Toshkent farm atse vtikainstituti


DORIVOR TIRNOQGUL - SALENDULA


Download 7.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/134
Sana21.11.2023
Hajmi7.28 Mb.
#1791693
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134
Bog'liq
dastarbosh

DORIVOR TIRNOQGUL - SALENDULA 
OFFICINALIS L.
Dorivor timoqgul - Salendula Officinalis L. astradoshlar -
Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 30-50 (ba’zan 60) sm ga etadigan o ‘t o ‘simlik. 
Ildizi shoxlangan o ‘q ildiz. Poyasi qattiq, tik o ‘suvchi, asos qismidan 
boshlab shoxlangan, qirrali bo‘lib, yuqori qismi bezli tuklar bilan 
qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho‘ziq-teskari tuxumsimon
sertuk, poyada ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi 
barglari bandsiz, tuxumsimon yoki lansetsimon, gullari savatchaga 
to‘plangan. Mevasi - pista.
Iyun oyidan boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan 
boshlab etiladi.
Geografik tarqalishi. Bizda yowoyi holda o ‘smaydi. Manzarali 
o ‘simlik sifatida Moldova, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismining 
janubiy tumanlarida hamda Kavkazda, dorivor o‘simlik sifatida esa 
Krasnodar oMkasida, Poltava va Moskva viloyatlarida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot diametri 5 
sm (3-8 sm) bo‘lgan gulbandsiz yoki 3 sm dan oshiq bo‘lmagan 
bandli sariq yoki to‘q sariq rangli butun savatchalardan tashkil 
topgan. Savatchaning o ‘rama barglari kulrang-yashil tusli, bir-ikki 
qavat joylashgan bo‘lib, tor lansetsimon shaklli va o‘tkir uchli. 
Gul o ‘mi yassi, bir oz botiq va tuksiz. Savatcha chetidagi tilsimon 
gullari 25-250 ta, 2-3 qator (maxsus navlarida 15 qatorgacha) b o iib , 
yuqori qismida 2-3 tishchasi bor. Savatchaning o ‘rtadagi gullari 
naychasimon, besh tishli. Mahsulot kuchsiz, yoqimli hidga hamda 
bir oz sho‘r va achchiq mazaga ega.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 11%, 10 
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 2%, gul bandining qoldiqlari, 
jumladan, tahlil vaqtida savatchalardan ajratilgan gul bandlari 
6% dan, gullari to ‘kilib ketgan savatchalar 20%, qo‘ng‘ir rangga 
aylangan savatchalar 3%, poya va barg aralashmalari 3%, organik 
aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi 
hamda 70% spirt yordamida ajratib olingan ekstrakt moddalari 35% 
dan kam bo‘lmasligi lozim.
188



Download 7.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling