Toshkent davlat yuridik universiteti


Saqlash uchun topshirilgan ashyoni yuk topshiruvchiga yoki oluvchi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

8. Saqlash uchun topshirilgan ashyoni yuk topshiruvchiga yoki oluvchi 
sifatida ko’rsatilgan shaxsga topshirilgan ashyoni qaytarish majburiyati
Omonat saqlovchi ushbu majburiyatni tezda bajarishi, omonat saqlashda u yuk 
topshiruvchining manfaatida ishlaydi va har doim ashyo unda mavjud bo’lishi 


358 
lozim. Alohida hollarda omonat saqlash shartnomasida egasizlantirib saqlash ham 
ko’zda tutilishi mumkin, bu holda omonat saqlovchi tomonidan turli yuk 
topshiruvchilardan bir turdagi va sifatdagi ashyolarni qabul qilib oladi. Bu holatda 
omonat saqlovchi yuk topshiruvchiga topshirilgan miqdordagi yoki boshqa 
miqdordagi bir turdagi va sifatdagi ashyolarni qaytarishi shart.
Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor un mahsulotlarini saqlashga 
ixtisoslashtirilgan ombor bilan muayyan miqdordagi unni saqlash to’g’risida 
shartnoma tuzdi. Bundan tashqari omborning boshqa omonat saqlovchilar bilan 
unni saqlash to’g’risida kelishuvlari mavjudligini inobatga olib, rahbariyat saqlash 
shartlarining optimal yo’li sifatida hamma unni birgalikda saqlashni lozim deb 
topdi. Shuning uchun omonat saqlash shartnomasiga omonat saqlovchilarning unni 
qo’shish to’g’risidagi tartibni kiritishni so’radi. Yakka tartibdagi tadbirkor ushbu 
shartga rozilik berdi. Omonat saqlash muddati tugaganidan keyin yakka tartibdagi 
tadbirkor umumiy omborda omonat saqlash uchun topshirilgan miqdordagi unni 
olib chiqib ketdi. Shuni ta’kidlash lozimki, agar yakka tartibdagi tadbirkor 
saqlashga oliy navli unni topshirgan bo’lsa, u birinchi navli unni emas balki aynan 
oliy navli unni olib chiqishga haqli. 
Bundan tashqari, omonat saqlovchi tomonidan qaytarilayotgan ashyolar 
saqlashga qabul qilingan holatida bo’lishi shart. Bunda ashyoning tabiiy 
yomonlashuvi, kamayishi yoki boshqa o’zgarishi e’tiborga olinishi lozim. Shuni 
nazarda tutish lozimki, fuqarolik qonunchiligiga asosan nafaqat ashyoning o’zi 
balki uning hosil va daromadlari ham omonat saqlovchi tomonidan qaytarilishi 
kerak. Taraflar shartnomaga omonat saqlash davomida omonat saqlovchi 
tomonidan olingan hosil va daromalarini o’zida qoldirish to’g’risidagi tartibni 
kiritishlari mumkin.
Masalan, fuqaro M. boshqa shaharga davolanish uchun ketayotganida 
o’zining qo’shnisiga uyidagi limon daraxtini omonat saqlash uchun qoldirdi. 
Kasallik tufayli bir qancha vaqt u yerda ushlanib qolgan fuqaro M. uyiga qaytib 
kelgach, har yilgidek bu vaqt davomida limon daraxti hosilga kirganligini aniqladi. 
Biroq, qo’shni unga daraxtni qaytarib berib, uning hosili va undan olingan 
daromad to’g’risida aytmadi. O’z daraxtidan olingan hosilning narxini bilgan 
fuqaro M. o’z qo’shnisida limon daraxti hosilidan olingan daromadni o’zaro 
kelishilgan mukofot pulini chiqarib tashlagan holda to’lashlikni so’radi, biroq 
qo’shni uni rad qildi. Bu holatda qo’shni noqonuniy harakat qildi. Ya’ni u O’zR 
FKning 880-moddasiga asosan nafaqat limon daraxtini, balki saqlash davrida 
olingan uning hosilini yoki daromadini ham qaytarishi lozim edi. Biroq agar fuqaro 
M. va uning qo’shnisi oldindan omonat saqlash davrida olingan hosil va 
daromadning taqdiri haqida kelishishganda, qo’shni olingan hosil va daromadni 
o’zida qoldirishi mumkin edi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari 
to’liq va tugal hisoblanmaydi. Omonat saqlash bilan professional 
shug’ullanuvchilar uchun saqlash ularning maqsadlaridan biri bo’lganligi sababli 
alohida huquq va majburiyatlar belgilanadi. Professional omonat saqlovchi haq 
evaziga xizmatni amalga oshiradi, shuning uchun ular ashyolarning saqlanishi 
bo’yicha eng yuqori talablarga javob berishi va barcha zarur ashyolarni saqlashga 


359 
yo’naltirilgan, maxsus texnika vositalaridan foydalanish, ashyolarning yo’qolishi, 
buzilishi va kamomadiga yo’l qo’ymaslik uchun tasodifiy holatlarning oldini 
olishga sharoit yaratishga qaratilgan vositalardan foydalanish choralarini amalga 
oshirishga majbur. Ushbu holatda professional omonat saqlovchi xavfli 
xususiyatga ega bo’lgan ashyolarni saqlashga qabul qilish uchun shartnoma 
tuzayotganda uni qabul qilish shartlarini kelishish shart. Agar uni qabul qilgan 
bo’lsa, ushbu ashyolarning saqlanishini ta’minlashi, shuningdek boshqa yuk 
topshiruvchilarni ashyolari va atrofdagi odamlarning xavfsizligini ta’minlashi 
shart. 
Shu bilan birgalikda ayrim hollarda omonat saqlash to’g’risidagi 
shartnomalarda omonat saqlovchining qonun bilan boshqa huquq va majburiyatlari 
belgilanishi mumkin. Masalan, ba’zi bir omonat saqlash shartnomalarida taraflar 
omonat saqlovchiga saqlashga qabul qilgan ashyoning sug’urta qilinishi 
to’g’risidagi talabni qo’yishi mumkin. 
Yuk topshiruvchining huquq va majburiyatlari quyidagilarda aks etadi: 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling