Ovqat toksikoinfeksiyalari va botulizm.
Ovqat toksikoinfeksiyalari-mikroblar va ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatlarni its’emol qilish natijasida kelib chiqadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, qorin dam bo‘lishi, qurillash, xurujsimon og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketishi, ko‘p suv yo‘qotish, shaytonlash, arterial bosim tushib ketishi kuzatiladi. Bosh og‘rishi, titrash, tana harorati ko‘tarilishi mumkin.
Birinchi yordam berishda me’dani yuvish, klizma qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Iliq qaynatilgan suvga ½ choy qoshiqda soda eritmasi 1 sakan suvga qo‘shib ichiriladi. Bemor darhol shifoxonaga yotqizilib, shifokor tavsiyasi asosida dori-darmonlar beriladi.
Botulizm anaerob mikroblar (Clostridium botulinum) qo‘zg‘atadigan kasallikdir. Botulizm ko‘proq zararlangan qonserva mahsulotlari, qonservlangan va dudlangan mahsulotlarni its’emol qilinganda kelib chiqadi va kuchli zaharlanish belgilari bilan kechadi. Birinchi yordam ovqat toksikoinfeksiyalaridagi kabi. Maxsus davo sifatida botulizmga qarshi zardobdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |