Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOJALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 57
Karimbek Kamiy (1865 – 1922)
Karimbek Kamiy — milliy uyg‘oniSh davri o‘zbek adabiYo-tining yirik vakillaridan biri. Shoir Amoniyning «Dar madhi janobi mavlono Kamiy ToShkandiy» She’rida Shunday misralarni o‘qiymiz: Ayladi Farg‘onani bul dam musaxxar har so‘zi, TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 57 Balki Islombulni oldi qavli mavlono Kamiy. Kamiy so‘zlarining Farg‘onaga yetib borganligiga Shubha Yo‘q. Uning She’rlari asr boShida boShqa bir xonlik hududida — Kogonda chop etilgan baYozlarda uchraydi. Xorazmlik Shoir IlYos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining Kamiy g‘azaliga Yozgan muxammasi bor. Shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» She’ri 1906 yildaYoq Sankt-Peterburgda chiqadigan «Ulfat» gazetasida bosilgan. Bularning barchasi Kamiy She’rlari asrning dastlabki yillaridaYoq Turkiston chegarasidan chiqa boShlaganini ko‘rsatadi. Amoniy aytmoqchi, mavlono Kamiy so‘zlari «balki Islombulni oldi». Darhaqiqat, Shunday. 1918 yil Istanbulda chop etilgan M.F.Ko‘prulizodaning «Turk adabiYotida ilk mutasavviflar» kitobida Kamiy ijodidan namunalar uchraydi. Bu 10-yillarda Shoir She’rlarining Turkiyaga qadar yetib borganiga dalolat qiladi. Ijodini o‘rganiSh tarixidan Shoir Karimbek Kamiy ijodi o‘z davrida ham e’tiborsiz qolmadi. Unga She’riyatning pastu baland ko‘chalarida yurgan keksayu YoSh avlod o‘z munosabatini bildirdi. Shulardan biri Muqimiydir. Mavlono Muqimiy do‘stiga Yozgan maktublaridan birini «Birodari kiromiy mavlaviy Kamiy» deb boShlaydi. Bu yerda Muqimiyning Kamiyga munosabati, qolaversa, unga bergan bahosi o‘z aksini topgan. Kamiyning Shogirdlaridan biri Sidqiy Xondayliqiy o‘z ustozini «suxanvarliq iqlimida Shuhrabardoru oliyShon» deb ta’rif etadi. O’Shlik Shoir Amoniy esa Shoir tavsifiga alohida She’r bag‘iShladi. Unda Kamiyni «xuShfasohat iqlimiga Shoh», «lisonul-g‘ayb» deya vasf etdi. Uning Shoirlik fitratida «fayzi ilohiydan asar» ko‘rdi. Lekin Shoir ijodiga munosabat bir xilda bo‘lib qolmadi. Anbar Otin, Ibrohim Davronlarning Kamiy ijodiga nisbatan tanqidiy fikrlari ham borki, bu — ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qaraShlarining turli xilligi bilan izohlanadi. Shoir vafotidan keyin uning ijodi va Shaxsiga baho beriSh Sho‘ro adabiYotShunosligi zimmasiga tuShdi. G’ayri milliy mafkuraga asoslangan mazkur adabiYotShunoslik ilmi ba’zi hollarda Shoirni «Vatan xoini», «xalq duShmani», «millatchi jadid», «kontrrevolyudion» Shoir sifatida baholab keldi. Natijada Kamiy ijodi o‘nlab yillar xalq nigohi va tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib ketdi. Lekin XIX asr oxiri XX asr boShlari o‘zbek adabiYo-ti, mazkur davr ma’rifatparvarligi va ayniqsa, ToShkent adabiy muhiti haqida so‘z ketganda Kamiy ijodi va uning nomini chetlab o‘tiShning iloji Yo‘q edi. Shu bois Sho‘ro mafkurasi davrida ham ba’zi xolis adabiYotShunoslarimiz uning Shaxsini oqlab, ijodini Yoqlab chiqiShga harakat qildilar. AdabiYotShunos M.B.Solihov Shoirning «Soldi beilmliq xatolarg‘a» deb boShlanadigan muxammasini «Jadidizmning go‘zal adabiYoti»ga kiritdi va o‘z kitobidan (O’zbek adabiYotida millatchilik ko‘riniShlari. T., 1932, 14-bet) joy berdi. 1950 yili Moskvada «Antologiya uzbekskoy poezii» majmuasi bosmadan chiqdi. Majmuada Kamiy haqida muxtasar ma’lumotnoma va S.Someva tarjimasida Shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» She’ri kiritildi. Ma’lumotnomada «Kamiy O’zbekistonda ilg‘or fikrning namoyandalaridan biri» deyiladi. 1960 yil bosmadan chiqqan «O’zbek adabiYoti» majmuasida (4-jild 1-kitob) Kamiy ijodidan ba’zi namunalar berildi. 70-yillardan boShlab G’.Karimov, B.Qosimov, A.Jalolov, M.Hamidova, M.Zokirovlarning maqola va tadqiqotlarida Kamiy Shaxsi va uning ijodiga mo‘‘tadil YondoShiSh boShlandi. 90-yillarga kelib Shoir ijodini maxsus tadqiq etiShga kiriShildi. Vaqtli matbuot sahifalarida uning haYot va ijod Yo‘liga oid maqolalar, adabiy merosidan ba’zi namunalar chop etila boShladi. Nihoyat, 1998 yili Kamiyning 4500 misraga yaqin She’rlar majmuasi «Dilni obod aylangiz...» nomi bilan naShr etildi. Bu bilan Shoir ijodini xalqqa tanitiSh, ilmiy muomalaga olib kiriSh va adabiYotdagi o‘rnini belgilaSh imkoni yaratildi. Kamiy ijodi Milliy uyg‘oniSh davri o‘zbek adabiYotining ajralmas bir qismi ekanligiga XX asrda tuzilgan Mo‘minjon ToShqinning «ToShkent Shoirlari» (1948), Po‘latjon Qayyumiyning «Tazkirai Qayyumiy» (60- yillar) tazkiralari ham guvohlik beradi. Bularning har ikkalasida ham Kamiy ijodiga to‘xtab o‘tilgan. Ayniqsa, M.ToShqin tazkirasi Shoir haYoti va ijodini o‘rganiShda asosiy manba bo‘lib turibdi. Tarjimai holi Karimbek Kamiy 1865 yili ToShkent Shahrida, choponfuruSh savdogarlar oilasida dunYoga keldi. Otasi Sharifbek zamonasining savdogar boylaridan bo‘liShi barobarida, ilmu ma’rifatga xayrixoh, adabiYotga ixlosmand kiShilardan edi. Oilada bo‘lajak Shoirning o‘qiShiga alohida e’tibor berildi. BoShlang‘ich ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oldi. Maktab o‘quv dasturi doirasida Hofiz, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling