Toshkent davlat yuridik universiteti


 Ashyoni saqlashga topshirish majburiyati


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

1. Ashyoni saqlashga topshirish majburiyati, agar ashyo alohida saqlashni 
talab etadigan bo’lsa, saqlovchini ashyoning va saqlashning o’ziga xos 
xususiyatlari to’g’risida ogohlantirishi lozim. Omonat saqlovchini ashyoning va 
saqlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ogohlantirish majburiyati yuk 
topshiruvchining qonunda mustahkamlab qo’yilmagan bo’lsa ham asosiy 
majburiyatlaridan biridir. Umumiy hollarda saqlashga alohida saqlash shartlarini 
talab qilmaydigan ashyolar topshiriladi. Biroq amaliyotda shunday holatlar ham 
uchrab turadiki, yuk topshiruvchi ashyoni saqlashga topshirayotganda ashyoning 
va saqlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ogohlantirmaydi, buning 
natijasida omonat saqlovchi bu haqda bilmagan holda ashyoning saqlanishini 
ta’minlashga qaratilgan umumiy choralarni qo’llaydi va bu bilan uni ta’minlay 
olmaydi. Shu sababli omonat saqlovchi yuk topshiruvchining ashyoning va 
saqlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ogohlantirish to’g’risidagi o’z 
majburiyatlarini bajarmaganligi ashyoning buzilishi yoki yo’qolishi uchun javob 
bermaydi. Bundan tashqari saqlashning asosiy qoidalari tariqasida, tez yonuvchi, 
portlovchi va umuman xavfli ashyolarni omonat saqlashga topshirilayotganda yuk 
topshiruvchi ushbu ashyolarning xususiyati to’g’risida ogohlantirishi shart. Agar 
yuk topshiruvchi omonat saqlashga topshirayotganda omonat saqlovchini 
ashyoning xususiyati va uni saqlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida 
ogohlantirmasa, omonat saqlovchi boshqa saqlanayotgan ashyolar va atrofdagi 
odamlarga xavf tug’dirgan istalgan vaqtda yuk topshiruvchiga yetkazilgan zararni 
qoplamagan holda uni zararsizlantirishi yoki yo’q qilishi mumkin. Ushbu holatda 
shuni ta’kidlash lozimki, professional omonat saqlovchi ashyoni faqatgina omonat 
saqlashga noto’g’ri nom bilan berilgan va omonat saqlovchi uni qabul qilishda 
tashqi tomondan ko’zdan kechirish vaqtida uning xavflilik xususiyatini 
anglamagan hollarda zararsizlantirish yoki yo’q qilishi mumkin. Yuk topshiruvchi 
tomonidan maxsus xususiyatli ashyolar haqida ma’lumot berish majburiyati 
bajarmaganligi uchun omonat saqlovchi oldida omonat saqlash bilan bog’liq 
ko’rgan zarari bo’yicha javob beradi.
Xavfli xususiyatga ega ashyolarni saqlash bo’yicha misol keltiramiz. 


360 
Yakka tartibdagi tadbirkor bochkalarga solingan o’simlik yog’i mavjud 
bo’lgan yuk avtomashinasini omonat saqlashga topshirdi. Bir qancha vaqtdan 
keyin omonat saqlovchi benzinning hidini tuyib yog’ solingan bochkalar ichida 
bochkada benzin borligini aniqladi. Benzinning portlovchanlik xususiyatiga ega 
ekanligini inobatga olib darhol xavfsizlik choralari ko’rildi. Zararsizlantirish 
maqsadida omonat saqlovchi o’zida benzinni saqlash uchun sharoit mavjud 
bo’lmaganligi sababli uni uchinchi shaxsga berib yubordi. Bu holatda omonat 
saqlovchi FKning 883-moddasiga asosan omonat saqlovchi bu turdagi harakatlarni 
amalga oshirishga haqli. Buning natijasida u yakka tartibdagi tadbirkorga omonat 
saqlashga 
topshirilayotgan 
ashyoning 
xavfli 
xususiyatlari 
to’g’risida 
ogohlantirmaganligi uchun yetkazilgan zarar bo’yicha javob bermaydi. 
Endi faraz qilaylik yakka tartibdagi tadbirkor dori vositalaridan iborat ko’p 
miqdordagi qutilarni omonat saqlash uchun xususiy shaxsning omboriga 
topshirgan. Ushbu qutilarni ajratilgan joyga olib borish uchun ortish va tushirish 
vaqtida ulardan biri simob smolasi mavjud bo’lgan termometr olingan quti tushib 
yorilib ketdi. Bu haqda yakka tartibdagi tadbirkor omonat saqlovchi xabardor 
qilishni yodidan chiqargan. Bir qancha vaqt o’tganidan keyin tadbirkor mahsulotini 
olish uchun omborga kelganida termometrlarni singanligini aniqladi va omonat 
saqlovchiga talabnoma kiritdi, biroq ushbu talabnoma omonat saqlovchi tomonidan 
rad qilindi. Shundan so’ng u tegishli da’vo ariza bilan sudga murojaat qildi. 
Bunday holatda javobgarlik omonat saqlovchiga emas, balki yuk topshiruvchi 
tomonidan dori vositalari solingan korobkalarni saqlashga topshirayotganida xavfli 
xususiyatga ega bo’lgan ashyolarning mavjudligi to’g’risida ogohlantirmaganligi, 
tashqi tomondan ko’zdan kechirish jarayonida omonat saqlovchi bu haqda 
bilmaganligi sababli yuk topshiruvchi zimmasiga yuklatiladi. Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, yakka tartibdagi tadbirkor nafaqat omonat saqlovchi oldida 
balki boshqa yuk topshiruvchilar oldida tabiatiga ko’ra xavfli bo’lgan ashyoning 
boshqa mahsulotlarga salbiy ta’siri natijasida yetkazilgan zarar bo’yicha javobgar 
bo’ladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling