Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

Mohlaroyim  Nodira
Mohlaroyim  Nodira  XIX asrning birinchi yarmida  yaShab ijod etgan maShhur Shoira, davlat arbobi,
madaniyat va adabiYot homiysidir.  
Nodiraning  tarjimai  holi o`Sha davrda va undan keyin Yozilgan tarixiy  va adabiy majmualarda  ancha
keng  Yoritilgan.
Mohlaroyim 1792-yilda Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tug`iladi.  Rahmonqulbiy  Ming urug`iga
mansub zadogonlardan bo`lib, Farg`ona  hukmdori Olimxonning tog`asi edi. Onasi OyShabegim ma`rifatli
 aYol bo`lib, oilasi Bobur nasliga mansub bo`lgan. Nodira tahsil  olgan  yillarida  xalqimizning tarixi,
madaniyati, ma`naviyatidan yaxShigina  xabardor bo`lib  o`sdi. O`zi ham aql-farosati, go`zalligi va She`riy
qobiliyati bilan tanildi. 1807-yilda Marg`ulon hokimi Umarxonga turmuShga chiqadi. Umar Amirxon 1810-
yildan keyin (Olimxon qatlidan so`ng) Qo`qon xonligi taxtiga o`tiradi. Shundan boShlab Mohlaroyim taqdiri
Qo`qon bilan bog`lanib qoladi. Qo`qondalik paytida Nodira Sharq klassiklari  asarlarini qunt  bilan o`qiydi,
o`zining  dilkaSh    g`azallari  bilan  tanildi.  Noidraning  She`riy  qobiliyatini    rivojlantiriShda  uning  haYot
Yo`ldoShi, Amiriy taxallusi bilan She`rlar Yozgan Umarxonning  homiyligi  sezilarli edi. Shoiraning  katta
o`g`li  Muhammad Ali ham Xon taxallusi bilan She`rlar Yozadi. Kichik o`g`li Sulton  Mahmudxon  esa
doniShmand bir Shaxs bo`lib yetiShadi. 1822-yilda Umarxon bevaqt vafot  etadi. Nodiraning 14 yaShar
o`g`li Muhammad Alixon xon qilib ko`tariladi. Lekin  katta hudidni o`z ichiga olgan davlatni  14 yaShar bola
idora  qila  olmasligini  nazarda  tutgan  Mohlaroyim  mamlakat  boShqariSh  iShlarida  faol  iShtirok  eta
boShlaydi.
Shoiraning  zamondoShi    Xotifning  guvohlik  beriShicha,  Nodira  Umarxon  vafotidan  keyin  Farg`ona,
ToShkent, Xo`jand, Andijon kabi Shaharlardan olimlar, xattotlar, naqqoShlarni Qo`qonga  chaqirtirib keladi.
Madrasalar, kutubxonalar qurdiradi. Navoiy, Fuzuliy, Bedil, MaShrab, Amiriy singari Shoirlarning asarlarini
nasta`liq    xatida  ko`chirtirib,  muqovalatadi.  Manbalarda    aytiliShicha,  o`Sha  paytda  yuzaga  kelgan
madaniy va adabiy haYot  yangiliklarining aksariyati Nodira nomi bilan bog`liq  edi. Xotif Nodiraning aqli 
doniSh,  adolat,  saxovat,  insof,  muruvvat  kabi  yaxShi  fazilatlari  tufayli  “Nodira  davron”  laqabi  bilan
tanilganini Yozadi.
Nodira nihoyatda murakkab bir Sharoitda yaShadi. U mamlakatning ichki va taShqi haYotidagi  o`ta
ziddiyatli  vaziyatning  guvohi  bo`ldi.  Xonliklar  o`rtasidagi  muttasil  keliShmovchiliklar  Mohlaroyim
faoliyatining keng ravnaq topiShiga rahna solib turardi. Oqibatda Buxoro amiri Nasrullo  turli bahonalar
bilan Qo`qonga bostirib boradi. Go`Yo bu yerda izdan chiqqan Shariat ahkomlarini  nizomga  solmoqchi
bo`ladi. Mohlaroyimning ikki o`g`li-Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon, nabirasi  Muhammad Alixonlar
bilan birgalikda vahShiylarcha o`ldiradi. Shoira bu  paytda 50 YoShda edi.
Badiiy ijodga katta e`tiqod bilan qaragan Shoiraning bizgacha 3 ta devoni  yetib kelgan. Ularda  Shoira
Komila, Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod qiladi. Shoira g`azallari  o`zbek  va fors-tojik tillarida



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling