Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BARGNING ASOSIY VAZIFALARI Assimilyatsiya.Dissimilyatsiya.Traspiratsiya
- DISSIMILYATSIYA (nafas olish)
- O‘simliklarni ko‘payishi. O‘sishi va uning qonuniyatlari.
- O‘simliklarni ko‘payishi.
- Ildizpoya yordamida ko‘payshi.
- Piyozboshi bilan ko‘payish. Piyozboshi - poya metamorfozidir. -lola -liliya -sarimsoq piyoz -narsiss Sudralib o‘suvchi poya orqali ko‘payish.
- Maxsus organlarsiz vegetativ kupayish. -qalamcha -parxesh Parxesh qilib ko‘paytirish.
- Jinssiz ko‘payish Bakteriya, suv o‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar hujayrani bo‘linishi yoki sporasi bilan ko‘payadi. O‘simliklarni o‘sishiga i
- O‘simliklarni o‘sishiga yorug‘likni ta’siri
- Fitogarmonlarni o‘sishga ta’siri.
- GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH
Nazorat savollari 1. Barg qanday vazifani bajaradi? 2. Barg qismlari va ularning morfologik tuzilishi qanday? 3. Qanday turini o‘zgartirgan barglarni bilasiz? 4. Bargning ichki tuzilishi necha xil bo‘ladi? 5. To‘liq barg to‘liqsiz bargdan nima bilan farq qiladi. 6. Barglarning morfologik tuzilishi. 7. Oddiy barg formalari (misol) 8. Murakkab barg formalariga (misol) 9. Barg qirralari xilma-xilligi. 10. Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari. 11. Barg plastinkasining tomirlanishi. 12. Barglarning katta-kichikligi va yashovchanligi. 13. Barglarning novdalarda joylanish xillari Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati 1. Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c. 2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 3. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 4. Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008. 5. Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –15 р. 6. V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 99 7. Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 8. Васильев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “Высшая школа”, 1988. -435 c. 9. Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b. 10. Березовская T.П., Дмитрук С.E., Гришина Е.И., Белоусов M.В. Основы фармацевтической ботаники. – Toмск: Печатная мануфактура, 2004.-294 с. 11. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino” nashiryoti, 2007.- 806 b. Ma’ruza - 7 Bargdagi fizologik protsesslar. O‘simliklarning ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi Ma’ruzaning maqsadi:Bargdagi assimilyatsiya, dissimlyatsiya va transpiratsiya protsesslari,ularning ahamiyati. Reja 1.Bargdagi assimilyatsiya protsessi. 2.Bargdagi dissimilyatsiya protsessi. 3.Bargdagi transpiratsiya protsessi. 4.Bargdagi fiziologik protsesslar ahamiyati. 5.O‘simliklarni ko‘payishi va rivojlanishi. Tayanch iboralar: O‘simlik fiziologiyasi: fotosintez. Fotosintezning ochilish tarixi. Pristli tajribasi. YAn Ingixauz ishlari. Fotosintez haqida zamonaviy tushuncha. Xlorofill tarkibi, tuzilishi, yorug‘lik spektorining hosil bo‘lishi. Xlorofill, karotin va boshqa pigmentlarni fotosintezda ishtirok etishi. Fotosintezni 2 fazasi: yorug‘lik va qorong‘ulikda bo‘ladigan jarayonlar. Tashqi ta’surotni fotosintez jarayoniga ta’siri. O‘simliklarni nafas olishi. O‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati va umumiy xususiyatlari. Nafas olishda ishtirok etadigan fermentlar va kimyoviy jarayon. Nafas olishni ichki va tashqi sharoitga bog‘liqligi. BARGNING ASOSIY VAZIFALARI Assimilyatsiya.Dissimilyatsiya.Traspiratsiya. 1771 yili ingliz olimi Pristli havoda O 2 borligini aniqlaydi. Pristli o‘simliklar tomonidan CO 2 o‘zlashtirilishi masalasini tekshiradi. Havo tarkibida CO 2 ning miqdori 0,03%.Ammo Pristli qaysi vaqtda o‘simliklar CO 2 ni yutishini aniklay olmaydi.Uning shogirdi Gollandiya olimi YAn Ingengauz 1779-yilda o‘simliklar CO 2 kunduzgi quyosh bor vaqtida yutilishini aniqladi. Bulardan keyin SHvetsariya olimlari Senebe, Sossyur quyosh bor vaqtida havoda CO 2 kamayib O 2 ko‘payishini ,rus olimi Vinogradov CO 2 o‘simlik hujayrasida O 2 va karbonga parchalanib, havoga chiqib ketishini payqaydi.1860-yili nemis olimi Saks o‘simliklarning hujayrasida CO 2 ning suv bilan qo‘shilishidan kraxmal (C 6 H 12 O 5 ) n hosil bo‘lganligini aniqladi. Kraxmal hosil bo‘lishi quyosh nuriga bog‘liq bo‘lgani uchun, bu protsess "fotosintez" deb ham ataladi. 14 14 . Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c. 100 Quyosh nurining ahamiyatini K.ATimiryazov aniqladi. Timiryazovning ko‘rsatishicha o‘simlik quyosh nurining 75% ini yutadi. Qolgan 25% i o‘simlik organidan yutilmasdan o‘tib ketadi. YUtilgan 75% nurning 1-5% i fotosintezda ishtirok etadi. Ba’zan 10% ga yaqini o‘simliklar tomonidan sun’iy bug‘lantirishga sarf bo‘ladi. Timiryazov xlorofillning spektrini aniqladi. YA’ni quyosh spektri 7 ta nurdan iborat bo‘lsa, xlorofill 3 tasini yutadi.Timiryazev ko‘rsatishicha xlorofill quyoshning B bilan C orasidagi qizil nurni, ko‘k va binafsha nurini ko‘p yutadi. O‘simliklarning bir yildagi fotosintezi uchun 162 tirillion kkal issiqlik sarf bo‘ladi. Rus olimi Vinogradov fotosintez protsessida CO 2 emas, balki H 2 O parchalanishini isbotladi. U H 2 O karbon bilan birikadi O 2 esa havoga chiqib ketadi deb, hisoblaydi. YA’ni u Timiryazev kursatgan fikrni tasdiqlaydi. CO 2 + H 2 O → CHOH + O 2 CO 2 ildiz orqali olingan suv bilan birikib,chumoli aldegid hosil qiladi. Ortiqcha O 2 havoga chiqib ketadi. CHOH ning 6 molekulasi xlorofill donalarida birikib , 1 molekula shakar hosil bo‘ladi ( C 6 H 12 O 6 ). Rus olimi Butlerov laboratoriyada chumoli aldegid CHOH dan glyukoza C 6 H 12 O 6 olgan, 1 molekula shakar hosil bo‘lishi uchun 674 kkal quyosh energiyasi sarf bo‘ladi. Assimilyatsiya protsessining formulasini quyidagicha yoziladi. 6CO 2 + 6H 2 O —674kkal→ C 6 H 12 O 6 +6O 2 Ko‘pchilik o‘simliklarda shakar darhol xlorofill donalari ichida kraxmalga aylanadi. C 6 H 12 O 6 + H 2 O —diastaza→ (C 6 H 12 O 5 ) n Shakarning kraxmalga aylanishi diastaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. Kraxmal ba’zi o‘simliklarda lolagullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda (lola, piyoz, sarimsoq piyoz)da bo‘lmaydi. Bu o‘simliklarda oziqli modda sifatida ikkilamchi shakar va kraxmal to‘planadi. Birlamchi shakar va kraxmal qisman sarflanadi, qisman oziqli modda sifatida to‘planadi. Oziqli modda sifatida to‘plangan shakar va kraxmal "ikkilamchi" deyiladi. Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan organik moddalar hosil bo‘ladi. Olimlarning hisoblashlaricha Er sharidagi barcha yashil o‘simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o‘zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida hosil bo‘lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi. DISSIMILYATSIYA (nafas olish) O‘simliklar hayvon va odamlarga o‘xshash havodan O 2 yutib CO 2 chiqaradi. O 2 achitish xususiyatiga ega, yonishga yordam beradi. O 2 ta’sirida oziqli moddalar tuzilgan qismlarga parchalanadi. Natijada oziqli moddalar tarkibidagi yashirin potensial energiya ajralib chiqadi, ya’ni kinetik energiyaga aylanadi. Kinetik energiya hisobiga organizm yashaydi, o‘sadi va taraqqiy etadi. Nafas olish protsessini mohiyatini akademik Palladin va professor Kostichevlar tekshirishgan. O‘simliklarning yosh va o‘suvchi organlarining nafas olishi odamlarning nafas olishi bilan barobar, ba’zan undan ortiq bo‘ladi. Masalan, nafas olish protsessida o‘z og‘irligidan 1-2% yo‘qotadi. Unib chiqmoqchi bo‘lgan urug‘lar ham shuncha og‘irligini yo‘qotadi. Xamirturish zamburug‘ining nafas olishi odamlarga nisbatan 6 marta, 101 bakteriyalarniki 200 martadan ko‘p. Nafas olish protsessiga havodagi O 2 va H 2 O larning miqdoriga bog‘liq. Harorat 10°ga ko‘tarilsa o‘simliklarning nafas olishi 2 marta kuchayadi. Ammo bu kuchayishi 40°-50°gacha boradi. 50° darajadan yuqorida nafas olish protsessi susayadi. Ba’zi o‘simliklar qishda nafas olishni davom ettiradi. Masalan: lishayniklar 10°da ham nafas oladi. Daraxtlarning kurtaklari hamda archa va qaragayning ignasimon barglari 20°-25°da ham nafas olishni davom ettiradi. Urug‘lar quruqlikda juda sust nafas oladi. CHunki uning tarkibida 10- 15% H 2 O bor. Una boshlagan urug‘larda nafas olish 10.000 marta kuchayadi.Una boshlagan urug‘larda 30% H 2 O bor. Nafas olish o‘simliklarning yoshiga ham bog‘liq. Nafas olish yosh organda tez, qari organda sustroq bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar masalan, ba’zi bakteriya va zamburug‘lar O 2 siz ham yashay oladi. O 2 bilan yashovchi o‘simliklar aerob o‘simliklar deyiladi. Kislorodsiz yashovchilarni anaerob o‘simliklar deyiladi. O 2 bilan nafas olishi oksidaza fermenti, kislorodsiz nafas olish esa zimaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. YA’ni aerob o‘simliklar oksidaza fermenti ishtirokida, anaerob o‘simliklar zimaza fermenti ishtirokida nafas oladi. Aerob O 2 bilan nafas olishning reaktsiyasi: S b N 12 O b +6O 2 —oksidaza→ SO 2 + 6 N 2 O + 674 kkal. Anaerob O 2 siz nafas olish reaktsiyasi: S b N 12 O b —zimaza→2SO 2 + 2S 2 N 5 ON + 25 kkal. O 2 bilan nafas olishda oziqli modda to‘liq parchalanadi. SHuning uchun ham 1g molekula shakar hosil bo‘lishida ketgan energiyaning hammasi ajralib chiqadi. O 2 siz nafas olishda oziqli modda qisman parchalanadi. SHakar etil spirtiga aylanadi. SHuning uchun energiya qisman (25 kkal) ajraladi. Energiya spirt tarkibida qoladi. Assimilyatsion va dissimilyatsion protsessining qarama-qarshiligi quyidagilardan iborat: 1.Assimilyatsiyada o‘simliklar CO 2 yutib, O 2 ni chik,aradi. Dissimilyatsiyada usimliklar O 2 ni yutib, CO 2 ni chiqaradi. 2.Assimilyatsiyada oddiy anorganik moddalardan murakkab organik moddalar tuziladi. Dissimilyatsiyada esa murakkab organik moddalar anorganik moddalarga parchalanadi. 3.Assimilyatsiya natijasida organizm og‘irlashadi. Dissimilyatsiya natijasida organizm engillashadi. 4.Assimilyatsiya faqat xlorofill bor hujayralarda bo‘ladi. Dissimilyatsiya protsessi hamma tirik hujayralarda bo‘ladi. 5.Assimilyatsiya faqat quyosh bor vaqtda, dissimilyatsiya esa hamma vaqtda bo‘lib turadi. 6.Assimilyatsiyada energiya to‘planadi. Dissimlyatsiyada energiya sarflanadi. Bu qarama-qarshi protsesslar har bir organizmda bo‘lib turadi. Ularning birligi ham bor. Birligi shundan iboratki, tirik organizmning yashashi, o‘sishi, taraqqiy etishidir. Bu 2 protsess to‘xtasa, organizm halok bo‘ladi. TRANSPIRATSIYA (Suv bug‘latish) O‘simliklar suvni erdan juda ko‘p miqdorda oladi. Ammo olingan suvlarning 99,8%ini havoga bug‘latib chiqaradi. Faqat 0,2% o‘simlik hujayrasida qoladi. O‘simliklar tezda ayniqsa tun vaqtida suvni ko‘p bug‘latadi. Buning natijasida o‘simliklarning harorati 1°-4°-6° pasayadi. Natijada o‘simliklar o‘zini issiqdan saqlab qoladi. Bir tup suli hayoti davomida 6,8 kg suv parlatadi. Jo‘xori 150kg, kungaboqar 200 kg, 1 ga erdagi suli 3.200000 kg (3200 tonna) suv parlatadi. 15 1. 15 Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990. 102 O‘simliklarni ko‘payishi. O‘sishi va uning qonuniyatlari. 1.O‘simliklarni ko‘payishi. 2.O‘simliklarni vegetativ ko‘payishi. 3.Tabiiy vegetativ ko‘payish. 4.Ildizpoya, tuganak poya, piyozboshi va boshqalar - maxsus organlar orqali ko‘payish. 5.Su’niy vegetativ ko‘payish - qalamcha qilish, payvandlash. Michurin ishlari. 6.Jinssiz ko‘payish va uning xarakteristikasi. 7.Jinsli ko‘payish. Gameta va zigota. Izogamiya. Geterogamiya. Oogamiya. 8.Jinssiz va jinsli ko‘payishning gallanishi. 9.O‘simliklarni o‘sishi. Ichki va tashqi faktorlarni ta’siri. O‘stiruvchi moddalar. O‘stiruvchi harakatlar. -geotropizm -fototropizm -magnitotropizm. O‘simliklarni ko‘payishi. O‘simliklar jinsli, jinssiz va vegetativ yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish ikkiga bo‘linadi: 1.Tabiiy vegetativ ko‘payish (ildiz poya, tuganak poya, piyozcha) 2.Sun’iy vegetativ ko‘payish (qalamcha, parxesh, payvandlash). O‘simliklarni ko‘payishini CH.Davrin tekshirgan, keyinchalik N.I.Vavilov tomonidan o‘rganilgan. O‘simliklarni ko‘payishi uzoq, evolyutsion yo‘lni bosib o‘tgan va natijada maxsus ko‘paytiruvchi organlar paydo bo‘lgan. Ildizpoya yordamida ko‘payshi. -Banan, bambuk, shakarqamish, iris, reven, landish, yalpiz, sparja va boshqalar. Bo‘yimodaron, dala qirqbo‘g‘imini ildizpoyasi 10-15sm, saxamil grechixasiniki 150-300sm. Tuganak poya orqali ko‘paiyishi. Kelib chiqishiga ko‘ra tugunak 1)tuganak poya (kartoshka, begoniya, siklamen ernok) va 2)ildiz tuganagi (georgina ildiz tuganagi) bo‘ladi. Tuganak poyada ko‘zchalari bo‘ladi. Ildiz tuganagida zapas oziqa moddalar bo‘ladi. Vegetativ ko‘payishda ildiz tuganagini ildiz bo‘yinchasida kurtaklar hosil qilib ko‘payadi. Piyozboshi bilan ko‘payish. Piyozboshi - poya metamorfozidir. -lola -liliya -sarimsoq piyoz -narsiss Sudralib o‘suvchi poya orqali ko‘payish. -qulupnay -barvinok(vinka) -malina -ejevika. Maxsus organlarsiz vegetativ kupayish. -qalamcha -parxesh Parxesh qilib ko‘paytirish. 103 -siren -buldonesh -atirgul Qalamcha qilib ko‘paytirish. -poya -ildiz -barg Payvand. Payvand tag Payvandust. Vegetativ ko‘payish: A-tog‘ olmasining ildizlar yordamida ko‘payishi; B- qulupnayda yashil novda-gajaklar orqali ko‘payish; V-krijovnikni parxish usulida ko‘paytirish. 104 Payvandlashning turlari: 1-kopulirovka; 2-yorma payvand; 3-okulirovka (kurtak payvand); a-payvandust; b-payvandtag. I.V.Michurin metodlari. 1.Yangi yaxshi sort mevali daraxtlarni etishtirish. 2.Janubdan shimolga ko‘chirish. O‘simliklarni o‘sish qonuniyatlari. Poya va ildiz uchki qismi bilan o‘sadi. Barg asos qismi bilan o‘sadi. Poya va ildiz hamma hayotiy davrda o‘sadi, barglari ma’lum bir o‘lchamgacha o‘sadi. O‘sish zonasi: -ildizda-1sm -poyada- 10sm -havo ildizlarida-8-10 sm. Qirqquloqsimonlilardan o‘rmon qirqqulog‘ini bargi poya kabi uchi bilan o‘sadi. Eniga o‘sish kambiy yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish Bakteriya, suv o‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar hujayrani bo‘linishi yoki sporasi bilan ko‘payadi. O‘simliklarni o‘sishiga ichki va tashqi faktorlar ta’sir qiladi: 1.Temperaturani o‘sishga ta’siri -minimum -optimum -maksimum. 105 Ba’zi o‘simliklar uchun o‘sish tenperaturalari O‘simlik Minimum temperatura Optimum temperatura Maksimum temperatura Bug‘doy 0-5° 25-31° 31-37° Jo‘xori 5-10° 37-44° 44-50° Qovoq 10-15° 37-44 ° 44-50 °. Qovun 15-18° 31-37° 44-50° O‘simliklarni o‘sishiga yorug‘likni ta’siri : Daraxtlar: yorug‘likni kam sevadi (el, pixta, tis, buk, lipa) yorug‘likni sevuvchi:(qarag‘ay, akatsiya, qayin). Namlikni o‘sishga ta’siri. Protoplazmani suvga to‘yinishi. Kislorodni o‘sishga ta’siri. Hamma yuksak o‘simliklar kislorod bilan hayot kechiradi. Qanchalik tez o‘ssa shunchalik ko‘p kislorod kerak. Fitogarmonlarni o‘sishga ta’siri. 4 gruppa fitogarmonlar ma’lum -auksinlar, -gibberlinlar, -kininlar, -ingibitorlar. (abetsizovaya kislota, kumarinlar). Jinsiy ko‘payish 2ta hujayra-gametalarning qo‘shilishi orqali sodir bo‘ladi. Bu hujayralarning tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshasa ham ichki tuzilishi o‘xshamaydi. Bu hujayralarning birini erkak gameta, ikkinchisini urg‘ochi gameta deyiladi. Ularning qo‘shilishidan zigota hosil bo‘ladi. Zigota yangi o‘simlikning dastlabki rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayradir. U o‘zida ikki organizmning gametalarining qo‘shilishi natijasida olgan irsiy belgilarini saqlab qoladi va kelgusida namoyon qiladi. SHu bilan birga yangi belgilar ham paydo qilishi mumkin. Jinsiy ko‘payishda organizm yangilanadi va asta sekin sharoitga moslasha boradi. Jinsiy ko‘payish ko‘pchilik tuban va yuksak o‘simliklarda bo‘ladi. Ayniqsa suv o‘tlaridan qizil va ko‘k yashil suv o‘tlarida ham bu xildagi ko‘payishni ko‘rishimiz mumkin. Jinsiy ko‘payish qo‘shiluvchi hujayralarning ko‘rinishlariga qarab 3 turda, ya’ni izogamiya, oogamiya va geterogamiya ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Izogamiyada morfologik bir xil, lekin fiziologik har xil hujayralar- gametalar qo‘shiladi, populyatsiyalanadi. Ulardan biri erkak, ikkinchisi esa urg‘ochi gameta hisoblanadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng shu zigotadan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Ulotrikslarda kuzatiladi. Geterogamiyada morfologik va fiziologik har xil gametalar qo‘shiladi. Bunda urg‘ochi gameta yirikroq bo‘lib kamroq harakat qiladi. Erkak gameta buning aksi bo‘ladi. Oogamiyada kupayishda urg‘ochi gameta sharsimon ko‘rinishda bo‘lib, mutloq harakat qilmaydi. Erkak gameta harakatchan bo‘lib mayda bo‘ladi. Qizil va qo‘ng‘ir suv o‘tlarida bunday bo‘linish sodir bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan jinsiy ko‘payishda yadrolar bir-biriga qo‘shilganda xromosomalar qo‘shilib ketmaydi, balki juftlanadi, qo‘shilish natijasida hosil bulgan populyatsiya yadrosi deb ataladi. YAdro xromosomalar soni ikki baravar ko‘payadi. Bunda yadro diploid yadro deb ataladi. GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH Yopiq urug‘li o‘simliklarda jinsiy ko‘payish gulning paydo bo‘lishiga bog‘liq. Gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi uchun xizmat qiladigan eng muhim organdir. O‘simliklarda 106 gullar ma’lum tuzilishga ega, bu tuzilish yopiq urug‘lilarning har qaysi tiplarida o‘ziga xos bo‘ladi. Bizga ma’lumki gul bir necha qismdan iborat bo‘ladi: otaliklar, onaliklar, gulkosa barg va gultoji barglaridan tashkil topgan. Gul o‘simliklarni jinsiy organi hisoblanadi. Sun’iy chatishtirish orqali bir gul onaligiga boshqa o‘simlik changini solib, ya’ni chetdan changlatib yangi nav o‘simliklar yaratiladi. Bu soh,ada I.V.Michurin mevali o‘simlik xillarini yaratdi, rayonlashtirdi. Michurining ishlari seleksiyaning muhim nazariy asosi bo‘lib qoldi. O‘simliklarni quyidagi vegetativ ko‘payish usullari mavjud : Novdalardan parxesh yo‘li bilan ko‘paytirish. Bunda o‘simlikdan chiqqan novdalar egilib tuproq ostiga tushiriladi va ustiga tuproq tortiladi. O‘simlik uchlari er yuziga chiqarilib qo‘yiladi. Bir yil davomida o‘simlik novdalari ko‘karib ona o‘simlikdan oziq oladi va shu bilan birga er ostida poyadan iddizchalar chiqaradi. Kuzga borib ona o‘simlikdan ajratib qo‘yilganda ham parxesh qilingan o‘simlik mustaqil yashayveradi. Bu usul bilan ko‘paytirish ayniqsa bog‘dorchilikda qo‘l keladi. Tok, tut, malina, krijovnak, ayrim chinnigullar, fikuslar va boshqa o‘simliklar parxesh orqali ko‘paytiriladi. Payvand. Payvand yoki transplantatsiya deb, tirik o‘simlikning kurtak yoki kurtaklari bor qismini boshqa o‘simlikka o‘tkazishni aytiladi. O‘tkaziladigan o‘simlik payvandust, payvandlanadigan o‘simlik payvandtag deb ataladi. Payvandni tuban o‘simliklarda va gulli o‘simliklarda o‘tkazish mumkin. Payvandtag payvandustdan organik moddalarni olsa, o‘zi esa payvandust uchun suv va suvda erigan mineral moddalarni etkazib beradi. Payvandlash ko‘pchilik daraxt o‘simliklarda, buta va chala buta o‘simliklarda o‘tkaziladi. Ayniqsa, urug‘dan chiqqanda aynib ketuvchi gibrid o‘simlikda payvandlash olib boriladi. Payvandlashning yuzdan ortiq xilma-xil turlari ishlab chiqilgan. O‘zbekistan sharoitida keng tarqalgan payvandlash usullaridan: 1.Kurtak payvand. Bu payvand ko‘pincha butalar, chala butalar va daraxtlarda o‘tkaziladi. SHaftoli, o‘rik, gilos, atirgullardan kurtak payvand o‘tkaziladi. Buning uchun yuqorida aytilgan o‘simliklarni urug‘lari ekilib erta bahordan to avgust oylarigacha yaxshilab parvarish qilinadi. Avgust oylarida payvand qilinishi lozim bo‘lgan o‘simlik ildiz bo‘g‘izining diametri taxminan 2-3smga etadi. Avgust oylarida ulanish uchun olinishi lozim bo‘lgan kurtaklar qalamchalar ko‘rinishida tanlab kesib olinib, o‘simlik barg bandidan 1,5-2sm qoldirib, barg plastinkasi kesib tashlanadi. Olingan qalamchadan kurtak ohista ko‘chirib olinadi va payvandtag o‘simlikning ildiz bo‘g‘zi "T" xarfi shaklida kesiladi va ko‘chirilgan po‘stloq orasiga kurtak tushirilib, mahkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. O‘simlik ulangan, ya’ni payvand qilingan joyiga tuproq tortilib, ko‘mib qo‘yiladi. Erta bahorda tuproq olinib, ulangan joyining yuqorigi qismi kesib tashlanadi. SHu vaqtdan boshlab o‘simlik kurtakdan ko‘kara boshlaydi. Bu xildagi payvand orqali juda ko‘p xildagi mevali daraxtlarni payvandlash mumkin. Ivan Vladimirovich Michurin ham o‘zining noyob mevalarini shu xildagi payvand orqali yaratgan. 2.Iskana yoki yorma payvand. Bu payvandda payvandtag daraxt o‘simlik poyasini ko‘ndalangiga arralab ajratib olinadi va shu eri yorib uning ichiga payvandust novda ko‘rinishida olinib, pastki qismi yo‘niladi, uchi o‘tkirlab tushiriladi va so‘ng mahkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. Bu payvand erta bahorda bizning sharoitda fevral-mart oyining boshlarida o‘tkaziladi. CHunki bunda o‘simliklar hali uyg‘onmagan bo‘ladi. Yuqorida aytilgan har ikki payvand ham bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda mevali daraxtlarning hammasi ham payvand orqali ko‘paytirilmoqda. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling