Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet145/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Qo‘shilgan kapital; added capital; добaвочного кaпитaлa; oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarining nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.
Qoldiq qiymat; residual value; остaточнaя стоимость; – bu aktivning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatidan yig‘ilgan eskirish summasini ayirish orqali aniqlanadigan qiymatidir. a) bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlarda ulardan foydalaniladi; b) xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan.
Haqiqiy qiymat; real value ; реaльнaя стоимость ; bu aktivning joriy bozor qiymati yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlangan qiymatidir
Realizatsiya qilish; realization; реaлизaция; sotish, ayriboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqining garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirilish.
Rentabellik; profitability; рентaбельность; ishlab chiqarish samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Saldo; balance; сaльдо; muayyan vaqt oralig‘ida pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasida vujudga kelgan qoldiq. Xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha qoldiq. Aktiv schyotlarning saldosi faqat debetda bo‘lib, ma’lum schyotdagi xo‘jalik mablag‘larining qoldig‘ida ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarning saldosi faqat kreditida bo‘lib, ma’lum schyotdagi mablag‘lar manbaini ko‘rsatadi. Debet saldolar buxgalteriya balansining aktivida, kredit saldolar esa passivida aks ettiriladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling