’lishi ham mazkur moddada ifodalangan. 
Ushbu moddaga muvofiq, zarar deganda huquqi buzilgan shaxsning buzilgan 
huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo’lgan har ajatlari, uning mol-
mulki yo’qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o’z 
huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin 
bo’lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
FKning 985-moddasiga muvofiq, zarar «shaxsga» yoki «mol-mulkka» 
yetkaziladi. Mol-mulkka yetkazilgan zarar deganda, odatda shaxsning mulkiy mol-
mulki kamayishi yoki ularning qiymati pasayishi tushuniladi. Ba’zan, mulkiy zarar 
jabrlanuvchining zarar yetkazishdan oldingi holati va keyingi holati o’rtasidagi 
81
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-340 b. 


419 
mulkiy farq sifatida ham belgilanadi.
Shaxsga zarar yetkazishda huquqbuzarlik obyekti bo’lib, nomoddiy ne’mat 
hisoblangan – fuqaroning hayoti va sog’lig’i tushuniladi. Biroq, mazkur zarar 
bo’yicha majburiyat vujudga kelishida asosiy e’tibor mulkiy holatga qaratiladi, 
ya’ni mulkiy zarar qoplanadi. Qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan hollardagina 
ma’naviy zarar undiriladi. Biroq hamma vaziyatlarda ham zarar mulkiy ko’rinishda 
qoplanadi. Zero, fuqarolik-huquqiy javobgarlik har doim mulkiy ko’rinishda 
namoyon bo’ladi
82

Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida zarar tushunchasi bilan birga, ziyon 
tushunchasi ham qo’llaniladi. FKning 1009-moddasi boquvchisi vafot etganligi 
natijasida ziyon ko’rgan shaxslarga zararni qoplash qoidalarini belgilaydi. Biroq, 
fuqarolik qonunuchiligida bu ikki tushuncha o’rtasida farq borligi e’tirof etilmaydi. 
Ko’pchilik vaziyatlar «zarar» va «ziyon» atamalari sinonim so’zlari sifatida 
qo’llaniladi. Shu bilan birga pul ko’rinishidagi zarar (ruscha - убыток) atamasi 
ham mavjud bo’lib, odatda bu atama mutaxasisslar tomonidan mulkiy zararning 
pul ko’rinishidagi ifodalanishi sifatida talqin etiladi
83
. Zararning mazkur 
ko’rinishlari o’ziga xos mustaqil ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlagan holda 
ma’naviy zarar delikt majburiyatlarida alohida o’rin tutishini e’tirof etish lozim. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling