Тошкент фармацевтика институти


Zaharli ilonlar va hasharotlarning chaqishi


Download 0.53 Mb.
bet87/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Zaharli ilonlar va hasharotlarning chaqishi.

Zaharli ilonlar chaqishi qattiq va uzoq davom etadigan og‘riq, shish, chaqqan joyda qon quyo`lishni keltirib chiqaradi. Belda og‘riq bo‘ladi, nafas olish va Yurak urishi qiyinlashadi, og‘ir hollarda es-xushning yo‘qolishi, qusish, nafas olishning va Yurak faoliyatining keskin sutslashuvi kuzatiladi. Zahar tezlik bilan tananing boshqa qismlariga tarqalishi mumkin, buning natijasida arterial bosimning pasayishi, qo‘zg‘alishlar, talvasa, nuqtali qon quyilishlari kuzatiladi.

Hasharotlar chaqqanda to‘qimalarning mahalliy shishi, qizarishi va mahalliy tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Holdan toyish, bosh aylanishi va og‘rishi, titrash, ko‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda eshakem, belda va bo‘g‘imlarda og‘riq, Yurak urishi kuzatiladi.

BTYO.


Ilon, chayon va zaharli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam bir xil bo‘ladi.

1. Jarohatdan zaharni so‘rib tashlash. YOrdam berayotgan odamning badanida shilinishlar va jarohatlar bo‘lmasligi lozim.

2. Ilon chaqqan joyga sarimsoq sharbati yoki 3 kun davomida yangi xamirturush surtish kerak. Ulardan 1 soat keyin maydalangan sarimsoq qo‘yish kerak.

3. Ilon chaqqan joyga muz qo‘yish, bor bo‘lsa 0, 3 ml 0, 1 % adrenalin eritmasi yuboriladi.

4. Jarohatni 3 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish kerak.

5. Jarohatga bog‘lam qo‘yish kerak.

6. Og‘ir hollarda jabrlanuvchini shifoxonaga olib borish lozim.

Jgut qo‘yish va chaqqan joydagi terini tilish qat’iy man etiladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling