Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19

t/r 
Yong„in chiqish sabablari 
Nisbat (%) 

CHekish, yonuvchi moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritishda 
foydalanish oqibatida 
26 

Bolalarning o„t bilan o„ynashi oqibatida 
14 

Elektr jihozlarini qoidalarini qo„pol ravishda buzish oqibatida 
13,5 

Rechka va tutun quvurlarini noto„g„ri o„rnatish natijasida 
8,5 

Payvandlash ishlarida yong„in xavfsizligi qoidalarini buzish 
oqibatida 
2,3 

Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarni buzish oqibatida 
1,2 
 
  YOng„in  bilan  kurash  muvaffaqiyatli  o„tish  har  bir  kishining    yong„inda  harakat 
qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog„lik. 
  Har bir ob‟ektning xususiyatiga ko„ra yong„inga qarshi o„ziga xos rejim o„rnatiladi: 
-ob‟ektlarga olib chiqadigan yo„llar tartibliligi; 
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari; 
-ochiq olovni ishlatish qoidalari; 
-ob‟ektga transportni kirish-chiqishi; 
-yong„inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi; 
-korxonaning yong„inga qarshi kurash haqida boshqa me‟yoriy hujjatlari va ko„rsatmalariga 
rioya qilinishi. 
 Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo„limlarda yong„inga qarshi rejimlar 
belgilanadi: 
 -eng dastavval yong„inga qarshi kurashish qoidalari; 

84 
 
 -yong„in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning barch va  vazifalari; 
 -yong„in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi; 
 -yonilg„i moylarni saqlash qonun-qoidalari. 
  YOng„in  paydo  bo„lganda,  dastlabki  harakat  uning  manbaini  tugatishga  qaratilishi  kerak, 
shu bilan birga elektr manbalarini o„chirmasdan suvdan foydalanib bo„lmaydi, aks holda, u inson 
hayotiga xavf tug„dirishi mumkin. 
Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish 
Tabiiy  ofatlar,  ishlab  chiqarishda  sodir  bo„ladigan  avariyalar,  halokatlar  iqtisodiyot 
ob‟ektlariga  ko„plab  zarar  keltiribgina  qolmasdan,  insonlar  hayotiga  ham  zomin  bo„ladi.  Ular 
kutilmaganda  sodir  bo„lishi  bilan  juda  xatarlidir.    Ko„pchilik  holalarda  ob‟ektdagi  ishchilar  va 
xodimlarning  texnika  xavfsizligi  qonun-qoidalariga  tushinmasligi,  saviyasi  pastligi  natijasida 
favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo„lganda bartaraf 
etish  usullarini  bilmaslik  esa  o„z  navbatida  ob‟ektda  ikkilamchi  favqulodda  vaziyatning  olib 
kelinishiga  sabab  bo„ladi.  Bu  hol  juda  xatarli  oqibatlarga,  odamlarning  qurbon  bo„lishiga, 
ob‟ektga juda katta miqdorada moddiy  zarar olib kelishiga  sabab bo„ladi.  SHuning uchun ob‟ekt 
fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob‟ekt ishchilari va xodimlarining  fuqaro muhofazasiga 
oid  bilimlarini  doimo  oshirib  borishlari,  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishning  qoidalarini 
o„rgatib borishlari zurur. 
Ishchi  va  xodimlarning  bu  boradagi  saviyasini  oshirish  fuqaro  muhofazasi  bo„yicha 
ob‟ektda o„tadigan o„quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog„lik. 
Ob‟ektlardagi  barqarorlikni  oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish   bo„yicha  tadbirlarni 
tahlil  qiladigan  bo„lsak,  ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalarining  quyidagi  vazifalarini  aytib 
o„tish joiz: 
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha imkoniyatlarni 
o„rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish; 
-ob‟ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar ta‟sir etganda, 
ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog„lik ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish 
fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish; 
-ehtimoli  bor  zarar  qancha  bo„lishiga  qarab,  korxonaning  belgilab  qo„yilgan  turdagi 
mahsulotni  chiqarish  yuzasidan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kamaytirish  grafigini  ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
-ob‟ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo„lgan sharoitda ishlab chiqarish 
faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash. 
Ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalari  ishchi  –  xizmatchilari  va  aholini  muhofaza  qilish 
maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan asosiylari quyidagicha: 
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari) fondini ko„paytirish 
va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish; 
-ko„chirish yo„li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda olib chiqish va 
joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish; 
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-7V, R-2, AI-2, 
IPP-8a, yara bog„lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari)  bilan ta‟minlash; 
-ob‟ekt,  tuman,  shahar,  viloyat  xabar  berish  tizimlarini  takomillashtirish  va  doimo  shay 
holatda saqlash; 
-favqulodda  vaziyatlardagi  halokatli  suv  bosish,  tabiiy  ofat  xavfi  haqida  aholiga  xabar 
berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish; 
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza qilish usullarini 
o„rgatish; 
-hududni,  inshootlar,  transport,  xom  ashyo  va  tayyor  mahsulotni  zararsizlantirish  ishlarini 
o„tkazishga tayyorlash; 
-erto„la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga etkazib qo„yish; 

85 
 
-alohida  sexlarni, korxonalarni,  moddiy  zahira bazalarini va boshqa iqtisodiyot ob‟ektlarini 
joylashtirish  uchun  er  osti  kon  kavlamalaridan,  er  osti  bo„shliqlaridan  muhofaza  inshootlari 
sifatida foydalanishni tashkil etish; 
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish; 
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash; 
-shahardan  tashqari  zonani  (ko„chirilgan  aholini  joylash  uchun  mo„ljallangan  joyni) 
o„zlashtirish va jihozlash; 
-aholiga tibbiy yordam ko„rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish; 
-aholini  oziq-ovqat,  ichimlik  suvni,  suv  ta‟minoti  tizimini,  em-xashakni,  urug„  fondini 
kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish. 
YUqorida  qayd  etilgan  tadbirlardan  tashqari  ob‟ekt  tuzilmasi  kamandasi  sardorining 
zimmasiga  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lganda  yoki  favqulodda  vaziyat  sodir  bo„lish  xavfi 
tug„ilganda quyidagilar yuklatiladi: 
  - ob‟ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta‟minlash;  
  -  ishchilar,  xizmatchilar  va  ob‟ekt  atrofida  yashovchi  aholi  punklarini  favqulodda  
vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to„g„risida ogohlantirish; 
  - ob‟ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;   
  - favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila -a‟zolarini 
himoya etish ishlarini amalga oshirish;        
  -  ob‟ektlardagi  aholini,  ishchilar,  xizmatchilar,  tuzilmalarni  favqulodda  vaziyatlar  sodir 
bo„lganda himoya usullariga o„rgatishni tashkil qilish;                              
  - favqulodda vaziyatlarni  bartaraf etish, ob‟ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga 
tayyorgarlikni ta‟minlash;      
- ob‟ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish. 
Bu  tadbirlarning  to„la-to„kis  bajarilishi  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olishda  va  sodir 
bo„lganda  fuqarolarning  xavfsizligini  ta‟minlash  bo„yicha  hamda  ob‟ektga  etkazilishi  mumkin 
bo„lgan moddiy zararning sezilarli darajada kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. 
 
Nazorat savollari. 
1.
 
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirish deganda nimani tushunasiz. 
2.
 
Fuqaro muhofazasi ob‟ektlarida tuzilgan rejaga bo„lgan asosiy talablarga nimalar kiradi. 
3.
 
Favqulotdagi  vaziyatlarda  iqtisodiyot    ob‟ektlarida  qutqarish  va  boshqa    kechiktirib 
bo„lmaydigan ishlarni tashkil  etish deganda nimani tushunasiz. 
4.
 
Kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalarga misollar keltiring. 
5.
 
Kechiktirib bo„lmaydigan ishlarga misollar keltiring. 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1.  Karimov  I.  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997.  
2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
4. “O'zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O'quv qo'llanma. Toshket 
Moliya Instituti. T. 2004.  
5.  Prezident  Islom  Karimovning  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari  ”  asarini  o'rganish  bo'yicha  Metodik  Qo'llanma.  T. 
“Universitet”. 1997 
 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
1. O'zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  «Axolini  va  xududlarni  tabiiy  xamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni.  

86 
 
2. O'zbekiston  Respublikasining  «Terrorizmga  karshi  kurash  to'grisida»gi  Konuni,  15  dekabr 
2000 yil  
3.  O'zbekiston  Respublikasining  2000  yil  26  may  kunidagi  «Fukaro  muxofazasi  to'grisida»gi 
Konuni.  
 
 

87 
 
4-MAVZU. 
TARMOQLAR VA IQTISODIYOT OB‟ETLARI BARQARORLIGINI OSHIRISH. 
XAVFSIZLIK DEKLARATSIYASI. AHOLI VA XUDUDLARNI FAVQULODDA 
VAZIYATLARDAN MUXOFAZA QILISHNING MUXANDISLIK TEXNIK TADBIRLARINI 
TASHKIL ETISH
 
 
REJA: 
1.
 
Aholini  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. 
2.
 
Iqtisodiyot ob‟ektlarini joylashtirishdagi talablar 
3.
 
Taktik-maxsus o„quv mashqlarining moddiy-texnik ta‟minlash va o„tkazish uslubi 
4.
 
Aholini va tuzilmalarni ma‟naviy-ruhiy tomondan tayyorlash 
 
Tayanch  iboralar:  fuqaro  muhofazasi,  muhandislik-texnik  tadbirlar,  loyihalashtirish, 
me‟yorlar, talablar, qurilish me‟yoriy qoidalari. 
 
Ma‟lumki  respublikamizning  katta  qismi  seysmik  faol  hududda  joylashib,  o„ziga  xos 
geologik,  girogeologik  va  iqlim  xususiyatlariga  ega.  SHu  omillarning  o„zigina  ob‟ektlar 
qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob‟ektlari 
barqarorligini  ta‟minlash  maqsadida  foydalanilayotgan  bino  va  inshootlarning  texnik  holatini 
me‟yoriy darajada saqlash muhim masalalarni qo„yadi. 
O„zbekiston  Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari,  qurilish 
me‟yorlari  qoidalarida  bayon  etilgan  talablar  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylarida, 
muhandislik  tizimlari  rejalashtirilishi  va  joylashtirilishida  bajaralishi  lozimligi,  natijada  avriya, 
halokat  va  tabiiy  ofatlardan  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylari,  muhandislik  tizimlari 
muhofaza qilinishini ta‟minlanishi demakdir. 
Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarini  loyihalashtirish  me‟yorlarining 
vazifalari va talablari 
 Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  qurilish  me‟yoriy  qoidalarining 
hamma talablari: 
1.
 
Aholini  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. 
2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo„lgandagi zararni kamaytirish. 
3.Tinchlik  davrida  va  harbiy  harakatlar  vaqtida  ob‟ektlar,  birlashmalar,  iqtisodiyot 
tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish. 
4.  Tabiiy  ofat  hududlarida  qutqaruv  ishlarini  o„tkazish  uchun  kerakli  sharoitni  yaratishga 
qaratilgan bo„lishi. 
YUqorida  qayd  etilgan  me‟yorlarning,  hamda  quyidagi  talablarning  O„zbekiston  hududida 
fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalash va o„tkazishda bajarilishi kerak. 
1.  Tinchlik  davri  sharoitida  imorat  va  inshootlarni  loyihalashda  “Zilzilaviy  hududlarda 
imorat  va  inshootlar  qurilishi”  hamda  “Qo„shimcha  ishlov  hududlarida  va  cho„kadigan  erlarda 
imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi kerak. 
2.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  hajmi  va  mazmuni  fuqaro 
muhofazasidagi  shaharlarning  guruhlariga  va  iqtisodiyot  ob‟ektlarining  toifalariga  qarab,  ishlab 
chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar hamda tabiiy ofatlar ko„lamini hisobga olib 
belgilanadi. 
3.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari  tinchlik  davrida  oldindan  ishlab 
chiqarilishi  va  o„tkazilishi  kerak.  Xususiyati  jihatidan  oldindan  amalga  oshirish  iloji  bo„lmagan 
tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda o„tkazilishi kerak. 
Ishlab  chiqilgan  tadbirlarning  hajmi  va  o„tkazilish  muddati  O„zbekiston  Respublikasi 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo„yiladi. 
Muhandislik-texnik  tadbirlarning  mohiyati,  asosan  yirik  shaharlardagi  sanoat  va  aholi 
zichligini  cheklashga,  aholini  muhofaza  qilishga,  moddiy  resurslar  saqlanishiga  borib  taqaladi. 

88 
 
Buning  esa  shu  shahar  va  ob‟ektlarini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishga  o„z  vaqtida 
tayyorlab qo„yish uchun muhim ahamiyati bor. 
Muhandislik-texnik  tadbirlari  biror  ob‟ektni  loyihalash,  qurishda,  ekspluatatsiya  qilish, 
yopish  kabi  har  bir  bosqichda  o„tkaziladi.  Fuqaro  muhofazasi  bo„yicha  ekspertiza  ishini 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o„tkazadilar. 
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va  harbiy  davrlarda  favqulodda vaziyatlarning  oldini 
olish  va  ularning  oqibatlarini  tugatish,  aholini  va  hududlarni  muhofaza  qilishga,  mamlakat 
iqtisodiyotiga  etadigan  zararni  kamaytirishga  qaratilgan  fuqaro  muhofazasi  muhandislik -texnik 
tadbirlarning majmuidir. 
Aholi  punktlarini  rejalashtirishdagi  talablar:  yong„in  xavfini  kamaytirish,  evakuatsiya 
tadbirlarini  tez  o„tkazish  shartlariga  rioya  qilish,  FVDT  kuchlari  kiritilishi  uchun  sharoitni 
ta‟minlash, iqtisodiyot ob‟ektlari vayron bo„lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. 
Buning uchun me‟yorlarda: 
-shahar  hududini  250  gektardan  katta  bo„lmagan  mikrotumanlarga  bo„lish,  ular  bir-biridan 
kamida 100 m. ajratib qo„yilgan bo„lishi kerak; 
-ko„kalamzor maydonlar va qatorlar ekish; 
-shahardan  tashqari  zonaga  kamida  ikki  yo„nalishda  chiqish  yo„li  bo„lishini  hisobga  olib, 
shahar  atrofida  yo„l  tarmog„i  qurish  (yo„llarning  kengligi  eng  baland  imorat  balandligiga 
qo„shimcha yana 15 metrga teng bo„lishi kerak); 
-avtotransport va temir yo„l platformalarini birlashtirib qurish; 
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish. 
O„zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning talablari 
Kimyoviy xavfli ob‟ektlarga tutash,  chegarasi ichida kuchli ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar 
(KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga 
olib  keladigan  konsentratsiyada  tarqalishi  ehtimoli  bo„lgan  hudud  ehtimol  bo„lgan  xavfli 
kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalarni  saqlash  uchun  bazis  omborlari  shahardan  tashqari 
zonada,  aholi  punktlaridan  uzoqda,  qattiq  vayronalik  hamda  halokatli  suv  bosish  ehtimoli  bor 
hududlardan tashqarida qurish mo„ljallanishi kerak. 
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar va 
yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab  chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  idishlar 
va  kommunikatsiyalarni  shikastlanishdan  muhofaza  qilish  (past  tayanchlarga  o„rnatish,  tuproq 
ostiga  yotqizish  yoki  tuproq  tortib  o„rash),  shuningdek  kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar  va 
yong„in-portlash xavfi bor suyuqliklar to„kilishiga yo„l qo„ymaydigan choralar (er ostida saqlash, 
chiqarib  yuborish  uchun  o„zi  yopiluvchi    klapani  bor  tagliklar,  avariya  idishlari,  yo„nalgan 
tashlamali tutgichlar va omborlar)  nazarda tutilishi kerak. 
Muhim  mudofaa  ahamiyatiga  ega    ob‟ekt  va  ishlab  chiqarishlarni,  moddiy  va  oziq-ovqat 
rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini 
texnik  jihatdan  iloji  bor  va  iqtisodiy  maqbul  joylardagi  kon  kavlamalariga  joyla shtirish  tavsiya 
etiladi. 
Toifalangan  shaharlar  va  ob‟ektlar  aholisini  joriy  ta‟minlash  mollarini  saqlashga 
mo„ljallangan  yangi  bazalar,  omborlar,  taqsimot  sovitgichlari  va  boshqa  omborxonalar  qurish 
Vazirlar  Mahkamasi,  vazirliklar  hamda  viloyat  hokimliklari  belgilaydigan  me‟yorlarda  shunday 
moddar  zahirasini  saqlash  uchun  etarli  omborxona  sig„imlariga  bo„lgan  talabdan  oshmaydigan 
hajmda amalga oshirilishi kerak. 
Mavjud  bo„lgan,  qurilayotgan  va  qurilishi  mo„ljallanayotgan  yirik  suv  omborlarining 
halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan 
yangi  sanoat korxonalari va  ob‟ektlari qurish,  materiallar va oziq-ovqat  davlat  zahira bazalari va 
omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob‟ektlar qurilishiga  yo„l 
qo„yilmaydi. 
Mavjud  shaharlarda  yangi  turar  joylarni  suv  bosmaydigan  hududlarda  qurish  kerak. 
Halokatli  suv  bosish  hududining  chegaralari,  chuqurligi  va  boshqa  ko„rsatgichlari  bosimli 

89 
 
frontning  qisman  (chala)  buzilish  lahzasi  bilan  suv  omborining  suv  tutib  turish  yuzasi  me‟yorda 
bo„lgan  lahza to„g„ri kelib qolish ehtimolidan kelib  chiqib aniqlanadi. Pansionatlar,  sanatoriylar, 
istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob‟ektlari hamda boshqa 
sog„lomlashtirish muassasalari ehtimol bo„lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish 
hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak. 
Iqtisodiyot ob‟ektlarini joylashtirishdagi talablar. 
Eng  avvalo,  sanoat  korxonalariga  taalluqli  bo„lib,  bu  korxonalar  (mazkur  shahar  aholisiga 
xizmat  ko„rsatish  bilan  bog„liklaridan  tashqari)  aholisi  250  ming  kishi  va  undan  ortiq  bo„lgan 
toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak. 
Ehtimoli  bo„lgan  halokatli  suv  bosish  hududining  katta-kichikligini  asoslovchi  hujjatlar 
(texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va 
iqtisodiyot  ob‟ektlarini  muhofaza  qilish  yuzasidan  O„zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 
xo„jaligi  vazirligi  ishlab  chiqadigan  muhandislik  tadbirlari  sxemasi  asosida,  shuningdek  aholi 
punktlari,  ob‟ektlar,  imoratlar  va  inshootlar  qurish  uchun  maydonlar  tanlash  asosida  aniqlanishi 
kerak. 
Toifalangan  shaharlardagi iqtisodiyot  ob‟ektlarini  qayta ta‟mirlash  va kengaytirish  Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 
Tez  yonadigan  va  yonilg„i  suyuqliklar  (neft,  benzin,  moy  va  h.k.)  ni  qayta  ishlash 
korxonalarini,  shuningdek  shu  suyuqliklar  saqlanadigan  bazis  omboxonalarni  toifalangan 
shaharlardagi  va  ob‟ektlardagi  turar  joy  hududlariga  va  sanoat  korxonalariga  nisbatan  er  yuzasi 
qiyaligi  bo„ylab  pastroqda,  shuningdek  magistral  avtomobil  yo„llari  va  temir  yo„llari  bo„ylab, 
idishlar buzilsa, yonilg„i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib 
joylashtirish kerak bo„ladi. 
Daryolar  bo„yida  quriladigan  neft  va  neft  mahsulotlari  omborlari  aholi  punktlariga, 
gidroelektrstansiyalar  va  gidrotexnika  inshootlariga,  temir  yo„l  ko„priklariga,  suv  o„tkazgich 
stansiyalariga  nisbatan  daryo  oqimi  bo„ylab  pastroqda,  kamida  100  metr  oraliqda  joylashtirilishi 
kerak. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar,  yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab 
chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  oraliq  omborlardagi  va  texnologik  idishlardagi 
bunday  moddalar  zahirasini  ishlab  chiqarish  uchun  kerakli  minimum  miqdorgacha  iloji  boricha 
maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak.  
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari 
Respublikamizda  qabul  qilingan  “Aholi  va  hududlarni  tabiiy  va  texnogen  xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to„g„risidagi”gi Qonunning 11-moddasida “Korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarningfavqulodda 
vaziyatlardan 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
majburiyatlari”da  muhofaza-himoya  inshootlari,  zaruratga  qarab,  oldindan  barpo  etilishini 
ta‟minlashlari  hamda  ularni  doimo  shay  holatda  saqlab  turishlari  lozim,  deb  ta‟kidlangan 
(muhofaza  inshootlarining  tavsifi,  ulardan  foydalanish  yo„llari  va  h.k.  larga  oldingi  boblarda 
to„xtalib batafsil o„tilingan). 
Texnogen,  tabiiy  hamda  ekologik  xususiyatli  favqulodda  v aziyatlardan  aholi  va 
hududlarni  muhofaza  qilish,  jabrlanganlarga  yordam  ko„rsatish,  talofatlarni  kamaytirishda 
ijobiy  ko„rsatgichlarga  erishish  –  aholining  barcha  tabaqalarini  favqulodda  vaziyatlarga 
qanchalik  tayyorgarligiga,  ularning  bu  sohadagi  bilim  saviyalariga  chambarchas  bog„lik. 
SHu  maqsadda  aholini  barcha  tabaqalarini    favqulodda  vaziyatlardan  muhofazalanish 
sohasiga  muntazam  o„rgatilib  boriladi.  Ularning  favqulodda  vaziyatlarga  tayyorligini  tekshirish 
maqsadida  komanda-shtab,  taktik-maxsus  va  kompleks  o„quv  mashqlari  muntazam 
o„tkaziladi. 
Uch 
kecha-kunduzgacha 
davom 
etadigan 
komanda-shtab 
o„quv 
mashqlari 
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va T oshkent  shahar  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 
organlarida 5 yilda bir marta, shaharlar va tumanlarda 3 yilda bir marta o„tkaziladi. 
       Taktik-maxsus  o„quv mashqlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 3 yilda bir 
marta o„tkazilib, olti soatgacha davom etadi.  

90 
 
      Ikki  kecha-kunduzgacha  davom  etadigan  kompleks  o„quv  mashql ari  xodimlari  soni 
300  dan  ortiq  bo„lgan  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarda  hamda  600  dan  ortiq  o„ringa  ega 
bo„lgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta o„tkaziladi. 
     Boshqa  ta shkilotlarda  6  soatga cha  davom  eta diga n  mash g„ulotlar  3  yilda  bir 
marta  o„tkaziladi.  Umumiy o„rta ta‟lim  maktablari  hamda boshlang„ich  o„rta  va oliy kasb-hunar 
ta‟limi muassasalari o„quvchilari bilan mashg„ulotlar har yili o„tkaziladi. 
 Iqtisodiyot tarmoqlaridagi komanda-shtab o„quv mashqlari 
Komanda-shtab  o„quv  mashqlari  shahar,  tuman  FVDT  xizmatlari,  boshqaruv 
organlari  rahbarlari  hamda  evakuatsiya  komissiyalari,  avariya-qutqaruv  bo„linmalari  va 
tuzilmalar  boshliqlari  tarkibini  birgalikda  o„qitish  va  tayyorligini  tekshirishning  asosiy 
shakllaridan biridir. 
Komanda-shtab  o„quv  mashqlarining  mohiyati  shundan  iboratki,  barcha  mashq 
qatnashchilari  aholi  va  hududlar  muhofazasini  tashkil  etish,  tarmoq  barqarorligini 
ta‟minlash bo„yicha tarmoqda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki zamonaviy qurollar tufayli sodir 
bo„lishi  mumkin  bo„lgan  favqulodda  vaziyatlarda  (uning  miqyosini  va  texnologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq   sharoitdan kelib chiqib tasarruflaridagi mavjud kuch 
va v osita lar ni boshqa rish bo„ yicha  o„z fu nk sional  majburiyatlarini bajaradilar. 
O„quv  mashqlari  rahbariyat  tarkibi  qaramog„idagilarni  boshqarishda  mustahkam 
ko„nikmalar  hosil  qilishga,  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lish  tahdidi  paydo  bo„lganda,  uning 
rivojlanishini to„xtatishda hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda sharoitni to„g„ri baholashga imkon 
beradi.  Fuqaro  muhofazasi  rejasidagi  tadbirlarni  mashq  qilish  davomida  qay  dadrajada  to„g„ri 
rejalashtirilganligini  baholash  va  zamonaviy  qirg„in  vositalari  qo„llanganda  oqibatlarini 
bartaraf  etish  bo„yicha  qaror  qabul  qilish,  ijrochilarga  aniq  vazifalar  berish  va  ularning 
bajarilishini tashkil etish o„quv mashqlarining maqsadidir. 
    Tarmoqlardagi  komanda -shtab  mashqlari  mustaqil  tadbiri  sifatida  hamda  yuqori 
organlar  (shaharda,    u  o„tkaziladigan  o„quv  mashqlari)  tarkibida  o„tkaziladigan  tarmoq 
mashqi sifatida ham olib borilishi mumkin.  
     Bunday o„quv  mashqlarini  sifatli tayyorlash  va  o„tkazilib  borilishi  uchun  mavzu,  o„quv 
mashqining  maqsadi,  mashq  savollarini  va  boshqa  kerakli  ma‟lumotlarni  hamda  ta shkiliy 
ko„rsatmalarni  tayyorlayotganda  fuqaro  muhofazasiga  oid  O„zbekiston  Respublikasi 
Qonunlari,  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maqkamasi  Qarorlari,  O„ zbekiston 
Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  boshlig„ining  buyruq  va  direktivalari,  navbatdagi  o„quv  yili 
uchun  tashkiliy  ko„rsatmalar,  vazirlik  hay‟at  yig„ilishining  qarorlari  talablari  asos  qilib 
olinishi zarur bo„ladi. 
Komanda-shtab  o„quv  mashqlarini  o„tkazishda  rahbarlar  tarkibi,  tuzilmalar  sardorlari 
hamda  o„quv  mashqiga  jalb  etiladigan  boshqa  qatnashchilarning  fuqaro  muhofazasi 
bo„yicha tayyorgarlik darajasi yaqqol namoyon bo„ladi va o„z natijasini beradi. 
O„quv  mashqiga  rahbarlik.  Komanda-shtab  o„quv  mashqi  “boshliq  o„z  qaramog„idagilarni 
o„qitadi”  tamoyiliga asosan  tashkil  etiladi  va  olib  boriladi.  Barcha  ishlarning  tashkilotchisi 
tarmoq fuqaro muhofazasi boshlig„i (rahbari)dir. 
Tumanda  komanda -shtab  o„quv  mashqini  tayyorlash  va  o„tkazish  bo„yicha  barcha 
ishlarning  tashkilotchisi  viloyat  hokimi-fuqaro  muhofazasi  boshlig„i  bo„lib,  u  o„quv  mashqi 
rahbari hisoblanadi. 
O„quv  mashqi  rahbarining  o„rinbosarlari  va  yordamchilari  etib  viloyat  miqyosidagi  fuqaro 
muhofazasi xizmatlari, boshqarma boshliqlari yoki mashqga jalb etila yotgan  tarmoqlarning 
rahbarlari tayinlanadilar. 
Mashqning  rahbariyat  shtabi  -  mashq  rahbarining  ko„rsatmasiga  asosan  mashqni 
tayyorlash va o„tkazishni tashkillashtiradi. 
Viloyat  favqulodda vaziyatlar  boshqarmasi  boshlig„i  rahbariyat shtabining boshlig„i  - 
mashq  rahbarining  o„rinbosari  hisoblanadi.  Tuman  miqyosida  o„tkaziladigan  o„quv  mashqi  asosiy 
hujjatlari  viloyat  hokimi  tomonidan  tasdiqlanib,  favqulodda  vaziyatlar  vazirining  birinchi 
o„rinbosari bilan kelishiladi. 

91 
 
        Komanda -shta b  o„qu v  ma shqi  ko„p  sonli  ra hbariyat,  ko ma nda la r  ta rk ibi, 
fu qa r o  mu hofa za si  xi zma ti,  ev akoorganlar,  ichki  tuzilmalar  bo„linmalari,  rahbarlari  jalb 
etilga n  yirik  iqtisodiyot    ta r moqlar ida  o„tkazilganda,  ta rmoq  rahbari  -  fu qar o 
mu hofa za  boshlig„i  faqat  mashq  o„tkazishga  rahbarlik  qilib,  fuqaro  muhofa zasi  boshlig„i 
vazifasini bosh muhandisga yoki  o„zining muovinlaridan biriga topshiradi. 
      Komanda-shtab  o„quv  mashqini  bevosita  tayyorlash  va  o„tkazish  tadbirlarini 
bajaradigan  bir yoki bir  nechta tarqoq  hududlarda  joylashgan  yirik  tarmoklarda  o„quv  mashqi 
rahbarining  muovini  (yordamchisi)  tayinlanadi,  rahbariyat  shtabi  tashkil  etiladi  va  fuqaro 
muhofazasi  xizmati  va  tarmoq  ichki  tuzilmalar  bo„linmalarining  eng  yaxshi  tayyorgarlik 
ko„rgan xodimlari hisobidan vositachilar tayinlanadi. 
      Rahbariyat  shtabi  o„quv  mashqini  yuqori  darajada  tashkil  etish  va  sifa tli 
o„tkazishni  ta‟minlovchi  eng  kam  miqdordagi  zarur  tarkibda  tashkil  etiladi.  Uncha  katta 
bo„lmagan  tarmoqlarda  rahbariyat  shtabi  o„rniga  ikkita -uchta  odamdan  tashkil  topgan 
boshqaruv guruhi tashkil etilishi mumkin. 
      O„quv  mashqining  rahbari  o„quv  mashqi  o„tkazish  uchun  zarur  bo„lgan  dastlabki 
ma‟lumotlarni  va  uning  umumiy  maqsadini  aniqlaydi.  Dastlabki  ma‟lumotlar  -  mavzu,  o„quv 
mashqining  maqsadi,  mashq  bosqichlari  va  ularning  o„quv  savollari  (har  bir  o„qitilayotgan 
bosqichda),  o„qitilayotgan  rahbarlar  tarkibi  va  boshqaruv  organlari,  fuqaro  muhofazasi  xizmati, 
mashq  davomida  belgilangan  tadbirlarni  bajarishga  (ishlab  chiqarish  barqarorligini  oshirish 
masalalari, favqulodaa  vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish) jalb etiluvchi 
shtatdagi  avariya-qutqaruv  bo„linmalari,  maxsus  tuzilmalar,  mashqning  o„tkazish  muddati,  vaqti  va 
joydagi vositachilar tarkibi aniqlanadi. 
       O„kuv  mashqi  o„tkaziladigan  joylarni  tayyorlash  borasidagi  tadbirlar  kerak  bo„lganda 
sharoitni  va  o„quv-moddiy  bazasi  miqyosini  taqlid  qilish  uchun  joy  va  vositalarni  hisobga 
olgan holda tuziladi. 
       Komanda-shtab  o„quv  mashqi  savollarini  ishlab  chiqish  uchun  tinchlik  davrida    sodir   
bo„lishi  ehtimol  favquloda  vaziyatlarga va  harbiy  harakatlar davridagi  zararlar  miqdoriga 
juda  yaqinlashtirilgan  ko„rgazmali  murakkab  sharoitlar  yaratilishi  lozim.  U  o„quv 
mashqining  qatnashchilarini  faol  va  tashabbuskorona  harakatlarga  yondoshmog„i ,  ularni 
izlanishga va maqsadga muvofiqroq qarorlar qabul qilishga, kuch va vositalar yordamida manevrlarni 
amalga  oshirshga  majbur  etmog„i,  qo„yilgan  vazifalarni,  birinchi  navbatda  odamlarni  qutqarish 
bilan  bog„liq  ishlarni  o„z  vaqtida  bajarish  uchun  barcha  texnika  va  boshqa  vositalaridan  to„la 
foydalanishga majbur etmog„i lozim. 
         Komanda-shtab o„quv mashqini olib borilayotganda rahbar uning reja bilan mutanosib 
holda  olib  borilishiga,  o„quv  savollarini  ishlab  chiqish  va  amaliy  tadbirlarning  to„la  hajmda 
o„tkazilishiga,  rahbariyat  tarkibi  tomonidan  qaramog„dagilarga  vazifalarni  to„g„ri  va  aniq 
qo„yilishiga alohida e‟tibor qaratmog„i lozim. 
         Amaliy  tadbirlarni  bajarish  vaqtida  ishchi-xizmatchilar  va  ularning  oila  a‟zolarini 
muhofaza qilish bo„yicha hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirish bilan bog„liq eng  muhim 
epizodlarga ishlab chiqishning rahbari shaxsan o„zi o„tkazadi. 
         O„quv  mashqi  tugagandan  so„ng  o„rganuvchilarning  harakatini  baholaydi  va  yo„l 
qo„yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo„yicha vazifalar qo„yadi. 
         Rahba r iyat  shta b  ( boshqaru v  guru hi)  ra hbarining  ko„rsatmasiga binoan o„quv 
mashqlarini tashkil etish, ularni tayyorlashni va o„tkazilishini ta‟minlaydi. 
            SHtab rahbariyati  majburiyatlari jumlasiga rahbarning  mulohazalariga  asoslangan 
o„quv-uslubiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish,  vositachilarni  tayyorlashni  tashkil  qilish,  barcha 
qatnashchilarni,  o„quv-moddiy  bazasini,  boshqaruv  punktlarini,  o„rganuvchilarning  ish 
joylarini,  aloqa  va    xa bar  berish  vositalarini  tayyorla shni  na zorat  qilish,  o„ quv mashqini 
olib  borish  jarayonida  vositachilar  ishini  tashk il  eta di,  qa tna shchilarning  haraka tla rini 
u mumlashtiradi va baholaydi, xabarlar (si gnal)ning berilishi va uning joylarga tug„ri va aniq 
etkazilishini  nazorat  qiladi,  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  qaror  qabul  qilish  uchun  takliflar 
tayyorlash, ularni rasmiylashtirilish ishlarini olib boradi. 

92 
 
         Mashq 
rahbarining  ma‟ruzasida  mavzu  va  o„quv  mashqi  masalalari, 
qatnashchilarning  tarkibi,  ular  harakat  qilgan  sharoit  eslatib  o„tiladi.  So„ngra  rahbariyat  va 
sardor-boshliqlar  tarkibining ishi, ularning tez  va  mohirona  qrorlar qabul qila olish mahoratlari, 
qaramog„dagilarning  harakatlariga  rahbarlik  qilishlariga  hamda  o„quv  mashqi  masalalarini ishlab 
chiqish va mashq maqsadiga erishishning to„laligiga baho beriladi. 
         Muhokamani  ish  xaritasi,  tasviriy  chizmalar,  grafiklar,  jadvallar,  qisob-kitoblar  va 
boshqa hujjatlar namoyish qilish orqali olib boriladi. 
        Umumiy  muhokamagacha  o„quv  mashqida  qatnashgan  FVDT  xizmatlari  va 
tuzilmalarining qisman muhokamalari o„tkazilishi mumkin. Ularni rahbarning o„rinbosarlari va 
vositachilar o„tkazadilar. 
 
Taktik-maxsus  o‘quv  m ashqlarining  moddiy -texnik  ta’m inlash  va  o‘tkazish 
uslubi 
          O„quv  mashqlarini  tashkil  etish  asoslari.  Taktik -maxsus    mashqlari  -  fuqaro 
muhofazasining  harbiy  va  maxsus  bo„linmalari  hamda avariya-qutqaruv  tuzilmalarining amaliy 
ishlarni bajarishga o„rgatish, tabiiy va texnogeya xususiyatli   vaziyatlarning  oqibatlarini  bartaraf 
etishga qaratish asosiy shaklidir. Uning asosiy maqsadlari; 
         -  sardor -boshliqlar  tarkibining  avariya -qutqaruv  va  shoshilinch  ishlarni  va 
aholini muhofaza qilishni   tashkil  etish,  tuzilmalarni  boshqarish  ishlarida amaliy ko„ nikmalarni 
takomillashtirish; 
            -  tuzilmalarni  hamda  avariya-qutqaruv  bo„linmalarini  aholini  muhofaza  etish 
tadbirlarini  mustaqil  ravishda  bajarish  hamda  boshqa  tuzilmalar,  qidiruv-qutqaruv  xizmati 
bo„linmalari, fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlash;  
            -aholini  favqulodda  vaziyatlardan  va  zamonaviy  qirg„in  vositalarini  qo„llanganda 
uning  oqibatlaridan  muhofaza  qilishning  eng  samarali  usullarini  qidirib  topish  hamda 
O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  fuqaro  muhofazasi  boshliqlari, 
vazirliklar,  boshqarma  va  tashkilotlarning  qarorlariga  binoan  tuzilmalar  harakatlari  bo„yicha 
me‟yoriy  hujjatlardagi  ayrim  holatlarni  tekshirish  maqsadida  tajriba-tadqiqot  taktik-maxsus 
o„quv mashqlarini o„tkazish. 
       Ularda  kuchli  vayronagarchiliklar,  yong„inlar,  suv  bosishlari,  radioaktiv  va 
kimyoviy  zararlanish  sharoitida,  sardor-boshliqlar  tarkibi,  avariya-qutqaruv  tuzilmalari  va 
boshqa  shoshilinch  ishlarni  olib  borishga  mo„ljallangan  tezkor  tuzilmalarning  mohirona 
harakatini talab etuvchi murakkab va ibratli sharoit yaratilmog„i zarur.  
        O„quv  mashqlari  uning  miqyosi  va  o„rgatilayotganlarning  tarkibiga  bog„liq  holda 
belgilangan  talablarga  muvofiq  maxsus  kiyim-bosh,  texnika  va  uskunalar  bilan  jihozlanib,  o„quv 
mashqlariga  to„la  butlangan  shaxsiy  tarkibda  olib  chiqiladigan  tuzilmalar,  komandalar,  guruhlar  va 
boshqa bo„linmalar bilan olib boriladi. 
          Umumiy vazifalarni bajaruvchi tuzilmalar bilan o„quv mashqlari odatda, xizmat tuzilmalari 
bilan  birgalikda  o„tkaziladi.  Masalan,  qutqaruv  otryadi  (komanda,  guruh)  bilan  birgalikda  sanitar 
drujinalar  (postlar),  razvedka,  jamoat  tartibini  saqlash,  yong„inga  qarshi  kurash,  panajoylarga  xizmat 
ko„rsatish  guruhlari  ishtirok  etishlari  kerak.  Fuqaro  muqofazasi  xizmatlaridan  jalb  etiladigan 
tuzilmalarning  soni  o„quv  mashqi  mavzusiga  to„liq  maqsadlariga,  xarakteri,  avariya-qutqaruv  va 
shoshilinch  ishlarning  hajmiga  bog„likdir.  Agar  fuqaro  muhofazasi  xizmatlarining  biror-bir  (maxsus) 
tuzilmasi  u  yoki  bu  sababga  ko„ra  ob‟ekt  taktik-maxsus  o„quv  mashqiga  jalb  etilmagan  bo„lsa, 
navbatdagi  kompleks  o„quv  mashqigacha  u  bilan  albatta  mustaqil  taktik-maxsus  o„quv  mashqi 
o„tkazilishi kerak. 
         Hududiy  tuzilmalar  va  qutqaruv  otryadlari  bilan  maxsus-taktik  mashqlarni  tayyorlash  va 
o„tkazish uchun rahbariyat shtabi tuziladi. Bo„linmalar, guruhlar va boshqa tuzilmalar bilan boshqaruv 
guruhi tashkil etiladi, tuzilmalar va taqlid bo„yicha rahbarning yordamchilari (vositachilar) tayinlanadi. 
Ayrim hollarda rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi (RTTM)ning o„qituvchilari jalb etilishi mumkin. 
        O„quv mashqi raqbarining majburiyatlari: 
         
 o„kuv mashqini tayyorlashda:  

93 
 
-tegishli  me‟yoriy  va  huquqiy  hujjatlarni  (qonunlar,  qarorlar,  yo„riqnomalar) 
o„rganish,  tuzilmalarning  tayyorgarlik  holatini  tahlil  etish,  dastlabki  ma‟lumotlarni 
ya‟ni  mavzuni,  o„quv  mashqining  maqsadini,  o„tkazish  muddatini,  o„quv  bosqichi  va 
savollarini,  jalb  etilayotgan  tuzilmalarning  soni  va  tarkibini,  o„quv  mashqi  o„tkaziladigan 
hududni, taqlid vositalarini, moddiy-texnik ta‟minot masalalarini aniqlash; 
-mashq  o„tkaziladigan  hududlarni  tayyorlash  tartibini,  qanday  kuchlar  bilan  qanday 
muddatlarda ular tayyor bo„lishi lozimligini belgilash; 
-o„r inbosarlar ,  yorda mchilar,  vositachilar  va  barcha  qatnashchilarni  tayyorlashni 
tashkil  etish.  Sardorlarni  avariya-qutqaruv ishlari olib borilayotganda boshqaruvni  mohirona 
tashkil etishga o„rgatish. 
o„juv mashqi olib borilayotganda: 
-qarorlar va berilgan farmoyishlarni, ularning shaxsiy tarkib tomonidan bajarilish darajasi va 
sifatini tahlil etish; 
-qo„yilgan  o„quv  maqsadlariga  erishish uchun  sharoitni  mur akkablashtirishga rahbarlik 
qilish; 
-xavfsizlik  choralari  va  ekologik  talablarga  rioya  qilishni  nazorat  etishni  amalga 
oshirish; 
-  o„quv  mashqi  tugagagandan  so„ng  muhokama  o„tkazish,  bo„limlar  va  tuzilmalar  shaxsiy 
tarkibi harakatlarini baholash. 
      Rahbariyat shtabi zimmasiga o„quv mashqini tayyorlash va o„tkazish, harakat hududini 
jihozlash  bo„yicha  hujjatlarna  ishlab  chiqish  hamda  o„quv  mashqi  tugagandan  so„ng
 
tuzilmalarni  yig„ish
 
va  ularni  doimiy  ish  joylariga  qaytarishni,  amaliy  ishlar  olib  borilgan 
hududni tartibga keltirishni nazorat etishni amalga oshirish yuklanadi. 
      O„quv  mashqini  tayyorlash  va  o„tkazishning  moddiy-texnik  ta‟minoti  tuzilmalarni 
zarur  texnika,  yoqilg„i-moylovchi  materiallar,  taqlid  vositalari  va  boshqa  materiallar, 
talabdagi  zahirasi  bo„lgan  maxsus  jihozlar  bilan  ta‟minlash,  ovqatlanishni  tashkil 
qilishdan iboratdir. 
      Haqiqatga yaqinlashtirilgan sharoit yaratish uchun suv  bosish, kimyoviy zararlanish 
va  radioaktiv  ifloslanish  zonalari  belgilanadi,  vayronalar,  yong„inlar,  kommunal -energetika 
tarmoqlaridagi halokatlar, toshqinlar (otilib chiqish) taqlid qilinadi. 
      Taqlid  boshqariladigan,  uni  tayyorlash  va  harakatga  keltirishga  ko„p  vaqt  va  katta 
mablag„  talab  qilinmaydigan  bo„lishi  kerak.  Buning  uchun  taqlid  bo„yicha  o„quv  mashqi 
rahbarining  yordamchisi  ixtiyoriga  zarur  miqdordagi  shaxsiy  tarkib,  texnika  va  moddiy  boyliklar 
ajratiladi. U taqlid  rejasini  tuzadi,  o„quv  mashqi  olib  boriladigan  hududni  zarur uskunalar bilan 
jihozlaydi, xavfsizlik choralariga rioya etilishni ko„zda tutadi va nazorat qiladi. 
O„quv mashqini tayyorlash. 
Tayyorgarlik  talbirlarining  mazmuni  va  hajmi  o„quv  mashqi  miqyosi  va  maqsadiga,  o„quv 
mashqiga  jalb  etilayotgan  tuzilmalarning  taiyorgarlik  darajasiga,  ularning  moddiy-texnik 
ta‟minotiga hamda mashq olib boriladigan hududning holatiga bog„liq. 
     O„quv mashqini tayyorlashda quyidagi hujjatlar ishlab  chiqiladi: 
         -o„quv mashqini tayyorlash va o„tkazish qaqida buyruq;  
         -o„quv mashqiga tayyorgarlikning taqvimiy rejasi; 
         -o„quv mashqini o„tkazish rejasi;  
O„quv  mashqini  tayyorlash  va  o„tkazish  haqidagi  maxsus  buyruq  ishlab  chiqiladi. 
Buyruqda: 
-o„quv mashqini o„tkazish muddati va o„rganuvchilar tarkibi; 
-sardor-boshliqlar va boshqa qatnashchilar tarkibini tayyorlash tartibi; 
-a ma liy  ish  ba jarila diga n  hu du dlar ni  ta yyorla sh  ha mda  ish   hajmi  va  mas‟ul 
ijrochilar; 
          -moddiy-texnik ta‟minot, shu jumladan motoresurslar, yonilg„i, taqlid vositalari; 
-o„quv  mashqini  o„tkazishda  xavfsizlikni  ta‟minlash  bo„yicha  choralar  aniq 
belgilangan bo„lishi lozim. 

94 
 
      Taqvimiy rejada: 
       -r a hba r ning  yor da mc hisini,  sa r dor -bo shliqla r  va   tu zilma la rning  ba rc ha  
sha x siy  ta r k ibini ta yyorla sh  borasidagi tadbirlar; 
        -hujjatlar ro„yxati, ularni ishlab chiqish muddati va buning uchun mas‟ul shaxslar; 
        -o„quv mashqi va taqlid hududini tayyorlash borasidagi gadbirlar; 
         -a l o qa   va   xa ba r   b er i s h  xi z m a ti n i  ta s hk il   et i s h  masalalari yoritib beriladi. 
      Taqvimiy reja tarmoq rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
     O„quv mashqini o„tkazish uslubi.  
     O„quv  mashqini  shaxsiy  tarkibga  xabar  berish  va  yig„ish,  texnikani  olib  borish  va 
ularning harakatga tayyorligini tekshirish kerak. 
      Taktik  vazifalar  (buyruqlar,  ko„rsatmalar)ni  yoki  shartli  topshiriqni  topshirgandan 
so„ng  sardorlarga  olingan  vazifani  tushunib  olishi,  sharoitni  baholashi,  qaror  qabul  qilishi  va 
qaramog„idagilarga vazifa berishi uchun zarur bo„lgan vaqt beriladi. 
      Tuzilmalar  sardorlarining  qutqaruv  ishlarini  tashkil  etish  borasidagi  qarorini  o„quv 
mashqi  rahbari  eshitib  ko„radi  va  tasdikdaydi.  Bunda  asosiy  e‟tiborni  uning  maqsadga 
muvofiqligi  va  vujudga  kelgan  sharoitga  to„g„ri  kelishiga,  kuch  va  vositalardan 
foydala nishning  samaradorligiga,  berilgan  vazifa ni  bajarish   uchun  belgilangan 
muddatlarning  realligiga,  vazifaning  aniq  qo„yilishiga,  boshqaruv  va  muvofiqlashuvni  tashkil 
qilish usullariga qaratish lozim. 
     Tuzilmalar  o„r tasidagi  doimiy  va  yaqinda n  o„zaro  hamkorlikni  ham  esdan 
chiqarish  mumkin  emas.  Bu  narsa,  shu  lahzalarda  falokatga  uchragan  odamlarni  qutqarish  va 
muhofaza  qilish  bo„yicha  eng  muhim  vazifalarni  hal  etayotgan  bo„linmalar  manfaatlari  yo„lida 
amalga oshirilishi va qo„llab-quvvatlanishi lozim. 
     O„ qu v  ma shqi  a va riya -qu tqa ru v  ishlari  nihoya siga   etganligini  e‟lon  qilish 
bilan yakunlanadi. 
      Mashq  yakunida  rahbar  shaxsiy  tarkib  va  texnikani  tekshirish,  o„quv  mashqi  olib 
borilgan  hududni  tartibga  keltirish  hamda  muhokama  o„tkazish  joyi  va  vaqti  haqida
 
ko„rsatma 
beradi. 
      O„quv mashqi muhokamasi.  
      Bu o„quv mashqining yakuniy  qismidir. Uning maqsadi har taraflama tahlil qilingandan 
so„ng  yakun  yasash,  o„quv  maqsadlariga  erishish  va  vazifalarning 
 
bajarish  darajasini 
aniqlashdir. 
      Muhokamani  oldindan  tayyorlab  qo„yilgan  materiallar  va  vositachilar  tomonidan 
o„quv  mashqi  davomida  tuzilmalar  harakati  to„g„risida  aniq  erishilgan  natijalarini  takdim 
etilgan ma‟lumotlar asosida rahbar o„tkazadi. 
          Muhokamaning  boshida  mavzu,  o„quv  mashqining  maqsadi,  taktik  o„qu v  ma shqi 
ma vzu siga  tegishli  ra hbariya t  hu jja tlarining  asosiy  talablari  bayon  etiladi.  So„ngra  
tuzilmalar  shaxsiy  tarkibining  o„quv  mashqi    aniq  harakatlari  muhokama  etiladi.  Bunda 
asosiy e‟tiborni: 
       -qabul qilinadigan qarorlarning to„g„riligi va maqsadga muvofiqligi,  avariya-qutqaruv 
bo„linmalarining tashkil etilishiga qo„yilgan  vazifalarning aniqligi va o„z v aqtidaligi; 
    -razvedkani olib borish va uning natijalari; 
        -o„quv  mashqiga  jalb  etilgan  barcha  tuzilma  va  bo„linmalar  o„rtasida  uzluksiz 
hamkorlikni ushlab turish; 
        -tuzilmalarning  belgilangan  hududga  qarab  harakat  qilishining   o„z  vaqtidaligi  va 
uyushganligi; 
         Bajarilgan  amaliy  harakatlar  natijalari,  mexanizatsiya  va  texnika  vositalaridan 
foydalanishning  samaradorligi,  moddiy-texnik ta‟minotning  o„z  vaqtidaligi va  sifati, texnika 
xavfsizligi talablariga rioya qilishiga qaratiladi. 
         Muhokama  so„ngida  rahbar  o„quv  maqsadlariga  erishish  natijasini  aniqlaydi, 
tuzilmalarning  harakatlariga  aniq  baho  beradi  va  kamchiliklarni  aytib,  bundan  keyin 
tuzilmalarni tayyorlashda nimalarga e‟tibor berish  kerakligini ko„rsatadi. 

95 
 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling