Toshkent davlat yuridik universiteti


 Fuqarolik qonunchiligida omonat saqlovchining javobgarligi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

1.3. Fuqarolik qonunchiligida omonat saqlovchining javobgarligi 
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo’qolganligi, kam 
chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun Fuqarolik kodeksining 333-moddasida 
nazarda tutilgan asoslarga ko’ra javobgar bo’ladi. 
Professional omonat saqlovchi ashyoning yo’qolishi, kam chiqishi yoki 
shikastlanishi: 
 yyengib bo’lmas kuch ta’siri oqibatida; 
 ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog’ida omonat saqlovchi 
bilmagan va bilishi shart bo’lmagan yashirin xossalari tufayli; 
 saqlanayotgan ashyoning yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki 
shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo’pol 
ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa, javobgar bo’ladi. 
Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining 
talabiga ko’ra ashyoni qaytarib olishi shart bo’lgan vaqt tugagach, yuk 
topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan 
buyon ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan 
harakat qilgan yoki qo’pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi. Omonat 
saqlovchining saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi 
yoki shikastlanganligi uchun javobgarligi muhim holat sanaladi. Bunda, haq 
to’lash evaziga omonat saqlash bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan shaxsning, ayniqsa 
professional omonat saqlovchining ma’suliyati bepul omonat saqlash bo’yicha 
xizmat ko’rsatayotgan shaxsning va professional bo’lmagan omonat saqlovchining 
ma’suliyatidan jiddiy farqlanadi. Ular o’rtasidagi farq shartlarda ham, ma’suliyat 
hajmida ham mavjud bo’ladi. Yyengib bo’lmas kuch ta’siri oqibatidan tashqari, 
ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog’ida omonat saqlovchi bilmagan va 
bilishi shart bo’lmagan yashirin xossalari tufayli yoki saqlanayotgan ashyoning 
yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining 
qasddan yoki qo’pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganida ham professional 
saqlovchi ashyoning yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun 
javobgarlikdan ozod etiladi. Ashyoning yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki 
shikastlanganligi yuk topshiruvchi tomonidan ashyoni qaytarib olish bo’yicha 
majburiyati vujudga kelgandan so’ng amalga oshgan bo’lsa, yuk topshiruvchi 
tomonidan qasd yoki qo’pol ehtiyotsizlik mavjud bo’lganida, u javob beradigan 
qoida muhim ahamiyatga ega. Omonat saqlovchining javobgarligini bunday 
kamayishi oddiy omonat saqlashda ham, professional omonat saqlashda ham 
mavjud. Shu sababli, muddatga doir shartnoma shartlarini ifoda qilishda yoki 


364 
keyinchalik omonat saqlashning shartlari bo’yicha qo’shimcha bitim tuzish 
chog’ida e’tibor bilan yondashish kerak bo’ladi.
Shartnomada omonat saqlovchining javobgarlik darajasi ham muhim 
ahamiyatga egadir. Omonat saqlanmaganligi bo’yicha omonat saqlovchining 
javobgarligi hajmi haq evaziga omonat saqlashda va bepul omonat saqlashda 
farqlanadi. Odatda, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha hol nazarda 
tutilmagan bo’lsa, haq evaziga omonat saqlash bo’yicha omonat saqlovchi to’liq 
hajmda javobgar bo’ladi, shu jumladan yuk topshiruvchiga haqiqiy zararni ham 
boy berilgan foydani ham qoplab berishi lozim. Haq evaziga omonat saqlashda 
ham tekin saqlashda ham yuk topshiruvchi dastlabki vazifasida ishlatib 
bo’lmaydigan darajada o’zgargan ashyodan bosh tortishga haqli. Ammo buning 
uchun, birinchidan, omonat saqlovchi ushbu holat uchun javobgar bo’lsa, 
ikkinchidan, qonunda yoki shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, 
omonat saqlovchidan bunday ashyoning narxini va boshqa zararlarni qoplashni 
talab qilishga haqli.
Ashyo tekin saqlanganida uning yo’qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi 
tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar: 

ashyolar yo’qolganligi va kam chiqqanligi uchun - yo’qolgan yoki 
etishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida; 

ashyolar shikastlanganligi uchun - ularning qiymati qancha summaga 
kamaygan bo’lsa, shuncha summa miqdorida qoplanadi. 
Agar omonat saqlovchi javobgar bo’lgan holda shikast yetishi natijasida 
ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi bo’yicha foydalanish mumkin 
bo’lmaydigan darajada o’zgargan bo’lsa, yuk topshiruvchi undan voz kechishga va 
omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, shuningdek, agar qonunda yoki 
omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, boshqa zararni ham 
qoplashni talab qilishga haqli. 
Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan paytida 
uning xossalarini bilmagan va bilishi shart bo’lmagan bo’lsa, yuk topshiruvchi 
saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tufayli yetkazilgan zararni omonat 
saqlovchiga to’lashi shart (FKning 891-modda). 
Qonun hujjatlarida, shartnomada yuk topshiruvchining talabi bilan omonat 
saqlash majburiyatining bekor bo’lishi ham nazarda tutiladi. 
Agar shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati belgilangan 
bo’lsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul 
qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu holda, agar omonat saqlash 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, yuk topshiruvchi 
majburiyatni muddatidan oldin bekor qilishi tufayli omonat saqlovchiga etkazilgan 
zararni to’lashi shart (FKning 892-moddasi).

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling