Toshkent davlat yuridik universiteti


Delikt majburiyatlarining huquqiy tabiatini


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Delikt majburiyatlarining huquqiy tabiatini aniqlashda, majburiyatning 
mazkur turini fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi bilan o’zaro nisbatan 
belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy adabiyotlarda «zarar yetkazishdan 
kelib chiqadigan majburiyat» va «zarar yetkazganlik uchun javobgarlik 
tushunchalari» ayniy tushunchalar sifatida qo’llaniladi hamda «javobgarlik» 
tushunchasi bu holatda asosiy o’rinni egallaydi
77
. Mazkur holat FKning 57-bobida 
ham o’z ifodasini topgan bo’lib, ushbu bob «zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
76
Гражданское Право.Учебник.Часть II/Под.ред.А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. -М.:Проспект.1998.-694 с. 
77
Иоффе О.С. Обязательственное право.-797 с.; Смирнов В.Т., Собчак А.А. Общее учение о деликтных 
обязательствах в гражданском праве.-Л.:ЛГУ.1983.-42-98 с.; Белякова А.М. Возмещение причиненного 
вреда.-М.: 1972. -3-34с.; O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi. II-qism. /H.Rahmonqulov va 
I.Zokirovlarning um. tahr. ostida. -T.: Adolat. 1999. -339 b.; Быков А.Г., Половинчик Д.И. Основы 
автотранспортного права. -М.: Юрид.лит. 1980. -274 с.; Oqyulov O. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash 
asoslari.//Qonun himoyasida. 1999. №9. -B.18; Гражданское право.Часть вторая:Учебник/ Под общей ред. 
А.Г.Калпина.-М.:Юристь.2000.-509 с.; Матвеев Г.К. Основания гражданско-правовой ответсвенности.-
М.:Юрид.лит.1975. 


416 
majburiyatlar» - deb nomlansa, bobning birinchi moddasi (FKning 985-moddasi) 
zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslariga bag’ishlanadi. Shu 
bilan birga keyingi moddalarda ham asosan «majburiyat» tushunchasi emas
«javobgarlik» tushunchasi qo’llaniladi. Bu esa ushbu tushunchalar o’rtasida 
qarama-qarshilik mavjud emasligini, ularning uzviy bog’liqligini anglatadi
78
.
Fuqarolik huquqiy javobgarlik deganda, mulkiy tusdagi sanksiyalarni 
huquqbuzarga nisbatan tatbiq etish tushuniladi. Fuqarolik huquqining umumiy 
asoslariga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlik mulkiy tusga ega bo’lib
79

shartnomaviy majburiyatlarga ham, shartnomadan tashqari vujudga keladigan 
majburiyatlarga ham tatbiq etiladi. Biroq, shartnomaviy majburiyatlarda 
javobgarlik ikkilamchi tusga ega bo’ladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik 
shartnomaviy majburiyatlarni «kuzatib boradi» va majburiyat buzilgandagina 
qo’llaniladi. Agar majburiyat lozim darajada bajarilsa, javobgarlik masalasi 
vujudga kelmaydi. 
Zarar yetkazishdan vujudga keladigan majburiyatlarda esa, javobgarlik 
huquqbuzarlik fakti asosida vujudga keladi. Ya’ni, zarar yetkazishdan vujudga 
keladigan majburiyat vujudga kelishi bilan u o’z mazmunida javobgarlikni, 
huquqbuzarga sanksiya qo’llash imkoniyati mavjudligini ifodalaydi. Albatta bu 
vaziyatda javobgarlik boshqa bir majburiyatni to’ldirmaydi, «kuzatmaydi» 
(shartnomaviy majburiyatlardagi kabi), u zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlardagi huquqbuzar majburiyatining mazmunini tashkil etadi. 
Yetkazilgan zarar uchun huquqbuzar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
asoslar mavjud bo’lganda, yetkazilgan zararni qoplash shaklidagi javobgarlikka 
tortiladi. 
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning quyidagi o’ziga xos 
belgilari mavjud: 
a) bu majburiyatlarning ta’sir doirasida zararni qoplash moddiy 
xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarni qamrab oladi;
b) ular mutlaq harakterga ega bo’lgan mulkiy huquqlar ( mulk huquqi, 
umrbod egalik qilish huquqi, xo’jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi 
va boshqalar) yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarining buzilishi natijasida kelib 
chiqadi; 
v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarida bo’lgan 
shaxs tomonidan buzilgan bo’lsa-da, majburiyatlar mutlaq huquqlar buzilganligi 
tufayli shartnomasiz harakterga ega bo’ladi; 
g) bu majburiyatlar zarar kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar qay 
ko’rinishda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’i nazar, to’liq 
qoplanishini nazarda tutadi; 
d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zararni to’lash majburiyati boshqa 
shaxslarga ham yuklatilishi mumkin
80
.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o’ziga xos ekvivalentlik 
78
Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов. -М.: БЕК. 2002.-363 с. 
79
Rahmonqulov H. Majburiyat huquqi.-T.:TDYI. 2005. -139 b. 
80
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-336-337 b. 


417 
vazifasini bajaradi. Ya’ni, delikt majburiyatlari orqali huquq buzilishidan oldingi 
holat tiklanadi. Masalan, fuqaroning sog’lig’iga zarar yetkazilganda, uning 
sog’lig’ini tiklash uchun qilgan har ajatlari huquqbuzar tomonidan qoplanishi 
huquq buzilishidan oldingi holatini tiklash hisoblanadi. Shu bilan birga, delikt 
majburiyatlari uchun javobgarlik belgilanganligi huquqbuzarlikning oldini olishda 
ham ahamiyatli hisoblanadi.
Delikt institutining ahamiyati, uning funksiyalari fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikning ahamiyati va funksiyalari bilan bir xilda deb hisoblash mumkin. 
Zero, delikt instituti ham fuqarolik-huquqiy javobgarlik kabi huquqni tiklovchi, 
huquqbuzarlikning oldini oluvchi, tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling