Toshkent davlat yuridik universiteti


Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelish 
asoslari. Bosh delikt tamoyili. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar 
fuqarolik-huquqiy majburiyatlarning boshqa turlari kabi muayyan yuridik faktlar 
asosida vujudga keladi. Mazkur majburiyat vujudga kelishi uchun asos bo’ladigan 
qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan yuridik faktlar – zarar yetkazish fakti, delikt 
hisoblanadi. 
Biroq, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o’z mazmunida 
yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni ham nazarda tutadi. Shuning uchun ham 
qonun delikt majburiyatlarini vujudga kelish asoslari va shartlari bilan birga zarar 
uchun javobgarlik asoslari va shartlari masalasini ham hal qiladi. Boshqacha 
aytganda, delikt majburiyatlarining vujudga kelish shartlari va yetkazilgan zarar 
uchun javobgarlik shartlari bir-biriga mos keladi.
Yetkazilgan zarar uchun javobgarlik choralarini belgilashda qonun umumiy 
tamoyillarga tayanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu tamoyil «bosh delikt tamoyili» - 
deb yuritiladi. Mazkur tamoyilga binoan bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga 
yetkazilgan zararning mavjudligi, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini 
vujudga keltiradi. Bunda jabrlanuvchi zarar yetkazuvchi harakatning g’ayriqonuniy 
ekanligini, 
uning 
aybdor 
ekanligini 
isbotlashi 
talab 
etilmaydi. 
Zarar 
yetkazuvchining harakati huquqqa xilof va u aybdor – deb «hisoblanadi». Shu 
munosabat bilan zarar yetkazuvchi javobgarlikdan faqatgina o’z harakatlari 
huquqqa xilof emasligini va aybdor emasligini isbotlagandagina ozod etiladi.
Mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida ham bosh delikt tamoyili o’z 
ifodasini topgan. Zero, FKning 985-moddasida fuqarolik huquqi subyektiga 
yetkazilgan zarar zarar yetkazuvchi tomonidan to’liq hajmda qoplanishi nazarda 
tutilgan. Albatta bosh delikt tamoyiliga muvofiq, zarar yetkazilganligining o’ziyoq 
uni qoplash lozimligini anglatmaydi. Buni uchun qonunda belgilangan bir qator 
shartlar mavjud bo’lishi lozim. Mazkur shartlarning mavjud bo’lmasligi esa, 
zararni qoplanmasligini anglatadi. Fuqarolik qonunchiligida «bosh delikt» tamoyili 
mazmunini tashkil etuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy 
shartlari belgilangan bo’lib, ular jumlasiga zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa 
xilofligi, huquqqa xilof harakat va zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish, ayb kiradi.
Fuqarolik qonunchiligida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy 
shartlarini belgilovchi bosh delikt bilan birga bir qator vaziyatlarni nazarda 
tutiladiki, ularning har birida maxsus qoidalar qo’llaniladi va alohida deliktlar deb 
yuritiladi. Masalan, oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun 


418 
javobgarlik (FKning 999-modasi), voyaga yetmagan shaxslar tomonidan 
yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (FKning 993-moddasi) va boshqalar.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling