Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Dunyoning  nihoyatda  o„zgarib  berayotgan  hozirgi  siyosiy-ma‟naviy,  g„oyaviy-mafkuraviy


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27

Dunyoning  nihoyatda  o„zgarib  berayotgan  hozirgi  siyosiy-ma‟naviy,  g„oyaviy-mafkuraviy 
qiyofasini  tasavvur  etish  juda  murakkab.  Buning  jiddiy  sabablaridan  biri,  uning  tez 
o„zgaruvchanligidir.  Jarayonning  tez  o„zgarishi  esa,  o„z  navbatida,  uning  mazmun-  mohiyatini 
to„g„ri  tahlil  etishga,  xolis  xulosalar  chiqarishga  ham  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Umuman, 
mafkuraviy  jarayonlar  tez  o„zgaruvchanlikdan  tashqarimilliy  taraqqiyotga  ijobiy  yoki  salbiy 
ta‟sir  ko„rsatish  kuchiga  ega.  Mafkuraviy  jarayon,  eng  avvalo,  ijtimoiy,  siyosiy,  ma‘naviy  vaziyatni 
kompleks-sistemali  tahlil  etish  orqaligina  o‗rganilishi  mumkin.  Umuman,  har  qanday  mafkuraviy 
jarayonga konkret umuminsoniy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshilsa, to‗g‗ri ilmiy xulosa chiqarish 
mumkin.  
Masalan,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidagi  mafkuraviy  jarayon  iqtisodiyotda  yangi 
texnologiyalarni rivojlantirishga imkon  bergan  siyosiy vaziyat  bilan hamohangdir. SHuningdek, dunyo 
siyosiy  xaritasining  1917-1991  yillardagi  o‗ziga  xos  mafkuraviy  xususiyatlari  davrda  mafkuraviy 
vaziyat  sotsializm  va  kapitalizm  kurashi  asnosida  baholandi.  Ijtimoiy  taraqqiyotning  hozirgi 
bosqichidagi mafkuraviy jarayon esa, buyuk davlatchiliy shovinizmi, diniy ekstremizm, tajovuzkorlik va 
millatchilik g‗oyalarini o‗zida aks ettiruvchi siyosiy yo‗nalishlarni vujudga keltirmoqda.  
Mafkuraviy  jarayonlarning  zamonaviy  xususiyatlari  millat  taraqqiyotiga  turlicha  ta‘sir 
                                                           
1
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2001. –Б. 23.  

ko‗rsatmoqda. Ayniqsa, bunday ta‘sirning salbiy jihatlarini chuqurroq o‗rganish juda zarurdir. Umuman, 
dunyodagi  barcha  davlatlarda  ham  g‗oyaviy-mafkuraviy  muammolar  mavjud.  Har  bir  davlatning 
xalqaro  siyosiy  mavqei,  millatning  rivojlanish  darajalari    ana  shu  muammolarni  hal  etishga  tayyorligi 
bilan belgilanadi.  
Xalqaro  miqyosdagi  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabat  muammolarini  hal  etish  imkoniyati,  ko‗p 
jihatdan, u yoki  bu mamlakatning globallashayotgan  mafkuraviy jarayonlarga moslashuv imkoniyatlari 
bilan  bog‗liqdir.  Ta‘kidlash  lozimki,  mustaqillik  yillarida  O‗zbekistonning  jahon  mafkuraviy 
jarayonlariga moslashuv imkoniyatlari kengaydi. Bu, quyidagilardan iborat: 
-
 
O‗zbekiston jahondagi barcha mamlakatlarga ochiq davlat sifatida namoyon bo‗ldi; 
-
 
mamlakatimiz o‗z siyosatida milliy manfaatlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat bersada, 
biroq, boshqa davlatlar manfaatlarini ham himoya qilish yo‗lini tutmoqda; 
-
 
O‗zbekiston  xalqaro  siyosatida  boshqa  mamlakatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik 
siyosati tamoyiliga asoslanmoqda; 
-
 
O‗zbekiston  hukumati  jahon  mafkuraviy  jarayonlarida  umuminsoniy,  umumbashariy 
qadriyatlarni, g‗oyalarni amalga oshirishdan iborat global hamda lokal siyosatda faol ishtirok etmoqda.  
SHuningdek, O‗zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga  moslashuvida o‗ziga xos 
qiyinchilik va muammolar ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim. Zero, mafkuraviy 
muammolar insoniyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti tarixi boshlangan 6 ming yil ilgari bo‗lgani kabi, 
hozir ham saqlanib qolmoqda.  
Mamlakatimizning  jahon  mafkuraviy  jarayonlariga  moslashishiga  halaqit  qilayotgan  sabablarni 
ikkiga bo‗lish mumkin. Bularning birinchisi tashqi sabablar bo‗lib, ularga mamlakatimiz fuqarolarining 
hozirgi  dunyo,  undagi  o‗zgarishlar  to‗g‗risida  mukammal  bilim  va  tasavvurlarning  yo‗qligi  ta‘sir 
ko‗rsatmoqda.  SHuningdek,  ayrim  fuqarolarimizda  hozir  dunyoda  mavjud  bo‗lgan  turli  diniy-siyosiy 
oqimlar,  tashkilotlar,  uyushmalar  xususida  ob‘ektiv  ma‘lumotlarga  ega  emasligi  mazkur  jarayonga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.  
O‗zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashishga halaqit qilayotgan ikkinchi sabab: 
tashqaridan  mamlakatimizdagi  g„oyaviy-mafkuraviy  barqarorlikka  putur  etkazish,  “mafkuraviy 
bo„shliq”ni  to„ldirish,  fuqarolarda  mafkuraviy  immunitetni  hosil  qilish-  bularning  bari  hozirgi 
kunda O„zbekiston oldida turgan jiddiy mafkuraviy muammolar hisoblanadi.  
Ijtimoiy  taraqqiyot  globallashuvining  bir  sifat  bosqichidan  ikkinchisiga  o‗tayotgan  hozirgi 
sharoitda  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  oqilona  integratsiyalashtirish,  turli  davlatlar,  millatlar, 
xalqlar manfaatlarini umumiy maqsad doirasida muvofiqlashtirish ichki ziddiyatli jarayon hisoblanadi.. 
Masalan,  sovet mustabid tizimi  davrida reaksion,  ijtimoiy taraqqiyotga halaqit  qiladi deb talqin etilgan 
narsalar  mustaqillik  yillarida  boshqacha  sifat  bilan  baholanmoqda,  shuningdek,  mustaqillikdan  keyin 
ijtimoiy-siyosiy  hayotimizga  endi  kirib  kelayotgan  barcha  hodini  ham  ijobiy  deb  atash  qiyin.  YA‘ni, 
hozir  bir  ijtimoiy-siyosiy  voqea  yoki  hodisadan  turli  xil  xulosa  chiqarish  mumkin.  Bu  xulosalarning 
yagona mezoni global miqyosdagi umuminsoniyat sivilizatsiyadagi istiqbollaridir. Zero, hozirgi davrda 
ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarning  integratsiyasi  va  universallashuv  darajasi  milliy  manfaatlarni  shartli 
hamda nisbiy qilib qo‗ymoqda. 
SHu  o„rinda  ta‟kidlash  kerakki,  aloqa  kommunikatsiyalari  sohasidagi  global  tuzumlarda 
ommaviy  axborotning  transmilliy  vositalarida  sodir  bo„lgan  o„zgarishlar  siyosiy  va  g„oyaviy-
mafkuraviy  munosabatlar    globallashuvini  tezlashtiradigan  muhim  omil  bo„lib  xizmat  qiladi. 
Prezidentimiz  ta‟biri  bilan  aytganda,  «Bugungi  kunda  zamonaviy  axborot  maydonidagi 
harakatlar shu qadartig„iz, shu qadar tezkorki, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning 
bizga aloqasi yo‗q, deb beparvo qarab bo‗lmaydi‖
24

Darhaqiqat,  axborotlar  dunyosi  kengayib,  globallashib  borayotgan  bir  davrda  bunday  holatlar 
ajablanarli emas.  
Hozirgi  kunda  u  yoki  bu  davlatning  mafkuraviy  muammosi  jahon  muammosiga  aylanib 
bormoqda.  Ta‘kidlash  lozimki,  muayyan  mamlakatda  mafkuraviy  muammolarni,  jumladan:  diniy 
ekstremizm,  millatchilik,  shovinizm,  ma‘naviy  qashshoqlik,  axloqsizlik,  ommaviy  qirg‗inlar, 
fojealarning oldini olish – global g‗oyaviy-mafkuraviy muammolarni hal etishning kafolati hisoblanadi. 
                                                           
24
 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч.. -Т.: Ўзбекистон, 2008.–Б. 112. 

Zero, har qanday milliy muammo global muammoning elementi, tarkibiy qismidir. 
O‗zbekiston  hukumati  milliy  muammolarni  jahon  muammolari  kontekstida  hal  etish 
mumkinligini  anglab  etdi  va  shu  yo‗ldan  bormoqda.  Bu  esa,  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan 
ma‘qullanmoqda.  Mamlakatmiz  yirik  industrial  davlatlar  bilan  birga,  endi  rivojlanib  kelayotgan 
mamlakatlar bilan ham bir xil darajada hamkorlikni yo‗lga qo‗ygan. Xalqaro tashkilotlar, BMT, NATO, 
boshqa  hamkorlik  uyushmalari  faoliyatida  ishtirok  etish  orqali,  O‗zbekiston  bir  tomondan,  o‗zining 
mafkuraviy  muammolarini  hal  etayotgan  bo‗lsa,  boshqa  jihatdan,  xalqaro  hamjamiyat  muammolarini 
bartaraf etishga o‗zining munosib hissasini qo‗shmoqda.  
Hozirgi kunda olib borilayotgan mafkuraviy jarayonlar milliy mentalitetimizga ham o‗z ta‘sirini 
o‗tkazmoqda. Dunyodagi barcha davlatlar, siyosiy, diniy, mafkuraviy tashkilotlar O‗zbekistonga o‗ziga 
xos tarzda ta‘sir ko‗rsatish yo‗lidan bormoqdalar. Ayrim siyosiy kuchlar, diniy mafkuraviy birlashmalar 
O‗zbekiston  aholisining  siyosiy  ongi,  diniy  e‘tiqodi,  ijtimoiy  ruhiyatiga,  ma‘naviy-madaniy  saviyasiga 
ta‘sir  o‗tkazish  orqali  o‗z  manfaat-maqsadlariga  erishishga  harakat  qilmoqdalar.  O‗zbekistonni  o‗z 
siyosiy  ta‘siriga  o‗tkazish,  sobiq  SSSRni  tiklash,  postsovet  siyosati,  islom  dunyosini  birlashtirish  kabi 
«g‗oya»lar bunday harakatning asosini tashkil etadi.  
Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  bunday  salbiy  holatlarga  qarshi  himoya  vositalari  ishlab 
chiqilgan.  Bu  himoya  vositalari  tizimida  milliy  istiqlol  g‗oyasi  alohida  o‗ringa  va  ahamiyatga  egadir. 
Zero,  ijtimoiy  rivojlanishning  hozirgi  bosqichida  mafkuraviy  kurashlar  tobora  kuchayib  bormoqda, 
geopolitik  maqsadlar  mafkuraviy  siyosat  bilan  ko‗proq  qo‗shilib  ketmoqda.  Bir  tomondan, 
umuminsoniy qadriyatlar hisoblangan demokratiya, o‗zaro hurmat, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik kuchayib 
bormoqda.  Biroq,  boshqa  tomondan,  g‗arazli  maqsadlarga  erishish  harakati,  zo‗ravonlik,  harbiy  kuch 
ishlatish, mafkuraviy vositalardan foydalanish ham kuchayib bormoqda.  
SHunday  sharoitda O‗zbekistonning jahon  hamjamiyatiga kirib  borishi, uning tarkibiy  qismi  va 
sub‘ektiga aylanishi  o‗ta  muhimdir. Darahaqiqat,  shu o‗rinda qayd  etish  lozimki, O‗zbekiston  o‗zining 
iqtisodiy,  siyosiy  nufuzi, imkoniyatlari  nuqtai  nazardan jahon hamjamiyatida munosib  o‗rin  egallashga 
haqlidir.  Ma‘lumki,  O‗zbekiston  har  doim  SHarq  va  G‗arbga  birlashtirib  turgan  muhim  bo‗g‗in 
hisoblangan. Uning maydoni 447, 4 ming kv. km. bo‗lib, uning g‗arbida Qoraqalpog‗iston Respublikasi, 
12 viloyat, 165 qishloq (ovullar) mavjud. Mamlakatimizda hozir 136 millat, elatlar vakillari bo‗lgan 26 
millionga yaqin kishi yashaydi.  Aholining 60 foiziga yaqinini  bolalar, o‗smirlar va 25 yoshga etmagan 
yigit-qizlar tashkil etadi. Mamlakatimiz qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor erlar, kuchli iqtisodiy, 
ilmiy va ma‘naviy salohiyatga ega bo‗lgan mamlakatdir.  
Mamlakatmizning  ichki  siyosatida  inson,  uning  xaq-huquqlari,  manfaatlarini  himoya  qilish, 
fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish, ozchilikning ko‗pchilik irodasiga bo‗ysunishi, 
shu  bilan  birga,  ozchilik  fikrining  ham  ko‗pchilik  tomonidan  hurmat  qilinishi  kabi  demokratik 
tamoyillar  alohida  o‗rin  egallaydi.  Mamlakatimizning  tashqi  siyosatida  barcha  davlatlar  bilan  teng 
huquqlilik  va  o‗zaro  manfaatdorlik  asosida  hamkorlik  qilish,  ularning  ichki  ishlariga  aralashmaslik, 
umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqlik,  tinchlik  va  xavfsizlikni  asrab-avaylash,  xalqaro  huquq 
me‘yorlarning ustuvorligi kabi tamoyillarga amal qiladi
1

O‗zbekistonning  tashqi  siyosati  uning  siyosiy  nufuzini  ortishiga  olib  kelmoqda.  SHuningdek, 
mamlakatimiz tashqi siyosatining  o‗ziga xos g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari  ishlab chiqildi.  Xususan, bu 
narsa  mamlakat  Konstitutsiyasining  17-moddasida  o‗z  aksini  topgan.  Unda  qayd  etilishicha, 
O‗zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabatlarning  to‗la  huquqli  sub‘ektidir.  Uning  tashqi  siyosati 
davlatlarning  suveren  tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik,  chegaralarning 
daxlsizligi,  nizolarni  tinch  yo‗l  bilan  hal  etish,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik 
qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.  
Bularning barisi mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga ishonchli sherik sifatida kirib borishiga 
imkon  yaratmoqda.  O‗zbekistoning  jahon  xalqaro  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‗lib  tushgan 
tinchliksevar  tashqi  siyosati  uning  jahonda  mustaqil  davlat  sifatida  tan  olinishini  ta‘minladi.  Bugun 
mamlakatimiz mustaqilligini  dunyodagi 165 nufuzli  davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan  diplomatik, 
siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o‗rnatildi.  Toshkentda  40  ta  mamlakatning 
elchixonasi  ochildi,  19  davlatning  elchisi  O‗zbekistonda  o‗rindoshlik  yo‗li  bilan  ishlab  turibdi,  88  ta 
xorijiy  vakolatxona,  24  ta  hukumatlararo  va  13  ta  hukumatga  qarashli  bo‗lmagan  tashkilotlar  faoliyat 
                                                           
1
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2001. –Б. 39.  

ko‗rsatmoqda.  Ularning  soni  tobora  ortib  bormoqda.  Buni  ham  O‗zbekistonni  jahon  hamjamiyati 
tomonidan e‘tirof etilishining globallashuvi tarzida olib qarashga asos bo‗ladi. 
Xo‗sh,  bunday  hamkorlik  qanday  natijalar  bermoqda?  Eng  avvalo,  O‗zbekistonning  boshqa 
xorij  davlatlari  bilan  o‗zaro  aloqalari  yaxshilanishi,  ular  o‗rtasida  g‗oyaviy-mafkuraviy  integratsiya 
kuchayishiga  olib  kelmoqda.  Bunday  integratsiya  tufayli  davlatlarning  bir-biri  to‗g‗risidagi 
tasavvurlari  ortib,  bilimlari  kuchaymoqda.  Lokal  va  global  muammolarni  hal  etishda  imkoniyatlar 
kengaymoqda.  Bu  imkoniyatlar,  ayniqsa  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  kommunikatsiya  hamda  texnik-
texnologik soha integratsiyasiga olib kelmoqda.  
Qayd  etish  lozimki,  g‗oyaviy-mafkuraviy  integratsiyaning  kuchayishi  O‗zbekiston  fuqarolarida 
sovet  mustabid  tizimi  davrida  shakllangan  komform  dunyoqarashni  singdirishda,  iqtisodiy  va 
mafkuraviy-ma‘naviy  boqimandalik  kayfiyatini  bekor  etishda  muhim  rol  o‗ynamoqda.  Bunday 
integratsiya,  ayniqsa  mustaqillikgacha  biz  uchun  begona  bo‗lgan  demokratik  jamiyatda  yashash 
ko‗nikmasini hosil qilishda yordam bermoqda. 
Xullas,  har  bir  davlat  va  jamiyat  o‗ziga  xos  rivojlanish  modellariga  ega  bo‗lib,  ular  bir-biridan 
shakli,  mazmuni  jihatdan  farq  qilsa  ham,  umumiy  rivojlanish  qonuniyatlarini  istisno  qilmaydiadi. 
YA‘ni, bir tomondan, bunday umumiylik, insoniyatning ezgu maqsadlari doirasida uyushish, jipslashish 
manfaatlarini  ifodalaydi.  Ikkinchi  tomondan,  milliy  taraqqiyotdagi  o‗ziga  xoslik  muayyan  davlatning 
siyosiy  tuzimi,  iqtisodiy  hayoti,  madaniy  turmushi,  g‗oyaviy-mafkuraviy  muhiti  ta‘sirida 
shakllanadi.«Sodda  qilib  aytganda,  -  degan  edi  Islom  Karimov,  -  muayyan  davlat  va  jamiyat 
taraqqiyotining  har  bir  bosqichi  hayotning  o‗zi  o‗rtaga  qo‗yayotgan  shart  va  talablarning  hisobga 
olinishini taqazo etadi.  
Mafkuraviy  globallashuvning  o„ziga  xos  salbiy  jihatlari  insonni,  ayniqsa  yoshlarni 
ma‟naviy-ruhiy,  mafkuraviy  jihatdan  tubanlikka  boshlovchi  g„oyalarni  turli  vositalar  orqali 
targ„ib  etishning  kommunikatsiyalari,  texnologiyalari  universallashuvi  va  globallashuvini  ham 
ifodalaydi.  SHuningdek,  demokratiyani  su‘istemol  qilish  oqibatida  axloqsizlik,  tubanlik,  yovuzlikni 
targ‗ib etadigan san‘at «asarlari» ham tobora ko‗payib borayotganligini esdan chiqarmaslik kerak.  
SHunday  sharoitda  fuqarolar,  ayniqsa  yoshlarni  ana  shunday  tajovuzkor  g‗oyalardan  muhofaza 
qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. g‗oyaviy-mafkuraviy globallashuv tufayli sodir bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan  salbiy  holatlardan  ozod  bo‗lish,  axborot  espansiyasidan  qutilish  bir  davlat  yoki  bir  millat 
vazifasi emas. Uni o‗zaro hamkorlik va hamjihatlikdagina hal etish mumkin.  
Mafkuraviy  globallashuv  saviyasi  past  audio  va  videotasmalar,  axloqsizlik,  tubanlik  va 
yovuzlikni  targ‗ib  qiladigan  «san‘at  asarlari»ning  ham  keng  tarqalishiga  sabab  bo‗lmoqda.G‗oyaviy-
mafkuraviy  tazyiq  va  tajovvuzlarning  oldini  olish  uchun  esa  har  bir    millat,  davlat  o‗zining  g‗oyaviy-
mafkuraviy  daxlsizligini  ta‘sinlaydigan  chora-tadbirlarni  ko‗rishi  zarur  bo‗lib  qolmoqda.  Ana  shunday 
tadbirlar  izchil  amalga  oshirilganda  Mafkuraviy  jarayonlarning  globallashuvi  g‗oyaviy  qarashlardagi 
muayyan  farqlardan  qat‘iy  nazar,  umuminsoniy  qadriyatlar,  tinchlik  g‗oyalariga  sodiqlikning  kamol 
topishiga sharoit yaratadi, umuminsoniy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi.    
Bugun  bashariyat  taqdirida  inson  va  jamiyatni  ozod  etishning  yangi  bosqichi,  yalpi 
yangilanishlar  jarayoni  amal  qila  boshlaganligini  guvohi  bo‗lish  mumkin.  SHu  nuqtai  nazardan 
qaraganda  er  yuzining  turli  mintaqalarida  milliy-ozodlik  va  mustaqillik  uchun  kurash  kengayib 
borayotganligini  tarixiy  zaruriyat  sifatida,  ob‘ektiv  holat  deb  qarash  mumkin.  Mazlum  xalqlarning  erk 
uchun kurashi asrimizning  o‗ziga  xos  g‗oyasiga aylandi. O‗zga davlatlarga tobe  bo‗lib kelgan ko‗plab 
mamlakatlar  birin-ketin  mustaqillikka  erisha  boshladi.  Prizident  I.Karimov  ta‘kidlaganidek, 
«Mustamlakachilik  siyosati  ijtimoiy  hodisa  sifatida  xalqaro  maydonda  halokatga  mahkum  etilgani 
tobora  ayon  bo‗la  bordi»25.    Bu  jarayon  esa  shubhasiz  XX  asrning  eng  asosiy,  eng  muhim  ijtimoiy-
siyosiy tamoyili sifatida ajralib turdi. 
O‗tmish tarixga nazar solsak, mavjud chegaralarni o‗zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish 
uchun  son-sanoqsiz  urushlar  bo‗lganligini  va  bu  urushlar  jarayonida  qurol-yarog‗lar  ham  muntazam 
takomillashib  borganligini  guvohi  bo‗lamiz.  Mazkur  urushlar  XX  asrgacha  asosan  ko‗proq  bir  davlat 
ichida,  ikki  davlat  o‗rtasida  yoki  nari  borganda  bir  mintaqa  doirasida  bo‗lishi  mumkin  edi.  To‗g‗ri, 
                                                           
25
 Каримов И. Ижодий ишимизни охирига етказайлик. Т.: Ўзбекистон.1004. 5-бет. 

aytaylik Aleksandr Makedonskiy, CHingizxonning ulkan davlat barpo etish yoki o‗rta sarlardan boshlab 
evropalik istilochilarning boshqa qit‘alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko‗lami jihatidan bir-
biridan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‗i kerakka o‗xshaydi. 
XX  asrda  ro‗y  bergan  ikkita  jahon  urushida  o‗nlab  davlatlar,  bir  necha  qit‘a  mamlakatlari  ishtirok 
etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o‗rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Xullas,  urush  qurollari  takomillashib  boraveradi.  Bugungi  kunda    insoniyat  qo‗lida  mavjud 
bo‗lgan qurol-yarog‗lar butun Er  sayyorasini  yakson qilishga etadi. Hozirgi zamondagi  eng katta xavf-
insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.  
Prezidentimiz ta‘kidlab o‗tganidek, endilikda yadro  maydonlarida  emas,  mafkura maydonlarida 
bo‗layotgan kurashlar ko‗p narsani hal qiladi26. 
Hozirgi  davrda  g‗oyaviy-mafkuraviy  jarayonlar  er  yuzini,  barcha  mintaqa  va  mamlakatlarni 
qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi chetda qolmayapti. Siyosatshunos olimlarimizning 
ilmiy  xulosalari  shuni ko‗rsatmoqdaki, hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar quyidagi xususiyatlari 
bilan ajralib turadi: 
Birinchi. Integratsiyalashish bo„lib, bunda demokratiyalashish va milliy chegara doirasida 
qolib ketmaslik muhim hisoblanadi. 
Ikkinchi.  Globallashish  xususiyati.  U  insonparvarlashish  va  jamiyat  hayotining  hamma 
sohalariga ta‟sir ko„rsatishda ifodalanadi. 
Uchinchi.  Differetsiyalashish  xususiyati.  U  siyosiylashish  va  inson  umrining  barcha 
bosqichlariga umumiy ta‟sir ko„rsatishda ko„zga tashlanadi.   
Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar: 
1.
 
Iqtisodiy munosabat va aloqalarning kuchayishi 
2.
 
ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kengayishi 
3.
 
Axborot va aloqa kommunikatsiyalarining taraqqiyoti 
4.
 
Ma‘naviy munosabatlar va madaniy aloqalar ko‗lamining ortishi 
5.
 
fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‗payishi 
6.
 
Texnik va texnologik yutuqlarning o‗sishi. 
Bugungi  dunyoda  misilsiz  ilmiy  kashfiyotlar,  ulkan  texnikaviy  imkoniyatlar,  universal 
texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya‘ni ularning butun kurash  zaminini qamrab  olish 
jarayoni  shiddat  bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining  muhim xususiyati  ekanini e‘tirof 
etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta‘sir vositasi ekaninni ham unutmasligimiz darkor.  
Bugungi dunyodagi g„oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo„nalishlari quyidagilarga 
bo„linadi: 
Progressiv 
a) tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot; 
b) millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik 
v) inson erkinligi va shaxs kamoloti 
g) umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi 
Reaksion 
a) urush, qurollanish, terrorizm va ekstremizm 
b) irqchilik, millatchilik, diniy aqidaparastlik 
v) totalitarizm, mustabidlik g‗oyasi asosidagi faoliyatlar 
g) egoizm, mahalliychilik, tor manfaatlar ustuvorligi  
 
Muayyan g‗oyani ilgari suruvchi, targ‗ibot va tashviqotning turli usul,  vositalari orqali odamlar 
ongi,  ruhiyatiga  ta‘sir  etuvchi  kishilar  uyushmasi,  tashkilot  yoki  muassasalari  asosida  tashkil  etilgan 
mafkuraviy  markazlar  favoliyati  g‗oyaviy-mafkuraviy  ziddiyatlar  jarayonida  yanada  keskinlashadi. 
O„zining  xarakteri,  maqsadiga  qarab  ma‟lum  partiya,  guruh,  kishilar  uyushmasi  yoki  davlat 
mafkuraviy markaz yadrosini tashkil etishi mumkin. Ularning o‗z harakat dasturi, mafkurani targ‗ib 
qilish  vositalari,  usullariga  ega  bo‗lib,  unda  muayyan  g‗oyaga  ishontirish,  uyushtirish,  safarbar  etish, 
ma‘naviy-ruhiy  rag‗tbatlantirish,  g‗oyaviy  tarbiyalash,  mafkuraviy  immunitetni  saqlash  kabilar  muhim 
                                                           
26
 Қаранг. Каримов И. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон щаѐт-пировард мақсадимиз. 8 жилд. Т.: Ўзбекистон. 
2000. 491-бет. 

o‗rin tutadi. SHuningdek ular o‗z faoliyatlarini yashirin va oshkora yo‗l bilan amalga oshiradilar. 
Jahon  tajribasidan  shu  narsa  ma‘lumki,  ayrim  mafkura  markazlari,  masalan,  fashizm  o‗z 
maqsadlarini oshkora e‘lon qilib, zo‗ravonlik yo‗li bilan singdirgan. Mafkurani yashrin yo‗l bilan targ‗ib 
qilishda  vayron  qiluvchi  g‗oya  o‗zining  soxta  jozibasi,  aldov  va  makr  bilan  omma  ongini  zaharlab, 
jamiyatda  hukmron  mavqeni  egallab  olishiga  alohida  e‘tibor  berilgan.  Bu  jarayonning  eng  muhim 
xusmusiyatlaridan  biri  –  turli  mamlakatlarni  mafkuraviy  zabt  etish  g‗oyat  katta  iqtisodiy  manfaatlar 
bilan chirmashib ketganidir.    
Agar tarix sahifalariga ko‗z tashlaydigan bo‗lsak, kuchli davlatlar zaif mamlakatlarni ochiqdan-
ochiq  bosib  olib,  ularga  o‗z  hukmini  o‗tkazgan  bo‗lsa,  XX  asr  oxiriga  kelib,  bunday  siyosat  yangi  bir 
shakl  kasb  etdi.    Hozirgi  vaqtda  qudratli  davlatlar  va  muayyan  siyosiy  markazlar  o‗z  maqsadlariga 
erishish  uchun  avvalo  zabt  etmoqchim,  o‗z  ta‘sir  doirasiga  olmoqchi  bo‗lgan  mamlakatlarning  aholisi 
ongini o‗ziga qaram qilishga intilish kuchaymoqda.   
Bugun  dunyo  taraqqiyoti  shu  darajaga  etdiki,  endi  mafkuraviy  kurash,  ma‘naviy  salohiyat 
etakchi  o‗ringa  chiqdi.  Endi  qurol-yaroqlar  emas,  balki  «fikrga  qarshi  faqat  fikr,  g‗oyaga  qarshi  faqat 
g‗oya»  bilan  kurashib  olg‗a  borish  mumkin.  Kimning  mafkurasi,  milliy  g‗oyasi  kuchli  bo‗lsa,  o‗sha 
engib chiqadi.  
Mafkuraviy  kurash  bir  jamiyat,  mamlakat  ichida  ham,  xalqaro  va  davlatlararo  miqyosda  ham 
davom etmoqda.  
Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta‘siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling