Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VА TUZILISHI
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan farq qiladi
- 3. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi.
- Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones.
URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VА TUZILISHI. Urug’ o’simlikning jinsiy ko’pаyishi nаtijаsidа hоsil bo’lib, nаsl tаrqаtishdа хizmаt qilаdi. Urug’ аsоsаn urug’lаnish jаrаyonidаn so’ng hosil bo’lаdi. Lеkin аyrim hollаrdа urug’lаnish sоdir bo’lmаy hаm urug’ hosil bo’lishi mumkin (аpоmiksis). Urug’dа оziq mоddalаr, nаsl murtаgi vа ulаrni himоya qilish uchun o’rаb turgаn аlоhidа qobig’i bo’lаdi. Spоrаgа nаm tеgishi bilаn o’simlik o’sib chiqаdi. Lеkin urug’ mа’lum bir tinim dаvrni o’tmаy turib ko’kаrib chiqmаydi. Urug’ spоrаgа nisbаtаn ishоnchli univеrsаldir. Tаrаqqiyot nаtijаsidа endоspеrm hаm rivоjlаnаdi, lеkin murtаkning kаttаlаshishi nаtijаsidа оziq mоddalаr murtаkning o’zidа tuplаnib endоspеrm qisqаrаdi, hattо rеduksiyagа uchrаshi hаm mumkin. Urug’ оnаlik tugunidаgi urug’ kurtаkdаn hosil bo’lаdi. Urug’ kurtаkning qоplag’ich to’qimаsi intugumеntdаn, urug’ning po’sti, bоlа qopchig’idаn urug’ning endоspеrmа to’qimаsi, tuхum hujаyrаdаn urug’ning urug’ embriоni hоsil bo’lаdi. Bir pаllаlilаr sinfigа kiruvchi o’simiklаrning urug’ pаllаsi 1 tа, 2 pаllаli o’simliklаr sinfigа kiruvchi o’simliklаrning urug’ pаllаsi 2 tа bo’lаdi. Bir pаllаli vа bа’zi bir 2 pаllаli o’simliklаr (sаbzi, zig’ir, nаshа, kаnаkunjutlаrdа) оziq mоddаlаr urug’ning endоspеrmаsidа to’plаnаdi. 2 pаllаli o’simliklаrning ko’pchiligidа endоspеrmа bo’lmаidi. Chunki ulаrdа endоspеrmа urug’ pishgunchа embriоnning rivоjlаnishigа sаrf bo’lаdi. Bundаy o’simliklаrdа zаpаs оziq mоddаlаr urug’ning pаllаsigа to’plаnаdi. Mаsаlаn: chigit, lоviya, оshqovоq, nuхаt. Nusеllus оziq mоddа sifаtidа sаrflаnmаy qolsа, u endоspеrm kаbi vаzifаni bаjаrаdi. Nusеllus urug’dа sаqlаnib qolsа, uni pеrispеrm dеb аtаlаdi. Mаsаlаn; Chinniguldоshlаr (Caryophillaceae), Ituzumdоshlаr (Solanaceae) оilаsi o’simliklаridа. G’аllаdоshlаrning urug’lаri bа’zаn qоbiqsimоn bаrggа o’rаlib, yopishib kеtgаn bo’lаdi. Mаsаlаn: аrpа, so’li, shоli. Bа’zilаridа yopishmаgаn – bug’dоy, jo’хоri. Urug’lаr оdаtdа mаydа bo’lаdi. Bа’zi o’simliklаrning urug’i kаttа bo’lаdi. Mаsаlаn: yong’оq, pаlmа, хurmо. Yovvоyi holdаgi o’simliklаrning urug’i mаdаniy o’simliklаrning urug’igа nisbаtаn judа ko’p bo’lаdi. Mаsаlаn: 1 tup shumgiya (zаrаziха) 200 ming dоnа urug’ bo’lаdi. Yovvоyi gultоjхo’rоz 500.000 dоnа urug’ bеrаdi. Urug’ning unib chiqashi uchun suv, T 0 , havоning О 2 bo’lishi shаrt. Suv ishtirоkidа urug’dаgi оziq mоddаlаr eriydi, krахmаl shаkаrgа аylаnаdi. Suvni shimib оlgаn urug’ shishаdi, bukаdi, nаtijаdа po’stlоg’i yorilib, embriоn o’sib chiqаdi. T° esа, urug’ хujаyrаsidаgi fеrmеntlаrni hаrаkаtgа kеltirаdi. Fеrmеntlаr tа’siridа оziqli mоddаlаr eriydi. T° 3 tа dаrаjаgа bo’linаdi. 1. Eng pаst dаrаjа - minimum 2. O’rtа dаrаjа - оptimum 3. Yuqоri dаrаjа - mаksimum Hаr хil o’simliklаr hаr-хil T° ni tаlаb etаdi. Mаsаlаn: Bеdа +1 0 +30° + 37° Bug’dоyning + 3° + 25° + 30° G’o’zа + 12° +32° + 40°;Оshqоvоq + 1° + 37° + 44°. Hаvоning О 2 o’simliklаrning unib chiqayotgаn urug’ining nаfаs оlishi uchun zаrur. Unаyotgаn urug’ kuchli nаfаs оlаdi. Nisbаtаn оlgаndа оdаmning nаfаs оlishi bilаn tеng. 152 Tinim holatdagi urug’lar har xil vaqtda,har xil holatda chiqishi mumkin.Bir pallali o’simliklar urug’ining tinim holati juda osonlik bilan nam va issiqlik tasirida rivojlanishga o’tadi.Ba’zi urug’lar sovuq tasirida unib chiqsa,ba’zilari iliq suvda ivitilgandan so’ng unib chiqadi.Tabiatda shunday urug’lar borki,ularning urug’ po’stini mexanik yo’l bilan tilinmasa unib chiqmaydi.Ba’zi bir urug’lar unuvchanligini yuz yillargacha saqlab qoladi masalan: yantoq, ajriq. Nazorat savollari 1. Chаnglаnish dеb nimаgа аytilаdi vа ulаrning usullаri nеchа хil bo’lаdi? 2. Оtаlik chаngining tаrаqqiy etishi vа rivоjlаnishi qаndаy bоrаdi? 3. Оnаlik tugunchаsining rivоjlаnishi vа tuzilishi qandаy? 4. Urug’ kurtаk tuzilishi? 5. Qo’sh urug’lаnishning mоhiyati nimаlаrdаn ibоrаt? 6. Mеvа gulning qаysi qismidаn hosil bo’lаdi vа ulаrning хillаri? 7. Urug’ qаndаy qismlаrdаn hosil bo’lаdi? 8. Urug’ning unib chiqishi uchun qandаy shаrоitlаr kеrаk? Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati 1. Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c. 2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 3. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 4. Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008. 5. Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. – 6. V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 7. Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 8. Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа ”, 1988. -435 c. 9. Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b. 10. Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s. 11. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino” nashiryoti, 2007.- 806 b. MA’RUZA – 14 Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko’knoridoshlar. Ma’ruzaning maqsadi: 153 Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Ikki pallali o’simliklardan magnoliyaguldoshlar, ayiqtovondoshlar va ko’knoriguldoshlar oilalariga xarakteristika. Reja: 1.Yopiq urug’lilaring kelib chiqishi va tasnifi. 2.Yopiq urug’lilar bo’limining xilma-xilligi sabablari va ularning geografik-ekologik tarqalishi. 3.Bir va ikki pallali o’simliklar. 4.Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. 5.Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi. 6.Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi. 7.Ko’knoriguldoshlar oilasi tasnifi. Tayanch iboralar: Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklarni far?lari.Urug’ murtak. Ildiz tuzilishi. Anatomik tuzilishi. Poyalardagi o’tkazuvchi to’qima bog’lamlar. Poya va ildizlarning eniga yo’g’onlashishi. Barglarning tuzilishi. Barg qirralarining shakli, tomirlanishi. Gul qo’rg’on a'zolari. Magnoliyadoshlar oilasi: magnoliya, lola daraxtlari, ayiqtovondoshlar oilasi: ayiqtovon, jungar parpisi, mushuk o’ti, bahor adonisi. Ko’knoridoshlar oilasi: ko’knori, lolaqizg’aldoq, shotara o’simliklar.Lotincha nomi, gеografik tarqalishi, morfologik tuzilishi. Gulining tuzilishi. Gul formulasi. Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi – Agniospermatophyta yoki Anthophyta. Yopiq urug’lilar – hozir yer yuzidagi barcha o’simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng katta bo’limdir. Ular bir qancha belgilari bilan o’simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi. Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi. Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud. 1.Yopiq urug’lilarning urug’i meva ichida bo’ladi, shuning uchun ham bu o’simliklar 154 “Yopiq urug’lilar” deb ataladi. 2.Ularning changchi va urug’chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil, shakli bilan bir-biridan farq qiladi. 3.Changlanishi hamda urug’ va mevalarning tarqalishi turli usullarda: shamol, hasharotlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. Qariyb, ularning 90%ga yaqini hasharotlar, 10%i shamol yordamida changlanadi. 4.Ularda qo’sh urug’lanish sodir bo’ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi. Ularning urug’lanishi uchun suvli muhit bo’lishi shart emas. Bu xususiyat faqat gulli o’simliklar ya’ni yopiq urug’lilar uchun xos. 5.Yopiq urug’lilarning urug’ kurtagi urug’ga, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug’i mevabarglar ichida yetiladi. 6.Yopiq urug’lilar boshqa o’simlik guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anotomik tuzilishga ega. Yopiq urug’lilarning meva qobig’i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o’ziga xos belgilari bilan ularning o’zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan ungacha takomillashmagan o’simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o’simlik ekanligini ifodalaydi. Ularning hayot tarzi turli- tumandir. Reproduktiv yoki generativ organlarni murakkablashishi bilan birga yopiq urug’lilarda morfologik va anatomik o’zgarishlar ham sodir bo’ladi. Barglarida simpodial tomirlanish, poyalarining o’tkazuvchi sistemasida traxeidlarni asosiy vazifasini bajaradigan suv naylari va floemadagi elaksimon hujayralar elaksimon naylarga aylanadi, uning yonida yo’ldosh hujayralari paydo bo’ladi. Yopiq urug’li o’simliklar ikki sinfga : Ikki pallalilar va bir pallalilar sinflariga bo’linadi. Bu sinflarning har birining o’ziga xos belgi, xususiyatlari yig’indisi bilan xarakterlanadi. Magnoliyatoifali yoki yopiq urug’li o`simliklar o`zlarining tuzilishi va tarqalishi bo`yicha nafaqat o`simiklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta gurux hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma`lum bo`lib, 533 ta oila va 13 ming turkumni tashkil etadi. Bular shakli va xajmi bo`yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1sm. dan (suvda o`suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o`suvchi evkalipt) o`lkan daraxtlar mavjud. Gulli o`simliklar yoshi, kelib chiqishi bo`yicha eng yosh Mezozoy erasining bo`r davridan boshlab rivojlangan o`simliklar hisoblanadi. Hozirda ular Er yuzi bo`ylab tarqalishi va tuzilishi bo`yicha eng murakkab va xilma–xil moslashuvga ega bo`lgan o`simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit`alarida ekvatorning issiq tropik o`rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o`sishga mosshlashgan: issiq jazirama cho`ldan eng baland tog’ cho`qqilarigacha, chuchuk va sho`r suv xavzalaridan (ko`l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo`lgan joylarda tarqalgan. Gulli o`simliklarning bu darajada turlar sonining ko`p bo`lishi, shaklan xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o`ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan. 2. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan farq qiladi: 1. Urug’ning to`liq ximoyalanganligi (yopiqligi), urug` kurtagini tuguncha ichida joylashganligi. 2. Bularda urug`chining va eng muhimi mevaning hosil bo`lishidir. 3. Bularda haqiqiy gulning paydo bo`lishi bilan changlanish va urug`lanishi jarayonida qo`sh urug`lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898). 4. Gulli o`simliklarda gametofit nasl ochiq urug`lilarga qaraganda o`ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. 155 Gametofit nasl-ayrim jinsli. erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ xujayralardan iborat. Urg`ochi gametofit-bu urug`chidagi murtak xaltasi va unda joylashgan 8-ta xujayradan (tuxum xujayra markaziy xujayra, antipod va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o`simlikdan: asosiy o`simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat. 5. Ichki anatomik tuzilishi bo`yicha ular rivojlangan bo`lib, ikkilamchi yog`ochligida ksilema, floema, haqiqiy o`tkazuvchi naychalar traxeyalar va yo`ldosh xujayralarning bo`lishidir. 6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko`rinishiga, turli hil moslamalarga egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir. 7. Hayotiy shakllarining xilma xil bo`lishi kelib chiqishi bo`yicha, eng yoshi–o`t o`simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi. 3. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi. Gulli o`simliklar dastlabki qazilma holdagi qoldiqlari (changlari, barglari) Mezozoy erasining oxiri Bo`r davrining 2-yarmiga xos yotqiziq-laridan boshlab uchray boshlaydi. Umuman shu davridan boshlab gulli o`simliklarga mansub paleobotanik ma`lumotlar dunyoning ko`p joylaridan topilgan. Gulli o`simliklar filogeniyasining to`g`ri, ilmiy asosda hal qilishda dastlab qachon, qaerda, qanday yo`l bilan gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan savolga javob berish bilan oydinlashadi.Ko`pchilik botanik (palebotanik) olimlar tomonidan qachon degan savolga «Mezozoy» erasining oxiri bo`r davrining 2- yarimidan boshlab gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan fikr bir xilda bildiriladi. Bunga sabab o`sha- bo`r davrida er planetasida qator kosmagonik o`zgarishlar bo`lgan, quyosh radiatsiyasi ko`chaygan, havo harorati keskin ko`tarilgan, so`ng yana haroratning pasayishi kuzatilgan. Ayniqsa shimol tomonda erning juda ko`p qismi «Buyuk muzlik» bilan qoplangan. Bu o`zgarishlar geograf, geolog, klimatolog, paleogeograf va boshqalar tomonidan tasdiqlangan. Shu sababdan ham bo`r davrida gulli o`simliklar paydo bo`lgan deb hisoblanadi. Qaerda? degan savolga hozirgacha turlicha fikrlar bildiriladi. Aksariyat palebotanik topilmalar ekvatorga yaqin bo`lgan tropik va subtropik xududlaridan topilgan. Paleobotanik olimlar A. Krshitofovich, V.Sveshnikovalar fikricha gulli o`simliklar dastlab qadimgi Gondvana qit`asining shimolida paydo bo`lgan deb qaraladi. Ular tomonidan Shpitsbergan oroli, Grelandiya hududlaridan topilgan gulli o`simliklarning changlari Bo`r davriga xosligi aytiladi. Bu yo`nalishda bir muncha to`liq, asosli fikrlarni taniqli paleobotanik olim A.Taxtadjyan (1964), Toron R.Thorne (1976) nazariyalari: dastlab paydo bo`lgan joy qadimgi Panfik qit`asining tropik hududlari yoki hozirgi Osiyo qit`asining sharqiy-janubidagi orollar-Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya qit`asining Filippin, ayniqsa Fidji orollari hisoblanadi. Chunki u erda hozirda ham gulli o`simliklarning eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari ko`p uchraydi. Maslan: magnoliya, lola daraxti va boshqalar. Bular qanday yo`l bilan kelib chiqqan? Degan savolga ham turli fikrlar bildiriladi. Ularning filogeniyasining hal qilishidagi muhim masala gulning paydo bo`lishini hal qilish bilan bog`liq. Bu yo`nalishida qator fikrlar, nazariyalar o`rtaga tashlangan. Shulardan muhimlari quyidagilar: 1. Nemis, (Avstraliya) olimi P.Vettshteyn (1901) tomonidan fanga kiritilib keyinchalik «soxta-gul»- Pseudanthos – nazariya nomini olgan. Bu nazariyaga muvofiq gul ochiq urug`lilar vakili bo`lgan gnetumlar (oraliq formasi efedralar) qubbasining shakl o`zgarishdan kelib chiqqan deb qaraladi. Bulardagi qubbalaridagi ayrim jinsli bo`lishi, to`liq 2 jinsli gulning paydo bo`lishiga zamin bo`ldi deyishiga to`g`ri kelmadi. 2. Bu nazariya ingliz paleobotaniklari Arber, Parkin va ular bilan deyarli bir vaqtda boshqa ingliz botaniklari Besi, Gallir (1869) ishlab chiqqan «Chin gul» - Euanthos nazariya. Bu nazariyaga muvofiq «2 jinsli gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlarning qubbalaridagi mikrosporofil bargchalarining o`zgarshidan changchilar, megasporafillarning o`zgarishidan urugchilar paydo bo`lgan» deb talqin qilinadi. Bu nazariyani to`ldiruvchi yana muxim asos shundaki, bennettitlar va urug`li 156 paporotniklarning yuqolib ketgan davri (bo`r davri) gulli o`simliklarning paydo bo`lishiga to`g`ri keladi.Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan xolda, «gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlar o`z yo`lida urug`li paporotniklardan paydo bo`lgan» degan to`ldirishni kiritadi. Lekin, shuni qayd etish kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar bennettitlar urug`ida yo`q ekanligi aniqlangan. Gulli o`simlikni kelib chiqishi bo`yicha yana ko`p olimlar o`z fikrlarini bildirganlar. Masalan: Nazariyotchi botanik olim, O`rta Osiyo florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab qiladi. Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. Bu sinf vakillari quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug’pallali, urug’lari endospermsiz yoki endospermli va perspermli. Anatomik tuzilishi jihatidan birlamchi va ikkilamchi. Barglari oddiy va murakkab. Barg qirralari va shakllari har xil. Barg tomirlanishi to’rsimon tomirlangan. Hayot shakllari daraxtsimon, butasimon, chalabutasimon va o’tsimon. Asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo’lganligidan, tanasi ikkilamchi yo’g’onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to’dasi ochiq. Gullari besh bo’lakli tipda. Gulqo’rg’oni ko’pincha qo’sh bo’ladi. Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o’simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o’simliklarni birontasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa, payvand ham tutmaydi. Ikki pallalilarning ichki tuzilishi Bir pallalilar sinfi – Monocotyledones. Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo’lib, tarkibida 4ta kenja sinf, 104 oila, 3000 avlod, va 63000 turni birlashtirgan. Bir pallali o’simliklar o’ziga xos belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. Bu sinfga kiradigan o’simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularning urug’ murtagi bir pallali. Urug’lari endospermli. Anatomik tuzilishi faqat birlamchi. Bir pallalilarning ichki tuzilishi Poyadagi o’tkazuvchi bog’lamlari yopiq (kambiysiz), kollaterial va tartibsiz joylashgan. Ularda poya va ildizlarining yo’g’onlashmasligiga sabab po’stloq bilan markaziy silindr qismi o’rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to’qima – kambiy qavatining bo’lmasligidir. Lekin ayrim bir pallalilardan yog’ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo’lishi bilan birga ular eniga yo’g’onlashadi. Bir pallali o’simliklarning bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki tomonidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqib sochma – popuk ildizni hosil qiladi. Barglari faqat oddiy, qirralari butun, parallel yoki yoysimon tomirlangan. Barg shakllari lansetsimon, lentasimon, chiziqsimon, naychasimon, tuxumsimon bo’ladi. Gulqo’rg’oni oddiy, asosan uch a’zoli. Hayot shakllari o’t, qisman daraxtsimon o’simliklar. Hozirgi yopiq urug’lilardan ko’p mevalilar (magnoliyagullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o’simliklar eng oddiy o’simliklar hisoblanadi. Ko’p mevalilarning juda ko’p oddiy belgilari xos bo’lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o’rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko’p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va 157 urug’chilarning ko’pligi bu o’simliklar uchun ayniqsa xarakterli. Ko’p mevalilar qabilasi – (Polycarpicae). Ko’p mevalilar qabilasi 23ta oilani o’z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o’t o’simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir. Ko’p mevalilarning gullari xilma-xil bo’lgani bilan ular sodda tipda tuzilgan. Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko’rib chiqamiz. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling