Xlororganik birikmalardan zaharlanish.
Xlororganik birikmalar neyrotoksik va tirishtiruvchi ta’sirga ega. Zaharlanishda dispeptik o‘zgarishlar, qorinda og‘riq kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas siqishi, qo‘zg‘alish, ataksiya, ko‘rishning buzilishi, burundan qon ketishi, tirishishlar kelib chiqadi. O‘tkir Yurak-tomir va jigar etishmovchiligi rivojlanadi. Ichga qabul qilinganda zaharning 30 g miqdori o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
BTYO.
Me’dani zond orqali yuvish, tuzli surgilar berish lozim. Keyin esa forsirlangan diurez o‘tkaziladi. Venaga kalsiy glyuqonat yoki xlorid (10 ml 10 % eritmasi), glyukoza askorbin kislota bilan, nikotin kislota (2 ml 5 % eritma), V guruh vitaminlari yuboriladi. Tirishishlar kuzatilganda diazepam, barbamil beriladi. Toksik kamqonlik va gepatitni davolanadi. Zaharlangan odam albatta shifoxonaga yotqizilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |