Toshkent davlat yuridik universiteti
Franshizing shartnomasini ruyxatga olish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4. Franshizing shartnomasini ruyxatga olish Qonunchilik franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qiladi. Xususan, Fuqarolik kodeksining 863-moddasida belgilanganidek, franshizing shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofik litsenziar (franchayzer) sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi. Tadbirkorlikning franchayzing shaklini kengaytirish, shartnomalarni ro‘yxatga olish tartibotini takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 noyabrdagi 244-sonli Qarori bilan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi. Nizomda franshizing to‘g‘risidagi shartnomalar, ularga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning amal qilishini bekor qilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi belgilangan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisoblanadi. Inspeksiyaga ilgari unda ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari ham, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari ham murojaat qiladilar. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Nizomda belgilab qo‘yilganidek, agar litsenziat xorijiy davlatda yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, franshizing to‘g‘risidagi shartnomani (muhim o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartnoma bo‘yicha litsenziat sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan O‘zbekiston Respublikasining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu me’yor FK 863-moddasidagi xorijiy franchayzer ishtirokidagi franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha mavhumlik fazasini yakunladi. Gap shundaki, xorijiy franchayzer ishtirokidagi 344 shartnomani ro‘yxatga olishda mazkur modda shartnomani keyinchalik xorijiy franchayzerni ruyhatga olgan davlat organida ham ro‘yxatga olishni talab qiladi. Bir qator davlatlarda bunday talab yo‘qligini hisobga olsak, amaliyotda franshizing shartnomasini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirish imkoni yo‘qligini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqib, o‘zbekistonlik tadbirkorlar xorijiy xo‘jalik subyektlari bilan bunday shartnomalarni juda kam tuzmokdalar. Bundan tashqari, franshizing shartnomalarini firma nomidan yoki savdo belgisidan foydalanish (ijara) shartnomasi deb nomlash amaliyoti ko‘payib bormoqda. Aqliy mulk obyektlariga mutlaq huquqlarni o‘z ichiga oluvchi franshizing shartnomasi Intellektual mulk Agentligida ham ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birga, sublitsenziya haqidagi shartnoma ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Uning artibi asosiy franshizing shartnomasini tuzish tartibi bilan bir xil. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun franshizing to‘g‘risidagi shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: a) franshizing to‘g‘risidagi shartnoma har bir tarafining yuridik shaxs yoki yakka tadbikor sifatidagi maqomini tasdiqlaydigan hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi guvohnoma, patent, xorijiy litsenziar uchun xorijiy davlatning tegishli davlat reestridan ko‘chirma yoki tegishli o‘rnini bosuvchi hujjatlar); b) faoliyatning tegishli turini amalga oshirish huquqini beruvchi zarur ruxsatnomalar, litsenziyalar) nusxasi, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq bunday ruxsatnoma talab qilinsa. Agar franshizing to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytida bunday ruxsatnoma (litsenziya) olinmagan bo‘lsa, bunday ruxsatnoma (litsenziya)ning nusxasi u olingandan keyin bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi; v) taraflar tomonidan imzolangan franshizing to‘g‘risidagi shartnomaning uch nusxasi tikilgan, varaqlari raqamlangan bo‘lishi kerak, ularda o‘chirib tuzatishlar, qo‘shimcha yozuvlar, chizilgan so‘zlar yoki boshqa qayd etilmagan tuzatishlar bo‘lmasligi kerak; g) ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. Shubhasiz, mazkur Nizomning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikning franshizing shaklini rag‘batlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda taniqli firma nomlari va tovar belgilaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Shu munosabatda aqliy mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida 345 javobgarlik nazarda tutilgan. Uning miqdori asossiz orttirilgan boylik, ya’ni shaxsning qonunchilikda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs hisobiga orttirgan mol-mulki miqdoriga qarab belgilanadi. Asossiz mol-mulk orttirgan shaxs bunday boyish faktlari ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab ushbu mol-mulkdan olingan daromadning hammasini jabrlanuvchiga qaytarishi yoki qoplashi shart. Huquq egasining talabi bilan huquqbuzarlik to‘xtatilishi, huquqbuzar esa huquq egasiga u ko‘rgan zararni qoplashi lozim. Biroq Shuni ham tan olish kerakki, O‘zbekistonning xo‘jalik yurituvchi subyektlari boshqa o‘zbekistonlik xo‘jalik yurituvchi subyektning mutlaq huquqlaridan foydalanishdan juda kam hollarda manfaatdor bo‘ladilar. Aksariyat hollarda ular dunyoda mashhur bo‘lgan brendlarga, firma nomlariga va h.k.larga qiziqish bildiradilar. Bunday taniqli xorijiy kompaniyalar esa jahonning turli mamlakatlarida ularning aqliy mulkka bo‘lgan huquqlari buzilayotganidan bexabar qoladilar. Tegishlicha, jabrlangan xorijiy kompaniya tomonidan tegishli talab bo‘lmaganidan keyin, yuqorida tilga olingan javobgarlikka tortish amaliyotda bo‘lmayapti. Bugungi kunda ekspertlar O‘zbekistonda bunday suiste’molchiliklarga yo‘l ko‘ymaslik uchun ma’muriy qonunchilikka dunyoda mashhur nomlar, savdo belgilari va h.k.lardan o‘zboshimcha foidalanuvchi xo‘jalik subyektlariga nisbatan jarima choralarini kiritishni taklif qilmoqdalar. Uylaymizki, bunday chora franshizing shartnomalarini tuzish amaliyotini rag‘batlantiradi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling