Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19

Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1.  Karimov  I.  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997.  
2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999.  

102 
 
4. “O'zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O'quv qo'llanma. Toshket 
Moliya Instituti. T. 2004.  
5.  Prezident  Islom  Karimovning  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari  ”  asarini  o'rganish  bo'yicha  Metodik  Qo'llanma.  T. 
“Universitet”. 1997 
 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
1. O'zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  «Axolini  va  xududlarni  tabiiy  xamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni.  
2. O'zbekiston  Respublikasining  «Terrorizmga  karshi  kurash  to'grisida»gi  Konuni,  15  dekabr 
2000 yil  
3.  O'zbekiston  Respublikasining  2000  yil  26  may  kunidagi  «Fukaro  muxofazasi  to'grisida»gi 
Konuni.  
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi «Texnogen, tabiiy 
va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to'grisida»gi 455-sonli karori.  
5.  Fuqaro  muxofazasi  institutining  Uslubiy  qo'llanma  “Evakuatsiya  kilish  (k o'chirish) 
to'g'risida”gi. 
 
 
 
 

103 
 
5-MAVZU.
 
AHOLINI FVDT KUCHLARINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA 
TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA 
VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TADBIRLARINI REJALASHTIRISH. 
FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI TUG„ILGANIDA VA SODIR BO„LGANIDA  
AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH. 
 
REJA: 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash 
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash 
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish. 
4. Aholini ma`naviy tayyorlash. 
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 
6.  Aholini,  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalarini,  harbiy  qismlarini  ma`naviy–siyosiy  va 
psixologik tayyorlashi. 
 
Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash, ma`naviy tayyorlash, favqulodda 
vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash, milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik. 
 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezdenti  Islom  Karimov  Vazirlar  Mahkamasining  1994y.9 
apreldagi  kengaytirilgan  majlisida  shunday  dedi,  jumladan.  ”O`zbekiston  davlati  har  qanday 
sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qiladi.” 
   Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila olish holatida 
bo`lishi, ularni haqiqiy  mehnatlari  evaziga  ortirgan  boyliklari  va ularni uy joylari baxtsiz hodisa 
qurbonlari  bo`lishini  oldini  olishi  shart.  Bu  vazifani  hal  etishda  fuqaro  muhofazasi  katta  rol 
o`ynaydi. 
   FM  harbiy  qismlari  zararlanish  o`choqlarida,  baxtsiz  hodisalarda,  yirik  avariya  va 
halokatlarda  o`z  vazifalarini  muvaffaqiyatli  bajarishlari  harbiy  qismlarni  shaxsiy  tarkibini 
manaviy-siyosiy  va  psixologik  tayyorgarliklariga  bog`liq.  Manaviy  –siyosiy  tayyorgarlik  deb 
shaxsiy  tarkibga  va  aholiga  milliy  istiqlol  g`oyalarini  manaviy  yangilanish  intizomini  yuqori 
ahloqiy prinsiplarini shakllanishiga aytiladi.  
   FM  Psixologik  tayyorgarlik  ostida  shaxsiy  tarkibning  psixologik  barqarorligini,  ya`ni 
odamlarda  harbiy  vazifalarni  bajarish  qobiliyati,  dushmanning  kimyoviy  yadroviy  va  biologik 
hujumida  hamda  KTEZM  o`choqlarida  faol  va  bilimli  harakat  qilish  eng  og`ir  sinovlarni  turli 
jismoniy va manaviy og`irliklarni muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, 
chidamlilikni, 
jasurlik 
va 
jasoratni 
ko`rsatish 
kabi 
hususiyatlarni 
shakllanishi 
tushuniladi.Manaviy-siyosiy  va  psixologik  tayyorgarlik  o`zaro  chambarchas  bog`liq  va  yagona 
ob`yekti–  odam  hisoblanadi.  Tayyorgarlik  jarayonini  aniqlovchi  omil  bo`lib  odamlarni  siyosiy 
chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi: 

 
chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik; 

 
O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik; 

 
Siyosiy onglilik; 
  Ma`naviy  siyosiy  va  psixologik  fazilatlar  odamni  butun  hayoti  jarayonida  oila,  maktab, 
mehnat  jamoalari, yoshlar  birlashmalari, kasaba uyushmalari  va boshqa tashkilotlar ta`siri  ostida 
shakllanadi. 
  Fuqaro  muhofazasi  harbiy  qismlar  shaxsiy  tarkibi  va  aholini  ma`naviy  –psixologik 
tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari. 
  Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy va psixologik 
fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul 
va  metodlarini  qo`llashni  talab  qiladi.  Harbiy  qismlar  aholini  mamlakat  mudofasini  tinchlik  va 
urush  vaqtidagi  favqulodda  hodisalarda  harakatlanishga  ma`naviy  siyosiy  va  psixologik 

104 
 
tayyorlash  bo`yicha  g`oyaviy  tarbiyaviy  ishlar  mazmunini  boyitish  bilan  bir  qatorda,  uni  metod, 
shakl va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda muhim. 
                        Tarbiyalash metodlari  
   F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va psixologik fazilatlarni 
tarbiyalash  metodlarini  asosiylaridan  biri  bo`lib,  qat`iy  ishonch  hisoblanadi.  Prizdentimiz  Islom 
Karimov  o`z  chiqishlarida  respublika  F.M.ni  takomillashi  va  mudofa  kuchini  mustahkamlanishi 
haqida bayon etgan g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish  maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari    
va irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. 
  Tarbiya  shakllari:  Ma`naviy-  siyosiy  va  psixologik  tayorgarlikni  amalga  oshirishga 
yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2 guruhga bo`lish mumkin. 
 Birinchi  guruhga  shunday  ish  shakllari  kiradiki,  bunda  harbiy  qism  shaxsiy  tarkibi 
tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini maktablarda, litsiy, kollej va oliy 
o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli shakllaridir. 
– sinfiy guruhli mashg`lotlar; 
–qo`mondonlik;  
–shtab mashqlari; 
–taktik – maxsus mashqlar; 
–guruhli mashqlar; 
– shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar; 
– FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari; 
        Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi 
 –ma`ruzalar va amaliyotlar; 
 –nazariy konferensiyalar va seminarlar; 
 –savol va javob kechalari; 
 –siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar; 
 –FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari; 
Shuningdek muzeylar,  yodgorliklarni tashkil  qilish bilan  ham, (masalan, jangavor muzey, 
jangavor  burchak,  xotira  maydoni,  tarixiy  yodgorliklar)  xalq  orasida  milliy  g`urur,  ajdodimiz 
an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan iboratdir. 
  Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini  tashkillashtirish va 
uning vazifalari. 
    Harbiy  davrda  ham,  tinchlik  davrda  ham  favqulodda  vaziyat  yuz  berganda  fuqarolarni 
muhofaza  qilishning  asosiy  uslublari  muayyan  tamoyillar  asosida  amalga  oshiriladi.  Fuqarolarni 
muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1)
 
Davlat  organlari,  vazirlik  rahbariyati  va  xalq  xo`jaligi  ob`ektlarining  rahbarlari 
tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish; 
2)
 
Mamlakatning  har  bir  burchagida, aholi yashash  joylarida,  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarida, 
fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish; 
3)
 
Har  bir  joyning  iqtisodiy,  siyosiy  va  mudofa  qudratini  hisobga  olgan  holda  fuqaro 
muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish; 
4)
 
Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, 
tuman  xalq  xo`jaligi  tarmoqlari)  iqtisodiy  va  ishtimoiy  rivojlanish  rejalari  bilan  birga  amalga 
oshirish. 
 Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat: 
1)
 
Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish; 
2)
 
Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari; 
3)
 
Himoya inshoatlarini saqlash; 
4)
 
Evakuatsiya  omillarini  o`tkazish  (fuqarolarni  havfli 
hududdan,  vaqtinchalik 
uzoqlashtirish); 
5)
 
Shaxsiy  saqlovchi  vositalardan  foydalanish.  Fuqoralarni  favqulotda  vaziyat  haqida 
ogohlantirish 

105 
 
Favqulotda  vaziyatlarda  fuqarolarni  himoya  qilishni  har  tomonlama  omillarida  alohida 
o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.  
   Ogohlantirish  radio,  televizor  vositalari  orqali  amalga  oshiriladi.  Bundafuqarolarni 
ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa 
belgilar  orqali  ogoh  etiladi.  Ya`ni  bu  belgilar        degan  ma`noni 
anglatadi. 
   Shu  belgilarni  eshitgan  har  bir  fuqaro  radio,  televizorlari  zarur.  Har  bir  ofat  yuz 
berganda,  ularni  fuqarolarga  hamda  xalq  xo`jaligiga  ko`rsatadigan  ta`sir  hususiyatlarini  hisobga 
olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi. 
   Masalan:  a)  Atom  elektr  stansiyasida  yuz  bergan  avariya  haqida  fuqaro  muhofazasi 
quyidagi  tartibda  xalqni  ogoh  qiladi:,  Fuqaro  Muhofazasi  shtabidan  gapiramiz, 
Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo`ldi. Shu AES atrofida joylashgan  
korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog`i, yangi  qurilayotgan  metro  stansiyasi, Toshkent  mineral 
suv quyish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioktiv changlarni tushishi kutilmoqda. 
    Shu  hududda  yashovchi  hamma  fuqarolar  o`zlarining,  yashovchi  uylari  germetikligini 
(zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, 
suvlarni  radioktiv  chang  tushishidan  saqlashlari,  o`zlari  esa  yodli  preparatdan  qabul  qilishlari 
kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi. 
      b) Xavfli kimyo zavodida avariya: 
       kombinatida  odamga  kuchli  ta`sir  etuvchi  zaharli  modda  (KTZM)  –ammiyakning  to`kilishi 
oqibatida avariya sodir bo`ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda.  Kimyoviy 
zaharlanish  zonasiga  o`sha  atrofdagi  korxonalar  va  aholi  yashash  joylari  (korxona,  mahalla 
yashash  joylari  ko`rsatiladi)  kiradi.  Kimyo  korxonasiga  yaqin  bo`lgan  ishlab  chiqarish 
tarmoqlaridagi  ishchi  xizmatchilar,  mahallardagi  yashovchilar  o`z  uylarini,  ish  joylarini  havfsiz 
holatda  qoldirishlari  (gaz,  suv,  elektrni  o`chirishlari)  va  Toshkentga  evakuatsiyaga 
tayyorlansinlar.  Kimyo  korxonasidan  uzoqdagi  korxonalar,  mahallalardagi  (nomlari  ko`rsatiladi) 
yashovchilar  o`z  ish  joylarida,  uylarida  qo`shimcha  germitiklarni  ta`minlab  saqlanishlari  lozim. 
Eshitganlaringizni qo`ni-qo`shnilarga etkazing!>  
      v) Yer silkinishi ehtimolida:  
        bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o`chirib, uylarni havfsiz holatda qoldirib, 
eshitgan ma`lumotlaringizni qo`ni-qo`shnilarga etkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, 
oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!> 
        Yer  silkinganda        inshoatlarda  bo`lsangiz,  darhol  eshik,  oyna  ustunlari  tagiga  turib 
oling.  Tartib  va  osoyishtalik  saqlansin.  Fuqaro  muhofazasi  shtabi  yo`riqnomalariga  e`tiborni 
qarating. 
       Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar 
    RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va 
odamga  kuchli  ta`sir  etuvchi  moddalar  (KTZM)  ta`sirini  kamatirishga  mo`ljallangan  komleks 
omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi: 
        a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash; 
        b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish; 
        v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish; 
        g)  Radioktiv  va  kimyoviy  shikastlanishda  fuqarolarni  himoyalash  uslublari  hamda 
KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni 
yig`ish, saqlash, taqsimlash); 
         d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar-
qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish va boshqa omillar). 
          Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash. 
           Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni  baholash- RQ  va  KTQ omillarining asosini tashkil 
etib, uni o`tkazishdan maqsad:  

106 
 
-
 
fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash; 
-
 
ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari; 
-
 
evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi; 
-
 
jihozlarni,  transport  vositalarini,  shaxsiy  saqlovchi  vositalarni,  kiyim-kechaklarni,  ish 
joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish; 
-
 
radiatsiyaviy-kimyoviy  zararlangan  hududlarda  qolgan  suv,  yem,  oziq-ovqat  va 
boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi. 
Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning 
tizimlari,  jumladan,  razvedka  bo`limlari  amalga  oshiradi  (ya`ni  radiatsiyaviy-kimyoviy  va 
umumiy razvedka bo`limlari ). 
Oziq-ovqatlar,  suv  va  yemlarning  zararlanish  darajasi  radiometrik  va  kimyoviy 
laboratoriyalarda  aniqlanadi.  Dozitermik  baholashda  odamlarni  va  yer  usti  jinslarini  radiatsiya 
nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. 
Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, 
tizimlar,  sexlar  bo`yicha  odamlarning  olgan  nur  dozalari  hamda  ularning  ishlash  qobiliyatlari 
aniqlanadi.  
Dozani  aniqlovchi  ID-1va  DKP-50A  dozimetrlar  10-12  nafar  odam  bo`lgan  guruhlarda 
taqsimlanadi. Yakka tartibda  esa ID-11 markali shaxsiy  nur dozasini  o`lchovchi jihoz ishlatiladi. 
Mana  shu  ikki  usul  bilan  (guruh  va  yakka  tartibda)  sexlardagi,  guruhlardagi,  tizimlardagi 
odamlarning olgan nur  dozalari  o`lchanib,  jurnalga yozib boriladi.  Fuqarolarning umuman  olgan 
nur  dozalari  qiymatiga  qarab,  tizim  boshlig`i  o`sha  fuqarolarning  ishlash  qobiliyatlari  va 
zararlangan hududlarda bo`lgan vaqtlarini aniqlab beradilar.  
Odamlar,  tehnika,  jihozlar  va  boshqa  kiyim-kechaklarning  radioaktiv  changlardan 
zararlanishi  DP-5  jihozi  bilan  aniqlanadi  va  mP/soat  bilan  o`lchanadi.  Oziq-ovqat,  suv  va 
yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki 
Ki/l  da  o`lchanadi.  Shaxsiy  saqlovchi  vositalar,  tehnika,  oziq-ovqat,  suv,  yashash  joylari  va 
ob`ektlarning zaharli moddalar, kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi 
kimyoviy jahatdan baholanadi. 
    Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz 
yurish-turishi,  tehnikalarni,  inshootlarning  degazatsiyalash  darajasi,  oziq-ovqatlarni,  suvlarni  va 
boshqa  vositalarni  zararsizlantirish  aniqlanadi.  Kimyoviy  nazorat  kimyoviy  razvedka  jihozlari: 
VPXR, PXR-MB yordamida o`tkaziladi.  
     Demak, dozitermik va kimyoviy nazorat o`z vaqtida, to`g`ri o`tkazilsa, odamlarning ish 
qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash imkoniyatlariga ega bo`lamiz.  
     Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan joylarda fuqoralarni saqlash. 
1.
 
Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash. 
   Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan 
iborat: 
-
 
Radioaktiv shikastlanish haqida ogohlantirish; 
-
 
Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana – RSB) ; 
-
 
Zararlangan suv va yemishlardan saqlanish; 
-
 
Zararlangan joylarda  fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish; 
-
 
Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish; 
-
 
Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik; 
-
 
Fuqarolarnisanitar  qayta  ishlovdan  o`tkazish,  kiyim–kechak,  texnika  inshootlarni 
dezaktivatsiya qilish: 
Radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, radiatsiyaviy 
holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda: 
Muayyan  zararlangan  joylarda  odamlar,  radiatsiyadan  saqlanish  boshpanalarida  (RSB) 
birnecha soatgacha saqlanishlari va so`ngra oddiy inshootlarda bo`lishlari tavsiya etiladi.   
       Ammo korxonalar va yashash maskanlari oddiy rejim asosida amalga oshiradilar. 

107 
 
       b)  Kuchli  zararlangan  joydagi  fuqoralar  himoya  inshoatlarda  uch  kungacha 
saqlanishlari va keyingi to`rtinchi kunda oddiy inshoatlarda  bo`lishi  mumkin. Bunday  holatlarda 
korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, 
bir necha kungacha ishni to`xtatishlari lozim. 
        v)  Havfli  va  juda  shikastlanishda  fuqoralar  himoya  inshoatlarida  uch  kundan  kam 
bo`lmasliklari hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlanishlari kerak. Bunday 
korxonalarda  hamma  oziq-ovqat  mahsulotlari  germetik  idishlarda  saqlanishi  hamda  ovqat 
tayyorlashda faqat zararlanmagan suvdan foydalanish lozim. 
Kimyoviy shikaslanishda fuqoralarni saqlash. 
Havfli  kimyoviy  korxonalarda  fuqoralarni  saqlashning  asosiy  uslublari  quydagilardan 
iborat:  
-
 
kimyoviy shikastlanish havfi haqida ogohlantirish; 
-
 
himoya inshoatlarida (boshpanada) saqlanish; 
-
 
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;  
-
 
antidod va SHKP-8 ni qo`llash; 
-
 
shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish; 
-
 
zararlangan hududlardagi odamlarni evukuatsiya qilish; 
-
 
fuqoralarni  sanitar-qayta  ishlash,  kiyim-kechak,  inshoatlarni;  transport  va  texnikalarni 
degazatsiya qilish. 
Kimyoviy  zararlanishda  birinchi  navbatda  razvetka  o`tkaziladi:  bunda  avariyaning  aniq 
joyi,  KTZM  turi,  hududning  shikastlanish  darajasi,  odamlarning  zararlangan  uchoqdan  yaqin-
uzoqligi, shamolning kuchi va yunalishi hamda boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi. 
      Zaharlangan  fuqoralarga  birinchi  yordam  berilib,  tibbiy  yordam  ko`rsatish 
shahobchalarga  yotqiziladi.  Zararlangan  oziq-ovqatlar,  suv  tekshirilib,  degazatsiya  qilinadi  yoki 
yo`q qilib yuboriladi. Zararlangan hududga chekish ichish himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. 
Zararlangan  hududdan  chiqqanda,  ochiq  qolgan  terilar,  shaxsiy  himoya  vositalari,  kiyim-
kechaklar  SHKP-8  bilan  zararsizlantiriladi  va  so`ngra  o`zlari  to`liq  sanitar  ishlovdan  o`tkazilib, 
kiyim kechaklar almashtiriladi. 
3.
 
Fuqarolarni va fuqaro muhofaza tizimlarini PQ va KTQ omillari bilan ta`minlash . 
Har  bir  ob`ektning  fuqaro  muhofazasi  shtabi  va  uning  xizmatli  bo`limlari  shaxsiy 
saqlovchi  (terini  hamda  nafas  organlarini  saqlovchi)  va  tibbiy  vositalar  bilan  ta`minlashni, 
saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bo`lishligini tashkil etadi. 
   Shaxsiy  saqlovchi  vositalarning  saqlanishi  ish  joylariga  yaqin  bo`lgan  yerlarda  (sex, 
bo`lim  va  boshqalarda)  tashkillashtiriladi,  agar  sharoit  bo`lmasa,  u  holda  ish  joylarining 
zahiradagi  binolarida,  xonalarida  saqlanadi.  Tinchlik  davrlarida  ushbu  vositalar  vaqti-vaqti  bilan 
laboratoriya ko`rigidan o`tkazilib turiladi.  
    Shaxsiy  saqlovchi  va  tibbiy  vositalar  birinchi  navbatda  favqulodda    vaziyatlarda  ish 
bilan  mashg`ul  bo`ladigan  fuqarolarga  beriladi.  Bulardan  tashqari  FM  tizimlariga  kiruvchi 
fuqarolar  resperatorlar  bilan  ham  ta`minlanadilar.  Ishlamaydigan  fuqarolar  nafas  organlarini 
saqlovchi oddiy vositalar  – paxta dokali taqqichlar  va changdan   saqlovchi matoli  niqoblar bilan 
ta`minlanadilar.  Terini  saqlovchi  vositalar  bilan  faqat  zararlangan  o`choqlarda  (radioaktiv 
moddalar, zaharli birikmalar, biologik ta`sirlar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar, KTZM 
bilan shikastlangan hududlar) xizmat ko`rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta`minlanadi. 
       Favqulotda vaziyatlarda xalq xo`jaligi tarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy 
saqlovchi  vositalarni  o`z  ish  joylaridan,  ish  bilan  mashg`ul  bo`lmaganlar  esa  turar  joy 
massivlaridan oladilar. 
 
Insoniyat  hozirgi  vaqtda  tabiat  va  inson  faoliyati  majmuasidan  tashkil  topgan  olamshumul 
ekologik  halokat  jarayonida  faoliyat ko„rsatayotganini to„liq anglab  etib bormoqdamiz.  SHuning 
uchun  ham  umumiy  ofatning  oldini  olish  bo„yicha  ko„pgina  chora-tadbirlar  ishlab  chiqib 
turmushda ba‟zi ijobiy o„zgarishlarga asos solinmoqda.  

108 
 
YAqin kunlargacha ko„pgina davlatlarning asosiy mablag„lari tabiiy ofatlarning oqibatlarini 
bartaraf  etish  chora-tadbirlariga  sarf  qilinar  edi.  Bugungi  kunda  talab  mutlaqo  o„zgardi,  ya‟ni 
tabiiy  ofatlarning tarixini, kelib  chiqishini o„rganish,  oldini olish usullarini ishlab  chiqish, ularni 
bashoratlash,  namayon  bo„lish  belgilari-darakchilarini  zamonaviy  fan  yutuqlarini  tadbiq  qilgan 
holda keng miqyosda olib borilayotgan ishlarga sarflanishi qayta-qayta uqtirilmoqda. 
YAna bir muhim tomoni, olingan ma‟lumotlar bilan aholi o„qitishni yaxshi yo„lga qo„yishni 
jadallashtirish,  ma‟lum  darajada  ularni  sodir  bo„lishi  muqarrar  bo„ladigan  fojialarda  to„g„ri 
harakat qilishga tayyorlashdir. Bu esa har qanday fojiadan keladigan iqtisodiy samarani tejashga, 
qolaversa insonlar o„rtasida shikastlanish darajasini, nobudgarchilikni kamaytirishga olib keladi. 
Kundalik  turmushda  insonning  xavfli  vaziyatlarga  tushib  qolish  ehtimoli  oshib  bormoqda. 
Bu turmushdagi jarohatlar, transport yoki sanoat avariyasi, yong„in, suv toshqini va boshqa tabiiy 
hodisalar  sodir  bo„lishi  mumkin.  Ko„pincha  bunday  vaziyatlar  insonning  mas‟uliyatsizligidan 
yoki uning xavfli vaziyatlarda to„g„ri harakat qilishni bilmasligidan kelib chiqadi. Ayrim hollarda 
insonning yolg„iz o„zigina emas, balki uning atrofdagilar ham jabrlanmoqdalar. 
Favqulodda  vaziyatlarda  to„g„ri  harakat  qilishni  o„rganish  ko„p  jihatdan  insonning  o„ziga 
ham bog„lik. Axir, bekorga aytilmagan “Asraganni asrayman”, “Sendan harakat, mendan barakat” 
deb. 
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.  
O„zbekiston  Respublikasining “Aholi  va  hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi  favqulodda 
vaziyatlardanmuhofaza  qilish  to„g„risida”gi  qonunlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  427-sonli 
“O„zbekiston  Respublikasi  aholisini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishga  tayyorlash 
tartibi  to„g„risida”gi  Qarori  asosida  respublikamiz  aholisini  favqulodda  vaziyatlarga  muhofaza 
qilishga tayyorlash ishlari yo„lga qo„yilgan. 
Fuqarolarni  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishga  tayyorlash  mulkchilik  shakllaridan 
qat‟iy  nazar  korxonalarda,  muassasalarda  (ta‟lim  muassalarida)  va  tashkilotlarda,  yashash 
joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlariga qarab olib boriladi. 
Tayyorgarlikni o„tuvchi aholi 3 ta guruhga bo„linadi: 
1.Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar, respublika, viloyat tasarrufida bo„lgan shaharlar 
va  tumanlar,  davlat  hokimiyati  hamda  boshqaruv  organlari,  vazirliklar,  idoralar,  birlashmalar, 
korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  rahbarlari,  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish 
sohasi mutaxassislari. 
2.Ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohasida band bo„lgan aholi, umumta‟lim maktablari, 
idoraviy bo„ysinishi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat‟iy nazar boshlang„ich, o„rta, oliy va 
kasb-hunar ta‟limi muassasalari o„quvchilari. 
3.Ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohalarida band bo„lmagan aholi. 
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib: 
1.Aholining  barcha  guruhlariga  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  qoidalarini  va 
asosiy  usullarini,  jabrlanganlarga  birinchi  tibbiy  yordam  ko„rsatish  yo„llarini,  jamoa  va  yakka 
tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o„rgatish; 
2.Boshqaruvning  barcha  pog„onalardagi  rahbarlarini  aholini  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza qilish bo„yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash; 
3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar,  tashkilotlar rahbarlari 
hamda  mutaxassislarida avariya-  qutqaruv va  boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni  o„tkazish 
uchun  fuqaro  muhofazasi kuch  va vositalarini tayyorlash, ularda boshqarish ko„nikmalarini hosil 
qilish,  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishda  xodimlarning  o„z  vazifalarini  amaliy  egallashi 
belgilangan. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  vazirliklar,  idoralar,  muassasalar  va 
tashkilotlarning  rahbarlari  hamda  mutaxassislari    40  va  80  soatlik  dasturlar  asosida 
tayyorgarlikdan  o„tadilar.  Ularni  har  uch  yilda  bir  marta  tayyorgarlikdan  o„tkazib  turish  ko„zda 
tutilgan. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohasida band bo„lgan aholini tayyorlash ish joylarida 
mashg„ulotlar  o„tkazish va  tavsiya  qilingan  dasturlarga muvofiq  favqulodda vaziyatlarda  harakat 

109 
 
qilishni  mustaqil  ravishda  o„rganish,  keyinchalik  o„quv  mashqlarda  va  mashg„ulotlarda  olingan 
bilimlar  va  malakalarini  mustahkamlash  yo„li  bilan  amalga  oshiradi.  Bu  guruhga  kiruvchilarni 
beshta guruhchalarga ajratish mumkin: 
1)
 
maktabgacha tarbiya muassalari tarbiyalanuvchilari; 
2)
 
umumiy o„rta ta‟lim maktablari o„qituvchilari; 
3)
 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari; 
4)
 
oliy o„quv yurtlar talabalari; 
5)
 
korxona, tashkilot, muassasalar ishchi va xizmatchilari. 
1.Maktabgacha tarbiya muassasalari. Hozirgi kunda O„zbekiston    Respublikasida bog„cha 
yoshdagi  bolalarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida  tayyorlash  yo„lga 
qo„yilmagan. Bu muassalarda bolalarga xavfsizlikning oddiy elementlarini o„rgatib borish muhim 
hisoblanadi. 
2.Umumiy o„rta ta‟lim muassasalari. O„zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy 
dasturi”,  “Ta‟lim  to„g„risida”gi  qonuniga  muvofiq  ta‟lim  muassasalarida  fuqaro  muhofazasi 
bo„yicha  darslar  olib  borilishi  ko„zda  tutilgan.  O„zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‟limi  vazirining 
2000 yil 4 yanvardagi  buyrug„iga asosan o„rta umumta‟lim  maktablarining 1-9  sinflarida “Inson 
xavfsizligi  asoslari”  kursi  joriy  etilgan.  Kursni  o„qitishda  asosiy  e‟tibor  shaxsiy  va  jamoa 
xavfsizligi  asoslarini  o„rgatish,  xavfli  vaziyatlarni  ko„ra  bilish,  uni  baholash  hamda  favqulodda 
vaziyatlar  sodir  bo„lganda  uyda,  ko„chada,  jamoat  joylarida  bajarilishi  kerak  bo„lgan  hatti-
harakatlarni o„rgatishga qaratilgan. 
3.  Akademik  litsey  va  kasb  –  hunar  kollejlari.  Akademik  litseylar,  iqtisoslashgan 
kollejlarning  o„quvchilariga  ta‟lim  berish  maqsadida  tashkiliy  ko„rsatmalarga  asosan  “Fuqaro 
muhofazasi  va  hayot  xavfsizligi  asoslari”  kursi  ishlatilishi  lozim.  Hozirgi  kunda  talabalar 
tayyorgarligi  2001  yilda  O„rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‟limi  markazi  tomonidan  tasdiqlangan 
“CHaqiriqqacha  yoshlarni  tayyorlash”  fani  dasturi  bilan  yo„lga  qo„yilgan.  Dasturda  fuqaro 
muhofazasi darslariga 35 soat vaqt ajratilgan. 
4.  Oliy  o„quv  yurtlari.  Universitetlar,  institutlar  va  boshqa  oliy  ta‟lim  muassasalari 
talabalariga ta‟lim  berish ishlari “Fuqaro  muhofazasi va  favqulodda  vaziyatlar” fani asosida olib 
borish  ko„zda  tutilgan.  Ta‟lim  berish  jarayonida  favqulodda  vaziyatlarda  boshqarish,  hatti-
harakatlar  masalalariga  hamda  aholini  va  hududlarni  tabiiy  va  texnogen  tusdagi  favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini o„rgatishga katta ahamiyat berilgan. 
5.  Iqtisodiyot  ob‟ektlari  rahbarlari  hamda  mutaxassislarini  tayyorlash,  ularga  ta‟lim  berish 
O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2000 yili tasdiqlangan 40 va 
80 soatlik dasturlar asosida Fuqaro muhofazasi institutida olib boriladi. 
Rahbar  xodimlarga  ta‟lim  berishdan  asosiy  maqsad  aholi  va  hududlarni  favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo„lganda uning 
oqibatlarini  bartaraf  etish,  fuqaro  muhofazasi  kuch  va  vositalarini  tashkil  etishning  yo„l-
yo„riqlarini o„rgatishdir. 
Rahbar  xodimlarni,  tuzilma  rahbarlari,  tashkilotlar,  muassasalar,  korxonalarning  avariya -
qutqaruv  otryadlari  tarkibidagi  xizmatchilarini,  harbiylashtirilgan  hamda  doimiy  tayyor  maxsus 
tuzilmalarning  xodimlariga  fuqaro  muhofazasidan  ta‟lim  berish  ishlari  favqulodda  vaziyatlar 
boshqarmalariga  qarashli  hududiy  rahbarlar  tarkibini  tayyorlash  markazlarida  hamda  o„quv 
mashqlari  va  mashg„ulotlarda  olib  boriladi.  Ta‟lim  berish  jarayonida  rahbarlarning  fuqaro 
muhofazasidan  o„z  funksional  vazifalarini  o„zlashtirib  olishlariga,  xavfli  sharoitda  muhitni  tahlil 
qilish  va  baho  berish,  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lgan  hududda  xizmat  lavozimidan  kelib 
chiqqan holda to„g„ri qaror qabul qilish ko„nikmalarini berishga asosiy e‟tibor beriladi. 

110 
 
Tashkilotlar,  korxonalar  va  ob‟ektlarning  rahbarlari  joriy  tayyorgarligi  ish  joylarida  fuqaro 
muhofazasi  boshliqlari  tomonidan  o„quv  yili  uchun  15  soat  hajmida  tashkil  etiladi. 
Tayyorgarlikdan  o„tayotgan  rahbar  xodimlar  sodir  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  favqulodda 
vaziyatlarni oldindan ko„ra bilish, ular sodir bo„lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik 
qilish bilimlarini egallashlariga ahamiyat beriladi. 
Tuzilmalar  tarkibidagi  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilot  xodimlariga  fuqaro 
muhofazasidan  ta‟lim  berish  ishlari  ish  joyining  o„zida  15  soat  hajmida,  hamma  uchun  umumiy 
bo„lgan  mavzularni  (10  soat)  o„rganish  sharti  bilan  olib  boriladi.  Bu  tuzilmalar  tarkibiga  ta‟lim 
berish  jarayonida  favqulodda  vaziyatlar  oqibatlarini  bartaraf  etish  ko„nikmalarini  amaliyotga 
yaqinlashtirilgan holda olib borish yo„l-yo„riqlariga alohida e‟tibor beriladi. 
Ishchilar,  xizmatchilar,  iqtisodiyot  tarmoqlari  xodimlarini  ishlab  chiqarishdan  ajratmagan 
holda,  rejalashtirilgan  mashg„ulotlarda  (15  soat),  maxsus  tayyorlangan  rahbarlar  boshchiligida 
o„quv  guruhlarida  hamda  mavzularni  mustaqil  o„rganish  va  o„rgangan  mavzularni  amaliy 
mashg„ulotlar,  ob‟ekt  miqyosidagi  mashqlar  va  kompleks  o„quv  mashqlari  davomida 
mustahkamlash orqali amalga oshiriladi. 
Ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko„rsatish  sohasida  band  bo„lmagan  aholiga  ta‟lim  berish 
ma‟ruzalar  o„qish,  suhbatlar  o„tkazish,  o„quv  filmlarini  namoyish  qilish,  mustaqil  ravishda 
qo„llanma va eslatmalarni o„rgatish, radioeshittirishlar va teleko„rsatuvlar o„rdamida olib boriladi.  
Bu  toifadagi  aholini  tayyorlashda  asosiy  e‟tibor  ularni  ma‟naviy-ruhiy  tayyorlashga, 
favqulodda vaziyatlarning turlari va ko„lami haqida ma‟lumot berishga, yashash sharoitidan kelib 
chiqqan holda sodir bo„lishi mumkin bo„lgan favqulodda vaziyatlar haqida ko„nikmalar berishga, 
favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lgan  sharoitda  hatti-harakat  yo„llarini  o„rgatishga,  sodir  bo„lishi 
mumkin  bo„lgan  avariyalar,  tabiiy  ofatlar,  falokatlarga  oilaviy  tayyorgarlik  mas‟uliyatlarini 
singdirib boishga qaratilgan. 
Fuqaro  muhofazasidan  ta‟lim  o„quv  mashqlari  o„tkazish  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Har 
bir  toifadagi aholiga “Diqqat,  barchaga!”  signali  orqali  hududning  geografik xususiyatidan kelib 
chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi lozim bo„lgan hatti-harakatlarga o„rgatish bilan 
o„quv yili tugatiladi. 
Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari. 
Ofatlarga tayyorgarlikni ta‟minlashning 7 yo„nalishi ajratiladi: 
1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi. 
2. Rejalashtirish  – tayyorgarlikni ta‟minlash ishlarining  bo„linmas  qismi.  Rejaning aniq bir 
shakli bo„lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, favqulodda vaziyatgacha bo„lgan, u ro„y 
berganda va undan so„nggi harakatlarning aniq va o„z vaqtida bo„lishi ta‟minlanadi. 
3.  Tashkiliy  tizim  –kuchlarni  shakllantirishni  ko„zda  tutuvchi  yo„nalish.  Ulardan 
tayyorgarlikni ta‟minlashda foydalanish mumkin. 
4.  Axborot  tizimi  –favqulodda  vaziyatgacha,  u  ro„y  bergandan  so„ng  zaiflik  darajasini 
belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo„lgan axborot manbai, ehtiyoj, vaqti va 
tartibini aniqlashni ko„zda tutuvchi yo„nalish. 
5. Asosiy resurslar –bu yo„nalish moddiy va moliyaviy resurslarni shakllantirish, favqulodda 
vaziyat ro„y berganda yordam ko„rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini ko„zda tutadi. 
6.  Ogohlantirish  tizimi    muqobil  aloqa  vositalari  ta‟minotiga  ega  mustahkam  ishlovchi 
ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish. 
7.  Javob  qaytaruvchi  mexanizmlar  –  ularda  tayyorgarlikni  ta‟minlashdagi  barcha 
kamchiliklar ko„zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va ko„nikmalar hosil qilinadi.  
Aholi  tayyorgarligini  amalga  oshirishda  o„qitish  usullaridan  bahs-munozara,  o„quv 
darsliklari  bilan  mustaqil  ishlash,  muammoli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirish,  mantiqiy  masalalarni 
mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin.  
Bahs-munozara  usuli-  o„qituvchi  yoki  tinglovchilarning  fikrlashni  talab  qiluvchi  savollari 
bo„yicha tinglovchi o„z fikrlarini bayon qiladilar va o„zgalar fikrini eshitadilar. 
 Muammoli  vaziyatni  yuzaga  keltirish  –  vaziyat  bir  oz  tor  tarzda  bayon  qilinadi.  Bunday 
vaziyatlarni qo„llash ko„proq ma‟ruzalar davomida qo„llanib, o„quv jarayoniga muammoli o„qitish 

111 
 
elementlarini  kiritish  imkoniyatini  beradi.  Tinglovchilardan  ko„proq  diqqat-e‟tiborini  shu 
vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa chiqarishlarini talab qiladi. 
Ish o„yinlari- qandaydir ma‟noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U deyarli barcha 
vaziyatlarni  “o„ynash”  va  odamlar  ruhiyatini  tushinish,  ularning  o„rniga  o„zini  qo„yib  ko„rish 
imkonini beradi. 
Ish o„yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
-auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash; 
-vaziyatni, yo„riqnoma va boshqa materiallarni o„rganib chiqish; 
-o„yin jarayonini olib borish; 
-o„yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish. 
“Miyaga  hujum”  usuli  –  muammoni  shakllantirish,  mashq  jarayoni,  “miyaga  hujum”- 
qo„yilgan  muammoni  engish,  eng  yaxshi  g„oyalarni  tanlab  olish  va  natijalar  to„g„risida  xabar 
berish jarayonini o„z ichiga oladi. 
Fuqaro  muhofazasi  boshqaruv  organlarini,  kuchlarini,  FVDT  mansabdor  shaxslarini 
tayyorlash  muvaffaqiyatli  hal  etilishi  hamda  barcha  pog„onadagi  fuqaro  muhofazasi  boshliqlari 
uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat 
qilishlariga,  shuningdek  qo„l  ostidagilarga  yordam  berishlariga,  o„quv-moddiy  bazasining 
mavjudligiga,  uning  yaratilishiga,  yaroqli  holda  turishiga,  hamda  muttasil  takomillashtirib 
borilishiga bog„lik bo„ladi. 
 
  Nazorat savollari. 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima? 
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima? 
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari. 
4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan. 
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik 
tayyorlashni mazmuni va mohiyati. 
 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling