Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- PLAUNLAR TARTIBI
- URUG`LI QIRQQULOQLAR
- SAGOVNIKLAR
- 133 Kordaitlar
MA’RUZA – 11 Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o’simliklar evolyutsiyasi.Ochiq urug’lilar. 128 Ma’ruzaning maqsadi: Chin qirqquloqlar va suv qirqquloqlari haqida tushuncha,qirqbo’g’imlilar,plaunlar tuzilishi,ko’payishi.Ochiq urug’lilarga tasnif,klassifikatsiyasi,tuzilishi,ko’payishi haqida tushuncha berish. Reja: 1.O’rmon qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi. 2.Suv qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi. 3.Qirqbo’g’imlilarga tasnif. 4.Dala qirqbo’g’imining tuzilishi,ko’payishi. 5.Plaunlar tuzilishi,ko’payishi. 6.Bir xil va har xil sporali plaunlar. 7.Ochiq urug’lilarga tasnif,klassifikatsiyasi. 8.Ochiq urg’lilarning tuzilishi,ko’payishi. 9.Igna barglilar sinfiga harakteristika. 10.Igna barglilarning ko’payishi. Tayanch iboralar: Ochiq urug’li o’simliklar. Urug’li o’simliklar. Ochiq urug’lilarni asosiy vakillari. Urug’li o’simliklarni xususiyati. Evolyutsion jarayonda urug’ni kеlib chiqishi. Ochiq urug’li o’simliklarni kеlib chiqishi. Kubbalarning tuzilishi. Urug’kurtak va chang tuzilishi. Changlanish va otalanish. Ochiq urug’li o’simliklarning sinflari: sagovniklar, bеnnеtitlar, ginkolar, gnеtumlar va ignabarglilar. Ninabarglilar sinfiga tasnif. Ninabarglilar oilasi: qarag’aydoshlar, sarvidoshlar, toksodiyadoshlar, araukariyadoshlar , zarnabdoshlar. CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI Bu tartibga o’rmon qirqqulog’i kiradi. O’rmon qirqqulog’i(Dryopteris filixmas)salqin o’rmonlarda, butalar orasida, nam yerda, O’rta Osiyoning tog’li rayonlarida uchraydi. O’rmon qirqqulog’I ko’p yillik o’t o’simlik.Ildizpoyasi yo’g’on qoramtir bo’lib,tangacha barg bilan qoplangan. Ildizpoyaning uchida bo’yi 1m gacha yetadigan ko’p patsimon yashil rangli barg o’sib chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan bo’ladi. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi.Bargning ostki qismiqoladi.Bu qolgan burglar hisobiga ildizpoya tobora yo’g’onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g’uddalar-soruslar paydo bo’la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo’ladi. Soruslar barg o’rtasida tomirlar bo’ylab,ikki qator bo’lib joylashadi. Soruslar-sporangiyaning yig’indisidir.Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo’ladi.Sporangiyalrning o’sib chiqqan joyini planset deyiladi.Sporangiyalari ko’p hujayrali bo’lib,ularning tashqi tomonidagi bir qator hujayrasini tapetum deyiladi.Ichki tomonidagi hujayralarini arxespora deyiladi.Bu hujayralar reduksion tipda bo’linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo’ladi.Sporalarning rangi qo’ng’ir bo’ladi.Sporalarning hujayra po’sti 2 qavat bo’lib yetilgandan so’ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o’simlikda millionlab spora hosil bo’lishi mumkin.Nam yerga tushgan spora una boshlaydi.Natijada diametri 0,5-1 sm bo’lgan yashil rangli yuraksimon o’simta o’sib chiqadi.Bu o’simta rizoidlar yordamida yerga yopishgan bo’ladi.O’simtada xlorofill donachalari bo’lganligi sababli fotosintez protsessi ham bo’lib o’tadi.O’simta bir uyli ikki jinsli.Shu o’simtada anteridiya ham,arxegoniya hamtaraqqiy etadi.O’simta o’rmon 129 qirqqulog’ining jinsli nasli gametofit hisoblanadi.Spora hosil qilgan o’simlikning o’zi jinssiz nasl-sporafit hisoblanadi. O’simta qisqa umrli efemerdir.U faqay 1-2 hafta yashay oladi.Jinsiy ko’payish yog’ingarchilik vaqtida bo’ladi.Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib yuradi.Bu spermatozoidlarni o’ziga jalb qilishi uchun arxegoniya “olma kislotasini”ishlab chiqadi.Spermatozoidlar arxegoniyaning bo’yniga kelib yopishadi….,natijada arxegoniyaning tuxum hujayrasini otalantirgandan so’ng embrion hosil bo’ladi.Embriondan yangi o’simlik o’sib chiqadi. SUV QIRQQULOQLARI TARTIBI Har xil sporali qirqquloqlarga suv qirqqulog’ini misol qilib olamiz.Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o’t o’simlik.Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.Bargi 2xil bo’ladi. a)Suvning betidagi bargi b)Suvning ostidagi bargi Suvning betidagi bargi yashil.Unda xlorofill donachalari bo’ladi.Bu bargda fotosintez protsesi bo’lib turadi.Suvning ostidagi bargi qo’ng’ir rangli bo’lib ildiz vazifasini bajaradi.Qo’ng’ir rangli barglarda soruslar joylashgan.Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi.Sporangiyalar 2 xil bo’ladi:mikrosporangiyalar va makrosporangiyalar.Mikrosporangiyalarda mikrosporalar,makrosporangiyalarda makrosporalar yetiladi.Soruslar kuzda uzilib,suv tagiga cho’kib ketadi.Suv tagida qishlaydi.Bahorda makro-va mikrosporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuziga ko’tariladi.Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda otalik o’simtasini hosil qiladi.Bu o’simtada 2ta anteridiya bo;lib,anteridiyalar spermatozoidlarna ishlab chiqaradi.Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o’simtasini vujudga keltiradi.Onalik o’simtasida bir nechta arxegoniyalar yetiladi.Spermatozoidlar suvda suzib kelib arxegoniyaning bo’yni orqali kirib,tuxum hujayrani otalantiradi.Bunda embrion hosil bo’ladi.Embriondan yangi o’simlik o’sib chiqadi. QIRQBO’G’IMLILAR Bu sinfga 1ta oila,25 turdan iborat.Qirqbo’g’imlilar ko’p yillik o’t o’simlik hisoblanadi.Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan.Shulardan 11 turi MDHning har xil joylarida,3turi O’z.Rda uchraydi.Janubiy Amerikaning tropic qismida 130 uchraydigan qirqbi;g;imning poyasining yo’g’onligi 2sm,uzunligi esa 12mga yetadi.Ubutalarga osilib o’sadi. Dala qirqbo’g’imi ko’p yillik o’t bo’lib, uning ildizpoyasi yerga chuqur o’rnashgan.Ildizpoyada kattaligi danakdek keladigan tugunagi bor.Bu tugunakda zapas oziq moddalar to’planadi.Ildiz poyadan yer betiga poyalar o’sib chiqadi.Bu poyalarning uzunligi 1m gacha bo’lishi mumkin.Qirqbo’g’imning poyasi 2 xil bo’ladi. 1.Vegetativ yoki assimillatsion poya-yozgi. 2.Spora beruvchi poya-bahorgi. Vegetativ poya yashil rangda bo`lib, kech bahorda o`sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani “yozgi poya’’ deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang-pushti bo`lib, erta bahorda o`sib chiqadi. Sporalari yetilib to`kilgandan so`ng qurub qoladi. Poyasida bir qancha bo`g`in oraliqlari bo`lgani uchun bu o`simlikni halq orasida qiriq bo`g`im deyiladi. Poyasidagi epidermis hujayralari kremniziom (qumga o`hshash) bilan sug`orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo`lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o`rnashgan. Poyasining ko`ndalang kesimida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So`ngra mehanik to`qima po`stloq hujayralari, peresikil bilan o`raglan o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari uchridi. O`tkazuvchi to`qima bo`g`lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o`rtasida kambiy bo`lmaydiy bo`lmaydi. Dala qiriq bo`g`mi vegetative, jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payishi ildiz poya yoki tuganaklari yordamida bo`ladi. Jinsiz ko`payish sporalar yordamida, jinsli ko`payish o`simtada, ya’ni gametofitda taraqiy etgan jinsiy o`rganlar yordamida bo`ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi barglardan tashkil topgan. Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tagacha sparangiyalar doira shaklida joylashgan. Sparangiyalarning shakli ko`zachaga o`hshash bo`ladi. Sparangiyalar ichida ko`p miqdorda sporalar taraqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir –yashil hujayralardan iborat bo`lib, ikki qavat po`st bilan o`raglan. Tashqi po`sti “ ekzina” ichki po`sti “ intina “ deb ataladi.Sporaning 4 ta spiral simon elaterasi bo`ladi. Elateralar havo nam bo`lgan vaqtda to`g`rilanib, yozilib ketadi. Bu elateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir hil bo`lsa ham, Fiziologik jihatdan har hil bo`ladi. Bir hil sporadan otalik o`simta o`sib chiqsa, ikkinchi sporadan onalik o`simta o`sib chiqadi. O`simtalarning otalik yoki onalik bo`lishiga tashqi muhit ham bog`liq. O`simta ikki uylik, bir jinsli, agar spora organic moddasi ko`p bo`lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o`simtasi, qumli yerga tushib qolsa, otalik o`simtaga aylanadi. Jinsi ko`payish suv yordamida sodir bo`ladi. 22 Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoyidlar suvda suzib borib, arhegoniyani bo`yni orqali kirib tuhum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo`ladi. Embriondan yangi o`simlik-jinsiz nasil- sporofit o`sib chiqadi. Qiriq bo`g`imning yozgi poyasi tibbiyotda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Qiriq bo`g`imning epidermis hujayrasi kremnezem bilan sug`orilgani uchun misgarlikda ishlatiladi. Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun istemol qilinadi. PLAUNLAR TARTIBI 3. 22 Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –50 p 131 : Plaunlar sinfiy 2 tartibga bo`linadi 1.Bir xil sporali plaunlar 2.Har xil sporali plaunlar Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz. Apteka plauni o`rmonlarda, qarag`ayzorlarda uchraydi. O`rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining uzunligi 70 sm bo`ladi. Apteka plauni doim yashil, ko`p yillik o`t o`simlik. Poyasi dixatomik ravishda o`sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo`ladi. Tik o`suvchi poyasi qo`shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo`ladi. Boshoqcha sporacha barglardan tashkil tobgan. Sporachi barglarning ichida shakli byurak simon sporangiyalar taraqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi. Bu sporalar spo`rangiya hujayralarning reduksion yo`lida bo`linishi natijasida hosil bo`ladi. Sporalar nihoyatda mayda va yengil, quruq bo`ladi. Spo`ralar yetilgandan so`ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoyitga tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakga o`xshash o`simta o`sib chiqadi. Bu o`simtada anteridiya va arxegoniya taraqiy etadi. Anteridiya va arxegoniyalarning tarqiy etishi uchun 10-12 yil vaqt ketadi. Apteka plaunining o`simtasi bir uyli 2 jinslidir. Otalanish protsesi bahorda, yog`ingarchilikda bo`ladi. Anteridiyada ishlab chiqqan spermatazoidlar arhegoniyaning tuxum hujayrasini otalantirgandan so`ng embrion hosil bo`ladi. Embriondan yangi o`simlik o`sib chiqadi. Bu o`simlik jinsiz nasil-sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayorlashda sporadan sepib qo`yiladi, yani pilyulalar pirga yopishib qolmaydi. Og`ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o`simlik xam ko`p yillik o`simlik, doyim yashil o`tli o`simlik, poyasi dihatomik ravishda shoxlangan. Tik va yotib o`suvchi poyalari bo`ladi. Vertikal poyasida boshiqchasi bor. Boshoqchasida ikki xil : katta – makrosporangiyalar va kichik mikro sporangeyalar bo`ladi. Mikrosporangiyalardan mikro spora taraqiy etiladi, undan otalik o`sib chiqadi. Makrosporangiyalardan makrospora taraqiy etiladi, undan onalik o`simta o`sib chiqadi. O`simtasi ikki uyli bir jinsli. Otalanish yog`ingarchilikda bo`ladi. Ochiq urug`lilar tipi Ochiq urug`li o`simliklar bir tomonidan yuqori sporali o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq urug`li o`simliklar urug` beradigan qirq-quloqlardan, yopiq uru`gli o`simliklar ochiq urug`li o`simliklardan kelib chiqan. Ochiq urug`li o`simliklarga butalar, daraxtlar kiradi Yopiq urug`li o`simliklar orasida daraxtlar, butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial tipda shohlanadi . yopiq urug`li o`simliklar esa monopodial, simpodial va dixatomik ravishda shohlanadi. 132 Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug`li o`simliklarni to`qimasida suv naylari xamda traxeidlar bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning urug` kurtagi ochiq yerda taraqiy etadi. Yopiq urug`li o`simliklarni urug`I mevaning ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug`lilarda esa urug` g`uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo`lmaydi. Ochiq urug`li o`simliklardagini aksi, yopiq urug`li o`simliklarni mevasi bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarining endosperma to`qimasi otalanish prosesidan oldin hosil bo`ladi. Yopiq urug`li o`simliklarda esa endosperma to`qimasi otalanishdan keyin hosil bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarda qo`shaloq otalanish bo`lmaydi, yopiq urug`li o`simliklarda esa qo`shaloq otalanish bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning ko`pchiligi doimo yashil o`simlik hisoblanadi. Ochiq urugli o`simliklar 7 sinfga bo`linida: 1.Urug`li paporotniklar 2.Sagovniklar 3.Bennetitlar 4.Kordaitlar 5. Ginkgolar 6.Igna barglilar 7.Ignacha barglilar URUG`LI QIRQQULOQLAR Ular o`zining tashqi ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o`hshaydi, lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qiladi. Uning poyasida qo`sh patsimon yirik-yirik murakkab burglar bo`ladi, ularning asosiy bandlari ko`pincha bixotomik shoxlanadi. Poya o`zak qismining juda rivojlangan bo`lishi va kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq urug`lilardagiga o`hshash, traxeidladan tuzilgan, po`stlog`i ancha qalin bo`lgan.Liginoptenis mikro, makrosporalar hosil qilgan. SAGOVNIKLAR Sagovniklar hozir yashab turgan o`simliklar bo`lib, eski (Cycas, Masrozamia, Bowenia, Encephalarhos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning ( Zamia, Microcycas, Ceratoramia, Pion avlodlari) tropik va subtropik mintaqalarida taqalgan 9 ta avlodni o`z ichiga oladi. Sagovniklar-ustunsimon oddiy poyali darahtlardan, poyasi ahyon-ahyonda shohlangan bo`ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin- qattiq burglar tojdek bo`lib turadi. Mikrosparangilari tangacha simon mikrasporofillarning chetida turadi yoki tangacha simon makro sporofillardan joy olgan, mikrosporofinllari to`p-to`p bo`lib, otalik kubalarini hosil qiladim Makrosporongiylar (urug`kurtaklar) makrosporofinlarning chetida turadi yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo`lgan onalik kubbalaridan joy oladi. Bu tartibga Cucas (yoki sagovnik) misol bo`la oladi. Barcha ochiq urug`lilar singari,Cucas har xil sporali o`simlik bo`lib, makro va mikrosporalar bilan ko`payadi. Ko`pchilik sagovniklar Cucasga o`hshash, aksari shohlanmaydigan to`g`ri poyali o`simliklar bo`lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik burglar chiqaradi. Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o`lchanadi. Eng katta barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gulqo`rg`onini eslatadi. Ularning changlanishi shamol va hashorotlar yordamida sodir bo`ladi. Bennettetlarning urug`ida murtak to`la rivojlangan, oziq moddalar ikki pallada to`plangan. 133 Kordaitlar Kordoitlar asosan paleozoy erasida o`sib, hozir qurib bitgan o`simliklar tartibidir. Tartibning eng myahshi o`rganilgan vakili Cordates avlodidur. Tanasida yog`och zonasi bilan yahshi rivojlangan, o`sha yog`och qismi tuzulishi jihatidan ninabarglilarning yog`och qismiga o`hshab ketadi. Ginkgolar Ginkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oyilani o`z ichiga oladi, bu oilaninig birdan bir vakili Ginkgo ( Ginkgo biloba) dir. Ginkgo biloba daraxt o`simlik bo`lib, balandligi 30-40 metirga, yo`g`onligi 3-4 metrga yetadi .Mas: Avstraliyada o`suvchi Macroramia Hopei ning poyasi shuncha keladi. Bennetitlar Bennetitlar tashqi ko`rinishidan sagovniklarga o`hshab yura davrida rivojlangan, yer yuzini qoplab so`ng yuqori bo`r davrida butunlay yo`qolib ketgan o`simliklardir. Bennetitlarlarning ichki tuzilishi urug`li qirqquloqlilar bilan sagovniklarning ichki tuzilishiga juda yaqin. Ularning poyalarida kambiylarini, lub va ancha qalin po`stloq, birlamchi, ikkilamchi yog`ochlik xalqalarni xosil qiladi. Bennetitlarni g`uddasi o`zidan oldingi sinf o`simliklarning g`uddasidan ikki jinsliligi bilan farq qiladi. G`uddaning tashqi tomonidagi ko`plab mikrosporongiylarda mikrosporalar yetilsa, g`uddaning markazidagi juda qisqargan makrosporofitda bitta urug` kurtak rivojlanadi. Sporofitlar tashqi tomondan po`stlog`I to`q kulrang va silliq bo`lib, keginchalik xar tomonga yoyilib ketadigan piramida shox- shabasini hosil qiladi. Gingko barglari juda g`alati: ular odatda ikki bo`lakga bo`lingan uch burchak plastinkadan iborat bo`lib, uzun bandga aylanadi, ba`zan plastinkasi yaxlit bo`ladi. Gingko-2 uyli o`simlikdir: uning mikro-va makrosporangiylari har xil individda hosil bo`ladi. IGNA BARGLILAR Bu sinifga 6 ta oyila, 40 avlod, 450 tur kiradi. Ular hozirgi zamon iqlimiga ham moslashgan. Igna barglilar sinfiga daraxtlar, qisman butalar kiradi. Bu sinfga kiruvchi o`simliklardan yer yuzida ko`p tarqalganlilari: Sosna-Qarag`ay, Archa, pixta kiparis, majavelnik va boshqalar. Ignabarglilarning bargi qattiq, ensiz, igna simon, ba`zan tangacha simon bo`lib, Yosh shoxchalarda spiral yoki qarama qarshi joylashgan. Igna barglilarning barglarining ko`pchiligi igna simon bo`lgani uchun ularga shunday nom berilgan. Igna barglilar asosan monopodial, qisman simpodial tipda shoxlanadi. Masalan: Mamont daraxti simpodial shoxlangan bo`ladi. Bu daraxt yer yuzida uchraydigan daraxtlarning eng kattasidir. Uning bo`yi 150 m, eni 40 m bo`lib, u uzoq yil yashaydi. 134 Igna bargli o`simliklarning ildizida ildiz qini bo`lmaydi. Ildiz qini o`rnida ektotrof mikorizlar bo`ladi. Igna barglilar jinssiz va jinsli yo`lda ko`payadi. Igna barglilarga vakil qilib oddiy qarag`ayni olamiz. Oddiy qarag`ay 1 uyli, doim yashil 2 jinsli o`simlik bo`lib, yer yuzida juda ko`p tarqalgan. Qarag`ay daraxtining bo`yi 40-50 m bo`lib, u 500 y- gacha yashaydi. Qarag`aydaraxtining poyasida va bargida smola yo`llari bo`lib, unda smola ishlanib chiqadi. Shuning uchun ham poyasini binokorlikda ko`p ishlatiladi. Qarag`ay poyasi uzoq muddatgacha chirimaydi. Qarag`ayning otalik va onalik gullari g`uddalarda joylashgan bo`ladi. Bu g`uddalarda turini o`zgartirgan barglardan tashkil topgan. Otalik guli- mikrosporalistik, onalik guli esa makrosporalistik deb ataladi. Otalik gulining pastki tomonida changdon /mikrosporangiyalar/ taraqqiy etadi. Mokrosporangiya hujayralarining reduksion bo`linishinatijasida mikrosporalar, ya`ni changlar hosil bo`ladi. Chang 2 qavat po`st bilan qoplangan. 1. Ekzina –tashqi qavati 2. Intina – ichki qavati. Qarag`ayni o`zi sporofit, chang, urug` kurtak arhegoniya-gametofit, chang bilan tuxum xujayra qo`shilib ya`ni gametofit bilan gametofit qo`shilib diploid jinssiz ganloid nasil xosil bo`ladi. Ekzina bilan intina orasida bo`shliq bo`lib, u yer havo bilan to`lgan, shuning uchun xam qarag`ay change havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bo`ladi: 1.Anteridial yadro 2.Vegetativ yadro. Onalik g`uddasi 2 hil turni o`zgartirgan barglardan tashkil tobgan, 1- xili g`uddaning tashqi tomonida bo`lib, qoplag`ichlik vazifasini bajaradi. Buni “korushaya cheshuya” deyiladi. Bu- barg urug`I hosil qilmaydi. 2 xil bargi urug` beruvchi bargsemennaya cheshuya deyiladi. Urug` beruvchi bargni pastki tomonida 2 ta urug` kurtagi, ya`ni makrosporangiya joylashgan. Urug` kurtagi quyidagi qisimlardan tashkil tobgan. 1.Urug` kurtagining bandi-funikulus. 2.Urug` kurtagining qoplog`ch to`qimasi- integument 3.Urug` kurtagining asosiy to`qimasi-nusellus 4.Chang yo`li-mikropille. Urug` kurt agi ning m arkazi da bol a qopchig`i , endosperma hamda 2 t a arhegoni ya - korpuskul a jo yl ashgan. Qarag`a y shamol yordamida changlanuvchi o`s im likga kiradi. Qarag`a y changchi sham ol yordam ida onalik g`uddasi ga kelib t ushadi. Onali k g`uddasidagi urug` kurtagi ning asosi y to`qimasi- nuts ellus ga chang kiri b, 1 yi l dam ol adi. 2 yili una bos hla ydi . Changni ng ant eredial yadro`si 2 ga bo`li nadi. Nati jada 2 xil yadro xosil bo`l adi: 1. Bazal yadro 2. Generativ yadro. Changning vegetativ yadro`si esa, chang trubkasiga aylanib ketadi. Anteredial yadro`dan xosil bo`lgan bazal yadro chang trubkasining o`sishiga yordam beradi. Generativ yadro bolinib, 2 ta spermiya hosil qiladi. Spermiyalarning 1 si chang trubkasi orqali siljib kirib, arhegoniyalarning 1 tasini otalantiradi. 2 chi arhegoniya otalanmasdan qoladi. Otalangan arhegoniyadan embrion vujudga keladi. Onalik g`uddasi otalanish prosesidan 135 oldin qizg`ish rangda bo`lib, otalangandan so`ng yashil rangli bo`lib qoladi. Urug` yetilishi davrida qo`ng`ir rangga aylanadi. Qarag`ayni otalanish prosesini rus olimi Gorojanin tekshirgan. Qarag`ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasaligida surtiladi. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling