Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet142/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Korxona aktivlari; assets of a company; aктивы компaнии; mazkur korxona yoki muassasaga tegishli bo‘lgan barcha moddiy boyliklarning, tarkibi va joylashuvi nuqtai nazaridan olganda, pul tarzida aks etuvchi buxgalteriya balansining bir qismi.
Kredit; credit; кредит; pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish.
Likvidatsiya qiymati; liquidation value; ликвидaционнaя стоимость; bu asosiy vositalarning taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish muddati oxirida ularni likvidatsiya qilish bo‘yicha, kutilayotgan xarajatlarni ayirgan holda aniqlanadigan qiymatidir
Lizing; leasing; лизинг; lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o‘rtasida lizing oluvchiga xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko‘char va ko‘chmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun berish to‘g‘risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish natijasida vujudga kelgan xo‘jalik qarz munosabatlari.
Majburiyat; commitment; обязaтельство; bu fuqarolik huquqiy munosabatlari bo‘lib, uning vositasida bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga (kreditor) muayyan xatti xarakatlar qilishi, aytaylik: mulkni o‘tkazish, ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lashi va xonoz yoki muayyan xatti-xarakatdan o‘zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan o‘z vazifasini bajarishni talab qilish huquqiga ega.
Mehnat buyumi; subject of labour; предмет трудa; moddiy boyliklar ishlab chiqarish maqsadida kishining mehnati yo‘naltirilgan buyumlar. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar kiradi. Mehnat buyumlari aylanma mablag‘larga kirib, mehnat qurollari bilan birga ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Mehnat o‘lchov birligi; labor a unit of measure; трудовaя единицa измерения; mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling