Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
58
Navoiy,  Fuzuliy,  Bedil,  So‘fi  OlloYor  She’riyati  bilan  ta-niShdi.  Bu  -  YoSh,  qiziquvchan  Karimbek  ko‘ngliga
She’r iShqini soldi. BoShlang‘ich maktabni tugatgach, «Beklarbegi» madrasasiga o‘tib o‘qiShni davom
ettirdi.  Shu  madrasaning  maShhur  mudarrisi  Shomahmud  Oxundda  «xatmi  kutub»  qildi.  Kamiy
talabalikdan  keyin  ham  Shu  madrasa  hujralarida  qolib,  faqirona  haYot  kechirdi.  Oila  ham  qurmadi.
Shoirning:
To‘lmasinmu hasratu g‘amg‘a ichu toShim mening,
TaShlabon ketsa pari ruxsor Yo‘ldoShim mening.
Ko‘z tutardim bir kuni qilg‘ay vafo deb, ohkim,
Bevafolig‘ zohir etti ul qalam qoShim mening,—
baytlari va yana bir necha g‘azallari uning so‘qqaboSh haYoti sabablarini ma’lum darajada izohlaydi.
90-yillarga kelib Kamiy ustoz Shoirlar qatoridan o‘rin oldi. Endi uning hujrasi zamonasining katta Shoirlari
va She’r ix-losmandlarining markaziga aylandi. Bu yerda ko‘ngilochar adabiy suhbatlar qurildi, yangi ijodiy
kuch baxSh etuvchi She’rxonliklar taShkil etildi. Chunonchi, Kamiyning:
Eduk afsurdatab’u tiyraxotir necha muddatdin,
Ko‘ngil bo‘ldi munavvar, chaShmimiz ravShan bu suhbatdin.
Ochildi g‘unchai maqsud, ko‘kardi sabzai ummid,
Bahori suhbat, arbobi fazlu ahli fitnatdin,-
baytlarini o‘z ichiga olgan g‘azali mana Shunday fayzoso suhbatlardan biri haqida bo‘lgan edi.
Shoirning ba’zi bir She’rlari va ayrim manbalar uning 1899 yili Chimkent, 1911 yili Andijon va Qo‘qon, 1912
yilda esa Chimkent, Sayram, AvliYoota safarlarida bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shoir Kamiy 1922 yilning Yozida 57 YoShida vafot etdi.
Ijodi va hayoti
Kamiy sermahsul mumtoz She’riyatimizning g‘azal, murabba’, muxammas, musaddas, ruboiy, qit’a, fard
kabi  janrlarida  qalam  tebratdi.  Ijtimoiy-falsafiy  ruhaagi  manzumalar  Yozdi.  Adabiy-ijtimoiy  haYotdagi  eng
muhim voqealar sanasini o‘zida darj etgan ta’rixlar yaratdi. Shoirdan 6000 misraga yaqinroq adabiy meros
qolgan.
Kamiy She’riyati Shaklan va mazmunan xilma-xil. Shoirning jo‘Shqin iShqiy g‘azallari, zaharxanda va dadil
ijtimoiy manzu-malari, millat kelajagiga kuyunib, uning farzandlarini ilm-ma’rifatga da’vat etgan She’rlari
o‘z davrida katta mavqega ega bo‘lgan.
Kamiy  o‘z  ijodining  dastlabki  bosqichidaYoq  o‘ziga  xos  badiiy  tafakkur  tarziga  va  o‘z  adabiy  estetik
qaraShlariga ega ijodkor ekanligini ko‘rsata olgan. Shoirning 1894 yilgi baYozidan o‘rin olgan:
O’qing aSh’ori bikru fikrni aylang tasarrufkim,
Atorud taShlasun qo‘ldin qalamni ko‘kda hayratdin,-
misralari  mana  Shunday  fikrga  keliShimizga  asos  bo‘la  oladi.  U  o‘z  zamondoSh  Shoirlari  oldiga  fikrni
o‘zgartiradigan, qotib qolgan tafakkurlarni isloh qiladigan mutlaqo yangi — bokira bir She’r YoziSh talabini
qo‘yadi.
Kamiyning ijodiy merosi, avvalo, o‘z baYozlari va Shaxsiy arxividagi qo‘lYozma varaqalar Shaklida bizgacha
yetib kelgan. Qolaversa, keyinchalik tuzilgan qo‘lYozma va toShbosma baYozlar hamda o‘z davrida chiqqan
ba’zi gazeta va jurnallar ham Shoir adabiy merosining asosiy manbalaridan bo‘lib hisoblanadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling