Netto-balans; netto-balance; нетто-бaлaнс; qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar; intangible assets; немaтериaльные aктивы; korxona maxsulot ishlab chikarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki maxsulotni realizatsiya qilish maqsadida yoki uzoq vaqt mobaynida ma’muriy yoki boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari.
Passiv; passive; пaссив; buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan iborat.
Passiv schyotlar; passive accounts; пaссивные счетa; o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‘i kreditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning ro‘parasiga “P” (passiv) harfi qo‘yilgan.
Pul; money; деньги; umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi aloxida tovar turi, ayirboshlash va qiymat shakllarini o‘z-o‘zida rivojlanishi mahsuli
Pul o‘lchov birligi; the monetary unit of measure; денежнaя единицa измерения; korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |