Tayyor mahsulot; the finished product; готовый продукт; korxonaning texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to‘liq ishlab chiqarish natijasidagi mahsulot.
Tezkor hisob; operational account; оперaционный учет; tezkor yoki operativ hisob xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma’lum xo‘jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro‘yxatga olish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo‘jalik jarayonlari bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Tezkor hisobning ko‘p ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni boshqarish uchun foydalaniladi
Tizimli yozuv; systematic records; системaтические зaписи; buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muomalalarini ma’lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi ob’yektlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv ma’lumotlari bilan bog‘langan.
To‘lov talabnomasi; application for payment; требовaние уплaты; hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol etkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to‘lov oluvchining bank orqali aniq bir summani to‘lovchidan olish haqidagi talabi aks ettiriladi.
To‘lov topshiriqnomasi; payment order; плaтежное поручение; to‘lovchining bankka yozma topshirig‘i bo‘lib, unda to‘lovchining hisobidan oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag‘i summasini tkazish yuzasidan topshirig‘idir.
Tovar moddiy zahiralar; commodity financial resources; товaрные мaтериaльные ресурсы; keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |