Toshkent davlat yuridik universiteti
Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari,
shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. FKning 15-moddasiga muvofiq, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan qonun 92 O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-342 b. 426 hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan to’lanishi kerak. FKning 15-moddasi ommaviy hokimiyat organlarining umumiy javobgarlik asoslarini belgilaydi va bunda ommaviy hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) va qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hujjat chiqarilishi natijasida yetkazilgan zararlargina qoplanishi nazarda tutiladi. Ta’kidlash lozimki, mazkur holat delikt javobgarligining alohida turi hisoblanadi. Ushbu majburiyatlarning eng muhim xususiyati shundaki, bunda zarar yetkazuvchi bo’lib, hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan ommaviy hokimiyat organlari va o’zlarining hokimiyat funksiyalari asosida harakat qiladigan va ijro etadigan mansabdor shaxslar hisoblanadi. Delikt majburiyatlarida subyekti sifatida davlat hokimiyati barcha tarmoqlaridagi organlari – qonunchilik, ijroiya va sud organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari e’tirof etiladilar. Mansabdor shaxs bo’lib esa, maxsus vakolat asosida hokimiyat vakili funksiyasini doimiy yoki vaqtincha amalga oshirayotgan fuqarolar yoxud hokimiyat organlarida, ushbu organlardan tashqaridagi tashkiliy-tartibot vazifasini amalga oshiradigan mansabda ishlayotganlar hisoblanadilar. Davlat organlari yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari hisoblanmaydigan boshqa barcha tashkilotlar, shu jumladan, davlat yoki munitsipal muassasalar (ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat va shu kabilar) ular tomonidan yetkazilgan zararni FKning 989-moddasi asosida qoplaydilar. Bu qoida davlat yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida ushbu organlarning hokimiyat vakolatlariga ega bo’lmagan xodimlari (masalan, vazirlik yoki idoraning xavfsizlik xizmati boshlig’i, xo’jalik boshqaruvi rahbari) yoxud mansabdor shaxs hisoblanmaydigan shaxslari (masalan, xizmat avtomobili haydovchisi) yetkazgan zararga nisbatan ham tatbiq etiladi. Shu munosabat bilan bu delikt majburiyatlarida mansabdor shaxs atamasi jinoyat- huquqiy kategoriya uchun xos hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan tashkilot (organ) va fuqarolar (mansabdor shaxslar) hokimiyat vakolatlarini amalga oshirar ekan, ular o’zlariga shunday imkoniyatni yaratib bergan ommaviy-huquqiy tuzilma – davlat nomidan harakat qiladilar. Shuning uchun ham davlat o’zining organlari va mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi. Ommaviy-huquqiy tuzilmalar o’z organlari va mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararlarni o’z mulklari hisobidan qoplaydilar. Shu bilan birga qonun yetkazilgan zararni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkinligini nazarda tutadi (FKning 15-moddasi). Bosh delikt tamoyiliga asoslanadigan mulkiy zarar uchun javobgarlikning umumiy shartlaridan farq qilib, javobgarlikning bu turi vujudga kelishining birinchi sharti sifatida jabrlanuvchi isbotlashi lozim bo’lgan ommaviy hokimiyat organi yoki uning mansabdor shaxsi harakati yoki harakatsizligining g’ayriqonuniyligi e’tirof etiladi. Bunda yuqoridagi organlar va shaxslar harakati nafaqat g’ayriqonuniy, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham zid 427 bo’lishi, boshqacha aytganda huquqqa xilof bo’lishi lozim. Mazkur holatda bosh delikt tamoyilidan chekinish holati sifatida zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligini isbotlash vazifasi jabrlanuvchiga yuklatilishi muhim asoslarga ega. Zero, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining harakati nafaqat bir tomonlama majburiy, hokimiyat tusiga ega balki, o’z tabiatiga ko’ra, kimningdir mulkiy manfaatlari bilan to’qnash keladi va bunda kimningdir mulkiy manfaatlariga putur yetishi tabiiy, bu esa bitta holat asosida ular harakatini huquqqa xilof deb baholashga asos bo’lmaydi. Ta’kidlash lozimki, davlat faqatgina mexanik harakatlar qilish uchun tashkil qilinmagan. Shu sababli ham uning organlari va mansabdor shaxslarining o’z funksiyalarini bajarishlari har doim huquqiydir, garchi bunda zarar yetkazilish holati vujudga kelsa-da. Bu harakatlar vakolatsiz yoki vakolatdan chetga chiqib amalga oshirilganda yoxud hokimiyat vakolatlaridan g’arazli maqsadlarda foydalanilgan bo’lsa, g’ayriqonuniy hisoblanadi. Ommaviy hokimiyat organlarining harakatlari bilan zarar yetkazilishi ular tomonidan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan huquqiy hujjat (buyruq, yo’riqnoma, ko’rsatma)ni qabul qilinishi shaklida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga mansabdor shaxsning zarar yetkazuvchi harakati uning huquqqa xilof xulq-atvori yoki og’zaki farmoyish berish orqali ifodalanadi. Shuningdek, mansabdor shaxs tomonidan fuqarolar yoki yuridik shaxslar uchun majburiy tusga ega bo’lgan tegishli yozma farmoyish berilishi ham g’ayriqonuniy bo’lsa, yetkazilgan zarar qoplanishi lozim. Shunday qilib, ommaviy hokimiyat organlari va ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakati deganda, nafaqat, ular tomonidan qabul qilingan noqonuniy normativ yoki individual huquqiy hujjat, balki noqonuniy tusga ega bo’lgan ularning amaldagi harakatlari ham tushuniladi. Ommaviy davlat hokimiyati huquqlarini lozim darajada amalga oshirmaslikning o’zigina huquqqa xilof hisoblanmaydi, balki uning organlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari, hokimiyat majburiyatlarining amalga oshirmasligi – harakatsizligi ham huquqqa xiloflik sifatida baholanadi. Masalan, tegishli ruhsat yoki hujjatni berishni noqonuniy rad qilish, davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad qilish, jabrlanuvchiga mulkiy ziyon yetkazish orqali va h.k. Umumiy qoidaga ko’ra davlat hokimiyati organlarining hujjatlari qonuniy hisoblanadi, shuning uchun ham mulkiy javobgarlikni belgilash uchun dastlab sud tartibida bunday hujjatlarni haqiqiy emas deb topish lozim bo’ladi. FKning 12- moddasiga muvofiq, davlat organining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Davlat organi yoki o’zini o’zi boshqarish organlarining noqonuniy hujjati natijasida fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashning asosi sifatida bunday hujjatning qonun yoki boshqa huquqiy hujjat normasiga zid kelishi hisoblanadi. Bu holat nafaqat fuqarolik-huquqiy tusga ega bo’lgan hujjatlarga, balki fuqarolar yoki yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlariga talluqli bo’lgan barcha normativ hujjatlarga tegishlidir. Boshqacha aytganda muayyan hujjatning 428 huquqqa xilofligi fuqarolik huquqi doirasidan tashqarida bo’lishi ham mumkin, biroq ushbu hujjat qabul qilinishi bilan vujudga kelgan mulkiy oqibat har doim fuqarolik-huquqiy tusga ega bo’ladi. Fuqarolik qonun hujjatlarida ommaviy hokimiyat organlari va ular mansabdor shaxslari yetkazgan zarari uchun javobgarlik shartlari to’g’risida boshqa ko’rsatmalar mavjud emas. Bu esa o’z navbatida bunday javobgarlik delikt javobgarligining umumiy asoslarida belgilanishini anglatadi. Shu bilan birga, bu javobgarlik mavjudligi nazarda tutiladigan zarar yetkazuvchi – hokimiyat organi yoki mansabdor shaxs aybiga asoslanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling