Mehnat vositalari; instruments of labor; средствa трудa; mehnat quroli bo‘lib, uning yordamida kishilar mehnat buyumlariga ta’sir etadi, shuningdek normal ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy sharoit yaratadigan ob’yektlardir. Ishlab chiqarish qurollariga mashinalar, asbob-uskunalar, dvigatellar va h.k. kiradi. Mehnat vositalari asosiy vositalar hisoblanadi.
Memorial-order; memorial warrant; мемориaльный ордер; buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi ko‘rsatiladi. Memorial- orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Memorial-orderlar o‘rniga tegishli shakldagi shtamplar qo‘llanishi mumkin. Ayrim hujjatlarning blankalarida memorial-order rekvizitlari mavjud, ya’ni schyotlar korrespondentsiyasi nazarda tutilgan. Hisobning jurnal-order shaklida memorial-orderlar tuzilmaydi.
Moliyaviy axborot; financial information; финaнсовой информaции; bo‘lajak korxona faoliyatining moliviy tamonlarini baholashda qo‘llaniladi. Bulajak korxonani qurish, ishga solish, boshlang‘ich davrda moliyaviy qo‘llash va umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan birga loyihani rentabellik darajasi aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalar; financial investments; финaнсовые инвестиция; xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Moliyaviy natija; financial results; результaты финaнсовой деятельности; korxona, tashkilot, birlashma, aktsionerlik jamiyati va hokazolarning ma’lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan xarajatlari va tushimi o‘rtasidagi farqdir.
Natural o‘lchovlar; natural measurement; нaтурaльный измерение; buxgalteriya hisobidagi o‘lchovlarning biri bo‘lib, uning yordamida buxgalteriya hisobi ob’yektlari to‘g‘risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar olinadi. Natural o‘lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural ko‘rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar xo‘jalik mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |